Nazorat ishi darslari
Nazorat darsi deyishimiz bilan o’quvchilar bir oz tahlikaga tushadi. O’quvchilarda qo’rquv, hayajon hissi boshlanadi. Bu esa o’quvchilarda stress holatni vujudga keltiradi. Stress holati paydo bo’lishi bilan o’quvchilarning xotirasida mavjud bo’lgan axborotlar ham yuzaga chiqmay qolishi mumkin. Shu sababli, darsni boshlash paytidayoq o’qituvchi darsda xotirjamlik va eng e’tiborlisi ishchan muhit yaratib olishi zarur. Nazorat darslarida har bir o’quvchining yosh va psixologik hususiyatlarini e’tiborga olgan holda o’quv materialini tayyorlanishi va dars jarayonida har bir o’quvchi bilan yakka mashg’ulotlar olib borish ham dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Topshiriqlarni tayyorlash jarayonida topshiriqlarni qanday metodlar orqali bajarish mumkinligi oldindan hisobga olinadi. Kichik guruhlar taqdimotidan so’ng nazorat ishida uchragan tipik xato va kamchiliklar ustida ishlanadi. Xar bir uchragan tipik xatolar ustida ishlash keyingi mavzularda shu xatolarga yo’l qo’ymaslikning oldi olinadi.
Dostları ilə paylaş: |