Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo'qon universiteti



Yüklə 23,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü23,53 Kb.
#167692
  1   2
Yulchiyeva Go‘zalxon



OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QO'QON 
UNIVERSITETI
Boshlang'ich ta'lim Fakultetining maxsus sirtqi
4-23 guruh talabasi Yulchiyeva Go‘zalxonning
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati fanidan
tayyorlagan taqdimoti


Hayvonot olami
Reja:
1.Hayvonlarning tarqalishi va yashash muhiti.
2. Hayvonlarning tabiatdagi ahamiyati
3. Hayvonlarning inson hayotidagi ahamiyati.


.
Hayvonlar Yer yuzining hamma joyida
tarqalgan. Ularni barcha qit`alar va orollarda, 
suv havzalarida va tuproqda uchratish mumkin.
Hayvonlar juda xilma-xilligi bilan boshqa 
organizmlardan ajralib turadi. 
Agar Yer yiizida 500 mingga yaqin o`simlik turi 
ma`lum bo`lsa, hayvonlar turi 2,5 mln ga 
yetadi.
Hayvonlarning tarqalishi va yashash muhiti. 


Hayvonlarning tabiatdagi ahamiyati.
Hayvonlar 
o`simliklar hayotida 
ham muhim o`rinni 
egallaydi. Tuproq 
hosil bo`lishi va 
lining hosildorligi 
oshishida mikroor-
ganizmlar bilan bir 
qatorda hayvonlar 
ham ishtirok etadi. 
Har yili kuz kirganda
daraxtlardan
to`kilgan barglar, 
xazon bo`tgan
o`simliklar
bakteriyalar, 
zamburug`lar, bir
hujayrali hayvonlar, 
chuvalchanglar, 
hasharotlar va
boshqa organizmlar
uchun oziq bo`ladi.
Hayvonlar o`simlik
qoldiqlarini
maydalab, ularning
chirishini tezlatadi. 


Hayvonlarning inson hayotidagi
ahamiyati.
Hozirgi davrda hayvonlarning inson faoliyatidagi ahamiyati tobora ortib 
bormoqda.
Xonaki hayvonlar inson uchun go`sht va sut, sanoat uchun jun, teri va pilla 
beradi. 
Yovoyi hayvonlar, xususan, baliqlar, qisqichbaqasimonlar, molluskalar oziq-
ovqat sifatida ishlatilishidan tashqari, ularning mahsulotlaridan turli dori-
darmonlar va vitaminlar olishda foydalaniladi; chiqindilaridan tayyorlangan un 
esa chorva mollari ozig`iga qo`shib beriladi yoki o`g`it sifatida foydalaniladi. 
Yowoyi hayvonlar terisi va go`shti uchun ham ovlanadi. Qushlarning pati, 
sutemizuvchilarning suyagi va shoxi yengil sanoat uchun xomashyo 
hisoblanadi.


Yowoyi qushlar 
zararkunanda hasharotlar, 
sichqonlar va kalamushlarni 
qirib insonga foyda keltiradi. 
Asalarilar qimmatli asal 
berishi bilan birga ekinlarni 
changlantirib, hosildorlikni 
oshiradi.
Yirtqich va parazit 
hasharotlar qishloq xo`jaligi 
zararkunandalarini qirib, 
ularning sonini cheklab 
turishga yordam beradi 
.Hayvonlar orasida inson 
salomatligiga, chorva 
mollari va ekinlarga zarar 
yetkazadigan turlari ham 
ko`p uchraydi. 
Ular ekinlarni yeb, 
hosildorlikni kamaytiradi; 
oziq-ovqat mahsulotlari, jun, 
teri, yog`och hamda 
ulardan tayyorlangan 
mahsulotlar, kiyim-kechak 
va buyumlarai buzib katta 
ziyon yetkazadi.


Hayvonlar klassifikatsiyasi.
Hayvonlar klassifikatsiyasi. O`zaro o`xshashligi va qon-qarindoshligiga 
binoan hayvonlar bir qancha katta va kichik guruhlarga ajratiladi. 
Hayvonlarni bu tarzda guruhlash klassifikatsiya deyiladi.
O`simliklar singari hayvonlar klassiflkatsiyasida ham eng kichik 
guruh tur hisoblanadi. Bir turga mansub hayvonlarning tuzilishi va 
hayot kechirishi o`xshash bo`ladi. 
Bir turga mansub bo`lgan hayvonlar tabiatda muayyan maydonda 
tarqalgan bo`lib; o`zaro erkin chatisha oladi va ularning nasli serpusht 
bo`ladi. 


Bundan tashqari, hayvonot olami hujayraviy tuzilishiga binoan bir 
hujayralilar va ko`p hujayralilarga; umurtqa pog`onasining 
rivojlanganligiga qarab umurtqasizlar va umurtqalilarga ajratiladi. 
O`zaro yaqin turlar urug`ga, urug`lar oilaga, oilalar turkum-ga, turkumlar 
sinflarga, sinflar esa tiplarga birlashtiriladi.Shunday qilib, hayvonlarning 
asosiy sistematik guruhlari tur, urug`, oila, turkum, sinf va tipdan iborat.
Har xil turga mansub bo`lgan hayvonlar, aksincha, o`zaro chatishol-
maydi yoki chatishganda ham ularning nasli pushtsiz bo`ladi.



Yüklə 23,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə