Abstract:
In this article is given information of PISA International research
program conclusions and methodical recommendation for students in field of
mathematical literacy preparation for PISA-2021 research program.
Key words:
research of PISA, mathematical literacy, PISA assignments,
mathematical competence, estimation
Bu va shunga o’xshash muammolar borki, PISA tadqiqotlarida ilk bor
qatnashayotgan mamlakatimiz ta’lim tizimi oldida bir qator qo’shimcha vazifalarni
ko’ndalang qilib qo’yadi. Bu muammolarni oldindan bilish va ularni hal qilish bo’yicha
kompleks chora-tadbirlar grafigi va rejasini ishlab chiqish lozim bo’ladi.
PISA - o’quvchilar yutuqlarini xalqaro baholash dasturi doirasida ko’p yillar
davomida olib borilgan tadqiqotlar natijasi o’laroq, quyidagi xulosalarga kelingan:
- Dunyoning aksariyat o’quvchi yoshlari XXI asrda yashashga tayyor emas, ya’ni
zamonaviy jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan kompetentsiyalariga to’liq ega
emaslar;
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 2
May 2020
457
www.openscience.uz
- maktab ta’limi ko’p jihatdan bu kompetentsiyalarni shakllantirishga yo’naltiril-
magan;
- o’quvchilar egallagan bilim va ko’nikmalarini qayerda ishlatilishini bilishmaydi;
- hali ham ko’p maktablarda eskicha usullarda ta’lim berilayapti, ya’ni tayyor
bilimlar berilayapti. Aslida maktab o’quvchilarni “o’rganishga o’rgatish” ya’ni
mustaqil bilim olishga o’rgatishi kerak bo’ladi;
- darsliklar va undagi o’quv topshiriqlari mazmuni ham bunday vazifani bajarish-
ga mo’ljallanmagan.
Yuqoridagi bu xulosalardan kelib chiqib, O’zbekistonda 2021-yilda o’tkazilishi
mo’ljallanayotgan PISA tadqiqotlari doirasida matematik savodxonlikni baholashda
quyidagi muammolarga duch kelishimiz mumkin:
- darsliklarda PISA topshiriqlariga o’xshash masalalarning yo’qligi yoki kamligi
sababli, o’quvchilarda bunday amaliy faoliyatlarni amalga oshirish tajribasining
yetishmasligi oqibatida PISA tadqiqotlari natijalari past bo’lishi mumkin;
- PISA topshiriqlari odatda uzundan-uzun matnlar yordamida tasvirlanib, ulardagi
real vaziyat va muammolarni hal qilish usulini tanlash uchun matematikaning qaysi
bo’limiga murojaat qilish haqida ko’rsatmalar yo’q;
- PISA topshiriqlari (matnli, rasmli, diagramma va jadvallar, real bog’lanishlar
grafiklari kabi) turli shakllarda taklif qilinadi. Ularni matematik tilga o’girish va
yechim topilgandan so’ng uni yana real sharoit bilan bog’lab baholash va talqin qilish
talab qilinadi. Masalani yechish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar matnning turli
qismlaridan olinishi kerak bo’ladi. Ba’zi masalalarda “aylana” so’zi topshiriq matnida
qayd etilmasada, o’quvchilarning o’zlari ob’ektning aylana shaklida ekanligini
topishlari kerak bo’ladi.
- odatda matematika darsliklarida standart masalalar beriladi va ular standart
usullar yordamida yechiladi, ya’ni o’quvchilar muayyan turdagi masalalarni ma’lum
algoritmlar asosida yechishga o’rgatiladi. PISA topshiriqlarida esa unday emas. Odatda
matematika darsliklaridagi masalalar muayyan bobda beriladi va bu bilan ularni
yechish usullari ham shu bobda ko’rilgan usullarga bog’langan holda beriladi, ya’ni
muayyan bo’limining masalalari qanday yechilishi haqida ko’rsatma beriladi, bundan
tashqari, darslikdagi masalalar sof matematik masalaning tavsifidan iborat bo’lib,
odatda ularning mazmuni hayotdagi real vaziyatlardan ancha uzoqda bo’ladi;
- o’quvchilarda o’qish va tushunish savodxonligining pastligi, aksariyat
masalalarda ko’rilayotgan vaziyatni tavsiflovchi juda katta hajmdagi keragidan ortiq
axborot berilib, ularda juda ko’p yangi matnli ma’lumotlarning borligi - masalani
tushunish, kerakli ma’lumotlarni ajratib olish va uni yechishni yanada og’irlashtiradi;
- mamlakatimiz maktablari matematika fani o’quv dasturi PISA tadqiqotlarining
matematik savodxonlikni baholash dasturi mazmuni va ketma-ketligidan farq qiladi.
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 2
May 2020
458
www.openscience.uz
PISA sinovlarida hali o’tilmagan mavzular bo’yicha topshiriqlar ham berilishi
mumkin;
- PISA topshiriqlarining berilishi va unga javob berishning o’zgachaligi ham
o’quvchilarda ma’lum qiyinchiliklarni tug’diradi.
- sinovning kompyuter asosida o’tkazilishi esa kompyuterda ishlash va ba’zi
maxsus ilovalardan foydalanish ko’nikmalarini ham talab etadi. Ba’zi intraktiv
topshiriqlarni bajarish oldindan bunday topshiriqlar bilan tanish bo’lish va ularda
ishlash dasturidan foydalanish ko’nikmalrining shakllanganligiga ham bog’liq bo’ladi.
Bu va shunga o’xshash muammolar borki, PISA tadqiqotlarida ilk bor
qatnashayotgan mamlakatimiz ta’lim tizimi oldida bir qator qo’shimcha vazifalarni
ko’ndalang qilib qo’yadi. Bu muammolarni oldindan bilish va ularni hal qilish bo’yicha
kompleks chora-tadbirlar grafigi va rejasini ishlab chiqish lozim bo’ladi.
Shundan kelib chiqib, sinovlarga tayyorlanish ishlarini tashkil qilishda quyidagi
jihatlarga e’tibor qaratilishini tavsiya qilamiz:
-
barcha tadqiqot yo’nalishlari doirasidagi umumta’lim fanlari o’qitucvhilarning
maqsadli malakasini oshirish, PISA tadqiqotlari bilan tanishtirish, topshiriqlar
mazmuni va tuzilishi haqida ma’lumot berish, ularni tahlil qilishga qaratilgan seminar-
treninglar tashkil qilish;
-
seminar qatnashchilarini tegishli o’quv materiallari bilan ta’minlash, turli o’quv-
uslubiy adabiyotlarni chop ettirib, joylarga yetkazish;
-
matematika fani o’qituvchilarini nafaqat matematik savodxonlik bo’yicha, balki
kreativ fikrlash bo’yicha ham tadqiqotlarni o’tkazishga tayyorlash;
-
malaka oshirishdan o’tgan o’qituvchilar maktabda to’garak soatlari hisobidan
”PISA-2021 tadqiqotlariga tayyorlanamiz” deb nomlangan fakultativ kurslarni 7-, 8-
va 9-sinf o’quvchilari uchun haftasiga 2 soat hajmida tashkil qilish tavsiya etiladi.
Asosiy e’tiborni 2021-yilda sinovdan o’tadigan 8-sinf o’quvchilariga qaratish lozim
bo’ladi;
-
matematikani o’qitishga tayanch maktab sifatida belgilangan maktablarning
PISA-2021 tadqiqotlariga tayyorlanishga mas’ul markaz sifatidagi faoliyatini tashkil
qilish va ularga har tomonlama uslubiy yordam ko’rsatish;
-
televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalarida va internet tarmoqlarida
maxsus o‘quv ko‘rsatuvlari va videodarslarni tashkil qilish. Ularda keng targ’ibot
ishlarini olib borish. Bu ko’rsatuv orqali ochiq PISA topshiriqlari bilan tanishtirish,
ularni tahlil qilish va o’qituvchilarga yil bo’yi tegishli uslubiy tavsiyalarni berib borish;
-
vazirlikning rasmiy portalida ”PISA-2021 tadqiqotlariga tayyorlanamiz” deb
nomlangan maxsus platformani va interaktiv trenajerni ishlab chiqish va ularga
tadqiqotlar bilan bog’liq barcha ma’lumot, xabar va materiallarni joylashtirib borish.
Onlayn maslahat olish imkoniyatlarini yaratish.
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 2
May 2020
459
www.openscience.uz
-
kompyuter bilan ishlashning quyidagi ko’nikmalarini shaklllantirishga e’tibor
qaratish: kompyuterning dialogli oynasi va “sichqoncha”dan foydalanib, tasvirlarning
shaklini o‘zgartirish, burish, ko‘chirish va akslantirish; berilgan ma’lumotlar asosida
jadval, diagramma, sxema, grafiklarni qurish; funksiyalarning tayyor grafiklaridan
foydalanish; ma’lumotlarni saralash; qo‘l yoki kompyuter kalkulyatoridan foydalanish;
maxsus dastur yordamida kasr, daraja, ildiz, katta yoki teng, kichik yoki teng,
ko‘paytirish va bo‘lish kabi belgilarini tera olish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, o’quvchilarni PISA tadqiqotlari bilan 5- sinfdan
boshlab tanishtirib borish lozim bo’ladi. Chunki, aynan 5-6- sinflarda matematikaning
asosiy hisob-kitob, ya’ni arifmetik ko’nikmalarini tizimli ravishda shakllantisrish
boshlanadi. Shuningdek, PISA topshiriqlarining ko’pchiligi aynan sonlar ustida
arifmetik amallarni bajarish, hisoblash texnikalaridan foydalanishni taqozo qiladi. 7-
9-sinflarda esa algebra va geometriya fanlarini tizimli o’rganish boshlanadi.
Matematika fani o’quv dasturini PISA tadqiqotlarida matematik savodxonlik
mazmunidan kelib chiqib takomillashtirish lozim bo’ladi. Undagi ba’zi mavzularning
oldingi sinflarga surish kerak bo’ladi. Masalan, dasturga kombinatorika, ehtimollar
nazariyasi va matematik statistika elementlarining 5-sinfdan boshlab erta qo’shilishi
lozim. Shuningdek, 5-6-sinflarda planimetriya elementlari va fazoyiy shakllarni
o’rganishga ko’proq e’tibor berish, hamda 7-9-sinf geometriya kursida
stereometriyaning boshlang’ich tushunchalarining ham kiritilishi lozim bo’ladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, PISA topshiriqlarini yechish uchun
matematikada chuqur bilim va ko’nikmalarni talab qilinmaydi. Lekin, o’zlashtirilgan
muayyan bilim va ko’nikmalarni hayotiy vaziyatlarga qo’llashga juda katta e’tibor
beriladi. Ularni fakultativ kurs (to’garak) mashg’ulotlarida ham muhokama qilish
tavsiya etiladi. Shuningdek, matematika fanidan loyiha ishlariga ham alohida e’tibor
qaratish lozim. Bu loyiha ishlariga mavzu sifatida PISA topshiriqlari yoki ularga
o’xshash kichik ilmiy ishlanishlarni talab qiladigan topshiriqlarni berish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |