O’qituvchi faoliyatining muhim bosqichi bu didaktik jarayon (yoki o’quv-bilish tuzilmasi)ni loyihalash hisoblanadi



Yüklə 159 Kb.
səhifə2/23
tarix19.04.2022
ölçüsü159 Kb.
#85660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
kurs ishi

KIRISH

ASOSIY QISM:

1. Didaktik jarayonning tashkiliy shakllari va zamonaviy dars tuzilmalari

2. Zamonaviy maktabda dars shakllari

a) Yangi mavzuni bayon etish darsining tuzilmasi

b) O’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish hamda mustahkamlash darsi

s) Bilim va ko’nikmalarni shakllantirish darslarini tashkil qilish

d) Takrorlash darsi

ye) Nazorat ishi darslari

f) O’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni amalda qo’llash darsi

XULOSA

ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda amaliyotga keng ko’lamda tatbiq etilayotgan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning sifat bosqichi davom etmoqda.

Ta’lim tizimi taraqqiyotining hozirgi bosqichi jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida tub sifat o’zgarishlarni amalga oshirish bilan bog’liq ekanligi inkor qilib bo’lmaydigan haqiqat.

Bu vazifani, birinchi navbatda o’qituvchi va pedagoglarimizning, so’ng fuqarolarimizning ijtmoiy ongini ifoda etuvchi ma’naviyatini, siyosiy, huquqiy, estetik madaniyatini, aqliy faolligini va bilim darajalarini zamon talablari darajasiga ko’tarish orqali erishish mumkin.

Mazkur muammolarning yechimi esa bevosita maktablarda dars jarayoni orqali ta’minlanadi. Zamonaviy maktablarda dars jarayoni tashkil etishda o’qituvchining roli beqiyosdir.

O’qituvchi faoliyatining muhim bosqichi - bu didaktik jarayonni tashkil etish hisoblanadi. Aynan shu didaktik jarayon pedagogik texnologiyaning asosini tashkil qiladi yoxud u belgilangan vaqt ichida ta’lim (tarbiya) maqsadiga erishish uchun o’quv materiali mazmunini o’quvchilarga uzatish yo’llarini aniqlab beradi. Shu bilan birgalikda didaktik jarayonning nazariy asoslarini yaxshi bilmasdan turib samarali pedagogik texnologiyani yaratish mumkin emas.

Xo’sh, dars jarayon mohiyati nimadan iborat? Ularni loyihalashga qanday pedagogik talablar qo’yiladi? Psixologiya va pedagogika fanida didaktik jarayon mutaxassis shaxsini shakllantirish jarayoni sifatida talqin etiladi. Ushbu savollarga V.P. Bespalko quyidagicha javob beradi:

O’qitish jarayoni “klassik qoida“ga bo’ysinadi. Ya’ni o’qituvchi sinfga kirib, dars mavzusini e’lon qiladi-yu, darhol uning mazmunini bayon qilishga kirishib ketadi. Didaktik jarayon esa har bir darsni boshlashdan oldin o’quvchilar diqqatini jalb qila oladigan faoliyat bosqichi - motivasiyani vujudga keltirishdan boshlanadi. Ana shu motivasiya bosqichi o’quv-bilish faoliyatining kaliti hisoblanadi. Afsuski, bu kalitdan hanuzgacha o’qituvchilar ta’limning sehrli sandig’ini yechish uchun foydalanishmaydi.

Bugungi kunda respublikamiz ta’lim tizimida ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Maktablar zamonaviy tipda qayta qurilib zaruriy moddiy-texnik baza bilan ta’minlanmoqda. Bu zamonaviy maktablarda dars tuzilmalarini tadqiq etish zamonaviy pedagogikaning dolzarb muammolaridan biridir.

Shu nuqtai nazarda kurs ishi uchun tanlangan «Zamonaviy maktabda dars tuzilmalari» mavzusi dolzarb muammolardan biridir.


Yüklə 159 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə