O’quv darsliklardan o’quvchi qanday foydalanadi. Reja



Yüklə 27,1 Kb.
səhifə1/6
tarix08.02.2023
ölçüsü27,1 Kb.
#100476
  1   2   3   4   5   6
O\'quvchi darsliklardan qanday foydalanadi


O’QUV DARSLIKLARDAN O’QUVCHI QANDAY FOYDALANADI.
Reja:


  • O’quvchilarni fuqarolik ruhida tarbiyalashda tarix fanining o’rni.



  • O’quv predmetlari, darslik va uning tuzilishi, davlat talim standartlari.



  • Talim tarbiyaning birligi, talim metodlari



  • Maktabda o’quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli dars va unga qo’yilgan talablar.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
X. Ibrohimov, R Rajabov, F Fayziyeva ,, O’rta maktab tarix talimi’’ T .: Fan va Texnalogiyalar nashri 2016-yil.
2 Sh Abdullayeva, a Axatova, B Sobirov, S Sayitov ,, pedagogika’’ T. : sharq nashri 2006 yil
O’ Tolipov, M Usmonboyeva ,, Pedagogik texnalogiyalarning tadbiqiy asoslari’’ T. : Fan nashri 2006-yil
Tarix o’qitish metodikasidan o’quv qo’llanma.
5 Seytxalilov E, Doniyorov A ,, Mustaqillik davrida O’zbekistonda professional talim rivoji tarixiga doir’’ maqola. O’zbekiston tarixi jurnali - 2001-yil
6 ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ va ,,Talim to’g’risidagi qonun’’ 1997-yil 29-avgust
T. Toshpo’latov, Y. G’afforov ,, Tarix o’qitish metodikasi’’ T.: 2002-yil.
 A. Sadiyev ,, O’zbekiston xalqlari tarixini o’qitish’’ T.: 1993-yil
M. Ochilov ,, Yangi pedagogik texnalogiyalar’’ Qarshi ,,Nasaf’’ 2000-yil
1 O’quvchilarni fuqarolik ruhida tarbiyalashda tarix fanining o’rni.
Har tomonlama yetuk , komil insonni shakllantirish talim- tarbiya jarayonida kutilgan asosiy natija ekan, yoshlarimizga kompleks tarbiya berishimiz lozim. Ayniqsa, ularda fuqarolik hissini shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini o’stirish , vatanparvar va baynalminal insonlar qilib yetishtirishga, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini o’stirishga alohida ahamiyat qaratishimiz kerak. O’quvchilarga huquqiy tarbiyani berishda va ularni vatanni sevishga o’rgatishda tarix fanidan foydalanishning ahamiyati kattadir. O’quvchilarda tarix fanini o’rgatish orqali ajdodlarimizga nisbatan chuqur hurmat- ehtirom tuyg’ularini tarbiyalash tarbiyaviy ishlarimizning uzviy qismini tashkil etishi lozim. Tarix fani pedagogik jihatdan to’g’ri tashkil etilsa, u o’quvchilarning huquqiy va axloqiy his- tuyg’ulariga, vatanparvarlik qarashlariga yaxshi tasir ko’rsatadi. Tarix fanini o’qitishda o’quvchilarning yosh xususiyatlari albatta hisobga olinishi, mavjud darslik, uslubiy ko’rsatma va qo’llanmalardan o’z o’rnida foydalanish lozim. Tarix darsi- bu o’quv jarayonining bir qismi, mantiqiy va pedagogik tugallangan bo’ladi. Tarix darsi muamoli xronologik tamoyil asosida qurilgan mazmunga ega:
Tarix darsi quyidagi zamonaviy talablarga javob berishi kerak.
1 Tarix fanining eng yangi yutuqlaridan, ilg’or pedagogik amaliyotdan foydalanish, darsni o’quv tarbiya jarayoni qonuniyatlari asosida qurish.
2 Darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatini amalga oshirish.
3 O’ quvchilarning mahsuldor bilish faoliyatini ularning qiziqishlari, ehtiyojlari, qobiliyatlarini inobatga olgan holda tegishli shart- sharoitlarni taminlash.
4 O’quvchilar anglaydigan predmetlararo
aloqalarni o’rnatish.
5 Ilgari olingan bilim va ko’nikmalar bilan aloqa. O’quvchilar erishgan rivojlanish darajasiga tayanish,
6 Shaxsning barcha sohalari rivojlanishining motivatsiya va faollashtirish.
7 O’quv tarbiyaviy faoliyatning barcha bosqichlarining mantiqiyligi va hissiyligi.
8 O’qitishning pedagogik vositalarda samarali foydalanish.
9 Hayot bilan aloqa, o’quvchilarning shaxsiy tajribasi bilan aloqa.
10 Amaliy- zaruriy bilimlar , ko’nikma, o’quv tafakkur va faoliyatning ratsional usullarini shakllantirish.
11 O’qish uquvini shakllantirish.
12 Har bir darsni puxta loyihalashtirish prognozlash, diagnostik qilish va rejalashtirish.
Tarix fani 3 vazifani bajaradi.
A o’qitish
B tarbiyalash
S rivojlantirish.
Darslarni mavzular bo’yicha rejalashtirish mumkin. Darslar tarixiy va mantiqiy aloqalar, shakl va mashg’ulotlar turini hisobga olgan holda ularni tizimli birlashtirish mumkin. O’qtuvchi mavzularni belgilaydi. Har bir sinfning aniq bilish imkoniyatlarini aniqlagandan so’ng o’qituvchi mavzularni rejalashtirish asosida dars bo’yicha rejani tuzadi.
O’qitishni faqat materialni bayon qilish bilan cheklab bo’lmaydi. O’qitish o’qituvchi faoliyatini barcha bosqichlarini yaxlitligini talab qiladi. Bu darsga tayyorlanishdan boshlab, uni o’tkazish va natijalari bilan tugaydi. Darsga tayyorlanishning har bir bosqichi qator funksiyalarni amalga oshiradi.

Yüklə 27,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə