O’qituvchi faoliyatining muhim bosqichi bu didaktik jarayon (yoki o’quv-bilish tuzilmasi)ni loyihalash hisoblanadi



Yüklə 159 Kb.
səhifə4/23
tarix19.04.2022
ölçüsü159 Kb.
#85660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
kurs ishi

Kurs ishi tarkibi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
ASOSIY QISM:

1. Didaktik jarayonning tashkiliy shakllari va zamonaviy dars tuzilmalari
O’qituvchi dars jarayonini tashkil qilar ekan, avvalo uning samarali bo’lishi, o’quvchilarning mavzuni to’liq o’zlashtirishini o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Shu sababli darslarni tashkil qilishning turli xil usullaridan foydalaniladi. O’qituvchi dars tuzilmasini tuzar ekan, dars tuzilmasi darsning maqsadli kechishini ta’minlovchi va uning turli elementlari orasidagi munosabatlarni tavsiflovchi faoliyatlar zanjiridir.

Dars oldiga qo’yilgan maqsadlarga ko’ra turlicha tuzilmalarga ega bo’lishi mumkin. Hozirgi kunda pedagogik amaliyotda dars tuzilmalarining har xil variantlari qo’llanilmoqda. Dars tuzilmalari va texnologik xaritalar namuna tarzda berilgan bo’lib, o’qituvchilar dars mavzusi va maqsadlaridan kelib chiqib, ijodiy yondoshishlari mumkin. Biz quyida yangi mavzuni bayon qilish dars tuzilmasini tuzishda nimalarga ahamiyat berish va qanday qilib tuzishga misol keltiramiz:

Xo’sh, didaktik jarayon mohiyati nimadan iborat? Ularni loyihalashga qanday pedagogik talablar qo’yiladi? Psixologiya va pedagogika fanida didaktik jarayon mutaxassis shaxsini shakllantirish jarayoni sifatida talqin etiladi. Ushbu savollarga V.P. Bespalko quyidagicha javob beradi:

O’qitish jarayoni “klassik qoida“ga bo’ysinadi. Ya’ni o’qituvchi sinf (auditoriya)ga kirib, dars mavzusini e’lon qiladi-yu, darhol uning mazmunini bayon qilishga kirishib ketadi. Didaktik jarayon esa har bir dars(ma’ruza)ni boshlashdan oldin o’quvchi(talaba)lar diqqatini jalb qila oladigan faoliyat bosqichi - motivasiyani vujudga keltirishdan boshlanadi. Ana shu motivasiya bosqichi o’quv-bilish faoliyatining kaliti hisoblanadi. Afsuski, bu kalitdan hanuzgacha o’qituvchilar ta’limning sehrli sandig’ini yechish uchun foydalanishmaydi

Dastlab o’qitish jarayoni tuzilmasi bilan tanishaylik.

Bu jarayonni ramziy tarzda quyidagi shartli formula bilan ifodalash mumkin.




Yüklə 159 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə