Ona tili va adabiyot


O’RTA DARAJADAGI TESTLAR. (2.1)



Yüklə 2,49 Mb.
səhifə3/7
tarix05.04.2022
ölçüsü2,49 Mb.
#85070
1   2   3   4   5   6   7
fan oyligi 26.12.2021 6

O’RTA DARAJADAGI TESTLAR. (2.1)

16. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy 1441-yilda tug‘ilgan.

Ushbu gap tarkibida qatnashgan fe’lning lug`aviy shakl yasovchi qo`shimchasidagi undosh haqida to`g`ri fikr berilgan?

A) til orqa undoshi B) til o`rta undoshi

C) lab undoshi D) til oldi undoshi

17. Yozuvchi turmushni har taraflama o‘rganishi, buning uchun uning hamma sohalaridan xabardor bo‘lishi kerak.

Ushbu gap tarkibidagi ochiq bo`g`inlar sonini aniqlang?

A) 6 ta B) 7 ta C) 5 ta D) 4 ta

18. Qaysi javobda yasama faoliyat-jarayon otlari to'g'ri ko'rsatilgan?

A) Yong’in , qirg’in B) To`lin, tiqin

C) Yorqin, to`lqin D) Tiqin, so`lg`in

19. Ma’noli qismlarga to’g’ri ajratilgan so’zni aniqlang.

A) fi-do-kor-lik B) to’k-in-sochin-lik

C) bay-ram-lar-ga D) quvon-ch-lar-imiz-ni

20. Qaysi gapda bosh kelishik shaklidagi so’z atoqli ot bilan ifodalangan?

A) Og’izlarida nimalar bo’lmaydi: bug’doy,cho’p, nonushoq...

B) Karim chumolilarga uzoq tikilib qoldi.

C) Keyin o’rnidan lip etib turdi-yu, nariroqda lolalardan guldasta qilayotgan Nodirani chaqirdi. D) Mana ko’rasan, yomg’ir yog’adi.

21. O’n sakkiz yasharligida ilk astronomik kuzatishlarni Xorazm observatoriyasida o’tkaza boshlaydi. Tushum kelishigidagi so’zning turkumini aniqlang.

A) ot B) olmosh C) sifat D) fe’l

22. Qaysi gapda yasama takroriy sifat mavjud?

A) Yo‘lovchi issiq-issiq choy ichdi.

B) Yangi-yangi orzular, Bilan tepar yuragim.

C) Yonboshim sekin-sekin qizib bormoqda edi. (G‘.G‘ulom)

D) Shirmonning qulog‘iga uzuq-yuluq so‘zlar chalindi-yu, hech narsa uqolmadi. (S.Zunnunova)

23. Quyidagi qaysi gaplarda daraja-miqdor ravishi qatnashgan?

1. Qaddini rostlab eshikni uzoq taqillatdi.

2. Abdushukur bu yerdan chiqib ketish payiga tushdi.

3. Mehmondorchilik tugagach u uzundan-uzun duo qilib o‘rnidan turdi. 4. Chol va kampir behad sevinishibdi.

5. Xo‘roz arang qochib qutulibdi.

A) 1, 2, 3, 4 B) 1 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5

24. Men har kuni o‘zimni-o‘zim tergayman, maslahatlarim yetarlicha samimiymikan? Do‘stlarimga yetarlicha sadoqatlimanmi?

Ushbu parchadagi ravishlar miqdorini aniqlang.

A) 5 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 2 ta

25. Og'zaki nutqi yaxshi bo'lgani uchun davraga boshlovchilik qilish unga topshirildi.

Berilgan gapda necha so'z fonetik qoida asosida yozilgan?

A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta

26. Neft konlarini izlovchilar hayotini qalamga olgan ijodkor qalamiga mansub ijod roman nomi tog`ri berilgan qatorni toping.

A) “Erk” B) “Qora ko`zlar”

C) “Oydinda yurgan odamlar” D) “Dalada bir kun”

27. “Ishning omadi-o`z vaqtida” degan fikrni ilgari surgan ijodkor buyuk mansabni nimaga qiyoslaydi?

A) Baland parvozga B) Yo`lning oxiriga

C) Baland qoya D) Buyuk qoya

28. Qaysi asar adabiyotimizda eng pokiza insoniy hislar kuylangan abadiyat qo`shig`i bo`lib qoladi?

A) “Erk” B) “Qora ko`zlar”

C) “Oydinda yurgan odamlar” D) “Dalada bir kun”

29. Sharq adabiyoti vallamatlaridan biri, butun Osiyoni aql-idroki bilan tebratgan shaxs kim edi?

A) Ismoil ota B) Navoiy C) Ahmad Yassaviy D) Otoyi

30. Xiyol oqsoqlanib yuradigan qahramon qatnashgan asar yozgan ijodkor qalamiga mansub asarni aniqlang.

A) “Mungli ko`zlar” B) “Qora ko`zlar”

C) “Quvnoq she’rlar” D) “Olmos kamar”


Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə