O‘quv yili umumiy o‘rtа tа’lim



Yüklə 467,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/26
tarix05.04.2023
ölçüsü467,27 Kb.
#104413
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
www.idum.uz Ingliz tili 11-sinf 2023

Muxarrir: 
Sh.Karimov
– Respublika ta’lim markazi metodisti 


202 
Umumiy o‘rta ta’limning 11-sinf bitiruvchilari uchun ingliz 
tili fanidan yakuniy nazorat imtihoni materiallari
 


202 
INGLIZ TILI 
11-SINF 
 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinflari uchun ingliz tili fanidan 
yakuniy nazorat imtihoni yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmasini baholash yuzasidan 
o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat imtihonini o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarning 
ingliz tili ta’limi bo‘yicha olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlashdan 
iborat. Unda yozma va og‘zaki topshiriq 30 ta biletdan iborat bo‘lib, har bir biletda 
bitta yozma va bitta og‘zaki, jami ikkita topshiriq beriladi. O‘quvchi olgan bilet 
bo‘yicha yozma topshiriqni bajarishi uchun 30 minut, og‘zaki topshiriqqa 
tayyorgarlik ko‘rishi uchun esa 10 minutgacha vaqt beriladi.
Chet tillari chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar va maktablar uchun maktab 
metod birlashmasi qaroriga asosan qo‘shimcha bitta og‘zaki topshiriq beriladi va 
tayyorgarlik ko‘rishi uchun qo‘shimcha 10 minut vaqt ajratiladi.
O‘quvchi yozma topshiriqni bajarishda berilgan mavzu yoki vaziyat 
bo‘yicha o‘z fikri va munosabatini yozma bayon etishi kerak. O‘quvchi topshiriqni 
bajarishda yozma nutq qoidalariga amal qilishi, lug‘at boyligi, so‘zlar va gaplarni 
to‘g‘ri qo‘llashi, leksik va grammatik birliklardan to‘g‘ri foydalanishi tekshiriladi. 
O‘quvchi tomonidan yozilgan matnni baholashda fikrlarning mantiqan bir-biri 
bilan bog‘liqligi, o‘quvchining tanqidiy va ijodiy fikrlashi, uni ingliz tilida yozma 
ifodalay olishi va matn hajmi 80 (sakson) ta so‘z atrofida bo‘lishi hisobga olinadi. 
O‘quvchi og‘zaki topshiriqda berilgan mavzu yuzasidan o‘z fikrini ingliz 
tilida erkin bayon etishi kerak. O‘quvchi tomonidan bildirilgan fikrlar grammatik 
va fonetik jihatdan to‘g‘ri bayon etilishi, nutqining ravonligi, mavzudan 
chetlashmaganligi va bildirilgan fikrlarning mantiqan bir-biri bilan bog‘liqligi 
hisobga olinadi. Fikrlar bayon etilayotganda, so‘z birikmalarining noto‘g‘ri 
ifodalanishi, grammatik va fonetik qoidalarga rioya qilmaslik hollari bir gapning 
o‘zida ikki va undan ortiq marta kuzatilsa, o‘sha gap hisobga olinmaydi. O‘quvchi 
bilet savollariga to‘liq javob bera olmasa, o‘qituvchi o‘quvchiga mavzu yuzasidan 
qo‘shimcha savol berishi mumkin.
Bilet asosida va qo‘shimcha tarzda berilgan har bir savolga javob 5 ballik 
tizim asosida baholanadi. Masalan: yozma topshiriqqa 3 ball, og‘zaki topshiriqqa 
5 ball qo‘yilsa, baholar umumlashtirilib, o‘rtacha ball chiqariladi. 3+5=8 va 8:2=4 
ball. 

Yüklə 467,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə