Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 220 Kb.
səhifə1/3
tarix15.05.2022
ölçüsü220 Kb.
#87072
  1   2   3
Oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi




OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

Farg’ona Davlat Unversiteti
Boshlang’ich talim yo’nalishi
Guruh-20.30 talabasining
Fan nomi : tayyorlagan




MAVZU : Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiya allomalarining ilmiy meroslqrni o'rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida)
Bajardi : Mahmudjonov Jasurbek

MAVZU :

Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiya allomalarining ilmiy meroslqrni o'rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida)

Reja:

1.O’rta Osiyo – sharqning yuksak ma’naviyat va yirik tafakkur markazi.

2.O’zbekistonda XVI-XIX asrlar davri ma’naviyat va ma’rifati.

3-Sharq mutafakkirlarining farzand tarbiyasi haqidagi fikrlari

1.O’rta Osiyo tarixiy voqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug’ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyoning madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining zuviy ajralmas tarkibiy qismidir.

Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totatitar tuzum hukmronligi davrida respublikamiz yosh avlodi, Islom Karimov aytganidek, «...necha yillar bizni tariximizdan, dinmizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, - natijada ular o’z xalqning tarixini, uning boy tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madagiyatidan bahramand bo’lish, o’rganishdan mahrum bo’lib keldi».

Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazdi. Vaholanki, Islom Karimov «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» kitobida ta’kidlanidek: «...o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda».

Mustaqillik tufayli o’rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo’lgach, ona zaminimiz ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish biz yoshlarning vazifamiz, inchunun, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi.

IX-XV asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida shartli ravishda «Renessans» (uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g’oyat gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa halifa Ma’mun davrida (813-133 yy.) Bag’dodda «Bayt-ul-hikma» (Donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-ximiya va ilmu nujumga oid asarlar arab tiliga o’girildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta rol o’ynadilar.

Renessans – uyg’onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-e’tibori bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga murojaat qilish, bamisoli uning qayta uyg’onishni anglatadi. Uyg’onish davri namoyondalari qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga, aql-idrokiga ishonib qarashi bilan ajralib turadi.

Fanda Sharq va /arb uyg’onish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular umumiy, o’xshash tomonlari bilan birga, ma’lum farq, o’ziga xos xususiyatlari jihatidan ham ajralib turadi. Avvalo ular davr nuqtai nazaridan farqlanadi. Ilk Sharq uyg’onish davri IX-XII asrlarni, so’nggi uyg’onish davri XIV-XV asrlarni o’z ichiga olsa, /arb uyg’onish davri XV-XVII asrlarni o’z ichiga olishi bilan farqlanadi. /arb uyg’onish davri uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash xos bo’lsa, Sharqda masalaning g’arbdagidek keskin qo’yilishini ko’rmaymiz.

Sharq va /arb uyg’onishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga murojaat qilish, uni qayta tiriltirish, tabiiy fanlar rivoji, fanda universallikni (qomusiylik), gumanizmni targ’ib etish va boshqalarda namoyon bo’ladi.

Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1) madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunoslikgining taraqqiyoti; 2) yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish; 3) astranomiya, matematika, minerologiya, jug’rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji; 4) uslubda (metodologiya)- rastionalizm, mantiqning ustunligi; 5) insoniy do’stlik, yuksak axloqiylikning targ’ib etilishi; 6) falsafaning keng darajada rivoj topishi; 7) adabiyot, she’riyat, ritorikaning (notiqlik) keng rivoji; 8) bilimdonlikning qomusiy xarakterda ekanligi.

Bu davrga kelib, avvalo O’rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu-fan va madaniyatning yirik o’chog’iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy markazlar tashkil topdi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg’oniy, Beruniy, Imom al-Buxoriy, Imom Moturudiy, Imom Iso at-Termiziy, Hakim at-Termiziy, Axmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Maxmud az-Zamaxshariy kabi O’rta Osiyolik olimlar va ulamolarning dongi butun dunyoga taralgan edi.

O’rta Osiyoning qadimiy, qo’hna shaharlaridan Buxoro, Xiva, Samarqand kabi shaharlari, qadimda fan, madaniyat va ma’naviyatning markaxi bo’lib kelganligi bilan ajralib turadi.

O’rta Osiyoda tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar al-Farg’oniy va al-Xorazmiylar nomi bilan bog’liqdir. Ularning har ikkovi ham Bag’doddagi “Bayt-ul-hikma”ning etakchi ilm sohiblaridan sanalgan. 1998 yilda al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Uning vafoti 861 yildir. U mashhur falakkiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari “Astranomiya va astralyabiyaga kirish”, “Falakdan bo’ladigan sabablar”, “Astralyabiya fani usullari”, “Osmon harakatlari va yulduzlar ilmi” va boshqalardir. Farg’oniyning “Astranomiya asoslari” kitobi o’sha davrdagi astranomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bo’lgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko’p asrlar davomida Evropada astronomiya bo’yicha qo’llanma, darslik sifatida xizmat qilib kelgan. U Evropada al-Fraganus nomi bilan mashhur bo’lgan.

Al-Xorazmiy (780-850 yy.) Sharqning buyuk mutafakkiri, qomusiy olimdir. Uning ilmu-nujum, geodeziya, geografiya va ayniqsa riyoziyot sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. U arab, hind, lotin, yunon, fors tillarini bilgan.

Xorazmiy bir qancha kitob va risolalarning muallifidir. Bulardan eng mashhuri “Kitob al-jabr va al-muqobala” asaridir. Bu asar riyoziyotda yangi mustaqil fan – algebraning vujudga kelishiga zamin bo’ldi. U tenglamalarni echishning ikki usulini – al-jabr, ya’ni qarama-qarshi ishoralarni yagona musbat ishoraga keltirish va al-muqobala, ya’ni bir hil hadlarni qarama-qarshi qo’yishni kashf qildi.

Xorazmiy “Sind Hind”, “Ziji Xorazmiy”, “Astrolyabiya bo’yicha risola”, “Quyosh soati haqida risola”, “Erning shakli haqida kitob”, “Trigonometrik jadvallar”, “Musiqa bo’yicha risola”, “Tarix haqida” va boshqa asarlarning muallifi. Uning buyuk xizmatlaridan biri Evropa va Yaqin Sharq ilmini qadimgi hindlarning o’nlik tizimi bilan tanishtirish bo’ldi. Uni Evropada “Algaritmus” deb yuritganlar.

Sharq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy fikri rivojini Abu Nasr Farobiysiz (873-950) tasavvur etish qiyin. U “Sharq Aristoteli”, “Ikkinchi muallim” degan unvonga sazovor bo’lgan mutafakkirdir. Sharqda qadim Yunonistonning eng mashhur faylasufi Aristotel “Birinchi muallim” deb yuritilgan. Farobiy ko’p tillarni bilgan qomusiy olimdir. U yaratgan asarlarning umumiy soni 160 ta bo’lib, uni ikki guruhga ajratish mumkin: 1) qadimgi Yunon faylasuflari va tabiatshunoslarini – Aristotel, Platon, Evklid, Galen va boshqalarning ilmiy merosini tarjima qilish, sharhlash, targ’ib qilish va o’rganishga bag’ishlangan asarlar; 2) o’rta asr fanining tabiiy, ijtimoiy-falsafiy sohalariga oid risolalar. Masalan, “Aristotelning “Metafizika” asariga izoh”, “Aristotelning “Osmon sistemasi” kitobiga izoh”, “Aristotelning “Etika” kitobiga sharh”, “Substanstiya haqida so’z”, “Masalalar manbai”, “Qonunlar haqida kitob”, “Bo’shlik haqida kitob”, “Musiqa haqida so’z”, “Fozil odamlar shahri” va boshqalarni ko’rsatish mumkin.

Farobiyning fikricha insonning va jamoatning g’alabaga erishuvi, yaxshilikni qo’lga kiritishi, axloqiy va aqliy mukammallikka ko’tarilishi inson va jamoaning o’z qo’lidadir. U davlatni fozil va johil davlatlarga bo’ladi. Fazilatli shaharlarda ilm-fan, falsafa, axloq-ma’rifat birinchi o’rinda bo’lmog’i lozim deb biladi. Shunda jamiyat etuklikka erishadi. Fozil shahar boshlig’i bilimli, haqiqatni sevuvchi, yolg’on va yolg’onchilarga nafrat bilan qarashi, adolatni yaxshi ko’ruvchi va adolat uchun kurashuvchi bo’lishi kerak deb aytadi. Farobiy insonni kamoloti uchun xizmat qilgan, hayr-ehsonli ishlar, go’zal insoniy fazilatlarni yaxshilik deb hisoblaydi. Insonning kamolotiga to’sqinlik qiluvchi dangasalik, bekorchilik kabi yomon odatlar, bilimsizlik, ongsizlik, kasb-hunarga ega bo’lmaslik kabi nuqsonlarni yomonlik deb, kishilarni undan ogohlantiradi.

Farobiy hayotning oliy maqsadi baxt-saodatga erishuvdan iborat, kishilar bunga olamni o’rganish, kasb-hunar va ilmlarni o’zlashtirish – ma’rifatli bo’lish orqali erishadi deb qaraydi.

Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) jahon fani tarixida eng mashhur siymolar qatoridan joy olgan, o’z davridagi deyarli hamma fanlarga katta hissa qo’shgan, mashhur qomusiy ilm sohibi, yirik tabiatshunos va faylasufdir. U o’z umri davomida 150 dan ortiq asarlar yaratgan. Shulardan eng mashhurlari “Qadimgi ajdodlardan qolgan yodgorliklar”, “Ma’sud qonuni”, “Hindiston”, “Geodeziya”, “Mineralogiya”, “Saydana” va boshqalardir. Garchi Beruniy falsafiy-axloqiy masalalarga oid asar yozmagan bo’lsada, ammo ko’pgina asarlarida bu masala haqida fikrlar bayon etgan.



Beruniy xalqlar o’rtasidagi do’stlikni va ilmiy hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Uni eng insoniy-axloqiy sifat deb maqtab, amalda o’zi ko’rsatgan. Bir necha yil Hindistonda yashagan 45 yoshli olim qadimgi hind-sanskrit tilini o’rganib, bu tilgan Evklidning “Elementlar”, Ptolomeyning “Almajistiy” asarlarini tarjima qildi va hind olimlarni yunon ilmi va falsafasi bilan tanishtirdi. O’zi esa hindlarning ilmi, adabiyoti, falsafasi va axloqini o’rgandi.

Bu haqida Beruniyning o’zi shunday deb yozadi: “O’zimni ... ularning munajjimlari huzurida, ustoz huzurida turgan shogirddek ta’zim bilan tutar edim... So’ng hisob ilmining haqiqiy yo’llarini ularga ravshanlashtiradigan bo’ldim... ularning kattalari meni o’z tillari bilan “Daryo” deb maqtar edilar”.

Beruniy fikricha, kishilar uchun dunyoda turli hollar bor. Bu maqtaluvchi – yaxshilik va qoralanuvchi – yomonlikdir. Maqtaluvchi yaxshi hollar bo’lib, ularning tayanchini poklik va tozalik deb ko’rsatdi.

Beruniy o’z davrining eng ko’zga ko’ringan ilm-fan homiysi edi. U mamlakat ravnaqini fan, ma’rifat ravnaqida ko’rgan. Ilm-fan, ma’rifat sahovatli xizmatni o’tashi mumkin deb hisoblaydi. U shunday yozadi: “Mening butun fikru-yodim, qalbim – bilimlarni targ’ib qilishga qaratilgan, chunki men bilim orttirish lazzatidan bahramand bo’ldim. Buni men o’zim uchun katta baxt deb hisoblayman”.

Insonning oliy fazilati boshqalar haqida, ayniqsa, kambag’allar haqida g’amxo’rlik qilishdan iboratdir. Beruniy doimo xalqlarning do’st, inoq, ittifoq bo’lib yashashi uchun kurashib keldi. U insonga, u yaratgan madaniyatga qirg’in keltiruvchi urushlarni qoraladi. Beruniy madaniy hamkorlik va ilm-ma’rifatning keng tarqalishiga katta e’tibor bergan allomadir.

Jahon madaniyati va ma’rifatiga katta hissa qo’shgan, Sharq va Evropada “Shayx-ur-rais – olimlar boshlig’i” unvoniga ega bo’lgan alloma Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) ilmiy merosi biz uchun bebaho xazinadir. U o’z umri davomida 450 dan ortiq asarlar yaratgan. Uning “Tib qonunlari” nomli 5 jilddan iborat kitobi asrlar davomida Sharq va Evropada medistina bo’yicha asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qilib kelmoqda.

Ibn Sino yoshligida zo’r mehnat, izlanish, g’ayrat bilan ilmlarni o’rganishga kirishgan. U bu haqida shunday yozadi: “Uyquga ketgan vaqtimda ham o’ngimdagi masalalarni ko’rardim. Shu holatda ko’p masalalar tushumda menga ayon bo’lardi... shu zaylda hamma ilmlarni, mustahkam egallay oldim. Insonning imkoniyat darajasida egallaydigan darajada bilimni egallab oldim. Aristotelning “Metafizika”sini “qirq bir marta qayta o’qidim”. U menga hatto yod bo’lib ham qoldi. Lekin shunday bo’lishiga qaramay, men uni va uning maqsadlarini tushuna olmasdim”, - deb yozadi u tarjimai holida. Ibn Sino bu muammoni Farobiyning Aristotel “Metazifika”siga yozgan sharhini o’qib hal qiladi.

Ibn Sino umrining ko’p qismini sarsonlikda o’tkazishga qaramay – matematika, astranomiya, fizika, kimyo, biologiya, farmakologiya, psixologiya, filologiya, falsafa va tabobat sohasida barakali ijod qilgan mutafakkirdir. Uning asarlaridan 100 tachasi bizgacha etib kelgan, xolos. Ular qatoriga o’rta asr ilmining barcha muhim sohalarini o’z ichiga olgan, xususan – mantiq, fizika, matematika, metafizikani to’liq qamrab olgan “Kitob ash-shifo”, 20 tomdan iborat “Kitob ul-insof”, “Donishnoma”, “Lison ut-tayr”, “Solomon va Ibsol”, “Hayy ibn Yaqzon” kabi asarlari kiradi. U o’zining falsafiy-axloqiy asarlarida hukmdorlarni qonunsizliklarga qarshi kurashishga, xalqning talablariga quloq solishga, adolat yuzasidan ish yuritishga chaqiradi. Adolatni inson xatti-harakatining eng yaxshi bezagi deb ko’rsatadi.




Yüklə 220 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə