O‘quv reja va dastur (II-IX sinf) Toshkent-2011


-mavzu. Qadimgi Rim madaniyati



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə4/10
tarix11.03.2018
ölçüsü0,87 Mb.
#31142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

35-mavzu. Qadimgi Rim madaniyati

Rimdagi maktablar, arxitektura va haykaltaroshlik, Rim Panteoni, Nasroniylikning paydo bo‘lishi, yil hisobining boshlanishi



Takrorlash.(1 soat)
7 – sinf «JAHON TARIXI» O‘rta asrlar davri

(68 soat)

Kirish (1 soat).

O‘rta asrlar davri tarixini o‘rganish uchun mavjud manbalar. O‘rta asrlar davri jahon tarixining bir qismi. U nimani o‘rganadi? O‘rta asrlarning davrlashtirilishi, uning o‘ziga xos xususiyatlari. Bu davrda jahon mamlakatlarining ijtimoiy tuzumi haqida umumiy tushunchalar.



I BO‘LIM. O‘rta asrlarning birinchi davri
2-dars. Xalqlarning buyuk ko‘chishlari va uning oqibatlari.

IV-VI asrlarda xalqlarning buyuk ko‘chishi. Germanlar va ularning G‘arbiy Rim imperiyasi hududida joylashishi. Germanlarning ijtimoiy tuzumi. Germanlarda tengsizlikning paydo bo‘lishi, uning oqibatlari. Germanlarninrg mashg‘ulotlari. V asr oxirlarida German qabilalarining istilolari. G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi. G‘arbiy yevropa ijtimoiy tuzumida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar.



3- dars. Franklarning ijtimoiy tuzumi va davlatning tashkil topishi.

Franklar davlatining tashkil topishi. Xlodvig zamonida qirol hokimiyati, uning kuchayishi. “Sali haqiqati”. Xristian dinining qabul qilinishi. Cherkovning qirol hokimiyati bilan ittifoqi. Erkin dehqonlarning asoratga tusha boshlashi, uning sabablari. Qirol hokimiyati, uning mohiyati. Erkin jamoachi dehqonlarning asoratga solinishi. Yirik yer egaligiga o‘tilishi. Qaram dehqonning erkin dehqondan farqi.


4- dars. Franklar imperiyasi.

Karolinglar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi. Buyuk Karl. Frank imperiyasining tashkil topishi. Buyuk Karl davrida davlatning idora qilinishi. Jamoa yerlarining feodallar qo‘lida to‘planishi, uning xususiyatlari. Qaram dehqonlarning majburiyatlari: obrok, barshchina, ushr. Dehqonlarning hayoti va mehnati. Buyuk Karl imperiyasining parchalanib ketish sabablari. Verden shartnomasi. Uch qirollikning vujudga kelishi. Qirol hokimiyatining zaifligi. Feodal tarqoqlik davrida o‘zaro urushlar, ularning oqibatlari.


5- dars. Muqaddas Rim imperiyasi.

Karolinglar hukmronligi davri. Saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi. Germaniya imperiyasining tashkil topishi. Rim papasi va Otton II munosabatlari. Frankoniya sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi. Sulola va Rim papalari o‘rtasidagi ziddiyatlar. Imperatorlar va Rim papalari kurashi.


6- dars. V-XI asrlarda Angliya.

Angliyaning birlashtirilishi. German qabilalarining bosqini. Angliya-Daniya munosabatlari. Shimoliy davlatning tuzilishi. Ijtimoiy hayot. “Donolar kengashi” faoliyati.


7- dars. VI-XI asrlarda Vizantiya imperiyasi.

Imperiyaning tashkil topishi. Vizantiya taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari. Vizantiya shaharlari. Hunarmandchilikning rivojlanishi va savdo-sotiqning o‘sishi. Yustinian hokimiyati va uning siyosati. Vizantiyaning zaiflashuvi. Vizantiya madaniyatining yuksak darajada rivojlanishi.


8- dars. Slavyan davlatlarining tashkil topishi.

Slavyanlarning joylashishi. Slavyanlarning mashg‘ulotlari va ijtimoiy tuzumi. Slavyan davlatlaridan: Chexiya davlati, Polsha davlatlarining tashkil topishi. Birinchi Bolgariya podsholigi. Xalq qo‘zg‘olonlari.


9- dars. Kiev Rusi davlati.

Davlatning tashkil topishi. Kiev Rusi davlatida feodal munosabatlarning qaror topishi. Kiev Rusi davlatining mustahkamlanishi. Vizantiya bilan munosabatlar. Vladimir Monamax knyazligi. Ijtimoiy hayot.


10- dars. VI-XI asrlarda yevropa xalqlarining madaniyati.

yevropa madaniyati markazi. Cherkov va madaniyat. Ta'lim. Me'morchilik, xalq ijodi. Qo‘lyozma kitob san'ati. Kiril va Mefodiy yozuvlari.



11-dars. Takrorlash 1 soat.
II BOB. VI-XI ASRLARDA OSIYO XALQLARI
12- dars. Yangi din beshigi.

Arabiston Islomgacha bo‘lgan davr. Islom dinining vujudga kelishidagi tarixiy shart-sharoitlar. Islom dini, uning mohiyati. Muhammmad(s.a.v) payg‘ambar faoliyati.


13- dars. Arab xalifaligi va uning istilochilik siyosati.

Xalifalik haqida. Istilochilik urushlari. Hokimiyat uchun kurash. Abbosiylar hukmronligi. Xalifalikning parchalanishi.



14- dars. Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyati.

Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyati. Arab xalifaligi mamlakatlarida san'at. Ilm-fan taraqqiyoti. “Bayt ul-hikma”. Xalifalik davrida O‘rta Osiyo olimlarining jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi.


15- dars. IV-XI asrlarda Hindiston.

Hindistonda Guptalar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi. Xarsha imperiyasi. Aholining xo‘jalik mashg‘ulotlari, savdo aloqalari. Hindiston madaniyati.


16- dars. V-XI asrlarda Xitoy.

Suy imperiyasining tashkil topishi. Tan imperiyasi davrida tashqi siyosat. Agrar munosabatlar, shaharlar, hunarmandchilik va savdo. Xitoy madaniyati.



17-dars. Takrorlash (1 soat).
II BO‘LIM. JAHON XALQLARI O‘RTA ASRLARNING IKKINChI DAVRIDA (XI-XV ASRLAR)
III BOB. HUNARMANDChILIK VA SAVDO-SOTIQNING RIVOJI. SHAHARLARNING YUKSALISHI

18- dars. yevropada o‘rta asrlar shaharlarining vujudga kelishi.

Xo‘jalikdagi o‘zgarishlar. Hunarmandchilikning ajralib chiqilishi. Shaharlarning vujudga kelishi. Shahar mudofaasi. Hunarmandlar ustaxonasi va hunarmandlar sexi.


19- dars. Tovar xo‘jaligi va savdo-sotiq.

Tovar xo‘jaligining vujudga kelishi. Savdo-sotiq yo‘lidagi to‘siqlar. Sharq bilan savdo-sotiq aloqalari. yevropa shimolidagi savdo-sotiq ishlari. Yarmarkalar va sarroflar. Banklarning vujudga kelishi. Birjalarning vujudga kelishi.


20- dars. yevropa shaharlari hayoti. Osiyo shaharlari.

Shahar va feodallar. Shaharlarni o‘z-o‘zini boshqaruvi. Shaharliklarning turmushi. Osiyo davlatlari shaharlari. Hunarmandchilik. Savdo-sotiqning rivojlanishi.


22- dars. Xristian cherkovining jamiyatdagi o‘rni.

Xristian dinining ikkiga bo‘linishi va uning oqibatlari. Katolik cherkov davlati. Provaslav cherkovi. Katolik cherkovining qudrati. Cherkovlarning daromati. yeretiklar va ularga qarshi kurash.


23- dars. Salib yurishlari va uning oqibatlari.

Salib yurishi nima? Salib yurishini keltirib chiqargan sabablar. Salibchilar qo‘shini. Urushga da'vat.


24- dars. Dastlabki salib yurishlari va uning oqibatlari.

Salib yurishining boshlanishi. Quddus qirolligining tashkil topishi. Diniy ritsarlik ordenlari. Salibchilarga qarshi kurash. Ikkinchi va uchinchi salib yurishlari.


25- dars. Keyingi salib yurishlari va oqibatlari.

To‘rtinchi salib yurishi. Keyingi salib yurishlari. Salib yurishlarining to‘xtashining sabablari. Salib yurishlarining oqibatlari.


26-dars. Takrorlash (1 soat).
IV BOB. G‘ARBIY YEVROPADA MARKAZLAShGAN DAVLATLARINING TAShKIL TOPIShI
27- dars. Fransiyada markaziy hokimiyatning vujudga kelishi

Ichki siyosiy ahvol. Birlashish sabablari va unig natijalari.


28- dars. Fransiyada toifaviy monarxiyaning qaror topishi

Aholining toifalarga bo‘linishi. General shtatlarning chaqirilishi. General shtatlardagi ixtilof.



29- dars. Fransiyani birlashtirish yo‘lidagi harakatlar

100 yillik urush, uning kelib chiqish sabablari. Urushning boshlanishi. Mamlakatdagi og‘ir ichki vaziyat. Jakeriya qo‘zg‘oloni. Angliya bilan sulh shartnomaning imzolanishi.


30- dars. Fransiyani birlashtirishning tugallanishi

Janna d`Ark. 100 yillik urushning tugashi. Fransiyada mutlaq monarxiyaning qaror topishi. Sulh shartnomasi. Fransiyaning siyosiy jihatdan birlashuvi. Fransiyada markazlashgan feodal davlatning tashkil topishi. Lyudovik XI ning idora usuli.


31- dars. Angliyada markazlashgan davlatning tashkil topishi

Normandlar istilosi oqibatlari. Kuchli qirollik hokimiyati. “Buyuk erkinlik xartiyasi”. Angliya parlamenti.


32-dars. Angliyaning XIV-XV asrlardagi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti

Iqtisodiy taraqqiyot. Ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi. Uot Tayler qo‘zg‘oloni. Qo‘zg‘olonnig ahamiyati. Tyudorlarning hokimiyat tepasiga kelishi.


33- dars. G‘arbiy yevropa xalqlari madaniyati

Dunyo haqidagi tasavvurlarning kengayishi. Ilm-ma'rifatning rivojlanishi. Ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Kitob bosishning ixtiro qilinishi.


34- dars. G‘arbiy yevropada san'at va adabiyot. Gumanizm

Me'morchilikdagi yangi uslublar. Haykaltaroshlik taraqqiyoti. Kitob miniaturasi. Adabiyot. Xalq og‘zaki ijodi. Gumanizm.


35-dars. Takrorlash (1 soat).
V BOB. RIVOJLANGAN O‘RTA ASRLARDA GeRMANIYa VA RUS yeRLARI
36- dars. XII - XV asrlarda Germaniya.

Siyosiy taraqqiyotning o‘ziga xosligi. Shtaufenlar sulolasi hukmronligi. Imperator hokimiyatining tushkunlikka uchrashi. XIII-XV asrlarda Germaniyadagi siyosiy ahvol.


37- dars. Rusda feodal tarqoqlik va uning oqibatlari.

Kiev Rusining bo‘linib ketishi. Rusning feodal tarqoqligi sabablari va uning oqibatlari. O‘zaro feodal urushlari, mamlakat mudofaa qobiliyatining zaifligi, knyazlar va boyarlar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar, mayda knyazlarning mavjudligi. Novgorod boyarlar respublikasi. Kiev knyazligi. Galich-Volin knyazligi. Vladimir-Suzdal knyazligi.



38- dars. Chet el bosqinchilarining Rusga hujumi.

Mo‘g‘ullar hujumi. Shved va nemis bosqinchilarining hujumi. Aleksandr Nevskiy faoliyati.


39- dars. Rusning mo‘g‘ullar zulmidan ozod bo‘lganligi.

Rusni yagona davlatga birlashtirish shart - sharoitlarining yetila borishi. Kulikova jangi. Rusning ozod bo‘lganligida Amir Temurning o‘rni.


40-dars. Takrorlash (1 soat).
VI BOB. SALJUQIYLAR VA USMONLI TURKLAR
41- dars. Saljuqiylar davlati.

Saljuqiy turklar davlatining vujudga kelishi, ravnaqi va parchalanishi.



42- dars. Usmonli turklar davlati.

Usmoniy turklar davlati va ularning dastlabki istilolari. yevropaga tahdid. Vizantiya imperiyasining barham topishi.


VII BOB. XI-XV ASRLARDA OSIYO, AMERIKA VA

AFRIKA XALQLARI
43- dars. Mo‘g‘ullar davlati va uning istilochilik urishlari.

“Yakka mo‘g‘ul ulusi”ning tashkil topishi. Istilochilik urushlariga tayyorgarlik. Istilochilik urushlari. Mo‘g‘ullar istilosining oqibatlari. Mo‘g‘ullar davlatidagi ichki ziddiyatlar.


44- dars. Oltin O‘rda xonligi.

Xonlikning tashkil topishi. Berkaxon hukmdorligi davrida Oltin o‘rda. Imperiyada ziddiyatlarning kuchayishi. Oltin O‘rdada ijtimoiy munosabatlar. Oltin O‘rdaning qulashi.


45- dars. XIII-XV asrlarda Xitoy.

Xitoyning zaiflashuvi. Mo‘g‘ullar bosqini va uning oqibatlari. Min sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi. Min sulolasining ichki va tashqi siyosati. Madaniyat.


46- dars. O‘rta asrlarda Yaponiya.

Yaponiyada yer egaligi jamiyatining qaror topishi. Imperator va syogun hokimiyati. Xodzyo xonadoni hukmronligi. Yaponiyaning tashqi ahvoli. O‘zaro ichki urushlarning avj olishi. Xo‘jalikning rivojlanishi. Yaponiya madaniyati.


47- dars. XI-XV asrlarda Hindiston.

Dehli sultonligining tashkil topishi. Sultonlikning ijtimoiy hayoti. Sultonlikning zaiflashuvi. Dehli sultonligining keyingi taqdiri. yevropaliklarning kirib kela boshlashi.


48- dars. Amerika o‘rta asrlarda.

Amerikaning tub aholisi va ularning mashg‘ulotlari. Mayyalar. Atsteklar. Inklar.


49- dars. Afrika xalqlari o‘rta asrlarda.

Afrika davlatlar: Gana, Mali, Songai, Gvineya, Benin davlatlari haqida umumiy ma'lumot. Afrika xalqlari madaniyati.



50-dars. Takrorlash (1 soat).

51-dars. Yakunlovchi takrorlash (1 soat).
7-SINF

O‘ZBEKISTON TARIXI

(68 soat)

KIRISh (1 SOAT).

Kursning asosiy maqsad va vazifalari. Mamlakatimiz hududida yashagan aholining hayotidagi tub o‘zgarishlar haqida. O‘rganiladigan davrning o‘ziga xos hususiyatlari.


I BOB. O‘RTA ASRLARDA yeRGA EGALIK QILISh MUNOSABATLARINING ShAKLLANIShI VA RIVOJLANIShI
2- dars. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar.

V-VIII asrlar davlatlari. V-VIII asrlarda Vatanimiz hududida yashagan aholining ijtimoiy hayotidagi tub o‘zgarishlar. yerga egalik qilishning yangi shaklining qaror topishi va uning rivojlanishi. Qishloq jamoasining dehqon va unga qaram kadivar, koranda tabaqalarga ajralishi.



3- dars. Ilk o‘rta asrlar davlatlari.

Xorazm davlati. Ko‘chmanchi chorvador, xioniy va kidariylarining kirib kelishi. Eftallar davlati.


4- dars. Eftallar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.

Eftallarning ijtimoiy va madaniy hayoti. Eftalilar davlatining inqirozga uchrashi.


5- dars. O‘rta Osiyo xalqlari Turk xoqonligi davrida.

Turk hoqonligi. G‘arbiy Turk hoqonligining hududlari. Uning ijtimoiy va madaniy hayoti.


6- dars. G‘arbiy Turk xoqonligi.

G‘arbiy Turk xoqonligining hududi, davlat boshqaruvi, tudunlar, yabg‘ular, teginlar faoliyati. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot, xalq qo‘zg‘olonlari.


7- dars. Mahalliy hokimliklarning tashkil topishi.

So‘g‘d ixshidlari, Tohariston yabg‘ulari, Choch tudunlari, Iloq dehqonlari, Farg‘ona ixshidlari boshqargan davlatlar.


8- dars. VI-VII asrlarda madaniy hayot.

Shaharlar. Shaharlarning "Ark", "Shahriston" va "Rabot" deb nomlangan qismlari. Feodal qo‘rg‘onlari va ko‘shklar. Madaniy hayot, me'morchilik. Yozuv va savod, diniy e'tiqod hamda san'at.


9-dars. Umumlashtiruvchi takrorlash.

II BOB. O‘RTA OSIYoNING ARABLAR TOMONIDAN FATH ETILIShI, XALQ QO‘ZG‘OLONLARI (VII-VIII asrlar)
10- dars. Islom dini va Arab xalifaligi.

Islom dinining vujudga kelishi. Movarounnahrga qarshi dastlabki yurishlar. Movarounnahrning zabt etilishi.



11- dars. Mavorounnahr zabt etilishining iqtisodiy va ma'naviy oqibatlari.

Arablar tomonidan O‘rta Osiyo hududining zabt etilishi. Islom dini va uning tarqalishi.

Ishlab chiqarish usulining o‘sishi va uning o‘ziga xos hususiyatlari, dehqon jamoalari, chorikorlik, savdo va hunarmandchilikning ahvoli.
12- dars. Xalifalik hukmronligiga qarshi xalq harakatlari.

Arablar siyosatiga qarshi xalq qo‘zg‘oloni. Arab istelochilari davrida o‘lkamizda mavjud bo‘lgan yerga egalik shakllari.


13- dars. Abbosiylar davrida Xuroson va Movarounnahr. Abu Muslim qo‘zg‘oloni.

Abbosiylar davrida Movarounnahr. Movarounnahrda islom dinining yoyilishi. Xalq noroziligining kuchayishi. Qo‘zg‘olonchilarning maqsadlari. Abu Muslim qo‘zg‘olonlari.


14- dars. “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni.

Qo‘zg‘olonning boshlanish sabablari. Qo‘zg‘olonning borishi va yengilish sabablari va uning oqibatlari.



15-dars. Takrorlash.

III BOB. MOVAROUNNAHRDA MUSTAQIL DAVLATLARNING TAShKIL TOPIShI

16-dars. Xalifalikning zaiflashuvi, mustaqil davlatlarning shakllana boshlashi.

Mahalliy hukumdorlarning mustaqil davlatchilikka intilishi. Qorluqlar, O‘g‘uzlar davlatlarining tashkil topishi.


17- dars. Somoniylar.

Tohiriylar va Somoniylar davlatlarining tashkil topishi, Ismoil Somoniy, davlat boshqaruv tizimi, islom dini rivoji.


18- dars. Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

Somoniylarning ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy ahvoli. Xo‘jalik hayoti. Ichki va tashqi savdo.



19-dars. IX-X asrlarda yer-mulk munosabatlari. Somoniylar sulolasining inqirozi. G‘aznaviylar davlati.

yer egaligining shakllari. Somoniylar davlatining inqirozi. G‘aznaviylar davlati. Mahmud va Mas'ud G‘aznaviylar davrida g‘aznaviylar davlati.



20- dars. Qoraxoniylar davlati.

Qoraxoniylar davlatining movarounnahrga hujumi. Davlatning ikkiga bo‘linishi. Saljuqiylar davlati. Davlat boshqaruvi. Qoraxitoylarning Movarounnahrga hujumi.


21- dars. XI-XII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

yer egaligi. "Iqto"ning kengayishi. Savdo-sotiq, hunarmandchilikning rivojlanishi.


22-dars. Takrorlash.
23- dars. Xorazm davlati va uning yuksalishi.

Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi. Davlat hududining kengayishi. Ichki ziddiyatlarning kuchayishi.


24- dars. O‘rta Osiyolik mutafakkirlar. Ilm-fan ravnaqi.

“Bayt ul-hikma”. Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Imom Buxoriy, Abu Mansur Moturidiy, Abduxoliq G‘ijduvoniy faoliyati.


25- dars. Movaunnahr va Xorazmning madaniy hayotida yangi davr (IX-XII asr boshlari).

IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xorazmda madaniy hayot. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy. Turkiy yozma adabiyotning vujudga kelishi va uning namoyandalari: Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy.


26- dars. Me'morchilik, san'at, musiqa va diniy e'tiqod.

Me'morchilik san'ati, musiqa, din va e'tiqod. Xattolik, naqqoshlik, o‘ymakorlik. Din, tasavvuf, Ahmad Yassaviy. Najmiddin Kubro va boshqalar hamda ularning boy ma'naviy merosi.


27-dars. Etnik jarayonlar va o‘zbek xalqining shakllanishi.

Etnik jarayonlar. Mintaqada xalqlarning shakllanishi.


28-dars. Takrorlash.
IV BOB. VATANIMIZ XALQLARINING MO‘G‘ULLAR ISTILOSI VA ZULMIGA QARShI OZODLIK KURAShLARI
29-dars. Xorazmshohlar davlati bilan mo‘g‘ullar davlati o‘rtasidagi munosabatlar.

Chingizxon davlatining tashkil topishi. Mo‘g‘ullarning bosqinchilik yurishlari. Xorazmshohlar davlatining siyosiy ahvoli. O‘zaro elchilik aloqalari. Xorazmshohlar davlatining inqirozga yuz tutishi sabablari.


30- dars. Chingizxon bosqini.

O‘tror qamali, Buxoro fojeasi, Samarqand ostonasidagi jangler, Temur Malik jasorati


31- dars. Xorazmshohlar davlatining halokati.

Urganch qamali. Jaloliddin Manguberdi va Najimiddin Kubro jasorati. Mo‘g‘ullar istilosining oqibatlari.


32- dars. Chig‘atoy ulusining tashkil topishi.

Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy ahvoli. Mo‘g‘ullarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari. Mahmud Tarobiy harakati. Chig‘atoy ulusining tashkil topishi, undagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyat.


33- dars. Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning jonlanishi.

Ma'cudbekning pul islohotlari. Kebekxon va uning islohotlari. Iqtisodiy hayotning jonlanishi. XIII-XIV asrlarda o‘lkadagi madaniy hayot.


34-dars. Takrorlash.
V BOB. AMIR TeMUR VA TeMURIYLAR DAVLATI
35- dars. Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi.

XIV asrning o‘rtalarida Movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Mo‘g‘ul xoni To‘g‘luq Temurning Movarounnahrga yurishi.


36- dars.. Amir Temur – markazlashgan davlat asoschisi.

Samarqand sarbadorlari va Amir Temurning mamlakatni birlashtirish yo‘lidagi harakatlari. Amir Temur saltanatining tashkil topishi, Sohibqiron Amir Temur -davlat arbobi, sarkarda.


37- dars. Amir Temurning harbiy yurishlari.

Amir Temurning "uch yillik", "besh yillik", "yetti yillik" yurishlari. Anqara jangi. Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni.


38- dars. Amir Temur saltanatining ma'muriy va harbiy tuzilishi.

Saltanat boshqaruvi. Amir Temur davlatining ma'muriy tuzilishi. Suyurg‘ol yerlar. Harbiy islohotlar. “Temur tuzuklari”.


39- dars. Mamlakat obodonchiligi yo‘lida.

Shahar obodonchiligi. Hunarmandchilik, savdo. Samarqand – mamlakat poytaxti. Temur bog‘lari. Amir Temur bunyodkorlik ishlarining homiysi.


40- dars. G‘arbiy yevropa davlatlari bilan aloqalari.

G‘arbiy yevropa davlatlari bilan aloqalarning o‘rnatilishi. Xalqaro siyosiy vaziyat. Elchilik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi.


41- dars. Amir Temur vorislari o‘rtasida taxt uchun kurash va uning oqibatlari.

Taxt uchun kurash, Xalil Sulton, Shohrux Mirzo, Mironshoh, Pirmuhammad mirzolar o‘rtasidagi kurash.



42-dars. Takrorlash.
43-dars. Ulug‘bek – ma'rifatparvar davlat arbobi.

Temuriylar davrida Movarounnaxr va Xuroson. Ulug‘bekning hukmronligi. Ulug‘bekning harbiy yurishlari. Ulug‘bek fojeasi.


44- dars. Temuriylar saltanatining inqirozga yuz tutishi.

Siyosiy parokandalik. Temuriy shahzodalar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy faoliyati.


45- dars. Dehqonchilik, yer egaligi munosabatlari.

Temuriylar davrida ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar. Sug‘orish va qishloq ho‘jaligi. Agrar munosabatlar, soliq turlari.



46- dars. Hunarmandchilik va savdo aloqalari.

Hunarmandchilik, tashqi savdo, pul muomalasi. Binokorlik, yog‘och o‘ymakorligi.


47- dars. Ilm-fan ravnaqi.

Amir Temur - Movarounnahrda ilm-fan, madaniyat homiysi. Ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti, Ulug‘bek madrasasi va rasadxonasi.


48- dars. Madaniy hayot.

Tasviriy san'at, kitob san'ati, adabiyot. Temuriylar madaniy merosining jahonshumul ahamiyati.



49-dars. Xotima o‘rnida.

50-dars. Umumlashtiruvchi-takrorlash darsi.

51-dars. Yakuniy dars
8 – SINF. JAHON TARIXI (YaNGI DAVR 1500-1870)

(68 soat)
Kirish (1soat).

"Yangi tarix" tushunchasi. Osiyoda yangi jamiyat shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Yangi davr tarixini davrlashtirish. Yangi tarixning birinchi va ikkinchi bosqichlari. Yangi tarixning asosiy manbalari.


I BO‘LIM. XVI-XVIII asrlarda yevropa, Amerika va Osiyo davlatlari
2-dars. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati

Texnikaning rivojlanishi: buyuk ixtirolar, metallurgiya va metallga ishlov berishning takomillashuvi, harbiy texnikaning rivojlanishi, uning oqibatlari. Buyuk geografik kashfiyotlarning sabablari.

yevropalik sayyohlarning dengiz sayohatlaridan maqsadlari. yevropaliklarning Amerikani kashf qilishi. Xristofor Kolumb. Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi. Vasko da Gama, Ameriko Vespuchi sayohatlari.

Beruniy ilmiy xulosalarining isbotlanishi. yevropa uchun geografik kashfiyotlarning oqibatlari.


3-dars. yevropaliklarning mustamlakalar uchun kurashi

Ispan, portugallarning talonchilik, bosqinchilik siyosatlari. Bosib olingan yerlarning mustamlakaga aylantirilishi. Meksika va Peruning bosib olinishi. Qul savdosi.



4-dars. Yangi davr boshlarida G‘arbiy yevropa mamlakatlarida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

Jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalar. Savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi. Ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlar. Ishlab chiqrishning vujudga kelishi. Sanoat korxonalarining rivojlanishi. Shaharlarning rivojlanishi.


5 - dars. yevropada reformatsiya. Germaniyada dehqonlar urushi Katolik cherkovi va unga qarshi umumiy norozilik. Germaniyaning siyosiy jihatdan tarqoqligi. Dehqonlarning katta yer egalariga qarshi kurashi. Germaniyada katolik cherkovi. Martin Lyuterning chiqishi. Reformatsiya. Tomas Myunserning faoliyati. Germaniyada reformatsiya va dehqonlar urushining ahamiyati. Reformatsiyaning yevropaga yoyilishi. Katolik cherkovining reformatsiyaga qarshi kurashi.
6-dars. Angliyada qirol hokimiyatining kuchayishi

Mutlaq monarxiya. XVI asrning Angliya tarixidagi o‘rni. Genrix VIII ning ichki siyosati. Kontrreformatsiya. Angliya yelizaveta I hukmronligi davrida. yengilmas armadaning mag‘lub etilishi. Dengiz hukmronligi uchun kurash.


7-dars. Fransiyada mutlaq monarxiya

Fransiyada agrar munosabatlar. Qirol hokimiyatining mustahkamlanishi. Dehqonlarning ahvoli. Manifaktura va savdoning rivojlanishi. Fransiyada burjuaziya va dvoryanlar, ularning daromad manbai. Rishelening mamlakatni idora qilishi. Lyudvik XIV ning ichki va tashqi siyosati. Fransiyada mutlaq monarxiyaning kuchayishi, dehqonlar ahvoli.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə