O’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash. Oila tarbiyasi, uning maqsadi, vazifalari, mazmuni reja



Yüklə 134,54 Kb.
səhifə4/9
tarix09.04.2022
ölçüsü134,54 Kb.
#85229
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash. Oila tarbiyasi, unin

Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy tarbiyaviy funksiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini qo’yish bilan cheklanmasdan, balki uning so’nggi g’ishti qo’yilguncha javobgardir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi.

Oilaning kommunnikativ funksiyasi oila a’zolarining o’zaro muloqot va o’zaro tushunishga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, turli ijtimoiy oriyentatsiyalar, «ustanovka»lar, hissiy madaniyat, odamning axloqiy, ma’naviy va psixologik salomatligi- oilada o’zaro, ichki muloqot xarakteri, xonadondagi yoshi kattalarning o’zaro, munosabatlarida psixologik «ustanovka»larni namoyon qilishlari oiladagi axloqiy psixologik iqlimga to’g’ridan- to’g’ri bog’liqdir.

Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida fan texnika taraqqiyotining yuksalib, odamlarning kundalik hayotning urbanizatsiya-lashuvining (radio,televideniye, video, kompyuter va boshqalar) ortib borishi, oilalarning tobora nuklearlashib8 borayotganligi bilan oilaning kommunikativ funksiyasining ahamiyati tobora ortib bormoqda.




Yüklə 134,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə