O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə35/108
tarix05.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#104262
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   108
f6726ecde0adb5d0e687f4a0a68c2437 O`ZBEK ADABIY TANQIDI TARIXI

Oybek ijodi tanqidchi nigohida. M.Qo‘shjonovning tanqidchilikka kirib kelishidagi dastlabki e’tiborli maqolalaridan biri A.Muxtorning “Opa-singillar" romaniga bag‘ishlandi. Lekin munaqqid nomini kitobxonga tanitgan, ya’ni darhol tilga tushgan ishlardan biri “Qutlug‘ qon” to‘g‘risidagi katta maqola bo‘ldi. Boshqa ko‘p fazilatlaridan tashqari oddiy o‘zbek yigiti Yo‘lchi xarakterining shakllanish jarayoni chuqur tahlil qilingan bu maqola gazetada e’lon qilinish bilan tilga tushdi. Shu maqoladan boshlab M.Qo‘shjonov Oybek ijodini, uning mahorat sirlarini o‘rganish borasida ko‘p mehnat qildi.
I.Sulton o‘tgan asr 60-yillari arafasidayoq tanqidchilarni M.Qo‘shjonovdan o‘rnak olishga da’vat etishi bejiz emas "Oybek romanlarida xarakterlarni tasvirlash mahorati" mavzusida rus tilida yozilgan nomzodlik dissertatsiyasining asosiy natijalari kitob holda 1959 iilda bosilib chikdi. "Xo‘sh, M.Qo‘shjonov Oybek haqidagi avvalgi tadqiqotlardan so‘ng oybekshunoslikda nimalarni kashf etdi? Aslida adabiyotshunos H.Yoqubov kitoblaridan keyin bu borada hammaga manzur bo‘ladigan ish qilish nihoyatda ulkan mas’uliyat talab qilardi. Bu ishni amalga oshirish uchun faqat tanqidchi talantining o‘zi kifoya qilmasdi. Talantga qo‘shimcha tinimsiz mehnat, yuksak did, puxta nazariy bilim kerak edi. Uzoq izlanishlar, bir necha yil Moskvaning jahonga mashhur olimlari davrasida bo‘lish, klassiklar asarlarini sinchiklab o‘rganish yosh olimni bu jasoratga undadi".
Kitobning fazilati yozuvchilik san’atining asosiy va muhim tomoni sanaluvchi xarakter yaratish mahoratining tekshirilishida ko‘rindi. Asar Z. Kedrina, G.Lomidze kabi taniqli olimlar tomonidan o‘zbek adabiyotshunosligining jiddiy yutug‘i deb yuksak baholandi
M.Qo‘shjonov Oybek asarlari haqidagi kuzatishlarini davom ettirib, yuksak mahorat namunasi bo‘lgan "Oybek mahorati” asarini yaratdi va unda, asosan, adibning nasriy ijodini tadqiq etdi. Bu asar "adabiy hodisaga faqat nazariyotchi olim ko‘zi bilangina emas, balki san’atkor ko‘zi bilan ham qarashning, ilmiy tafakkurni badiiy tafakkur bilan dialektik aloqada olib borish"nint go‘zal namunasi bo‘lish Oybek mahorati" monografiyasi oybekshunoslikni yangi bosqichga olib chikdi. Oybekshunoslikning yangi bosqichga ko‘tarilishi, ayni vaqtda, umuman, o‘zbek adabiyotshunosligining yuqori bosqichga ko‘tarilayotganidan dalolatdir.
Bu kitobda ham tahlil markazida xarakter masalasi turadi. Oybek mahorati"ning adib haqidagi boshqa tadqiqotlardan farqlanuvchi o‘ziga xos fazilatidan biri shunda. Xarakter harakatining dalillash san’atini ochishda namoyon bo‘lgan A.Qodiriyga bag‘ishlangan tadqiqotidagi tajriba, an’ana davom ettirilib, Oybekka doir bu ishda yangi asarlarga murojaat asosida yanada chuqurlashtirildi. Bu tadqiqot qahramon xarakteriga bog‘liq holda konflikt, syujet, kompozitsiya muammolari ham uzviy birlikda o‘rganilgan o‘zbek adabiyotshunosligi erishgan salmoqli yutuq bo‘ldi. M.Qo‘shjonov Oybek she’riyatiga ko‘p murojaat etmaydi. Uning poemalariga, asosan, prozaga o‘tishdagi muhim sifatlarning shakllanishini belgilash nuktai nazaridan yondashadi. Shu ma’noda munaqqidni Oybek she’riyatida epik xususiyatlar jalb etadi. M.Qo‘shjonov ularni tahlil etar ekan, shoir she’riyatda ham yirik polotnolar, keskin ziddiyatlar, katta syujet yaratish ustasi ekanligini ochib beradi. Bu Oybekning katta ijod maydoniga kirib kelishi uchun zamin bo‘ldi deb xulosa chiqaradi.
M.Qo‘shjonovning Oybek ijodi haqidagi izlanishlari izchillikka ega.Uning "Talant jilolari", "Mahorat darsi", "Ijod saboqlari” kitoblarida ham Oybek mahorati xususidagi nozik kuzatishlarga duch kelamiz. Olim Oybek asarlaridagi ayrim qahramonlarni yozuvchi shaxsi, tarjimai holi biografiyasi bilan bog‘lanishda yoritishga harakat kiladi. "Qutlug‘ kon"dagi Yo‘lchi,"Ulug‘ yo‘l”dagi Zumrad, Umarali obrazlaridagi o‘z-o‘zini anglash, ruhiy-ma’naviy uyg‘onishlar, so‘zsiz, “yosh Oybekiing uz boshidan o‘tgan" degan xulosa asar strukturasidagi o‘ziga xosliklarni ochishdan tashqari u hakda kuzatishlar olib borilayotgan ilmiy ishning ham jonliligi va hayotiyligini oshirdi.
Abdulla Qahhor ijodining tolmas tadqiqotchisi. XX asr o‘zbek adabiyotshunosligining tarkibiy qismi – qahhorshunoslikni ham M.Qo‘shjonov tadqiqotlarsiz tasavvur etish kiyin. U A.Qahhorning deyarli barcha asarlarini, ulardagi estetik tamoyillarni keng planda, yangilanib borayotgan fikrlar asosida yangicha uslubda tahlil kildi. Bu hol A Qahhorning ijodiy individualligini, ya’ni A.Qodiriy, Oybek va boshqa yirik nosirlar ijodidan farq qiladigan qirralarini to‘laroq gavdalantirish imkonini berdi. Bu, o‘z navbatida tadqiqotchini adib mahoratini chuqur va teran tadqiq qilish yo‘lida jiddiy izlanishlarga undadi. "Adashganlar fojiasi" deb atalgan tadqiqot A.Qahhor ijodini, maxorat sirlarini o‘rganish yo‘lidagi ana shunday izlanishlar natijasi bo‘ldi.
M.Qo‘shjonovning "Mahorat sirlari" (1968) nomli asarida A.Qahhorning epik asarlari yuksak did bilan tahlil qilindi. Adib haqida navbatdagi "Hayot va nafosat"(1970) kitobida yozuvchining hikoyanavislik san’ati va dramatik asarlari o‘rganildi. "Abdulla Qahhor ijodida satira va yumor" asarida esa yozuvchining hajviy mahorati tadqiq etildi.
A.Qaxhor muammolarga qanday yondashdi, voqelikka munosabati qanday, boshqa ijodkorlardan qaysi xususiyatlari bilan farqlanadi, talanti yo‘nalishini belgilaydigan omillar nimalardan iborat? M.Qo‘shjonov yuqoridagi kitoblarida ana shu masalalarga javob qidiradi va, eng asosiysi, bu murakkab muammolarni asosli dalillar bilan chiroyli uslubda ochib beradi. Butun diqqat-e’tibor yetakchi bir nuqtaga- yozuvchining ijodiy prinsiplari nimalardan iborat ekanligini tahlil qilib berish va shu asosda uning o‘ziga xosligini ko‘rsatishga qaratiladi.
A.Qahhor haqidagi ishning A.Qodiriy, Oybek ijodiga bag‘ishlangan tadqiqotlardan farqlanuvchi ayrim xususiyatlari shundaki, tanqidchi endi asarning g‘oyaviy-badiiy qimmatini belgilovchi qahramon xarakterini o‘rganishdan tashqari bir karashda oddiy kitobxon ko‘ziga tashlanavermaydigan ohang va tafsilotlargacha alohida e’tibor berishga intiladi. Bu, ayniqsa, "Abdulla Qahhor ijodida satira va yumor" kitobida yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Munaqqid asarlarni qiyosiy tahlil qilish yo‘lidan boradiki, bu A.Qahhor mahoratini yanada aniqroq ko‘rsatish imkoniyatini yaratadi. Bunday yondashuv o‘zbek adibini jahonga mashhur novellistlar bilan bir qatorda turadi degan xulosaga olib keladi. Ayni vaqtda, ulardan farqlanuvchi o‘ziga xoslikni xam ishonarli dalillaydi.
A.Qahhorning nodir xususiyatlaridan biri-hayotni, qahramonlarni ruhiy tahlil kilish mahoratiga egaligidir. M.Qo‘shjonov "Sarob" va "Sinchalak"ni o‘zgalarga o‘xshab umuman emas, shu muammo nuqtai nazaridan tahlil etdi. Ularning o‘ziga xosligi shu xususiyatlarda namoyon bo‘ladi degan fikrga keldi. M.Qo‘shjonov adibning adabiy-estetik qarashlarini o‘rganishga ham alohida e’tibor berdi.
"O‘tmishdan ertaklar" o‘zbek adabiyotidagi o‘ziga xos bir yetuk avtobiografik asar ekani; Saidiy kiyofasidagi murakkablik, qarama- qarshilik, turli ruhiy iztirob faqat uning emas, davr va zamon obraziga ishora ekani; "Anor"dagi haqiqiy fojianing snri; "O‘g‘ri"dagi yig‘i va kulgi birligi; "Ming bir jon" va "Asror bobo"dagi komizm bilan fojia, mutoyiba va yumor mushtaraklish; "Bashorat", "Millatchilar", "Boshsiz
odam" zamiriga yashiringan yozuvchi ideali haqidagi mulohaza va ilgari surilgan fikrlar, nainki adabiyot va tanqid rivoji, balki, ayni vaqtda kitobxon estetik didiga ham ta’sir qiladi.
M.Qo‘shjonov maqola, ilmiy tadqiqotlarida fikrni obrazli ifodalash san’ati bilan kitobxon badiiy-estetik didini o‘stirishga munosib hissa qo‘shgan tanqidchi hisoblanadi. Uning fikricha, "Badiiy yetuk asarga bag‘ishlangan tanqidiy tahlil shundagina o‘zini oklaydiki, toki uni o‘qigan odamning badiiy asardan olgan ma’lumot va estetik hissi ikki barobar oshsin". M.Qo‘shjonov tadqiqotlari o‘zi qo‘ygan ana shu talablarga javob beradi. Uning san’atkorlarga bag‘ishlangan kitoblari fazilatan badiiy asar kabi zavq bilan o‘qilishi sababi shundan.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə