O‘quv reja va dastur (II-IX sinf) Toshkent-2011


, 3, 4-sinflardа mаtеmаtikа fаnidan 0.5 soat, mаktаb ixtiyoridаn 1 sоаt оlindi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə2/10
tarix11.03.2018
ölçüsü0,87 Mb.
#31142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

2, 3, 4-sinflardа mаtеmаtikа fаnidan 0.5 soat, mаktаb ixtiyoridаn 1 sоаt оlindi.

5, 6- sinflardа оnа tilidаn 1 sоаt, mаtеmаtikа fаnidan 1 soat, mеhnаt tа’limi fаnidаn 1 sоаt;



7-sinfgа ona tilidan 1 soat, matematikadan 1soat, biologiyadan 0,5 soat, geografiyadan 0,5 soat, mеhnаtdаn 1 sоаt, mаktаb ixtiyoridаn 0,5 sоаt;

8-sinfgа matematikadan 1soat, biologiyadan 0,5 soat, geografiyadan 0,5 soat, mеhnаtdаn 1 sоаt, mаktаb ixtiyoridаn 1 sоаt;

9-sinfgа matematikadan 0,5 soat, biologiyadan 0,5 soat, geografiyadan 0,5 soat, mеhnаtdаn 1 sоаt, mаktаb ixtiyoridаn 0,5 sоаt;

Mazkur sinflardan olingan soatlar tarix faniga ixtisoslashtirilgan va chuqurlashtirib o‘qitiladigan umumta`lim maktablarida maxsus fanlarni o‘qitishga qo‘shib berildi.



8-9-sinflardagi “Mehnat” dars soatlari chuqur o‘rganiladigan Iqtisоdiy bilim аsоslаri fani amaliyotda qo‘llanilishi va shu soha bo‘yicha o‘quvchilarni kasb ixtisosligiga yo‘naltirish uchun beriladi.

Maktab ixtiyoridagi soatlar ixtisoslashririlgan ta’limni tashkil qilish hamda mazkur tushuntirish xatida belgilangan mashg‘ulotlarga ajratiladi:



Maktab ixtiyoridan haftasiga 1.5 soat olinib, tarix fani chuqur o‘qitiladigan sinflar uchun o‘quvchilarning qiziqishlariga ko‘ra ijodiy qobiliyatlarni o‘stiruvchi guruh mashg‘ulotlariga ixtisoslashtirilgan ta’limni tashkil qilishga qo‘shib berildi. Tarix ixtisosligiga yo‘naltirilgan sinflarda maxsus fanlarni o‘qitishda o‘quvchilar ikki guruhga ajratib o‘qitiladi. Maktab ixtiyoriga ajratilgan soatlardan ayrim fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida berilganda sinflarni guruhlarga bo‘lib o‘tilishi mahalliy moliya organlari bilan kelishilgan holda hal etiladi.

Onа tili, matematika, biologiya, geografiya, va mеhnаt fanlaridan olingan dars soatlarini to‘ldirish bo‘yicha mavzuiy rejalashtirish va tushuntirish xati hamda nemis tili fanidan o‘quv dasturi Respublika ta`lim markazi tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanadi.

Yozgi amaliy mehnat mashg‘ulotlari uchun ajratilgan 5-sinf uchun 4 soatdan 6 kunlik, 6-sinf uchun 4 soatdan 6 kunlik, 7-sinf uchun 4 soatdan 10 kunlik, 8-sinf uchun 4 soatdan 16 kunlik vaqt o‘quvchilarning mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish va kasbga yo‘naltirish maqsadida maxsus ishlab chiqilgan, ota-onalar, mahalla qo‘mitalari raislari bilan kelishilgan, maktab direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida amaliy mashg‘ulotlar va tadbirlarni o‘tkazish uchun sarflanadi.


Ayrim fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining Tarix fanidan o‘quv dasturlarini optimallashtirish yuzasidan sharhlar:
Оliy vа o‘rtа mахsus tа’limi vа Хаlq tа’limi vаzirliklаrining 2010 yil 31 mаrtdаgi “Umumiy o`rtа, o‘rtа mахsus, kаsb-hunаr vа Оliy tа’limning Dаvlаt tа’lim stаndаrtlаri, o‘quv dаsturlаrining uzviyligi vа uzluksizligini tа’minlаsh to`g`risidа”gi 134/62-sоnli qo`shmа buyrug`igа ko`rа ishchi guruhlаri tuzildi vа 24 tа umumtа’lim fаnlаri o`quv dаsturlаri uzviyligi, uzluksizligi tа’minlаndi vа оptimаllаshtirildi.

Оptimаllаshtirilgаn o`quv dаsturlаr Оliy vа O`rtа mахsus tа’limi vа Хаlq tа’limi vаzirliklаrining 2010 yil 1 iyuldаgi “Umumiy o`rtа, o`rtа-mахsus, kаsb-hunаr tа’limi muаssаsаlаridа o`qitilаyotgаn umumtа’lim fаnlаri hаmdа Оliy tа’limdа dаvоm ettirilаdigаn fаnlаr dаsturlаri uzviyligi vа uzluksizligini tа’minlаsh to`g`risidа”gi (6/2-sоnli) 4/1-sоnli Qo`shmа hаy’аt mаjlisi qаrоrigа аsоsаn tаsdiqlаndi.

Shungа ko‘rа, аyrim fаnlаr chuqur o‘rgаnilаdigаn dаvlаt iхtisоslаshtirilgаn umumtа’lim muаssаsаlаridа tа’lim jаrаyonini tаkоmillаshtirish, tа’lim sifаti vа sаmаrаdоrligini оshirish, o‘quvchilаrdаgi qоbiliyat vа iste’dоdni yanаdа kаmоl tоptirish uchun fаn yo`nаlishlаri bo`yichа iхtisоslikkа yo`nаltirilgаn o`quv dаsturlаrini оptimаllаshtirish mаqsаdidа Respublikа tа’lim mаrkаzining 2010 yil 22 sentyabrdаgi “Аyrim fаnlаr chuqur o`rgаnilаdigаn dаvlаt iхtisоslаshtirilgаn umumtа’lim muаssаsаlаrining o‘quv dаsturlаrini оptimаllаshtirish to‘g‘risidа”gi 62-sоnli buyrug‘i qаbul qilindi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarining tarix fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflarida umumiy tarix kursi 2-9 sinflarda 867 soat,

- 2-4 sinflarda 51 soat,

- 5-9 sinflarda 816 soat quyidagi ketma-ketlikda o‘qitilmoqda:

II, III, IV-sinflarda: “Tarix olamiga sayohat” o‘quv fani 51 soat halimda fan sifatida o‘rganilmay, dastlabki tarixiy tasavvurlar hamda eng sodda tushunchalarni egallash bilan cheklaniladi.

V-sinfda: “O‘zbekiston tarixi” (68 soat hajimda) fanida quyidagi: O‘zbekistondagi qadimgi davlatlar, “Avesto”- ajdodlarimizning ilk yozma tarixiy manbasi, yurtimiz allomalari, Turkiston ma'rifatparvarlari, To‘maris, Shiroq va Spitamen qahramonligi, Jaloliddin Manguberdi jasorati, Sohibqiron Amir Temur, Temuriylar davri madaniyati, O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, tarixiy-me'moriy obidalari, O‘zbekiston – mustaqil davlat, O‘zbekiston iqtisodiyotidagi yutuqlar, Ma'naviy-ma'rifiy yuksalish kabi mavzular o‘rganiladi.

Jahon tarixi”da (68 soat hajimda) Tarixiy manbalar, tarixda yil hisobi, dunyo xaritasi tarixi, eng qadimgi odamlar va ularning manzilgohlari, turmush tarzi, arxeologiya tarixidan, muzeylar, afsonalar, qoyatosh rasmlari, yozuvning paydo bo‘lishi, qadimiy diniy e'tiqodlar, qadimgi sivilizatsiyalar, dunyodagi qadimgi davlatlar, dunyoning yetti mo‘jizasi, tangalar-tarix guvohi, savdo yo‘llari, ishlab chiqarish texnikasining paydo bo‘lishi, dengiz yo‘llarining, transport vositalarining, aloqa vositalarining kashf etilishi, maktab-ilm o‘chog‘i, buyuk daholar kashfiyotlari, Olimpiya o‘yinlari, tarixiy obidalar, birinchi va ikkinchi jahon urushlari, birlashgan millatlar tashkiloti, dunyo xavfsizligiga tahdid kabi mavzular o‘rganiladi.



VI-sinfda“O‘zbekiston tarixi” fanida (68 soat hajimda) Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari, O‘rta Osiyo boblari o‘rganiladi.

Jahon tarixi68 soat hajimda eng qadimgi davrlardan milodning V asrining ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davridagi jahon tarixi o‘rganiladi. Qadimgi Sharq va Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim boblari o‘rganiladi.



VII-sinfda: O‘zbekiston tarixi 102 soat hajimda mamlakatimiz tarixining IV asridan XVI asrigacha bo‘lgan quyidagi boblar o‘rganiladi: O‘rta asrlarda yerga egalik qilish munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi, O‘rta Osiyoning arablar tomonidan fath etilishi, xalq qo‘zg‘olonlari, Movarounnahrda mustaqil davlatlarning tashkil topishi, Vatanimiz xalqlarining mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi ozodlik kurashlari, Amir Temur va temuriylar davlati haqida ma'lumotlar beriladi.

Jahon tarixi 102 soat hajimda V asrdan XVI asrgacha bo‘lgan O‘rta asrlarning birinchi davri, VI-XI asrlarda Osiyo xalqlari. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivoji. Shaharlarning yuksalishi, G‘arbiy yevropada markazlashgan davlatlarining tashkil topishi, Rivojlangan o‘rta asrlarda Germaniya va Rus yerlari, Saljuqiylar va Usmonli turklar, XI-XV asrlarda Osiyo, Amerika va Afrika xalqlari boblari o‘rganiladi.

VIII-sinf: O‘zbekiston tarixi 68 soat hajimda vatanimiz tarixining XVI asrdan XIX asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi. Jumladan, Movarounnahr Shayboniylar hukmronligi davrida, Ashtarxoniylar hukmronligi davrida Buxoro xonligi, Buxoro amirligi, XVI-XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligi, XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligi, XVI-XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlar, XVIII-XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qon xonligi, O‘rta Osiyo davlatlarining xalqaro munosabatlari boblari o‘rganiladi.

Jahon tarixida XVI asrdan XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davri 102 soat hajmda o‘rganiladi. Jumladan, XVI-XVIII asrlarda yevropa, Amerika va Osiyo davlatlari, XIX asrning 60-yillari oxirigacha bo‘lgan davrda yevropa davlatlari, XIX asrning 60-yillarining oxirida Osiyo va Afrika mamlakatlari, yevropada XIX asrning 60-yillarining oxiridagi ijtimoiy harakatlar, XVIII-XIX asrlarning 60-yillari oxirigacha bo‘lgan davrda ilm-fan, adabiyot va san'at boblari o‘rganiladi.

IX-sinf: O‘zbekiston tarixida XIX asrning o‘rtalaridan 1920 yilgacha bo‘lgan davrda Vatanimiz tarixi 68 soat hajimda o‘rganiladi. Jumladan, XIX asr o‘rtalarida o‘zbek xonliklarining siyosiy-iqtisodiy va madaniy hayoti, Chor Rossiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishi, Chor Rossiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati, XIX asr oxirida Turkistonda milliy-ozodlik harakatlari, XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida qoraqalpoqlar, jadidlar harakati va uning Turkiston ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi ahamiyati, Turkiston va birinchi jahon urushi, XX asr boshlarida Buxoro amirligi va Xiva xonligi, Mustamlaka sharoitida Turkistonda madaniy hayot boblari o‘rganiladi.

Jahon tarixida XIX asrning 70-yillaridan 1918 yilgacha jahon tarixida sodir bo‘lgan voqyealar o‘rganiladi. Jumladan, yevropa va Amerika davlatlari, Osiyo va Afrika mamlakatlari, Birinchi jahon urushi va uning yakunlari, fan va madaniyat boblari 102 saot hajimda o‘rganiladi.

O‘quv dasturi tahlil qilinganda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

O‘quv dasturiga o‘quvchining yosh va psixofiziologik xususiyatlariga mos kelmaydigan, fanlararo bog‘lanishni ta'minlamaydigan asosan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limida takrorlanadigan, avvalgi 10-11 sinflarda va yuqori sinflarda va boshqa fanlarda o‘rganilishi lozim bo‘lgan ba'zi mavzular va ulardagi tushunchalar kiritilgan. 2-9 sinflar tarix kursiga asossiz ravishda ko‘chirilgan.



Jumladan: “Tarix olamiga sayohat” kursida

3-sinfda

1) “Qadimgi davrning buyuk tarixchilari” nomli 11-mavzu 6-sinf “Qadimgi dunyo tarixi” kursida “Qadimgi yunoniston olimlari va mutaffakirlari” mavzusida oqitiladi



4-sinfda

2) 2-mavzu “Yunon-makedon bosqiniga qarshi kurash” 6-sinf “Qadimgi dunyo tarixi”o`quv dasturining 40-41 mavzularida “O’rta Osiyo xalqlarining yunon makedon bosqinchilarida qarshi kurashi” mavzusida o’qitiladi.

3) 4-mavzu “Mo‘g‘ullar bosqini” 7- sinf “O’zbekiston tarixi” dasturida mavjudligi uchun.

4) 9-mavzu “O‘rta Osiyo xonliklari” mavzulari 8-sinf “O’zbekiston tarixi” dasturida mavjudligi uchun dasturdan chiqarildi.



5-sinf “Jahon tarixi”da

6) 13-mavzu. Qadimgi davrning buyuk tarixchilari 6-sinf “Qadimgi dunyo tarixi” kursida “Qadimgi yunoniston olimlari va mutaffakirlari” mavzusida oqitiladi

7) 14-mavzu. Turli ashyolar, ro‘zg‘or jihozlarining kelib chiqishi davlat ta`lim standartlari talablarida mavjuf emasligini e`tiborga olinmagan

8) 17-mavzu. Dengiz fojealari

5-sinf “O`zbekiston tarixi”da

9) – mavzu. Tasviriy san'at va tarix davlat ta`lim standartlari talablarida mavjuf emasligini e`tiborga olinmagan.

Shuningdek, Tarix fanlari chuqurlashtirilib o‘qitiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab o`quvchilarining imkoniyatlari e`tiborga olinmagan holda sodda mavzularga soatlar ko`p ajratilgan.

Jumladan, “Jahon tarixi”da

1-mavzu. Tarix olamiga sayohat 2 soat

2-mavzu. Zamin-tarix xazinasi 2 soat

3-mavzu. Ibtidoiy tarix 2 soat

5-mavzu. Buyuk muzliklar davridagi hayot 2 soat

“Mavzular va mavzuga doir manbalar bilan ishlash uchun” 9 soat ajratilgan har bir matnda mavzu va mavzuga doir manbalar bilan ishlash belgilanishi e`tiborga olinmagan.

O`zbekiston tarixi”da

Ona vatanning eng qadimgi tarixi. 2 -soat

Vatan nimadan boshlanadi? 2 -soat

Musiqa asboblarining yaratilishi tarixi. 2 -soat

Bizning shajara. 2 -soat

O‘zbekistonning qadimgi davr dehqonchiligi. 2 -soat

Jangchi-mardona ayollar to‘g‘risida hikoya qilinadi. 2 -soat

Oks xazinasi. 2 -soat

Biz g‘alaba qilamiz. 2 -soat

Inson nima uchun tug‘iladi. 2 –soat.

Buyuk tabib Abu Ali Ibn Sino. 2 -soat

Mo‘g‘ullar bosqini. 2 -soat

Mirzo Ulug‘bek merosi. 2 -soat

Alisher Navoiy - buyuk shoir va mutafakkir. 2 -soat

Bobur - jasoratli demak. 2 -soat

Toshkent - non shahri 2 -soat


Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish uchun tarix fani o‘quv dasturlariga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

3-sinf “Tarix olamiga sayohat” kursidagi

11-mavzu “Qadimgi davrning buyuk tarixchilari” 5-6 sinif dasturlarida mavjudligi e‘tiborga olinib dasturdan chiqarildi.

Chiqarilgan mavzular o`rniga


  • 1 soatlik amaliy mashg‘ulotlar kiritildi.


4-sinf “Tarix olamiga sayohat” kursidagi 3 soatlik quyidagi

2-mavzu “Yunon-makedon bosqiniga qarshi kurash”

4-mavzu “Mo‘g‘ullar bosqini” 7- sinf dasturida mavjudligi uchun,

9-mavzu “O‘rta Osiyo xonliklari” dasturidan chiqarildi

Chiqarilgan mavzular o`rniga


  • 3 soatlik amaliy mashg‘ulot kiritildi.


5-sinf “Jahon tarixi” tarix fani o‘quv dasturidagi 6 soatlik 3 ta mavzu

- 13-mavzu. Qadimgi davrning buyuk tarixchilari

- 14-mavzu. Turli ashyolar, ro‘zg‘or jihozlarining kelib chiqishi

- 17-mavzu. Dengiz fojealari dasturdan chiqarildi.



9-soatlik quyidagi 4 ta mavzu

- 1-mavzu. Tarix olamiga sayohat

- 2-mavzu. Zamin-tarix xazinasi

- 3-mavzu. Ibtidoiy tarix

- 5-mavzu. Buyuk muzliklar davridagi hayot 4 soatlik 4 mavzuga keltirildi

- “Mavzular va mavzuga doir manbalar bilan ishlash uchun” ajratilgan 9 soatlik



dasturdan chiqarildi

Ciqarilgan mavzular o‘rniga quyidagi

20 soatlik 19 ta mavzular va kiritildi.

  • Tarixda yil hisobi

  • Arxeologiya tarixidan

  • Muzeylar

  • Qoyatosh rasmlari

  • Qadimgi sivilizatsiyalar

  • Qadimgi dunyoning yetti mo‘jizasi

  • Tangalar – tarix guvohi

  • Maktab-ilm o‘chog‘i

  • Savdo yo‘llari

  • Dengiz yo‘llarining kashf etilishi

  • Ishlab chiqarish texnikasining paydo bo‘lishi

  • Transport vositalarining kashf etilishi

  • Aloqa vositalarining kashf etilishi

  • Buyuk daholar kashfiyotlari

  • Birinchi jahon urushi

  • Ikkinchi jahon urushi

  • Birlashgan millatlar tashkiloti

  • Dunyo xavfsizligiga tahdid

  • XXI asr ilm va taraqqiyot asri nomli mavzulari kiritildi.

5-sinf “O`zbekiston tarixi” dan 2 soatlik 1 ta mavzu

1-mаvzu.Tasviriy san'at va tarix



dasturdan chiqarildi

5-sinf “O‘zbekiston tarixi” o‘quv dasturidagi 32 soatlik 15 ta mavzu



  • Ona Vatanning eng qadimgi tarixi.

  • Vatan nimadan boshlanadi?

  • Musiqa asboblarining yaratilishi tarixi.

  • Bizning shajara.

  • O‘zbekistonning qadimgi davr dehqonchiligi.

  • Jangchi-mardona ayollar to‘g‘risida hikoya qilinadi.

  • Oks xazinasi.

  • Biz g‘alaba qilamiz.

  • Inson nima uchun tug‘iladi?

  • Buyuk tabib Abu Ali Ibn Sino.

  • Mo‘g‘ullar bosqini.

  • Mirzo Ulug‘bek merosi.

  • Alisher Navoiy - buyuk shoir va mutafakkir.

  • Bobur - jasoratli demak.

  • Toshkent - non shahri

16 soatlik 15 ta mavzuga keltirildi.
Chiqarilgan va qisqartirilgan soatlar o`rniga quyidagi 16 soatli 16 ta mavzu, 2 ta amaliy mashg’ulot kiritildi.

  • O‘zbekistondagi eng qadimgi davlatlar

  • Yurtimiz allomalari

  • Turkiston ma'rifatparvarlari

  • To‘maris va Shiroq jasorati

  • Arablarga qarshi xalq ozodlik kurashlari

  • Jaloliddin Manguberdi

  • Temuriylar davri madaniyati

  • O‘zbekistondagi eng qadimgi tarixiy shaharlar

  • O‘zbekistonning tarixiy-me'moriy obidalari

  • O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lida

  • O‘zbekiston mustaqilligining qo‘lga kiritilishi

  • O‘zbekiston va jahon

  • O‘zbekiston iqtisodiyotidagi yutuqlar

  • Ma'naviy va ma'rifiy yuksalish

  • Dunyo xavfsizligiga tahdid

  • XXI asr ilm va taraqqiyot asri nomli mavzulari kiritildi.


9-sinf Jahon tarixi o‘quv fani dasturida

52-mavzu: “1914-1918 yillardagi birinchi jahon urushi va uning oqibatlari” (3 soatlik) mavzusi hozirgi kunda II-jahon urushining oqibatlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitilishi sababli dasturdan chiqarildi§

Ushbu mavzu o`rniga 3 soatlik “1914-1918 yillardagi birinchi jahon urushining boshlanishi, sabablari va bahonasi” mavzusi kiritildi.

Bundan tashqari, ishchi guruhi 6-9 sinf o‘quv dasturlarining ayrim mavzularidagi tushunchalarni takomillashtirishga erishdi. Bunda o‘quv dasturlaridagi mavzu nomlariga daxl qilinmadi



6-sinf “Jahon tarixi” o‘quv dasturidag 18-mavzu. “Miloddan avvalgi III-I asrlarda Xitoy” mavzusida berilgan “Sariq chilvirlilar” tushunchasi xato yozilganligi uchun “Sariq ro‘mollilar” deb o‘zgartirildi.

Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim muassasalarining optimallashtirilgan o‘quv dasturlari Xalq ta'limi vazirligi hamda Davlat Test markazining 2011 yil 4-iyuldagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining optimallashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 146 (27)-sonli qo‘shma buyrug‘i bilan tasdiqlandi (shunga ko‘ra Xalq ta'limi vazirligi hamda Davlat Test markazining 2008 yil 7 noyabrdagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining namunaviy o‘quv rejalari, dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 296-, 01-387 KB –sonli qo‘shma buyrug‘i bekor qilindi).

Mazkur optimallashtirilgan o‘quv dastur 2011-2012 – o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etildi.














Ishchi guruhi

M. To‘rayeva -Yunusobod tumanidagi

9-sonli maktabning oily toifali o‘qituvchisi




B. Hasanova - Yakkasaroy tumanidagi 118-sonli maktabning oily toifali o‘qituvchisi




F. Sultonov - TDJTU qoshidagi 2-sonli akademik litsey o‘qituvchisi


O‘QUV DASTURI
2-sinf Tarix olamiga sayohat (17 soat)
Kirish. (1 soat)

Avlodlarimiz merosi- xalqimizning ko‘p asrlik donishmandligi. Tarixni bilmaslik kelajakni ko‘ra olmaslikka olib keladi.



1-mavzu. Tarix olamiga sayohat (1 soat)

Tarix nima? Tarix nima uchun o‘rganiladi? Moziy voqyea - hodisalari qanday o‘rganiladi. Tarixni o‘rganuvchi fanlar.


2-mavzu. Zamin - Tarix xazinasi (1 soat)

O‘tmish asoratlari. Arxeologik qazilmalar. Suv ostida olib boriladigan arxeologik izlanishlar.


3-mavzu. Ibtidoiy tarix. (1soat)

Olduvay darasidagi topilmalar. Uquvli odam va uning aqlli odamdan farqi. Ibtidoiy odamning mehnat qurollarini yasashi.


4-mavzu. Buyuk muzliklar davridagi hayot ( 1 soat)

Ibtidoiy odam boshdan kechirgan og‘ir sinovlar. G‘orlardagi hayot. Dala - dashtlar va tog‘larda yashagan odamlar.



5-mavzu. Ibtidoiy e'tiqodlar va dinlar. (1 soat)

Din nima? Din paydo bo‘lishinin sabablari. Diniy e`tiqodlar. Jahon dinlari.


6-mavzu. Afsonalar. (1 soat)

Afsonalar nima? Turli xalqlar afsonalarining mushtarak jihatlari. o‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy afsonalari..


7-mavzu. Tasviriy san'at va tarix. (1 soat)

Tosh asrining rassomlari. o‘zbeksiton hududidagi qoyalarga chizilgan suratlar. Zarautsoy asrori.


8-mavzu. Vatanimizning eng qadimgi tarixi. (1 soat)

Ona Vatanning eng qadimgi tarixi. Vatan nimadan boshlanadi? Boy tarix va buyuk kelajak. O‘zbekiston - Ona Vatanimiz.



9-mavzu. Vatan ostonadan boshlanadi. (1 soat)

Ona Vatanimizning eng qadimgi tarixi. Vatan nimadan boshlanadi? O‘zbekistonnnig boy tarixi va buyuk kelajagi. O‘zbekiston - ona vatanimiz


10-mavzu. Yurtimiz shaharlari (1 soat)

Eng qadimiy shaharlar. Shaharlarning oddiy turar joy maskanlaridan farqi. Qadimiy shaharlarda olib borilgan qazilmalar nimalardan dalolat beradi.


11-mavzu. Dastlabki maktablar. (1 soat)

Ta'limga ehtiyojning tug‘ilishi. Qachon va qaerda dastlabki maktablar paydo bo‘ldi? Dastlaki maktablarda qanday fanlar o‘qitilgan? Zamonaviy maktablar.



12-mavzu. Xaritadagi nomlar (1 soat)

Geografik xaritalarning vujudga kelishi. Ilk tarixiy xaritalar. O‘zbekistonning tarixiy xaritalardagi nomlari.


13-mavzu. O‘zbekiston bayrog‘i, gerbi va madhiyasi. (1 soat)

O‘zbekistonning davlat ramzlari.


O‘lkashunoslik darsi (1 soat)

Takrorlash . (1 soat)

Amaliy mashg‘ulot. (1 soat).

3-SINF TARIX OLAMIGA SAYOHAT (17 soat)
Kirish (1 soat)
1-mavzu. Xalq bayramlari va dostonlari.

Xalq bayramlarining ildizlari. Navro‘z. Dostonlar.


2-mavzu. Musiqa asboblarining yaratilishi tarixi

Musiqaning paydo bo‘lishi. Eng qadimgi musiqa asboblari. O‘zbekiston musiqa san'ati ildizlari.


3-mavzu. Turli ashyolar, ro‘zg‘or jihozlarining kelib chiqishi.

Mebellar tarixidan. Haqiqatdan guvohlik beruvchilar. Pichoq va sanchqi qachon paydo bo‘lgan?


4-mavzu. O‘zbekistonning qadimiy shaharlari.

Qadimiy va zamonaviy shaharlar. Qadimiy shaharlarning vayronalari. O‘zbekistonning mashhur qadimiy shaharlari.



5-mavzu. Jangchi - mardona ayollar to‘g‘risida hikoyalar

Amazonkalar kimlar? "Guloyim" va "Qirqqiz". Mamlakatni himoya qilgan ayollar haqida afsonaviy va tarixiy voqyealar. To‘maris - massagetlar malikasi.


8-mavzu. Toshkent - non shahri.

Rossiyada ochlikning boshlanish sabablari. Toshkentga non uchun. Toshkentliklarning mehri odamlarni qutqaradi. Toshkent va toshkentliklar bugungi kunda.


9-mavzu. Do‘stlik va iliqlik poytaxti.

Toshkentdagi zilzila. Toshkentning "Chodir shaharcha"lari. Toshkentning qayta tiklanishi.

Toshkent tinchlik va do‘stlik shahri.
12-mavzu. O‘zbekistonning qadimgi davr dehqonchiligi.

O‘zbekistonning dastlabki dehqonlari. Dehqonchilik manzilgohlari. Sug‘orma dehqonchilik nima?



13-mavzu. Olimpiya o‘yinlari qadimda va hozirgi davrda.

Sportning vujudga kelishi. Olimpiada o‘yinlari. Zamonaviy Olimpiada o‘yinlari. Gerakl haqidagi afsona.



Takrorlash (1 soat)

Amaliy mashg‘ulot (1 soat).


4-SINF TARIX OLAMIGA SAYOHAT (17 soat)
Kirish (1 soat)

1-mavzu. Ona vatan qahramonlari haqida hikoya.

Tarixda o‘tgan yurt qahramonlari. To‘maris, Shiroq, Spitamen.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə