O`qitish qonuniyatlari va prinsiplari reja


Ta`limda muntazamlilik va izchillik



Yüklə 39,82 Kb.
səhifə4/10
tarix18.05.2022
ölçüsü39,82 Kb.
#87262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`QITISH QONUNIYATLARI VA PRINSIPLARI

Ta`limda muntazamlilik va izchillik
Maktab ta`lim-tarbiya jarayonining hamma sohasida muntazamlilik va izchillik prinsipi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Maktab o`quv predmetlarining muntazamliligi ustida gap borar ekan, uni fan va fanni o`rganish tizimidan farq qilish lozim. Fan va uning o`rganish tizimi o`ziga xos qirrali, chuqur va murakkab hodisalarni o`z ichiga oladi. Uni o`quv fanlari va predmetlariga o`rganish tizimiga tadbiq etib bo`1maydi, bu mumkin emas. Shunday bo`lishiga qaramay bu ikki tizim o`rtasida umumiylik, birlik va muayyan ichki bog`lanishlar mavjuddir. Shunga ko`ra, maktab o`quv predmetlarini muntazam bayon qilish bir qator didaktik qoidalarga amal qiladi, ya’ni bir tomondan umumtalim maktablarda o`qitilayotgan fanlar ma`lum fan tizimi bilan o`zaro mustahkam, ilmiy va mantiqiy bog`lanishlarga ega bo`lishi nazarda tutilsa, ikkinchi tomondan, izchil muntazam o`qitilayotgan fanlar orqali o`quvchilarning bilish qobiliyati, o`zlashtirish darajasi va ularning ijodiy kuchlarini rivojlantirib borish nazarda tutiladi. Buning uchun maktab ta`limi jarayoni muntazamlilik prinsipining quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim. Ya`ni o`qitilayotgan fan yoki bayon qilinayotgan yangi materialning o`quvchilarning oldindan o`zlashtirgan bilimlari, ko`nikma va malakalari bilan izchil va uzviy bog`lanishi, shu bilan bir vaqtda o`qitilayotgan fan yoki o`quv materiallarini o`zlashtirish orqali kelajakda yangi fan yoki yangi bilimlarni o`zlashtirishga, shuningdek navbatdagi ta`lim bosqichiga o`tish uchun zamin yaratilishi nazarda tutmog`i lozim.
O`qituvchi kundalik o`quv materiallarini bayon qilishda muntazamlilik prinsipiga muvofiq dars o`tadi. Bunda:
1) Yangidan bayon qilinayotgan o`quv materiallarining oldindan o`zlashtirilgan materiallar bilan izchil bog`lanishini ta`minlash va shu orqali o`quvchilarda hosil qilingan tasavvur va tushunchalarni hamda chuqurlashtirish;
2) Bayon qilinayotgan o`quv materiallarining hajmiga muvofiq sur’atda qisimlarga bo`lish, undagi yetakchi va bosh masalalarni ajratish qisimlardan kelib chiqadigan umumiy tushunchalarni aniq va ravshan qilib o`qitish;
3) Yangi materiallarni bayon qilish jarayonida o`quvchilarni mustaqil mantiqiy fikr qilishga da`vat etish, shuningdek ijodiy urinishlarni tarbiyalash kabilar nazarda tutilmog`i lozim. Shu bilan birga ta`limning muntazamlilik prinsipi bayon qilinayotgan o`quv materiallarini mustahkamlash va ilgari o`tilgan materiallarini to`ldirishga hizmat qilishi; o`quvchilarning o`zlashtirgan bilim va hosil qilgan ko`nikma va malakalarni hisobga olib borishni ham o`z ichiga oladi.
Ta`limning muntazamliligi uning izchilligi bilan bog`liqdir. Izchillikka asoslangan ta`limning harakterli belgisi shundaki, u o`quvchilarning oldindan o`zlashtirgan bilim va malakalari zamirida yangi bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilish, ularning o`zaro bog`lanishlarini takomillashtirish va aksincha, yangi bilimlarni hosil qilish jarayonida oldin o`zlashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalar yana ham chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashni ta`minlashga qaratilgandir.

Yüklə 39,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə