O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev


Jinoiy qilmishlarni majburan sodir etuvchi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə88/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

Jinoiy qilmishlarni majburan sodir etuvchi, eng zarur ehtiyojlarni qonuniy yo’llar bilan qondirib bo’lmaydigan hayotiy vaziyatlar, ijtimoiy shart-sharoitlar qurboni bo’lgan shaxs tipi.
Bunda jinoyatchi o’zini majburan yo’l qo’ygan xatti harakati uchun qoralashi, ichki ziddiyat holatida bo’lishi mumkin. Jinoyatni yuzaga kelgan vaziyatdagi vasvasa ta’sirida, uning uchun qimmatli bo’lgan natijaga, uning fikricha, hyech qanday salbiy oqibatlarsiz erishish mumkin bo’lgan holatda jinoyat sodir etadigan shaxs tipi.
Huquqiy ong darajasi, noijtimoiy xulq bu yerda birinchi holdagiga qaraganda ancha past.
Jinoiy qilmish sodir etishni doimo qonunga itoatkor xulqqa qaraganda afzalroq biladigan shaxs tipi. Bu jinoiy ta’sir yuqqan shaxs tipi.Hayot va faoliyatning barqaror jinoiy obrazi shakllangan jinoyatchi shaxs tipi. Jinoiy qilmishlarni sodir etish o’z o’zidan uning uchun ehtiyojga aylanadi. Bu – professional jinoyatchi tipi. Bunday jinoiy shaxs doimo jinoiy tajovuz predmetini izlash holatida bo’ladi. Uning jinoiy xatti harakat usullari ishlab chiqilgan, zarur qurol va vositalari doimo yonida bo’ladi. Bu jinoyatchilarning ijtimoiy jihatdan eng xavfli tipi.
Impulsiv (g’ayriixtiyoriy) jinoyatchilar tipi. Ayrim hayotiy vaziyatlar ular uchun birdaniga, to’satdan noqonuniy xatti-harakatga undovchi hisoblanadi. Bunday tipdagilar asabiyruhiy zo’riqish kuchaygan sharoitda tezda «o’zidan ketadi», darhol tajovuz, g’azab, rashk, vaziyat bilan bog’liq nafrat holatiga kiradilar.
Bunday jinoiy tiplar, ayniqsa, alkogol va narkotik vosi talardan mast hollarda o’zlarini namoyon etadilar. Ularning ijtimoiy xavfli xulqiga xos narsa ularda g’ayriijtimoiy xatti-harakat ko’rinishlarining shakllanganligi, ya’ni o’zini o’zi nazorat qilish darajasining pastligidir.
Impulsiv (g’ayriixtiyoriy) jinoyatchilar tipi. Ayrim hayotiy vaziyatlar ular uchun birdaniga, to’satdan noqonuniy xatti-harakatga undovchi hisoblanadi. Bunday tipdagilar asabiyruhiy zo’riqish kuchaygan sharoitda tezda «o’zidan ketadi», darhol tajovuz, g’azab, rashk, vaziyat bilan bog’liq nafrat holatiga kiradilar.
Bunday jinoiy tiplar, ayniqsa, alkogol va narkotik vosi talardan mast hollarda o’zlarini namoyon etadilar. Ularning ijtimoiy xavfli xulqiga xos narsa ularda g’ayriijtimoiy xatti-harakat ko’rinishlarining shakllanganligi, ya’ni o’zini o’zi nazorat qilish darajasining pastligidir. Shuningdek, jinoyat sodir etuvchi shaxslarning barqaror motivasion yo’nalganligi ularning muhim tipologik xususiyati hisoblanadi. Shu asosga ko’ra, quyidagi jinoiy tiplarni ajratish mumkin:
  1. axloqqa zid qarorlari ustunlik qiladigan jinoyatchilar;


  2. barcha qulay sharoitlarda odatiy tusga kirgan jinoiy xatti-harakat motivlari ustunlik qiladigan jinoyatchilar;


  3. muayyan hodisalar, muayyan guruh shaxslar, muayyan huquq bilan muhofaza etiladigan qadriyatlarga barqaror yomon munosabatda bo’lgan jinoyatchilar;


  4. jinoiy xatti-harakati g’azablanish holati (disforiya), yuqori ruhiy hayajon (affektasiya), jamiyatdan begonalashuv (autiklik), ijtimoiy begonalik hissi tufayli yuzaga keladigan jinoyatchilar.


  5. o’ziga xos «majburiy» jinoyatchilar – jinoyatlarni ular go’yoki chorasiz vaziyatda, subyektiv talqin etiladigan zarurat orqasida sodir etadilar.


  6. gedonistik (soddalazzatlanish) jinoyatchilarning jinoyatlari utilitar ehtiyojlari haddan tashqari ortib ketgan sharoitda ularni qonuniy yo’l bilan qondirish mumkin bo’lmaganida yuzaga keladi.


  7. barqaror g’ayriaxloqiy mayllar, ijtimoiy salbiy ehtiros va intilishlarga ega bo’lgan maniyak jinoyatchilar. Ko’p hollarda ular alkogolizm va narkotiklarga bog’liqlikka, psixopatologik xususiyatlar va jinsiy buzuqlikka chalingan bo’ladilar.


Jinoyatchi shaxsining barcha og’ir motivasion xususiyatlari ularning jinoiy xatti-harakatiga xos barqaror usullar, tegishli uquv va ko’nikmalari bilan bog’liq bo’ladi.



1 Qarang: O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. – T., 2008. – 15m.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə