O‘quv reja va dastur (II-IX sinf) Toshkent-2011


-dars. AQShning ichki siyosati



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə6/10
tarix11.03.2018
ölçüsü0,87 Mb.
#31142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

16-dars. AQShning ichki siyosati

XIX asrning oxirida AQShning ichki siyosati. XX asr boshlarida AQShning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. Negrlarning ahvoli. T.Ruzvelt va Makkinlining ichki siyosati.


17-dars. AQShning tashqi siyosati

AQShning tashqi siyosati. Ispaniya-Amerika urushi. AQShning jahonda hukmronlik uchun kurashi. AQShning Lotin Amerikasidagi siyosati. Panama kanali. Panamerika ittifoqi. «Dollar diplomatiyasi», «Yo‘g‘on kaltak» siyosati. «Ochiq eshiklar» va «Teng imkoniyatlar» doktrinasi. Vilson hukumatining tashqi siyosati.


18-dars. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Lotin Amerikasi mamlakatlari

XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Lotin Amerikasi xalqlari. Meksikada burjua inqilobi. Ispaniya-Amerika urushi. Meksikada F.Dias diktaturasi. 1910-1917 yillarda burjua inqilobi. Sapata, F.Madeyro, F.Vilya Karransa hukumatining o‘rnatilishi va siyosati. Braziliyada qulchilikning bekor qilinishi. Argentinadagi ahvol.



19-dars. Lotin Amerikasining boshqa davlatlari

XIX asrning oxirida va XX asr boshlarida Markaziy Amerika davlatlari. Gvatemala va Kosta Rikadagi ahvol. Markaziy Amerika respublikasining tashkil topishi va o‘zaro urushlar. Nikaraguaga AQShning bostirib kirishi. Gaiti va Dominikadagi ahvol. Kubaning 1895-1898 yillarda mustaqillik uchun kurashi. Xose Marti. Markaziy Amerikada AQShning «yo‘g‘on kaltak» va «dollar diplomatiyasi» siyosati.


20-dars. Takrorlash (1 soat).
21-dars. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Rossiyaning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli

XIX asrning oxirida Rossiyaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti. Ishchilar ahvoli. Ichki bozorning o‘sishi. Dastlabki monopolistik birlashmalarning vujudga kelishi. Chet el kapitali. Rossiyada ijtimoiy harakat va ijtimoiy-siyosiy fikrlarning rivojlanishi.


22-dars. Podsho Rossiyasining tashqi siyosati

XIX asrning ohirida Rossiya tashqi siyosati. 1877-1878 yillarda rus-turk urushi. San-Stefano shartnomasi. Berlin kongressi. Angliya-Rossiya qarama-qarshiliklari va O‘rta Osiyo masalasi. Uzoq Sharq inqirozi va Rossiyaning tutgan siyosati. Rus-yapon urushi va uning yakunlari.


23-dars. Rossiyada Davlat dumasining tashkil etilishi

XX asr boshlarida Rossiyaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli. Monopolistik birlashmalarning o‘sishi. 1905 yilgi rus inqilobi. Davlat dumasi.


24-dars. XIX asr oxiri -XX asr boshlarida Avstriya-Vengriya imperiyasi

XIX asrning oxirida Avstriya-Vengriya. Avstriya-Vengriyaning iqtisodiy taraqqiyoti. XX asr boshlarida Avstriya-Vengriya. Avstriya-Vengriyaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti. Milliy ozodlik harakati. Chexiyadagi iqtisodiy va siyosiy ahvol. Umumiy saylov uchun kurash. Ijtimoiy harakat. Madaniy-milliy avtonomiya.


25-dars. Avstriya-Vengriya imperiyasining tashqi siyosati

Tashqi siyosati. Avstriya-Vengriya-Rossiya munosabatlari. Bolqondagi agressiv harakat. “Uchlar ittifoqi” ning tashkil topishi. Germaniya bilan munosabat.


26-dars. XIX asr oxiri -XX asr boshlarida Italiya

XIX asr oxirida Italiya birlashtirilgandan keyin uning iqtisodiy ahvoli. Emigratsiya. Italiyaning tashqi siyosati. Fransiya bilan munosabat. Uchlar ittifoqiga kirish. Afrikadagi mustamlakachilik agressiyasi.

XX asr boshlarida Italiyaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. Jolittining ichki va tashqi siyosati. Italiyaning boshqa davlatlar bilan munosabati. 1911-1912 yillardagi Italiya-Turkiya urushi. Siyosiy inqirozning yetilishi.

27-dars. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Bolqon davlatlari XIX asr oxirida Bolqon davlatlari. Bolqon davlatlarining Turkiya tomonidan ezilishi. Iqtisodiy taraqqiyot. Bolqonda milliy ozodlik harakatining o‘sishi. X.Botev, Bosniya va Gersegovinada 1875 yilgi qo‘zg‘olon va uning bostirilishi. yevropa davlatlarining Bolqondagi siyosati. 1877-78 yillardagi Rus-turk urushi va uning ta'siri. XX asr boshlarida Bolqon davlatlari.

IKKINChI BO‘LIM. OSIYo VA AFRIKA MAMLAKATLARI
28-29-dars. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida

XIX asrning oxirida Yaponiyada bozor iqtisodiyotining rivojlanishi. Yaponiyani industrlashtirishning xarakteri va xususiyatlari. Sanoatning rivojlantirishda davlatning roli. 1889-yil Konstitutsiyasi. Xalq ommasining ahvoli. Yaponiyaning tashqi siyosati. Yaponiya-Xitoy urushi.

XX asr boshlarida Yaponiya. Yaponiya taraqqiyotining xarakteri. Siyosiy reaksiyaning kuchayishi. Yaponiyaning tashqi siyosati. Rus – yapon urushi. Koreyaning anneksiya qilinishi.
30-dars. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Xitoy

XIX asrning oxirida Xitoyning yarim mustamlakaga aylanishi va ixetuanlar qo‘zg‘oloni. Xitoyda sanoat taraqqiyotining boshlanishi va uning xususiyatlari. Xalq harakatlari. Xitoyga qarshi tashqi agressiyaning kuchayishi. Xitoyning ta'sir doiralarga bo‘linishi. AQShning Xitoydagi siyosati va Xey doktrinasi. Ixetuanlar qo‘zg‘oloni. Sakkiz davlatning Xitoyga qarshi intervensiyasi.



31-dars XX asr boshlarida Xitoyning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli

XX asr boshlarida Xitoy. XX asr boshida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. Sun Yat Senning faoliyati. Inqilobiy harakatning boshlanishi. Muvaqqat respublika hukumatining tuzilishi. Sun Yasenning prezident qilib saylanishi. Yirik va qudratli davlatlarning Xitoyga munosabati. Yuan Shikay. 1911 yildagi inqilobning mag‘lubiyati. Gomindan partiyasining tashkil topishi. «Ikkinchi inqilob». Diktaturaning o‘rnatilishi. Siyosiy inqiroz.


32-33- dars. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Hindiston

XIX asrning oxirida mustamlakachilik zulmi va Hindiston xalqlarining ozodlik kurashi. Sanoat kapitalizmining paydo bo‘lishi. Milliy harakatning kuchayishi. «Hindiston milliy kongressi» partiyasining tuzilishi. Tilak va uning inqilobiy faoliyati.

XX asr boshlarida Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. Bengaliyaning bo‘linishi. Inqilobiy harakatning boshlanishi. Tilakning sud qilinishi. Bombeydagi umumiy ish tashlash. Birinchi jahon urushi arafasida Hindiston.
34-35 -dars. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Eron va Afg‘oniston

Eronning yarim mustamlakaga aylanishi. Mamlakatning Angliya va Rossiyaga qaramligining kuchayishi. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi. Milliy harakatning paydo bo‘lishi. Ishchilar tabaqasining tashkil topishi. Chet elliklarga qarshi xalq ommasining chiqishlari. 1905-1911 yillardagi Eron inqilobi. Inqilobning boshlanishi va birinchi davridagi xalq harakatlari. Inqilobning ikkinchi davri. Konstitutsiya. 1907 yilgi Angliya-Rossiya bitimi. Janubdagi qo‘zg‘olonlar. Shohning taxtdan voz kechishi. Buyuk davlatlarning Erondagi siyosati. 1905-1911 yillardagi Eron inqilobining yengilishi va tarixiy ahamiyati.

XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Afg‘oniston. Ikkinchi ingliz-afg‘on urushi va uning oqibatlari. Abdurahmonning hokimiyatga kelishi va uning ichki hamda tashqi siyosati. Dyurantda bitim. Habibulloxon davrida Afg‘onistonning ichki va tashqi siyosati. Muhammad Tarziyning ma'rifatchilik faoliyati.
36-37-dars. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Turkiya

XIX asrning oxirida Turkiyaning yarim mustamlakaga aylanishi. XIX asrning oxirlarida Usmoniylar imperiyasining inqirozi va milliy zulmning avj olishi. Bolqon xalqlarining turklarga qarshi kurashi. 1876 yilgi Konstitutsiya. Konsessiyalar. Bag‘dod temir yo‘li. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi va burjua milliy harakatining tug‘ilishi. «Birlik va taraqqiyot» partiyasining tuzilishi. 1908 yilgi «Yosh turklar» inqilobi. Inqilobiy vaziyatning vujudga kelishi, inqilobining boshlanishi va borishi. Konstitutsiyaning tiklanishi. 1909 yilgi aksil inqilobiy isyon. Buyuk davlatlarning Turkiya inqilobiga munosabati.


38-dars. Umumlashtirish darsi (1soat).
39-41-dars. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari

XX asrning oxiri va XX asr boshlarida arab mamlakatlari. Bu davrda arab mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli. Sudan va Liviyaning yarim mustamlakaga aylantirilishi. Arabistonda Angliya ta'sirining kuchayishi. Misrning asoratga solinishi. Misrda A.Orabibiy boshchiligidagi ozodlik harakati.

Mahdiylar qo‘zg‘oloni va Sudanning Angliya tomonidan egallanishi. Liviyaning Italiya tomonidan bosib olinishi. Fransiyaning Tunisni egallashi. Jazoyir-Fransiya hukmronligi ostida. Marokashning fransuzlar tomonidan egallanishi. Marokashdagi qo‘zg‘olon.

Tropik va Janubiy Afrikada mustamlakachilik kompaniyasining kuchayishi. G‘arbiy Afrika va Angliyaning mustamlakachilik siyosati. G‘arbiy Afrikada Germaniya ekspansiyasi. Samore Ture. Markaziy Afrikada Belgiyaning mustamlakachiligi. Sharqiy Afrikaning rivojlangan davlatlar tomonidan bo‘lib olinishi. Angliya-burlar urushi va Janubiy Afrika ittifoqining tuzilishi. Madagaskarning fransuzlar tomonidan egallanishi. Zuluslarning Ketchvayo boshchiligidagi ozodlik urushi. Namalar qo‘zg‘oloni. Xendrik Vitboy.



42-dars. Takrorlash (1 soat).
UCHINCHI BO‘LIM. BIRINCHI JAHON URUSHI VA UNING YAKUNLARI
43-44-dars. 1914-1918 yillardagi birinchi jahon urushi va uning yakunlanishi

Jahon urushining boshlanishi va sabablari. 1914-1915 yillardagi urush harakatlari. Dunyoni qaytadan bo‘lib olish uchun kurashning kuchayishi. Urush yillarida davlatlar o‘rtasida o‘zaro ziddiyatlarning kuchayishi va urushning xarakteri. Germaniyaning strategik rejasi. 1914 yil G‘arbiy frontdagi urush harakatlari. Marnadagi, Galitsiyadagi janglar. «Yashin tezligida» urush rejasining barbod bo‘lishi. G‘arbiy frontda pozitsion urushga o‘tilishi. Italiya va Bolgariyaning urushga kirishi. 1915 yil Sharqiy frontda va dengizdagi urush harakatlari. Birinchi jahon urushida sharq mamlakatlarining ishtiroki. Nemis qo‘shinlarining G‘arbiy frontdagi 1916 yilgi hujumi. Verden jangi. Italiyaning og‘ir ahvolga tushishi. Ruslarning hujumi. Ruminiyaning urushga kirishi. Antanta davlatlarining g‘arbiy frontdagi muvaffaqiyasizliklari. Dunyoni qaytadan bo‘lib olish uchun maxfiy bitimlar. 1917-1918 yillardagi urush harakatlari. AQShning urushga kirishi. Rossiyaning urushdan chiqishi. Kompen yarash bitimi.


45-dars. Takrorlash (1 soat).

TO‘RTINChI BO‘LIM. FAN VA MADANIYAT
46-48-dars. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida fan va madaniyat

Moddiy ishlab chiqarishda texnika taraqqiyoti. Transport va temir yo‘llar. K.Daymler. Elektrdan foydalanish. T.Edison. Kemasozlik. Binokorlikda metall va oynadan foydalanish. Metallurgiya, mashinasozlik. Tomson. Neftni qayta ishlash, ichki yonuv dvigatellari, R.Dizel, samolyosozlik. A.Mojayskiy. energetika, radio telefon, A.Popov, A.Bell, harbiy texnika - A.Nobel.

Matematika va tabiy fanlar rivoji. Mexanika, N.Jukovskiy, M.Faradiy, A.Eneshteyn, E.Rezerford. Tarix, kimyo, D.Mendeleev, biologiya, Ch.Darvin, tibbiyot, V.Rentgen, tarix va gumanitar fanlar –Bisher Stou, J.Vern, T.Drayzer, maorifning taraqqiyoti. Adabiyot va san'at. J.London, Mark Tven, L.Tolstoy, R.Tagor.
49-dars. Takrorlash (1 soat).

50-51-dars. Yakuniy takrorlash (2 soat).
9-SINF O‘ZBEKISTON TARIXI (68 soat)
Kirish (1 soat)

Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. O‘rganiladigan davrning o‘ziga xos xususiyatlari. Vatan jonajon yurt va qadrdon zamin, eng muqaddas bebaho boylikdir.


I BO‘LIM. XIX ASR O‘RTALARIDA O‘ZBeK XONLIKLARINING SIYoSIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYoTI

1- dars. O‘rta Osiyo davlatlarining hududi va aholisi

O‘rta Osiyo davlatlarining hududi. Xiva va Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligining hududiy chegaralari. O‘rta Osiyo davlatlarining aholisi (Aholisi asosan, o‘zbeklar bo‘lib, shu bilan birga tojiklar, qoraqalpoqlar, qirg‘izlar, qozoqlar, turkmanlar ham bo‘lgan).


2- dars. XIX asr o‘rtalarida o‘zbek xonliklarining ma'muriy boshqaruv tizimi

Buxoro amirligining davlat boshqaruvi. Amirlikni mang‘itlar sulolasiga mansub hukmdorlar. Amirlikda ijro hokimiyati.

Xiva xonligi qo‘ng‘irotlar sulolasi tomonidan boshqarilishi. Xonlikda oliy amaldorlari - devonbegi, qo‘shbegi, mehtar, otaliq.

Qo‘qon xonligining minglar sulolasi tomonidan boshqarilishi. Amir lashkar. Mehtar, qozikalon, qozilar, muftiy, rais, mirshab.


3-dars. XIX asr o‘rtalarida o‘zbek xonliklarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

Yer egaligi va soliq tizimi. XIX asrda O‘rta Osiyo xonliklari - agrar davlatlar. Katta yer egalari, dehqonlarning yer egalari qo‘lida ishlashi. Sug‘orish tizimi va tartiblari. Amudaryo, Sirdaryo suvlari kanallar qazib, to‘g‘onlar qurilib ekin maydonlariga yetkazilgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiq. O‘rta Osiyo savdogarlari Eron, Xitoy, Hindiston, Afg‘oniston, Rossiya davlatlari va qozoq juzlari bilan savdo-sotiq qilganlar.


4-dars. XIX asr o‘rtalarida O‘rta Osiyo xalqlari madaniy hayoti

Xalq ijodiyoti. Xalq ijodiyoti: baxshilar, qiziqchilar, hofizlar, askiyachilar; Munis (1778-1829), Ogahiy (1809-1874) Ahmad Donish (1827-1897); Fazliy-«Majmuat ush-shuaro». Rahmonqul Inoq saroyi, Muhammad Aminxon madrasasi, Muhammad Rahimxon madrasasi. Xudoyorxon saroyi, Hazrati Kalon Sohib, Sulton Murodbek mad­rasasi. Hazrati Imom majmuasi, Tillashayx Jome' masjidi.


II BO‘LIM. ROSSIYA IMPERIYASINING O‘RTA OSIYONI BOSIB OLISHI
5-dars. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlarining boshlanishi

Bosib olish uchun tayyorgarlik. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlarining boshlanishi. Angliya bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun O‘rta Osiyoga M.Murkroft, A.Byorns, I.Volf, J.Ebbotlar yuborildi. O‘rta Osiyoni bosib olish uchun harbiy istilochilik yurish bosqichlari. Toshkentning bosib olinishi. Amirlashkar Alimqul. Toshkentning qozikaloni Hakimho‘ja, Abdurahmon eshon, Solihbek oxun.


6-dars. Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi

Turkiston o‘lkasida mustamlaka boshqaruvining o‘rnatilishi. 1867 yilda markazi Toshkent shahri bo‘lgan Turkiston general-gubernatorligi va Turkiston harbiy okrugi tashkil qilindi. 1867 yil 7 noyabrda general-adyutant K. P. fon Kaufman general-gubernator etib tayinlandi. Yangi ma'muriy hududlarning tashkil qilinishi. 1867 yilgi «Nizom» loyihasi.


7-dars. Buxoro amirligiga qarshi harbiy harakatlarning boshlanishi

Buxoro amirligi bosib olinishining boshlanishi. F.Romanovskiy Buxoro amirligiga qarshi urushga tayyorlanishi. 1866 yil 8 mayda Erjar jangi. O‘ratepa va Jizzax uchun janglar. 1864-1866 yillar davomida bosib olin­gan hududlarni o‘z ichiga oluvchi Sirdaryo viloyatining tashkil qilinishi.


8-dars. Buxoro amirligi ustidan Rossiya imperiyasi protektoratining o‘rnatilishi

Samarqand uchun jang. Zirabuloq tepaligida jang. Samarqandda Kitob hokimi Bobobek va Shahrisabz hokimi Jo‘rabek boshchiligida vatanparvarlik kurashi. Buxoro amirligining Rossiya vassaliga aylantirilishi. Podsho hukumati tomonidan yangi bosib olingan hududlarda Samarqand va Kattaqo‘rg‘on bo‘limlaridan iborat Zarafshon okrugining tuzilishi. Abdumalik to‘ra faoliyati. 1873 yildagi shartnoma.


9-dars. Xiva xonligi ustidan Rossiya imperiyasi protektoratining o‘rnatilishi

Xiva xonligiga qarshi Kaufman boshchiligida harbiy yurishlarning boshlanishi. Mang‘ishloq, Orenburg, Turkiston va Krasnovodsk okruglarining yurishda ishtirok etishi. 1873 yil 12 avgustda imzolashgan Gandimiyon shartnomasi. Xiva xonligi 2 million 200 ming rubl miqdorida tovon to‘lanishi.


10-dars. Qo‘qon xonligining bosib olinishi

Qo‘qon xonligidagi ichki siyosiy nizolarning kuchayishi. XIX asrning 70-yillarida Qo‘qon xonligida ko‘plab qo‘zg‘olonlar. Po‘latxon rahbarligidagi qo‘zg‘olon. Andijonga uyushtirilgan hujum. Namanganning bosib olinishi. 1876 yil 18 fevralda Qo‘qon xonligining tugatilganligi to‘g‘risidagi farmon e'lon qilinishi va Qo‘qon xonligi hududi o‘rnida Farg‘ona viloyatining tashkil qilinishi. Turkmanlarning bo‘ysundirilishi. Mag‘lubiyat sabablari va oqibatlari.



Umumlashtirish darsi (1 soat).
III BO‘LIM. ROSSIYA IMPERIYASINING TURKISTONDAGI MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATI

11-dars. Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-ma'muriy boshqaruv tizimi

Boshqaruvning mustamlakachilik tartiblari. 1865 yil 6 avgustdagi Aleksandr II «Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom». Viloyatlar uezdlarga, uezdlar uchastkalarga bo‘lindi. Boshqaruv tartiblarining mustamlakachilik xususiyatlari. Turkiston o‘lkasining ma'muriy hududiy bo‘linishi va boshqaruvi. 1886 yil 12 iyulda imperator Aleksandr II tomonidan yangi «Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom»ning tasdiqlanishi.


12-dars. Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasining yer-suv siyosati

Qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlar. 1886 yilgi «Nizom»da «Turkiston o‘lkasining yer tuzilishi». Nizom bo‘yicha o‘lkada yirik yer egaligi ham tugatildi. Rossiyaning O‘rta Osiyoda ko‘chirish siyosati. 1875 yilda Avliyootada Rossiyadan kelgan dehqonlarning birinchi manzilgohi paydo bo‘ldi. Toshkent shahri va o‘lkaning boshqa Yangi Marg‘ilon, Samarqand, Andijon kabi shaharlarida ko‘chib kelganlarning posyolkalari paydo bo‘ldi.


13-dars. Turkistonda sud tizimining tashkil etilishi

Sudlov tizimining mustamlaka manfaatlariga moslashtirilishi. Sud organlarining faoliyati. General-gubernator prokuror va oliy sud vazifasini ham bajargan. XIX asrning oxirida sudlov jarayonidagi o‘zgarishlar. 1898 yilda Toshkent sud palatasi tuzildi.


14-dars. Turkistonda harbiy- politsiya tartibotining o‘rnatilishi

Mustamlaka tartibotini kuchaytirish yo‘llari. O‘rta Osiyoga temir yo‘llarning o‘tkazilishi. O‘lkada harbiy politsiya tartiboti. 1881 yilgi «Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qo‘riqlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Nizom».1892 yildan boshlab 1916 yilga qadar Turkiston «kuchaytirilgan qo‘riqlov». Mahalliy aholi armiyada xizmat qilishdan ozod etildi.


15-dars. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Turkistonda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol

Iqtisodiyotning mustamlakachilik manfaatlariga bo‘ysundirilishi. 1867-1900 yillarda Turkiston general-gubernatorligida ishga tushirilgan 175 ta sanoat korxonasi ishlab turdi. Paxta xom ashyosiga bo‘lgan ehtiyoj. 1884 yilda Turkistonda yangi paxta navi (Amerika navi) yetishtirish boshlandi.


IV BO‘LIM. XIX ASR OXIRIDA TURKISTONDA MILLIY OZODLIK HARAKATLARI

16-dars. Turkistonda milliy ozodlik harakatlarining boshlanishi va uning sabablari

Mustamlakachilik jabr-zulmining kuchayishi. Turkistonda milliy-ozodlik harakatlarining sabablari. Milliy ozodlik harakatlarining boshlanishi. Xalq harakatlariga qarshi jazo tadbirlarining kuchayishi.


17- dars. Toshkentda "vabo isyoni"

Qo‘zg‘olonning boshlanish sabablari. Qo‘zg‘olonning boshlanishi. “Vabo isyoni” - “Toshotar voqyeasi”. Qo‘zg‘olon bostirilgandan keyingi chora-tadbirlar. 1892 yil 18 iyundan «Harbiy holatda deb e'lon qilingan joylar haqida Qoida» kuchga kirdi.


18-dars. Andijon qo‘zg‘oloni

Qo‘zg‘olonning sabablari. 1891 yilda Rossiyadan aholining Farg‘ona viloyatiga ko‘plab ko‘chirib keltirilishi. Muhammad Ali eshon. Qo‘zg‘olonning boshlanishi. Qo‘zg‘olonchilarning xatolari. Qo‘zg‘olonning bostirilishi.


19-dars. Milliy ozodlik harakatlarining ahamiyati

XIX asr oxiridagi qo‘zg‘olonlarning umumiy xususiyatlari. Qo‘zg‘olonlarning ahamiyati. Milliy ozodlik harakatida Po‘laton, yetimxon, Darvishxon, Muhammad Ali eshon singari kurashchilar ishtirok etgan. O‘zbeklar, qirg‘izlar, tojiklar, turkmanlar bir bo‘lib mustamlakachilarga qarshi kurash olib borganlar.



Umumlashtiruvchi dars (1 soat).
V BO‘LIM. XIX ASR IKKINCHI YARMI - XX ASR BOSHLARIDA QORAQALPOQLAR
20-dars. XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida qoraqalpoqlarning hududiy joylashuvi va ijtimoiy ahvoli

XIX asrda qoraqalpoqlar. Qoraqalpoqlarning ijtimoiy hayoti. Muhammad Rahim II «Qoraqalpoq ulusi»ni shakllantirdi. Xo‘jaligi va mashg‘ulotlari. Qoraqalpoqlarda urug‘chilik va qabilaviy munosabatlar. Urf-odatlar va turmush tarzi.


21-dars. Soliq va majburiyatlar. Xalq qo‘zg‘olonlari

Soliq va majburiyat turlari. Xalq qo‘zg‘olonlari. Xiva xoni Muhammad Aminxon. 1855 yil Ernazarbiy boshchiligidagi qo‘zg‘olon. Biybozor va Nukus volostida mustamlakachilarga qarshi qariyb o‘n yil (1881-1891) davom etgan Bobo Go‘klan boshchiligida xalq qo‘zg‘oloni. 1900 yil Nukus volosti va Qo‘ng‘irot bekligida norozilik harakatlari amalga oshirildi.


22-dars. Qoraqalpoqlar Turkiston general-gubernatorligi tarkibida

Gandimiyon shartnomasidan so‘ng qoraqalpoqlar hayotidagi o‘zgarishlar. 1870 yillarning boshlariga kelib esa ular deyarli o‘troq turmush kechirishga o‘tishdi. XIX asrning 70 yillarida qoraqalpoqlarning ma'muriy markazi - Chimboy. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar.


23-dars. XIX asr ikkinchi yarmi-XX asr boshlarida qoraqalpoqlar madaniyati

Xalq og‘zaki ijodiyoti. «Qirqqiz» dostoni. Ilm-fan. Qoraqum eshon va Tosh madrasalar. Kunxo‘ja (1799-1880), Otash Olshinboy (1788-1875), Ajiniyoz, Berdaq (1827-1900).



VI BO‘LIM. JADIDLAR HARAKATI VA UNING TURKISTON IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYoTIDAGI AHAMIYaTI
24-dars. Jadidchilik harakatining vujudga kelishi

Turkistonda jadidchilik oqimi paydo bo‘lishining shart-sharoitlari. Jadidchilik harakati vujudga kelishi. Ismoil G‘aspirali (1851-1914). Jadidchilik harakatining Turkistonga yoyilishi. 1898 yilda Qo‘qon shahrida Salohiddin domla ikkinchi jadid maktabini, 1899 yili Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabini ochdi.


25-dars. Jadidlar: dasturiy maqsad va vazifalari

Jadidlarning g‘oyalari va mafkurasi. Hurriyat, Musavvot, Adolat (Ozodlik, Tenglik, Adolat). Toshkent, Buxoro, Samarqand, Andijon, Qo‘qon, Xiva shaharlari jadidchilik harakati markaziga aylandi.


26-dars. Jadidchilik harakati namoyondalari va ularning faoliyati

Turkiston jadidchilik harakatining yirik namoyondalari. Turkiston jadidlar harakatining milliy xususiyatlari. Behbudiy, Munavvar qori – yirik jadid ma'rifatparvarlari. Turkiston jadidlari podsho yakkahukmronligiga qarshi turdilar. Jadidlar yoshlarni chet elda o‘qitish tarafdorlari.


27-dars. Jadidchilik harakatining Turkiston ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga ta'siri

Jadidlar faoliyatining kuchayishi. Jadidlar faoliyatining Turkiston aholisi hayotiga ta'siri. Jadidlarning islom diniga bo‘lgan munosabati. Rossiyadagi siyosiy jarayonlar ta'sirida jadidlar harakatining faollashuvi. Xorazmda jadidlar siyosiy partiyasi tashkil topdi - Yosh xivaliklar. Buxoroda Yosh buxoroliklar partiyasi tuzildi. 1917 yil mart - Toshkentda jadidlarning yangi partiyasi - «Milliy markaz».


Umumlashtiruvchi dars (1 soat).
VII BO‘LIM. TURKISTON VA BIRINChI JAHON URUShI

27-dars. Birinchi jahon urushi va uning Turkistonga ta'siri

Birinchi jahon urushining Turkistonga ta'siri. 1914 yil Turkistonda “favqulotda muhofaza holati”. 1916 yil 25 iyunda Rossiya imperatori Nikolay II (1894-1917) “front orqasidagi xizmatlar uchun Turkiston, Sibir va Kavkazdan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan erkaklar safarbarligi”ni e'lon qildi.


28-dars. Turkistonda 1916 yilgi qo‘zg‘olonlarning boshlanishi

Qo‘zg‘olonning boshlanish sabablari. Sirdaryo viloyatidan 87 ming, Samarqanddan - 38 ming, Farg‘onadan - 50 ming kishini mardikorlikka yuborish belgilandi. 1916 yil 4 iyulda Xo‘jand shahrida norozilik. Qo‘zg‘olonning Turkiston bo‘ylab tarqalishi.


29-dars. Jizzax qo‘zg‘oloni

Qo‘zg‘olonning boshlanishi. Jizzax qo‘zg‘oloniga Nazir Hoji eshon va Abdurahmon jevachilar rahbarlik qilgan. Qo‘zg‘olonning bostirilishi. 1916 yil Jizzax qo‘zg‘olonining ahamiyati va uning oqibatlari.


30-dars. Turkistonda 1916 yilgi voqyealarning ahamiyati va oqibatlari

Qo‘zg‘olonning yengilish sabablari va oqibatlari. Qo‘zg‘olonning ahamiyati. Podsho hukumati tomonidan Turkiston aholisining mardikorlikka safarbar qilinishi mahalliy aholining ko‘plab norozilik harakatlarga sabab bo‘ldi. 1916 yildagi qo‘zg‘olonlar podsho hukumati tomonidan zamonaviy qurollar yordamida bostirildi. Qo‘zg‘olon ishtirokchilari podsho hukumati tomonidan jazolandi.




Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə