O’qituvchi faoliyatining muhim bosqichi bu didaktik jarayon (yoki o’quv-bilish tuzilmasi)ni loyihalash hisoblanadi


Zamonaviy maktabda dars shakllari



Yüklə 159 Kb.
səhifə7/23
tarix19.04.2022
ölçüsü159 Kb.
#85660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
kurs ishi

2. Zamonaviy maktabda dars shakllari
Yangi mavzuni bayon etish darsining tuzilmasi

Mazkur dars tuzilmasi quyidagi zanjirlaridan iborat;



  • darsning maqsadini e’lon qilish; Bunda o’qituvchi o’tiladigan maqsadini belgilaydi va darsni boshlanishida e’lon qiladi.

  • o’quvchilarning yangi mavzuni o’rganishlarini rag’batlantirish (motivasiya); O’qituvchi qo’yilgan maqsadga o’quvchilarning qay biri tezroq va samaraliroq erishgan bo’lsa, ularni rag’batlantirish usullarini bildirishi zarur.

  • mavzuga oid yangi tushuncha yoki axborotlarni ma’lum bir izchillikda, mayda tugal bo’laklarga bo’lgan holda, bosqichma-bosqich bayon etish;

  • mavzuga oid eng asosiy tushuncha va tayanch ma’lumotlarga urg’u berish, ularni ajratib ko’rsatish hamda yodda saqlab qolish bo’yicha ko’rsatmalar berish;

  • yangi mavzu materiallarini mustahkamlashga qaratilgan amaliy mashq o’qituvchi tomonidan namoyish qilinadi;

  • o’qituvchi nazorati ostida o’quvchilar tomonidan bajarilgan yangi materialni mustahkamlashga qaratilgan amaliy mashq;

  • o’quvchilarning yangi materiallarni dastlabki o’zlashtirish natijalarini nazorat qilish;

  • o’zlashtirilgan bilimlarni takrorlash asosida yangi bilim va ko’nikmalarni mustaqil mustahkamlash;

  • o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash maqsadida asosiyo tushuncha va tayanch materiallardan tez-tez foydalanish va amalda qo’llash;

  • dars o’quv maqsadlariga erishilganini, ya’ni o’zlashtirilgan yangi bilim va ko’nikmalarni baholash;

  • darsga yakun yasash va uyga vazifa berish.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslar ma’lum bir ketma-ketlikda, bir tizim asosida tashkil qilinadi. Darslarni tizimli tashkil qilishda bizga albatta, texnologik xarita yordam beradi. Texnologik xarita darsni bir tizimga solib, uni amalga oshirish bosqichlarini aniqlab beradi. Texnologik xarita 4 bosqichdan iborat bo’lib, unga tayyorlov, kirish, asosiy va yakuniy bosqichlar kiradi. O’qituvchi tayyorlov bosqichida darsga tayyorgarlik ko’radi, ya’ni dars maqsadi, natijalarini belgilaydi, texnologik xarita tuzadi, ta’lim metodlarini, dars shaklini, baholash mezonlari va usullarini aniqlaydi. Tayyorlov bosqichiga vaqt ajratilmaydi, chunki o’qituvchi hoxlagan vaqtida, o’ziga keragicha darsga tayyorgarlik ko’rishi mumkin. Kirish, asosiy va yakunlovchi bosqichlarda nimalarga ahamiyat berish kerakligi quyidagi texnologik xaritada o’z aksini topgan:



Yüklə 159 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə