O‘quv reja va dastur (II-IX sinf) Toshkent-2011


-dars. XVI-XVII asrlarda Rossiyaning siyosiy va iqtisodiy ahvoli



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə5/10
tarix11.03.2018
ölçüsü0,87 Mb.
#31142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

8-dars. XVI-XVII asrlarda Rossiyaning siyosiy va iqtisodiy ahvoli

XVI-XVIII asrlarda Rossiyadagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat. Dvoryanlarning kuchayishi. Rossiyaning tashqi siyosati. Qozon va Sharqiy Sibirning bosib olinishi. Astraxan xonligining bo‘ysundirilishi. Boltiq dengiziga chiqish uchun kurash. Rus xalqining polyak va shved bosqinchilariga qarshi kurashi. Moskvaning egallanishi. Bosqinchilarning haydab chiqarilishi.

Barshchina xo‘jaligi. Yangi iqtisodiy islohotlar. Manufakturaning vujudga kelishi. Butun Rossiya bozorining shakllanishi. Yangi iqtisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni.
9-dars. Niderlandiya burjua inqilobi. Milliy ozodlik kurashi Niderlandiyaning iqtisodiy jihatdan yuksalish sabablari. Yangi iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi. Niderlandiya Ispaniya hukmronligi ostida. Ispanlarga qarshi norozilikning kuchayishi. Xalq ommasining feodallar zulmiga va Ispaniya hukmronligiga qarshi kurashi. Inqilobning boshlanish sabablari va oqibati.

Mamlakat shimoli va janubidagi qo‘zg‘olonlar. Gollandiya burjua respublikasaining tashkil topishi. Ispan bosqinchilariga qarshi kurash ko‘rinishidagi burjua inqilobi va uning natijalari .



10-dars. yevropada Uyg‘onish davri madaniyati

Uyg‘onish davri madaniyatining yuksalish sabablari. Antik madaniyatga bo‘lgan qiziqish. Uyg‘onish davri madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari.

Italiya uyg‘onish davrining san'ati va uning namoyandalari. Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Rafael. Germaniya, Gollandiya, Ispaniyaning buyuk san'at ustalari, ularning san'at asarlarida hayotiy haqiqatlarning aks etishi. Gumanist-insonparvar yozuvchilar: Tomas Mor, Shekspir, Servantes, Fransua Rable asarlarida insoniy his-tuyg‘ular, insonparvarlik g‘oyalarining aks etishi.
11-dars. Ilm-fan taraqqiyoti

Tabiat fanlari sohasidagi buyuk yangiliklar. Fan va Cherkov o‘rtasidagi munosabatlar. Fanning taraqqiyoti. Matematika, astronomiya, tibbiyot, tasviriy san'at, me'morchilik. Nikolay Kopernik, uning ta'limoti. Jordano Bruno, Galileo Galiley kashfiyotlari.



12-dars. XVII asrda Angliya burjua inqilobi. Sanoat to‘ntarishining boshlanishi

Ingliz burjua inqilobining boshlanish sabablari. Angliyada sotsial-iqtisodiy sharoit. Feodal tartiblarning jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinligi. Inqilobning asosiy sabablari, inqilobning boshlanishi.


13-dars. Fuqarolar urushi va uning oqibatlari

Fuqarolar urushi. Oliver Kromvel. Armiyadagi islohot. Neyzbi jangi. Parlamentning mo‘tadil burjua islohotlari. Agrar qonunlar. Armiya va parlament ixtiloflari. Levellerlar harakati, Karl 1 ning qatl etilishi. Respublikaning e'lon qilinishi. Ingliz burjua inqilobining xarakteri va tarixiy ahamiyati.



14-dars. Angliyaning dunyoda birinchi sanoat mamlakatiga aylanishi

Davlat tuzumi. Tashqi siyosat. Qishloq xo‘jaligadagi o‘zgarishlar. Sanoat. Sanoat inqilobi uchun shart-sharoitining yetilishi. Sanoat inqilobining yuz berishi va natijasi.



16-dars. XVIII asrlarda Shimoliy Amerika. Amerika Qo‘shma Shtatlarining tashkil topishi

Shimoliy Amerikaning tub aholisi bilan kelgindilar o‘rtasidagi munosabat. T.Jefferson, J.Vashington faoliyati. «Mustaqillik deklaratsiyasi». AQShning tashkil topishi. AQSh Konstitutsiyasi, Mustaqillik uchun olib borilgan urushning natijalari, ahamiyati va saboqlari.



17-dars. Fransiya burjua inqilobi. Monarxiyaning tugashi Fransiyada inqilobiy vaziyatning yuzaga kelish sabablari. Inqilobning boshlanishi. Yakobinchilarning hokimiyat tepasiga kelishi. Yakobinchilarning ichki siyosati. Yakobinchilar partiyasi. Direktoriya. 1799 yil 19 noyabrdagi davlat to‘ntarishi. Buyuk fransuz burjua inqilobining tarixiy ahamiyati.
18-dars. XVI-XVIII asrlarda Germaniya imperiyasi

Iqtisodiy ahvol. Siyosiy tuzum. Germaniyaning xalqaro ahvoli. Prussiya qirolligining tashkil topishi.


19-dars. XVII asrning oxiri va XVIII asrning birinchi yarmida Rossiya

XVII asrning oxirida Rossiyaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli, yevropa mamlakatlaridan orqada qolish sabablari, qoloqlikdan chiqish, uni bartaraf etish.

PyotrI hukmronligi. Uning ichki va tashqi siyosati. Qora dengizni egallash uchun urinish.
II BOB. XVI-XVIII asrlarda Osiyo mamlakatlari
20- dars. XVI-XVIII asrlarda Hindiston

Boburiylar iperiyasining tashkil topishi. Imperiyadagi ichki va tashqi siyosat. Imperiya Akbarshoh davrida. Avrangzeb hukmronligi davridagi o‘zgarishlar. Angliya va Hindiston munosabatlari.


21- dars. XVI-XVIII asrlarda Xitoy

XVI asrda Xitoydagi siyosiy hayot. Ichki siyosiy kurash. Manjurlar hukmronligi. Min sulolasining halokati. Bosqinchilik siyosati.


22-dars. XVI-XVIII asrlarda Yaponiya

XVI asrda Yaponiyadagi siyosiy ahvol. yevropaliklarning kirib kelishi. Yaponiyani birlashtirish uchun kurashning davom etishi. Yaponiyani birlashtirishning tugallanishi. O‘zini-o‘zi ajratib qo‘yish. Yosimune islohotlari.


23-dars. XVI-XVIII asrlarda Usmonli Turklar imperiyasi Imperiyaning yuksalishi. yevropa davlatlariga qaramlikning boshlanishi. Ichki va tashqi siyosat.
24- dars. XVI-XVIII asrlarda Eron

Safaviylar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi. Shoh Abbos I hukmronligi davri. Safaviylar davlatining barham topishi. Afg‘onlar istilosi. Nodirshohning hokimiyat tepasiga kelishi. Xojarlar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi.


IKKINChI BO‘LIM. XIX asrning 60-yillari oxirigacha bo‘lgan davrda yevropa, Amerika, Osiyo va Afrika mamlakatlari.
III BOB. XIX asrning 60-yillari oxirigacha bo‘lgan davrda yevropa davlatlari
25-dars. XIX asrning 60-yillari oxirigacha bo‘lgan davrda Buyuk Britaniya

XIX asrning boshlarida Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. Sanoatdagi o‘zgarishlarning yuksalishi. Angliyaning dunyo ustaxonasiga aylanishi. Angliyaning siyosiy o‘sishi va mustamlakachilik siyosati. Parlament islohoti. Tashqi siyosat. “Oq koloniyalar”.


26-dars. Fransiyada birinchi imperiya va uning halokati X1X asrning boshlarida Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. Fransiyada birinchi imperiya. Istilochilik urushlari. Imperiyaning zaiflashuvi. Fransiya-Rossiya urushi. Imperiyaning qulashi. Burbonlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi. Vena kongressi. “Muqaddas ittifoq”.

27- dars. Fransiyada ikkinchi imperiyaning o‘rnatilishi

Iyul monarxiyasi. Iyul monarxiyasi inqirozi. 1848 yil inqilobi, sabablari va uning natijasi. Ikkinchi imperiya.


28-dars. XIX asrning 60-yillari oxirigacha bo‘lgan davrda Germaniya va Italiya

Germaniyada inqilobning sabablari va maqsadlari. Germaniyaning birlashuvi. Otto fon Bismark faoliyati. Italiyaning birlashtirilishi. K.B.Kavurning faoliyati.



29- dars. XIX asrning 60-yillari oxirigacha bo‘lgan davrda Rossiya

Iqtisodiy hayotning o‘ziga xos xususiyatlari. Samaderjavie va krepostnoylikka qarshi kurash. Nikolay II hukmronligi va boshqaruvi. Krepostnoy huquqining yemirilishi. Islohotlarning tarixiy ahamiyati. Tashqi siyosat .



30-dars. XIX asrning 60-yillari oxiragacha bo‘lgan davrda Amerika qo‘shma shtatlari

AQShning iqtisodiy taraqqiyoti. Plantatsiya xo‘jaligi. Abolitsionistlar. Quldorlar isyoni. Fuqarolar urushi. Fuqarolar urushining natijalari.


31- dars. Lotin Amerikasi xalqlarining milliy-ozodlik kurashi

Mustaqillik uchun kurashning boshlanishi. Meksikada mustaqillik urushi. Venesuela, Peru, Braziliya, Argentina, Urugvay mustaqilligi. Mustaqillik yo‘lidagi urushlarning tugashi.



32-dars. Umumlashtiruvchi dars (1 soat).
IV BOB. XIX asrning 60-yillarining oxirida Osiyo va Afrika mamlakatlari
33- dars. XIX asrning 60-yillari oxirigacha bo‘lgan davrda Hindiston

Ingliz mustamlakachilik tartibi. Sipohiylar qo‘zg‘oloni. Boburiylar sulolasining tugatilishi. Hind ziyolilarining faoliyati.


34- dars. XIX asrning 60-yillarining oxirida Xitoy

Sin imperiyasi qudratining zaiflashuvi. Birinchi “af'yun urushi”. Ikkinchi “af'yun urushi”. Dehqonlar urushi va taypinlar davlati. Taypinlar mag‘lubiyati. Ijtimoiy-iqtisodiy ahvol.


35- dars. XIX asrning 60-yillarining oxirida Yaponiya

Yaponiyaning kuch bilan “ochilishi”. “Ma'rifatli boshqaruv” davrining boshlanishi. Meydzi islohotlarining boshlanishi. Iqtisodiy taraqqiyotning yangi xususiyatlari.



36- dars. XIX asrning 60-yillarining oxirida Usmonli turklar imperiyasi

Davlat tuzumi. “Sharq masalasi”. Sharq masalasining keskinlashuvi. Imperiyaning yarim mustamlakaga aylanishi.


37- dars. XVI-XIX asrning 60-yillarining oxirida Afg‘oniston

Mustaqillik uchun kurash. Afg‘oniston-Eron munosabatlari. Afg‘oniston davlatining tashkil topishi. Durroniylar sulolasi hukmronligining barham topishi. Afg‘on-ingliz urushi. Afg‘oniston 1842-1870 yillarda xalqaro munosabatlarda.


38- dars. XIX asrning 60- yillarining oxirigacha bo‘lgan

davrda Eron

Davlat tuzumi. Eronning xalqaro ahvoli. Eronning Buyuk Britaniya bozoriga aylanishi. Bobiylar qo‘zg‘oloni, uning yengilish sabablari. Eron-Buyuk Britaniya urushi.


39 dars. XIX asrning 60-yillarining oxirida Afrika xalqlari

Afrika qit'asining o‘ziga xos xususiyatlari. Afrikaning bo‘lib olinishi. Liberiya. Efiopiya. Janubiy Afrikaning mustamlakaga aylanishi. Fransiya mustamlakalari.



V BOB. yevropada XIX asrning 60-yillarining oxiridagi ijtimoiy harakatlar

41-dars. yevropada XIX asrning 60-yillarining oxiridagi ijtimoiy harakatlar

Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiyada ijtimoiy harakatlar. Utopik sotsialistlar.



VI BOB. XVIII-XIX asrlarning 60-yillari oxirigacha bo‘lgan davrda ilm-fan, adabiyot va san'at

42-dars. Ilm-fan taraqqiyoti

Aniq fanlar daholari. Fanning boshqa sohalardagi kashfiyotlari. M.V. Lomonosovning ilm-fanga qo‘shgan hissasi. Transport va aloqa tarmog‘idagi o‘zgarishlar.


43-dars. Adabiyot va san'at

Adabiyotning taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan yozuvchilar: Daniel Defo, J.Svift, P.Bomarshe, F.Shiller, Onore de Balzak, A.S.Pushkin. yevropaning mashhur musiqachilari.


44-dars. Takrorlash (1-soat).

45-dars. Yakunlovchi umumlashtiruvchi dars (1soat).

8-SINF O‘ZBEKISTON TARIXI

(68 soat)

Kirish (1 soat).

O‘rganiladigan davrning o‘ziga xos xususiyatlari. Darslik matni bilan ishlash, baholash tartiblari. Kurs davomida o‘quvchilarning egallashlari lozim bo‘lgan bilimlar haqida.


I BOB. Movarounnahr Shayboniylar hukmronligi davrida
2- dars. XV asrning oxiri – XVI asrning boshlarida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat

Temuriylar davlatining inqirozi. Xuroson va Movarounnahrdagi siyosiy ahvol.


3-dars. Dashti Qipchoqdagi siyosiy vaziyat. Muhammad Shayboniyxon.

Dashti Qipchoqdagi siyosiy vaziyat. Abulxayrxon davlati. Aholining asosiy mashg‘uloti. Muhammad Shayboniyxon.


4-dars. Movarounnahrda shayboniylar hukmronligining o‘rnatilishi.

Shayboniyxon hukmronligining kuchayishi. Movarounnahrning bosib olinishi. Xorazm va Xuroson uchun kurash. Eron shohi Ismoil Safaviy bilan to‘qnashuv.


5-dars. Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda.

Zahiriddin Muhammad Boburning hokimiyat tepasiga kelishi. Bobur va Shayboniyxon munosabatlari. Bobur davlat arbobi. Bobur - mohir sarkarda. Bobur - tarixchi olim.

6-dars. Buxoro xonligi.

Buxoro xonligining tashkil topishi. Kuchkinchixon va Ubaydullaxon hukmronligi. Buxoro Abdullaxon II hukmronligi davrida. Shayboniylar hukmronligining barham topishi.


7-dars. Etnik jarayonlar.

Movarounnahr aholisining etnik tarkibi. Etnik jarayonlar.


8-dars. XVI asrlarda Buxoro xonligida ijtimoiy – iqtisodiy hayot.

Shayboniylar o‘tkazgan islohotlar. Iqtisodiy hayot. Davlat boshqaruvi. Ichki ziddiyatlar.


9-dars. Buxoro xonligining tashqi siyosati.

Shayboniylar - Boburiylar davlati munosabatlari. Buxoro xonligi – Usmonli turklar munosabatlari. Buxoro va Eron munosabatlari. Buxoro – Rossiya munosabatlari.


10-dars. XVI asrda Buxoro xonligida madaniy hayot.

Madaniy hayot. Ilm fan, adabiyot, me'morchilik.


11-dars.Takrorlash darsi.
II BOB. Ashtarxoniylar hukmronligi davrida Buxoro xonligi
12-dars. Ashtarxoniylar davlatining tashkil topishi.

Ashtarxoniylarning hokimiyat tepasiga kelishi. O‘zaro ichki urushlar. Subxonqulixon hukmronoligi. Davlatni boshqarish uchun kurash.



13-dars. XVIII asrning birinchi yarmida Buxoro xonligida siyosiy parokandalikning kuchayishi va uning oqibatlari.

Buxoro xonligi Ubaydullaxon II davrida. Xonlikda parokandalikning kuchayishi va oqibati. Eron qo‘shinlarining bostirib kirishi.



14-dars. Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy – iqtisodiy hayot.

Davlat boshqaruvi. Ijtimoiy iqtisodiy hayot. Qishloq xo‘jaligi. Xalq qo‘zg‘olonlari.



15-dars. Ilm – fan va madaniy hayot.

Maktab va madrasada o‘qish, tarixnavislik, adabiyot va san'at, me'morchilik.



16-dars. Takrorlash.
III BOB. Buxoro amirligi
17- dars. Buxoroda mang‘itlar hukmronligining o‘rnatilishi.

Ashtarxoniylar inqirozi. Mang‘itlar sulolasi. Muhammad Rahimbiy. Amir Shohmurod.



18- dars. Amirlikning davlat tuzumi va ma'muriy boshqaruvi.

Amirlikning hududi. Davlat tuzumi. Mamlakatning ma'muriy bo‘linishi. Davlat lavozimlari.


19- dars. Amirlikning qishloq xo‘jaligi.

Amirlikning xo‘jaligi. yer egaligi shakllari. Soliq va majburiyatlar. Sug‘orish inshootlari.


20- dars. Amirlikda shaharlar hayoti va savdo-sotiq ishlari.

Ijtimoiy va iqtisodiy hayot. Ichki va tashqi savdo. Shaharlar hayoti. Samarqand. Buxoro. Hunarmandchilik.


21- dars. Buxoro amirligi XIX asr birinchi yarmida.

Buxoro amirligi Amir Haydar hukmronligi davrida. Amir Nasrullo hukmronligi davrida harbiy islohotlar. Ichki va tashqi siyosat.


22- dars. Buxoro amirligida madaniy hayot.

Tarix ilmi, adabiyot, san'at, musiqaning rivojlanishi.



IV BOB. XVI-XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligi
24- dars. Xiva xonligining tashkil topishi.

Xiva xonligining tashkil topishi. Ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy hayot. XVI asrda Xiva-Buxoro munosabatlari.


25- dars. XVII- XVIII asrning birinchi yarmida xonlikdagi siyosiy ahvol.

Siyosiy parokandalik. Abulg‘ozi Bahodirxon. Inoqlar. Xiva – Buxoro munosabatlari. Xiva xonligida chet davlatlar manfaatlarining to‘qnashuvi. Eron shohi Nodirshoh bosqiniga qarshi kurash.


26- dars. Xiva xonligida iqtisodiy va madaniy hayot.

Shahar va shaharliklarning turmush tarzi. Ko‘hna Urganch, Vazir shahri, Hunarmandchilik va chorvachilik. Ichki va tashqi savdo. Adabiyot va tarixnavislik.



V BOB. XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligi
28- dars. Xiva xonligiga qo‘ng‘irotlar sulolasining kelishi.

XVIII asr oxiri- XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligi. Qo‘ng‘irotlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi. Muhammad Rahimxon I, Ollohqulixon davrlarida Xiva xonligi.


29- dars. Xiva xonligining tashqi siyosati.

Rossiya-Xiva munosabatlari. Muravev ekspeditsiyasi. Sialkovskiy va Perovskiy ekspeditsiyalari. Danilevskiy ekspeditsiyasi. Majburiyatlar akti.


30- dars. Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

Xonlikda iqtisodiy va ijtimoiy hayot. Xonlikning aholisi. Mamlakatning ma'muriy boshqaruv tizimi. yer egaligi. Soliq va majburiyatlar.


31- dars. Xiva xonligi shaharlari hayoti.

Xiva xonligi shaharlari. Shaharlardagi turmush. Me'morchilik, Ichanqal'a, Dishanqal'a, hunarmandchilik.


32- dars. Xiva xonligi tarixini o‘rganish manbalari.

Arxiv hujjatlari, xonlik tarixchilarining Xiva xonligi tarixiga oid asarlari. Rus tarixchilarining xonlik tarixiga oid asarlari. yevropa sayohatchilari tomonidan yozib qoldirilgan asarlar.




VI BOB. XVI-XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlar
34-dars. Qoraqalpoq xalqining tashkil topishi va siyosiy hayoti.

Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli. Qoraqalpoq xonligining tashkil topishi. Qoraqalpoqlarning Rossiya bilan munosabati. Qoraqalpoqlarning Xiva bilan munosabatlari.


35-dars. Qoraqalpoqlarning siyosiy-iqtisodiy turmushi.

Oydo‘stbiy boshchiligidagi qo‘zg‘olon va uning oqibatlari. Qoraqalpoqlar hayoti va madaniyati. Hunarmandchilik.


36-dars. Qoraqalpoqlar madaniyati.

Ilm-fan. Xalq turmushi. Shaharsozlik, xalq og‘zaki ijodi, folklor.


37-dars. XVIII-XIX asrlarda qoraqalpoq adabiyotining rivojlanishi.

Yozma adabiyot. Berdaq, Ajiniyoz. Kunxo‘ja, Otash Olshinboy ijodi.


VII BOB. XVIII-XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qon xonligi
38-dars. Qo‘qon xonligining tashkil topishi.

Shohruxbiy – xonlik asoschisi. Xonlikning tashkil topishi. Davlat tuzilishi va ma'muriy boshqaruvi. Erdonabiy, Norbo‘tabiy, Olimxon hukmronligi davri.


39-dars. XVIII asrning birinchi yarmi – XIX asr boshlarida Toshkent.

Toshkent bekligi. Beklikning kuchayishi. Toshkent-Rossiya aloqalari. Toshkentning Qo‘qon xonligiga qo‘shib olinishi.


40-dars. XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qon xonligida ijtimoiy-siyosiy ahvol.

Ijtimoiy-siyosiy ahvol. Umarxon va Muhammad Alixon. Qo‘qon-Buxoro munosabatlari, Nasrulloxon istilosi. Xonlikdagi ichki nizolarning kuchayishi.


41-dars. Qo‘qon xonligining iqtisodiy hayoti.

yer egaligi, soliqlar va majburiyatlar. Hunarmandchilik va savdo.


42-dars. Qo‘qon xonligi shaharlari.

Shaharlar hayoti. Qo‘qon, Andijon, Namangan, Toshkent.


43- dars. Qo‘qon xonligida madaniy hayot.

Umarxon va madaniy muhitning shakllanishi. Maxmur va Gulxaniy. Uvaysiy, Nodira, Mashrab.


44- dars. Tarixnavislik, san'at va me'morchilik.

Tarixnavislik, “Tarixi jadidi Toshkand”, “Shohnomayi Umarxon”, “Umarnoma”, “Muntaxab ut-tavorix”. San'at, me'morchilik, madrasalarning bunyod etilishi.



45-dars. Takrorlash.
VIII BOB. O‘rta Osiyo davlatlarining xalqaro munosabatlari

46- dars. XVI-XVIII asrlarda xalqaro munosabatlar.

Buxoro-Hindiston munosabatlari. Xuroson manfaatlar to‘qnashuvi maydoni. O‘rta Osiyo davlatlarining Afg‘oniston, Eron va Xitoy bilan munosabatlari.



47- dars. O‘zbek xonliklarining Rossiya bilan munosabatlari.

O‘rta Osiyo va Rossiya. Antoniy Jenkinsonning O‘rta Osiyoga kelishi. O‘rta Osiyo davlatlarining Rossiya bilan munosabatlari. Petr I ning maqsadlari. Cherkasskiyning harbiy yurishi.



48-dars. XIX asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyo masalasida Angliya-Rossiya raqobati.

Mintaqada Angliya-Rossiya raqobatchiligi. Raqobat sabablari. Ingliz ekspeditsiyalari. O‘rta Osiyo davlatlari va Rossiya munosabatlarining keskinlashuvi.



49-dars. O‘zbek xonliklarining taraqqiyotdan orqada qolish sabablari va uning oqibatlari.

Dunyo taraqqiyotidagi o‘zgarishlar, ortda qolish sabablari va oqibatlari.



50-51-dars. Takrorlash (2 soat).

9-SINF. JAHON TARIXI (YANGI DAVR, 1870-1918 YILLAR)

(68 soat)

1-dars. Kirish. Jahon XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida. Industrial sivilizatsiyaning paydo bo‘lishi.

Yangi tarix birinchi davrning asosiy xususiyatlari va bu davrda jamiyat taraqqiyotining umumiy yakunlari. 1870-1918 yillarda sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi va xususiyatlari. Jamiyat taraqqiyotidagi notekislik. Ishlab chiqarishning nihoyat darajada konsentratsiyalashuvi va millatlararo korporatsiyalarning tuzilishi. Siyosiy demokratiya, yuqori tabaqalarning hukmronlik shakli. Buyuk davlatlarning mustamlakachilik tuzumi va dunyoni bo‘lib olishning tugallanishi.

Mazkur davrdagi yollanma ishchilarning ahvoli, faoliyati.

Yangi yo‘nalishdagi partiyalarning paydo bo‘lishi. Sotsialistik harakatdagi oqimlar va ular o‘rtasida kurash. Urush masalasiga turli xil qarashlar.

Ikkinchi Baynalmilalning halokati va yangi tipdagi Baynalmilal tuzish uchun kurashning kuchayishi. Birinchi jahon urushi yillarida G‘arb va Sharq mamlakatlarida inqirozning kuchayishi.
BIRINCHI BO‘LIM. YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI

2-dars. Fransiya-Prussiya urushi va uning yakunlari

Fransiya-Prussiya urushi arafasida ikkala mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli. Fransiya-Prussiya urushining sabablari. Urush harakatlarining borishi va Sedan jangi. 1870 yil 4 sentabr burjua inqilobi. Parijning taslim bo‘lishi. Frankfurt sulhi.



3-dars. Fransiyada Uchinchi Respublika va 1871-yil 18-mart davlat to‘ntarishi

Yollanma ishchilarning ahvoli. Ijtimoiy harakat. 1871 yil 18 martdagi inqilobning yetilishi. Milliy gvardiya Markaziy Komitetining tuzilishi va uning dastlabki faoliyati. Parij Kommunasining g‘alabasi.

Fransiya Kommunasining ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlari va uning mohiyati. Kommunaning dehqonlarga nisbatan siyosati. Viloyatlarda Kommunaning qo‘llab-quvvatlanishi. Kommunaning baynalmilalchiligi. Kommunada siyosiy guruhlar kurashi. Kommunaning yengilishi sabablari.
4-dars. X1X asrning oxiri va XX asr boshlarida Fransiyada iqtisodiy va siyosiy hayot.

X1X asrning oxirida Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti. Fransiyada yollanma ishchilar harakati. XX asr boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy ahvol.


5-dars. Fransiyaning ichki siyosati

1875 yil Konstitutsiyasi. Uchinchi Respublikaning inqirozi. Ged va Lafarg. Opportunizm Anorxo-sindikalizm. Dreyfus ishi. Hukumatning ichki siyosati. Fransiyada ijtimoiy harakat. Puankarening ichki va tashqi siyosati.



6-dars. Fransiyaning tashqi siyosati.

Fransiyaning tashqi siyosati. Mustamlakachilik agressiyasi. Rossiya-Fransiya ittifoqi. Fransiya mustamlakachiligi. Siyosiy inqirozning yetilishi. XX asr boshlarida Fransiya.


7-dars. Takrorlash (1 soat).
8-dars. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Germaniya. Imperiyaning tashkil topishi.

XIX asrning oxirida Germaniya. Germaniyani birlashtirishning tugallanishi. 1871 yilgi Imperiya Konstitutsiyasi.



9-dars. Imperiyaning ichki siyosati

Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti. «Kultur kampf», sotsialistik harakat. «Favqulotda qonun». Bismarkning tashqi siyosati. Germaniyaning mustamlakachilik siyosati. Gogenlod kanslerligi davrida ichki siyosat. XX asr boshlarida Germaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.


10-dars. Imperiyaning tashqi siyosati

Germaniyaning tashqi siyosati. Mustamlakalar uchun kurash. Bag‘dod temir yo‘li. “Uchlar ittifoqi”. Siyosiy inqirozning yetilishi.


11-dars. XiX asrning oxiri va XX asr boshlarida Angliyaning siyosiy va iqtisodiy ahvoli

XIX asrning oxirida Angliyaning iqtisodiy taraqqiyoti va uning orqada qolishi. Ijtimoiy harakatning kuchayishi. Tred-yunionlar. XX asr boshlarida Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.



12-dars. Angliyaning ichki siyosati

Leyborizm. Lloyd Jorj. 1911 yil parlament islohoti. Siyosiy inqirozning yetilishi. Irlandiya masalasi.


13-dars. Angliyaning tashqi siyosati

Angliyaning mustalakachilik siyosati. Angliyaning tashqi siyosati. Angliya – Rossiya munosabatlari. Afrikadagi mustamlakalar. Angliyaning xalqaro ahvoli.


14-dars. Umumlashtirish darsi (1 soat).

15-dars. AQSh XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida

X1X asrning oxirida AQShning iqtisodiy jihatdan tez rivojlanishi. Janubdagi o‘zgarishlar. G‘arbga siljish. Sanoatning yangi bosqichga ko‘tarilishi. Qishloq xo‘jaligida kapitalizm taraqqiyotining «amerikacha yo‘li». Yollanma ishchilar ahvoli.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə