O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev


Tintuv va olib qo’yish natijalarini qayd etish



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə99/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

Tintuv va olib qo’yish natijalarini qayd etish
Tintuv va olib qo’yishning tergov harakatlari sifatidagi daliliy ahamiyati ularning o’tkazish jarayoni va natijalarini to’la va obyektiv qayd etishga uzviy bog’liqdir. Tintuv va olib qo’yish bayonnomalari, ularning natijalari qanday bo’lishidan qat’i nazar, ular o’tkazilgandan so’ng tuziladi. Bayonnoma tintuv va olib qo’yishni qayd etishning asosiy vositasi hisoblanadi. Bayonnomada tintuv va olib qo’yish qachon, kim tomonidan, qayerda, qanday ish bo’yicha, kimning huzurida o’tkazilganligi va uning natijalari qanday bo’lganligi ko’rsatiladi. Bayonnomada topilgan va olib qo’yilgan predmetlar to’g’risida to’la ma’lumotlar ko’rsatib o’tiladi.
Obyektlarning umumiy va xususiy belgilarini iloji boricha aniqroq ko’rsatishga harakat qilinadi: shakli, hajmi, rangi, undagi har xil raqam va yozuvlarning mavjudligi va boshqalar. Obyektlarning sifat xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi: yangi, eski, muomalada bo’lgan va hokazo. Agar bir turdagi predmetlar olib qo’yilsa ularning miqdori yozuv bilan ko’rsatiladi.
Qimmatbaho qog’ozlar, chek va omonat daftarchalar, akkreditiv va hokazolarni olishda ularning rekvizitlari bayonnomada qayd etiladi. Xorijiy va milliy valyuta alohida ko’rsatiladi (masalan, O’zbekiston Respublikasi bankining 500 qiymatidagi bileti – 1000 dona). Agar o’g’irlangan pullarning raqamlari ma’lum bo’lsa, bayonnomaga har bir kupyura seriya va raqami kiritiladi.
Hujjatlarni olishda ularning maqsadi, rekvizitlari, holati: qo’l yozmalarni olishda – har bir betning birinchi va oxirgi iboralari ko’rsatib o’tiladi.
Tintuv qilinuvchi olib qo’yilayotgan predmetlar qimmatbaho metallardan tayyorlanganligini ta’kidlasa, har bir predmet batafsil ta’riflanishi, ularda proba bor yoki yo’qligini ko’rsatish zarur. Ta’riflayotganda, agar buyumlarda proba belgilariga o’xshagan alomat bo’lsa ham «tilla uzuk», «tilla zanjir» kabi shaklda ta’riflamaslik zarur. Bayonnomada «sariq metalldan ishlangan uzuk», «sariq metalldan ishlangan zanjir» deb ko’rsatish zarur. Antikvar buyumlarni ta’riflashda ulardagi firma belgilari va hokazolarni chizib olish mumkin.
Yashirin joylar, ularning niqoblarini ta’riflashga alohida e’tibor berish lozim. Bayonnomada qaysi buyumlar o’z xohishiga ko’ra berilganligi qayd etilishi zarur.
Agar tintuv yoki olib qo’yish davomida texnik vositalardan foydalanilgan bo’lsa, u holda bayonnomada uskunalarning nomi va turi, shuningdek, tintuv va olib qo’yishda hozir bo’lgan shaxslarni texnik vositalarni qo’llash haqida ogohlantirilganliklarini qayd etish kerak.
Bayonnomaning so’nggi qismida qanday predmetlar olinganligi, qanday o’ralganligi, kimga va nima saqlash uchun topshirilganligi ko’rsatib o’tiladi. Tintuv va olib qo’yish bayonnomasi uch nusxada tuziladi. Birinchi nusxasi ishga biriktirib qo’yiladi. Ikkinchi nusxasi tintuv qilinuvchi, olib qo’yiluvchi yoki uning vakillarida qoladi va ular birinchi nusxada ikkinchi nusxani olganliklari to’g’risida imzo chekadilar. Uchinchi nusxa olingan obyektlar bilan birga ashyoviy dalillarni saqlash kamerasiga topshiriladi. Original va nusxaning barcha betlari tergovchi, xolis va tintuv yoki olib qo’yishning boshqa ishtirokchilari hamda tintuv qilinuvchi yoki olib qo’yish o’tkazilgan idora vakillari tomonidan imzolanadi.
Bayonnoma yozish bilan birga, dalillarni qayd etishning boshqa usullari ham ishlatilishi mumkin: reja tuzish, rasmga olish, videotasmaga tushirish va hokazo. Reja va sxemalarda topilgan yashirin joylar tasvirlanadi, asosiysi – yashirin joyning o’zi, obyektlar qanday joylashganligi aks ettiriladi.
Rasm olish va videotasmaga tushirish ham shu asosda amalga oshiriladi: kuzatish imkonini beradigan asosiy va batafsil ko’rinish olinadi. Asosiy tasvirda topilgan yashirin joy va undagi obyektlar, batafsilida yashirin joydan olingan obyektlar qayd etiladi. Obyektlarni, ularning umumiy, xususiy va farqlovchi xususiyatlarini aniq ko’rinadigan qilib tasvirga tushirish lozim.
Agar olingan katta hajmdagi obyektlarni ishga biriktirishning iloji bo’lmasa, ularni qonunga binoan rasmga tushirish zarur.
Sifatli fotosuratlar jiddiy daliliy bazani tashkil qiladi: yashirin joylarning mavjudligi, turlari va xususiyatlaridan dalolat beradi; predmetlarni almashtirib qo’yish imkonini yo’qqa chiqaradi.
Olingan pullar va qimmatbaho buyumlar ertasi kuniyoq tegishli ichki ishlar organining moliyaviy bo’limlariga topshirilishi zarur. Qimmatbaho buyumlar va toshlarning haqiqiyligi, pullarning haqiqiyligi va ularda ma’lum bir shaxsning barmoq izlari mavjudligini ekspertiza yo’li bilan tekshirish zarur bo’lgan hollar bundan mustasnodir.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə