O’qituvchi faoliyatining muhim bosqichi bu didaktik jarayon (yoki o’quv-bilish tuzilmasi)ni loyihalash hisoblanadi



Yüklə 159 Kb.
səhifə22/23
tarix19.04.2022
ölçüsü159 Kb.
#85660
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
kurs ishi

Dars bosqichlari

O’qituvchi faoliyati

O’quvchi faoliyati

Tavsiya etiladigan metodlar

Tayyorlov

Dars maqsadi, natijalarini belgilaydi, texnologik xarita tuzadi, ta’lim metodlarini, dars shaklini, baholash mezonlari va usullarini aniqlaydi, topshiriqlar tuzadi







Kirish

  • Tashkiliy qism (o’quvchilarni darsga psixologik tayyorlash va motivasiya).

    • dars mavzusi va maqsadini e’lon qilish;

amaliy ko’nikmalarni egallash uchun zarur bo’ladigan bilimlarni, nazariy materiallarni qaytarish.

Daftarga qayd etadilar

Og’zaki

Aqliy xujum


Kichik guruhlarda ishlash


Asosiy

    • nazariy bilimlarni standart vaziyatlarda qo’llash orqali dastlabki ko’nikmani shakllantirish va mustahkamlash;

    • bilim va ko’nikmalarni o’zgargan sharoitlarda qo’llash mashqlarini bajarish;

    • bilim va ko’nikmalarni ijodiy qo’llash;

o’zlashtirilgan ko’nikma asosida malakani shakllantiruvchi mashqlarni bajarish;

Amaliy mashq bajaradilar
Berilgan topshiriq bo’yicha ijodiy ish bajaradilar

Yakka tartibda ishlash

Kichik guruhlarda ishlash

Davra suhbati


Yakuniy

    • darsning o’quv maqsadlariga erishilganini, ya’ni o’zlashtirilgan yangi bilim va ko’nikmalarni baholash;

    • darsga yakun yasash va uyga vazifa berish.

Natijalarini taqdimot qiladilar
Daftarga qayd etadilar

Kichik guruhlarda ishlash

Mashqlarni bajarish paytida o’quvchilarga muammo qo’yish jarayonida va javob qidirishda qiziqish uyg’otish, bevosita ishtirokchilarga aylanishi va amaliy mashqlarni bajarish paytida mustaqil va ijodiy fikrlashlari aniq bir tizim asosida bilim olishni ta’minlaydi. O’quvchilar o’zlarining taxminlarini tekshirishlari va boshqa fikr-mulohazalarni tasdiqlashni, turli hil axborotlarni mantiqiy tahlil qilishga o’rganadilar.

XULOSA
O’qituvchi – bu eng avvalo, dars boshqaruvchisi. O’quvchining darsda nimadir yangilik olishi va shu yangilik orqali nimadir qila olishi uning mahorati, bilimi va saviyasiga bog’liq. O’qituvchi har bir darsda dolzarb masalalarni qo’ya olishi, o’quvchilarni bahs-munozaraga chorlay bilishi, darsni oxirigacha qiziqarli tarzda olib borishi zarur. Ta’lim sifatini ta’minlovchi yana bir omil – bu faol o’quvchidir. O’quvchilarni faollashtirish uchun esa o’qituvchi darslarda faol ta’lim metodlari va elementlaridan foydalanishi yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.

Har bir dars o’quvchi uchun yangi axborotdir. Ayniqsa, yangi o’quv materiali orqali o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini shakllantirish asosiy ta’lim sifatini ta’minlovchi omildir. O’quvchilarga yangi bilimlarni berish va olingan yangi bilimlar asosida ko’nikmalarni shaklantirish uchun kichik guruhlarda ishlash, vizuallashtirish, mustaqil ijodiy ishlash, o’yin mashqlari va rolli o’yinlar kabi noan’anaviy ta’lim metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslar ma’lum bir ketma-ketlikda, bir tizim asosida tashkil qilinadi. Darslarni tizimli tashkil qilishda bizga albatta, texnologik xarita yordam beradi. Texnologik xarita darsni bir tizimga solib, uni amalga oshirish bosqichlarini aniqlab beradi. Texnologik xarita 4 bosqichdan iborat bo’lib, unga tayyorlov, kirish, asosiy va yakuniy bosqichlar kiradi. O’qituvchi tayyorlov bosqichida darsga tayyorgarlik ko’radi, ya’ni dars maqsadi, natijalarini belgilaydi, texnologik xarita tuzadi, ta’lim metodlarini, dars shaklini, baholash mezonlari va usullarini aniqlaydi. Tayyorlov bosqichiga vaqt ajratilmaydi, chunki o’qituvchi hoxlagan vaqtida, o’ziga keragicha darsga tayyorgarlik ko’rishi mumkin.

Takrorlash darslarida o’quvchilarning muammo ustida mustaqil, hamkorlikda ishlashlari va ularning o’zlari bajarilgan topshiriqlarni taqdimot qilishlari pedagogika fanida bir-birini o’qitish degan atama bilan tushuntiriladi. O’quvchilarning taqdimotlar paytida o’z fikr-mulohazalarining bildirishlari, bir-birlarining kamchiliklarini to’ldirishlari boshqa o’quvchilarning bilmagan narsalarini o’rganib olishlariga yordam beradi. Ayniqsa takrorlash darslarida bunday metodlardan foydalanish o’rganilgan o’quv materialini o’zlashtirish samaradorligini oshirishga olib keladi.



Mashqlarni bajarish paytida o’quvchilarga muammo qo’yish jarayonida va javob qidirishda qiziqish uyg’otish, bevosita ishtirokchilarga aylanishi va amaliy mashqlarni bajarish paytida mustaqil va ijodiy fikrlashlari aniq bir tizim asosida bilim olishni ta’minlaydi. O’quvchilar o’zlarining taxminlarini tekshirishlari va boshqa fikr-mulohazalarni tasdiqlashni, turli hil axborotlarni mantiqiy tahlil qilishga o’rganadilar.


Yüklə 159 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə