234. Arqon 6 joyidan qirqilgan bo‘lsa, nechta bo‘lak hosil qilingan bo‘ladi?
A) 5 B) 6 D) 7
235. Kiyim tikuvchida 24 m li gazlama bo‘lib, u har kuni 3 m gazlamani qirqib olib ishlatadi. Necha kundan so‘ng u oxirgi bo‘lakni kesib oladi?
A) 7 B) 8 D) 9
236. 24ta ustunni bir qatorga har 2 metrga bittadan qilib ko‘mib chiqilib, devor o‘rnatilgan bo‘lsa, bu devorning uzunligini toping.
A) 46 m B) 50 m D) 54 m
237. Yog‘och xodaning uzunligi 7m. 1 minutda xodaning uzunligi 1m bo‘lgan g‘o‘la kesib olinsa, necha minutdan so‘ng xodani kesishni tugatish mumkin?
A) 5minutdan so‘ng B) 6minutdan so‘ng
D) 7minutdan so‘ng
238. Alisher 5-qavatda yashaydi. Zinadan piyoda 1 qavat ko‘tarilishi uchun u yarim minut vaqt sarflaydi. Maktabdan qaytgan Alisher xonadoniga ko‘tarilishi uchun qancha vaqt sarflaydi?
A) 1 minut B) 2 minut D) 4 minut
Dostları ilə paylaş: |