O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə27/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

Yuridik psixologiya ilmiy pedagogik fan bo’lib hisoblanib “inson-huquq” tizimidagi psixologik qonuniyat va tamoyillarni o’rganishga va bu tizimning samaradorligini oshirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga harakat qiladi.
Yuridik psixologiyaning zamonaviy tushunchasi, bu – huquqiy tartibga solish sharoitlaridagi shaxs va faoliyatning turli psixologik aspektlarini o’rganuvchi fan bo’lib, u tizimli yondashuv orqali oldida turgan vazifalarni hal etishga va rivojlantirishga o’z maqsadini qaratadi. Psixologiya va yurisprudensiyaning uyg’unlashganligi fanni ikki tomonlama boyitishga va sud faoliyatidagi dolzarb muammolarni hal etishga yordam beradi.
Psixologiya va yurisprudensiyaning birlashganligi jamiyatning ehtiyojidan kelib chiqilgan. Bu birlashish ichki qonuniyatlar bilan bog’lik bo’lib mavjud bo’lgan fanning obyekti, predmeti va usullari nimalardan iborat, uning umumiy fanlar bilan aloqadorligi va u yerdagi o’rni qanday ekanligi kabi savollarni o’rganishga qaratilgan.
Yuridik psixologiyaning paydo bo’lishi qonuniy hodisa ekan, bu yerda nimaga asoslanib umumiy psixologiyadan yuridik psixologiya maxsus fan sifatida ajralib yurisprudensiya fani uchun yordamchi yo’nalish bo’lib chiqqanligini aniqlab olish lozim.
Umumiy psixologiya Yurisprudensiya
yuridik psixologiya (maxsus fan) yuridik psixologiya (yordamchi

yo’nalish)


S.L. Rubinshteyning fikricha, barcha nazariyalar shu jumladan, psixologiya fanining asosiy vazifasi o’rganilayotgan hodisalarning maxsus qonuniyatlarini ochib berishdan iborat (Rubinishteyn S.L. 1978).
Psixologiya inson psixikasining paydo bo’lishi,rivojlanishi va namoyon bo’lishi qonuniyatlarini o’rganadi:
paydo bo’lishi

rivojlanishi qonuniyatlari


namoyon bo’lishi


Yuridik psixologiya sud ishlarini yurgizish jarayonida, shaxsning hulqatvorini maxsus o’rganishda yurisprudensiya sohasida kerakli va muhim bo’lgan amaliy vazifalarni yechishga yordam beradi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə