Ona tilim-jonu dilim



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə1/2
tarix03.08.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#120293
  1   2
Ona tilim jonu dilim


Ona tilim-jonu dilim
Reja:

  1. Kirish. Ona tili-millat ruhi.



  1. Asosiy qism.

  1. Ona tilim iftixorim.

  2. Tilga e`tibor.

  3. Ona tili-millat g’ururi.



  1. Xulosa.


Ona tili-millat ruhidir. Qachonlardir biz o’z tilimizdan ochiq-oydin foydalana olmaganmiz. Tilimiz qaram tillardan biri bo’lgan. Shu qiyinchiliklardan so’ng, nihoyat, 1989-yilning 19-oktabr kuni bu o’ta muhim masala Oliy Kengash sessiyasi muhokamasiga qo’yildi va qariyb bir yarim asrlik qaramlikdan so’ng mamlakatimizda 1989-yilning 21-oktabrida o’zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lmish ona tilimiz o’zining qonuniy maqomiga ega bo’ldi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi respublikamiz hududida yashovchi millat va elatlarning o’z ona tilisidan foydalanishga zamin yaratdi. Bu voqeadan so’ng barcha hujjatlar o’zbek tilida yuritiladigan bo’ldi. Bu Vatanimiz tarixida buyuk voqea edi. Men ona tilimiz barcha tillardan boy, deb baralla aytishim mumkin. Chunki Alisher Navoiy bobomiz “yig’lamoq” fe’lini 50 dan ortiq turiga izoh berganlar. Bu tilimiz boy ekanligidan darak emasmi ? Ona tilim, sen mening oy-u quyoshimsan, hikmatlarga, o’gitlarga boy tilimsan. Go’daklikdan alla bilan qulog’imga inib, oq sut bilan yuragimga singgan bek tilim. Sen-onamdek poksan.
Til – millat ko‘zgusi, ma’naviyat sarchashmasidir. Shu bois ona tilimizni hurmat qilish, uning boy imkoniyatlarini o‘rganish barchamizning asosiy burchimiz bo‘lishi lozim. Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilning onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson oʻz onasini koʻrmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas. Bu fikrimizning isboti sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan soʻzlagan nutqini keltirishimiz mumkin: “Kimda-kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin”. Donolar ona tilidan ayrilishni o‘limga mengzaydilar. Chindan shunday. Bugun dunyodagi kam sonli xalqlar ham o‘z ona tilisi uchun kurashmoqda. Uning yashab qolishini ta'minlash uchun bor imkoniyatini sarflamoqda. Shunday ekan, biz – shonli tarix, ulug‘ allomalariga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi o‘z davlat tilimizni qadrlash, uni rivojlantirish, nufuzini oshirishdek savobli va xayrli ishlarda hamisha faol bo‘lishimiz lozim.
Davlat tilini rivojlantirish faqat tilshunoslar, shoir yoki yozuvchilarning ishi emas, balki mana shu yurtda yashab, shu yurtning changini yutib, suvini ichib, tuzini totib yashayotgan har bir insonning vazifasi hisoblanadi. Oddiy dehqon bo‘laylik yoki quruvchi, qaysi soha vakili bo‘lishimizdan qat'iy nazar, davlat tilining rivoji uchun hissa qo‘shish shu Vatan, shu xalqqa bo‘lgan farzandlik burchimizdir. Xo‘sh, bu nimadan boshlanadi?! Ona tilimizga hurmat birinchi galda unga hurmat-ehtiromdan boshlanadi. Xalqimizda o‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir degan maqol bor. Endi buni tashqi yozuvlarga tatbiq etadigan bo‘lsak, o‘ynab yozsang ham, o‘ylab yoz! Rosti, bugun bino va imoratlarimiz yuzidagi peshlavhalarga boqsak, ona tilimizga qanchalar befarq ekanligimizni anglaymiz. Ularni tartibga keltirish uchun bugun qanchalab maslahatchilar joylarda ish olib borib, tadbirkorlarga, aholiga peshlavhalar, axborot matnlari va e'lonlarni tartibga keltirish borasida tavsiyalar, amaliy yordamlar bermoqdalar. Taassufki, ayrim yurtdoshlarimiz o‘zbekistonlik, shu yurt fuqarosi bo‘la turib, bu boradagi islohotlarga panja ortidan qaramoqdalar. Go‘yoki bu ishlarga ularning aloqasi yo‘q, xuddiki ular chet el fuqarosidek! Shu o‘rinda ko‘plab yurtdoshlarimizga, tadbirkorlarga ham minnatdorlik bildirish lozim. Ularga davlat tili borasidagi ilk tavsiyaning o‘ziyoq yetarli bo‘lib, ertasiga o‘ziga tegishli bino, do‘kon, savdo shoxobchasining peshonasiga davlat tilida bitilgan chiroyli matnlarni joylashtirmoqdalar. Aytishadiku, yaxshi otga bir qamchi... deb. Shu o‘rinda mutafakkirlardan birining dono gaplari yodimizga tushadi:
“O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida ham “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir” deb yozib qo‘yilgan. Demak, bu kunni cheksiz quvonch va iftixor bilan bayram qilishga haqlimiz. Darhaqiqat, inson o‘z ona tilisi bilan ulg‘ayadi, kamolga yetadi. Mana shu til bilan yashab o‘tadi. Komillikning birinchi belgisi ham namoyon bo‘ladi”.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə