O’quv qo’llanma (bakalavriat yo’nalishi uchun) Toshkent-2004



Yüklə 178,88 Kb.
səhifə28/37
tarix29.11.2023
ölçüsü178,88 Kb.
#141008
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Instituti ish yuritish asoslari o’quv qo’llanma-fayllar.org

BILDIRISHNOMA



MA’LUMOTNOMA

III-bob. HUJJATLAR BILAN ISHLASh TARTIBI




    1. Hujjatlar tarkibi, ularni guruhlash va saqlash

    1. Ish hujjatlarini shakllantirish

Tashkilotga kelgan hujjat harakatda bo’ladi - ko’chgan ma’noda aytsak “yuradi”. Bu harakat hujjat kelgan yoki tuzilgan paytdan boshlab, to ijrosi bajarilib, yig’ma-jildga yuborilishi yoki topshirilishigacha bo’lgan jarayonni qamrab oladi.


Hujjatlar oqimini uch turga ajratish mumkin:
  1. Kirim hujjatlar - boshqa tashkilotlardan keladigan hujjatlar.


  2. Jo’natma hujjatlar - boshqa tashkilotlarga yuboriladigan hujjatlar.


  3. Ichki hujjatlar - tashkilotning ichida tuzilib, boshqaruv jarayonida odamlar tomonidan foydalaniladigan hujjatlar.


Olinma hujjatlar quyidagi jarayonlardan o’tadi:


  • qabul qilish;


  • dastlabki ko’rib chiqish;


  • qayd etish;


  • raqobat tomonidan ko’rib chiqish;


  • ijro uchun topshirish.


Hujjatlarni qabul qilish va dastlabki ishlash markazlashtirilgan ishlar boshqarmasi, umumiy bo’linma, devonxona yoki kotib tomonidan amalga oshiriladi.


Hujjatlar solingan xatjild (konvert) yoki paket olinar ekan, ular huquqiy jihatdan qanchalik to’g’ri rasmiylashtirilganligi, ularga ilovalar bor-yo’qligini (bus-butunliga) tekshirib ko’riladi, so’ng ochiladi. Hujjatlar etishmasligi yoki yaroqsizlanganligi aniklanganda, ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Ulardan biri devonxonada qoladi, ikkinchisi hujjat kelgan tashkilotga jo’natiladi. Jo’natilayotganda qaytarilish sababi ko’rsatilib, ilova xat yoziladi. Adashib jo’natilgan hujjatlar, hujjatga birga kelgan konvertni ilova qilgan holda belgilangan joyiga yangi konvertlarda jo’natiladi yoki yuboruvchiga qaytariladi. Kelib tushgan hujjatlar konvertlari jo’natuvchining manzilini, hujjatning jo’natilgan va olingan vaqtini faqat konvert bo’yicha aniqlash mumkin bo’lgan hollarda yo’q qilinmaydi. “Shaxsiy” ustxati bo’lgan yoki jamoat tashkilotlari nomiga yo’llangan hujjatlar ochilmay, belgilangan oluvchiga beriladi.
Hujjatlar devonxonada dastlabki ko’ruvdan o’tkazilayotganda, bevosita tashkilot rahbari ko’radigan hujjatlar alohida ajratiladi. Bunday hujjatlarga tashkilot faoliyatining asosiy masalalari bo’yicha axborotlar mavjud bo’lgan va rahbariyat qarorini talab etuvchi hujjatlar, xususan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va yuqori tashkilotlardan olingan hujjatlar kiradi. Qolgan hujjatlar rahbar o’rinbosarlariga ular o’rtasida vazifalarning taqsimlanishiga muvofiq yo’llanadi. Kundalik tezkor ma’lumotlarni o’z ichiga olgan, tayin bo’linmaga yoki mansabdor shaxsga yo’naltirilgan hujjatlar rahbariyatga ko’rsatilmasdan o’tkazilishi ham mumkin. Bu rahbarni boshqa mas’ul ijrochilar ham hal qilishi mumkin bo’lgan mayda-chuyda ishlardan ozod qilish imkoniyatini beradi.
Hujjatlarni dastlabki ko’rib chiqish va ijro etuvchilarga berish ularning kelib tushgan kunida yoki, ish payti bo’lmagan vaqtda kelib tushganda, birinchi ish kunida amalga oshirilishi kerak. Bir necha tarkibiy bo’linmalar tomonidan ijro etiladigan hujjatlar ularga navbat bilan yoki bir vaqtning o’zida nusxalarda beriladi. Hujjatning asli munosabat belgisi (rezolyutsiya)da birinchi ko’rsatilgan ijrochiga beriladi. Hujjatlarni ko’paytirish zarurati va nusxalar soni ijroni tashkil etuvchi shaxs tomonidan belgilanadi.
Kelgan hujjatni shoshilinch ravishda ijro etish zarurati tug’ilganda, tashkilot rahbari ko’rib chiqqungacha, uning mazmuni bilan ijrochini tanishtirib chiqishga yo’l qo’yiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasidan olingan hujjatlar olingandan so’ng bir soat mobaynida ijro etuvchilarga etkaziladi.
Jo’natma hujjatlarni ishlash va jo’natish, pochta qoidalariga muvofiq, markazlashtirilgan holda devonxona tomonidan bajariladi. Konvertga joylashtirishdan avval hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligi, ilovaning borligi va bus-butunligi, nusxalar sonining oluvchilar soniga muvofiqligi tekshiriladi. To’liq rasmiylashtirilmagan yoki noto’g’ri rasmiylashtirilgan hujjatlar puxta ishlash uchun ijrochiga qaytarilishi kerak. Buyurtma xat-xabarni jo’natish ro’yxati tuziladi, unga devonxona xodimi o’zining familiyasi va jo’natish sanasini qo’yadi. Mashinada o’qiladigan hujjatlarni jo’natish ilova xati bor bo’lganda amalga oshiriladi. Ilova xat nusxasi umumiy asoslarda yig’majildga tikiladi.
Jo’natish uchun tayyorlangan hujjatlar o’sha kunning o’zida yoki kelgusi ish kunidan kechiktirmasdan ishlanishi va jo’natilishi kerak.
Ichki hujjatlar tarkibiy bo’linmalardagi tegishli mas’ul shaxslarga qaydnoma daftariga imzo chektirilgani holda yoki ro’yxatga olingan shaklda beriladi. Tashkilot hujjatlari (ayrim tarkibiy bo’linmalar va hujjatlar turkumi bo’yicha) ham to’liq, ham tanlab hisobga olib boriladi. Fuqarolar takliflari, arizalari va shikoyatlari mustaqil ravishda hisobga olinadi. Hujjatlar sonini hisoblab chiqishda har qaysi nusxa, shu jumladan, ko’paytirilgan va mashinkada yozilganlari ham bir birlik sifatida hisoblanadi. Hujjatlar aylanishining hisob-kitob natijasi tashkilot rahbariga vaqti-vaqtida etkazib turiladi. Bu hujjatlar ustidagi ishlarni takomillashtirishda choralar ishlab chiqishga yordam beradi.

    1. Yüklə 178,88 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə