Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja


UNIX operatsion (amaliy) tizimi



Yüklə 3,22 Mb.
səhifə20/25
tarix11.12.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#144749
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
2-ma\'ruza. Operasion tizimlar

UNIX operatsion (amaliy) tizimi. Bell laboratoriyasi tomonidan yaratilgan tarmoq operatsion tizimi. Ilk bor UNIX operatsion tizimi Bell Laboratory tomonidan 1969 yili taklif qilingan, azaldan tarmoqlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan edi. Hozirgi kunda UNIX, Si tilida yozilgan ko‘p foydalanuvchili va ko‘pmasalali operatsion tizim.

Rasm - . Unix operatsion tizimi


Tizimning bosh tarkibiy qismi bo‘lib mikroo‘zak hisoblanadi. Uning ichiga tarmoqlararo uzatishni boshqarish bayonnomasini bajaruvchi modul joylashtirilgan. UNIX operatsion tizimi bir qancha ijobiy xislatlarga ega, ulardan birinchi navbatda quyidagilarni ko‘rsatish zarur: amaliy dasturlarni bir turdagi kompyuterdan boshqa turdagisiga ko‘chirib o‘tkaza olish; ma’lumotlarni tarqoq ishlovini bajarish imkonini beradigan tarmoq xizmatlarining keng yig‘masi; bir vaqtning o‘zida turli xildagi fayl majmualarining mavjud bo‘lishi; yuz berayotgan ishlov jarayonlarini foydalanuvchilar tomonidan rejalash imkoni; RISC protsessorlari bilan yaxshi uyg‘unlashuvi; har xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim qilingan mahsulotlarni oson ishlatish; rivojlanish va kengayish uchun ochiqlik.
UNIX superkompyuterlari, ishchi-stansiyalar va maxsus shaxsiy kompyuterlarda keng ishlatiladi.
Linux operatsion (amaliy) tizimi. O‘zagi Unix operatsion tizimi asosida ishlangan, tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991yili LiniusTorvalds tomonidan chiqarilgan. Linuxning muhim xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU oshkora litsenziyasiga ko‘ra bepul tarqatiladi. Asosan, Internetda va intratarmoqlarda serverlar yaratish uchun qo‘llanadi.

Rasm - . Linux operatsion (amaliy) tizimi


Ma’lumki, jahon bo‘ylab shaxsiy kompyuterlardan unumli foydalanish maqsadida yangi tizimlar yaratilmoqda. 2000-yilda barchaga taniqli, mashhur “Microsoft” firmasining Windows XP operatsion tizimi o‘rniga Windows Vista tizimi kirib kelishi hamda yangi Windows 7, 8, 10 tizimlarining yaratilishi barchani quvontirdi. “Microsoft” kompaniya tizimlaridan tashqari, boshqa tizimlarning mavjudligi va ulardan Linuks nomli tizimning rivojlanib kelishi ham ma’lum. Jahonda Linux – eng tez taraqqiy etayotgan operatsion tizimiga aylanganli hech kimga sir emas. Hozirda, Linuxning hatto yiliga ikki marta yangilanib chiqayotgan turli tizimlari ham mavjud.
Shu qatorda, Fransiyada “Mandriva” nomli ajoyib operatsion tizim ishlab chiqarilgan. Linuks operatsion tizimining tarixi o‘zbek tilida yetarli ravishda yoritilmagan. Tarixda Linuksning ikki o‘tmishdoshi ma’lum, bu Yuniks(Unix) – ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan operatsion tizim hamda GNU(GNU) loyihasidir.

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə