172. Yuzi 210 kv.cm bo‘lga to‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yiva eni qanday bo‘lishi mumkin?
A) 15, 14 B) 25, 16 D) 15, 16
173. Yig‘ilgan 770 t bug‘doy hosilini temiryo‘l orqali un zavodiga tashish kerak. Har bir yuk vagoniga 60 t bug‘doy sig‘adi. Hosilni zavodga tashish uchun nechta vagon kerak bo‘ladi?
A) 12 B) 13 D) 14
174. Bog‘chaga mashinada 200 l sut keltirildi. Sutni quyib olish uchun sig‘imi 32 l bo‘lgan bidonlardan nechtasi kerak bo‘ladi?
A) 5 B) 6 D) 7
175. Saodat bir son o‘yladi. Uni oldin 15 ga ko‘paytirdi, so‘ng uni alohida yana 45ga ko‘paytirdi. Natijalarni qo‘shganda 1500 hosil bo‘ldi. Saodat qaysi sonni o‘ylagan?
A) 10 B) 25 D) 35
176. Qutidagi 10 kg choy 150 gramdan qilib qadoqlandi. Qadoqlangandan keyin qutida qancha choy qoldi?
A) 10 g B) 50 g D) 100 g
177. Zavod omboridagi 15 t 750 kg paxta 155 kg dan qilib toylandi. Necha dona paxta toyi hosil bo‘ldi?
A) 100 B) 101 D) 102
Dostları ilə paylaş: |