Organik kimyoga kirish. To‘yingan uglevodorodlar



Yüklə 32,63 Kb.
tarix24.12.2022
ölçüsü32,63 Kb.
#97836
ORGANIK KIMYOGA KIRISH


ORGANIK KIMYOGA KIRISH. TO‘YINGAN UGLEVODORODLAR
1. Sun’iy yog'simon modda (a) va shakarsimon modda (b) sintezini dastlab amalga oshirgan olimlarni moslab
ko‘rsating.
A) a – Bertlo; b – Butlerov B) a – Vyoller; b – Bertlo
C) a – Kolbe; b – Vyoller D) a – Kolbe; b – Zinin
2. Organik moddalarning radikallar asosida birinchi tuzilish nazariyasini taklif etgan olimlarni ko'rsating.
1) Libix; 2) Dyuma; 3) Buley; 4) Kuper; 5) Kekule; 6) Vyoller.
A) 1, 6 B) 2, 3 C) 4, 5 D) 1, 3
3. Tarkibi C5H8 bo’lgan asosiy zanjirda beshta uglerod atomi tutgan ochiq zanjirli diyen uglevodorodning barcha
izomerlari tarkibida nechta uglerod atomi sp3 – gibridlangan bo’ladi? (Fazoviy izomerlar hisobga olinmasin)
A) 5 B) 12 C) 10 D) 6
4. Tarkibida 24 ta sp3–gibridlangan orbital bo’lgan ochiq zanjirli, to’yingan bir atomli spirtlarning eng ko’pida
nechtasi oksidlanib aldegid hosil qiladi?
A) 2 B) 5 C) 3 D) 4
5. 3–metil–4–xlorbutin – 1 molekulasi tarkibidagi bog’ hosil qilishda qatnashgan elektronlar sonini hisoblang
A) 28 B) 14 C) 24 D) 12
6. 2–brompropan (a) va metilbutilmetan (b) ning tuzilishi (zanjir va holat) izomerlari soni bilan juftlab ko’rsating.
(moddaning o’zi ham hisoblansin)
A) a–2; b–4; B) a–3; b–5 C) a–3;b–4 D) a–2 b–5
7. C4H7Br ga to’g’ri keladigan ochiq zanjirli, uglerod atomlarini tarmoqlanmagan izomerlar soni eng ko’pida
nechta? (fazoviy izomerlar hisoblanmasin)
A) 6 B) 8 C) 5 D) 7
8. C3H6Br2 ga to’g’ri keladigan ochiq zanjirli, uglerod atomlari tarmoqlanmagan izomerlar eng ko’pi nechta?
A) 4 B) 5 C) 6 D) 7
9. Monogolalogenalken tarkibida 7 ta vadorod atomlari mavjud bo’lsa, unga to’g’ri keladigan ochiq zanjirli,
uglerod atomlari tarmoqlanmagan izomerlar soni eng ko’pi bilan nechta? (Fazoviy izomerlar hisoblanmasin)
A) 6 B) 7 C) 5 D) 8
10. Digalogenalkan tarkibida 6 ta vodorod atomlari mavjud bo’lsa unga to’g’ri keladigan ochiq zanjirli, uglerod
atomlari tarmoqlanmagan izomerlar soni eng ko’pida nechta?
A) 6 B) 7 C) 5 D) 4
11. Formulasi C6H14 bo’lgan uglevodorodning faqat tarmoqlangan izomerlari tarkibidagi birlamchi va uchlamchi
uglerodlar yig’indisi nechta?
A) 19 B) 17 C) 18 D) 20
12. Formulasi C7H16 bo’lgan va asosiy zanjirida 5 ta uglerod atomi tutgan uglevodorod izomerlari tarkibidagi
birlamchi va ikkilamchi uglerodlar yig’indisi nechta?
A) 25 B) 27 C) 26 D) 28
Jahongir Husanov

13. Alkan molekulasi tarkibida uglerod va vodorod atomlari yig’indisi 26 ta bo’lsa, uning nomi qaysi javobda


to’g’ri ko’rsatilgan?
A) 2–metil 4–etilgeksan B) 3– etilgeptan
C) geptan D) 2,2,4–tirimetilpentan
14. Quydagi moddani sistematik nomenkulantura bo’yicha nomlang. CH3CH2CH(Br)CH(Cl)CH(CH3)CH2CH3
A) 2–brom 4–xlor 5–metilgeptan B) 3–brom 5–metil 4– xlorgeptan
C) 5 – brom 3–metil 4–xlorgeptan D) 5–brom 4–xlor 3–metilgeptan
15. Qaysi uglevodorodlar to’liq gidrogenlanganda bir xil moddani hosil qiladi?
1) CH2C(CH3)CHCH2; 2) (CH3)2CCHCH3; 3) CH3CH2CH2CCH:
4) CH3CH2C(CH3)CH2; 5) CH3CHCHCH2CH3 6) CH3CCCH2CH3
A) 2 va 4 3 va 6 B) 2 va 4 1 va 5 C) 1 va 3 2 va5 D) 2 va 3 1 va 4
16. Quydagi moddalar necha xil sinfga mansub? Asetaldegid; butadiyen–1,3; butandiol–1,2; butanol–1; gilitsin;
izopren; metilamin; proponal; 2–aminopentan; etil spirt; etilenglikol.
A) 7 B) 6 C) 5 D) 8
17. Benzol + Cl2(mo’l)
𝑞𝑢𝑦𝑜𝑠ℎ 𝑛𝑢𝑟𝑖
→ . . . reaksiya turi va olingan organik modda molekular massasini
ko’rsating
A) birikish 291 B) almashinish; 112,5 C) almshinish; 181,5 D) o’rin olish; 285
18. Etanol va etanal tarkibidagi birinchi uglerod atomlarining oksidlanish darajalari yig’indisini toping
A) –2 B) –1 C) –3 D) 0
19. Fe2+ ioniga izolektron bo’lgan organik zarrachalarni ko’rsating. 1) propen 2) xlormetan 3) +CH2Cl 4) etanol
A) 2;3 B) 2;4 C) 1;3 D) 1;4
20. Molar massasi 86 g/mol bo’lgan uglevodorodning ikkilamchi uglerod tutgan izomerlar soni eng ko’pida
nechta?
A) 4 B) 3 C) 5 D) 2
21. Alkan tarkibida bitta uchlamchi, bitta to’rtlamchi va faqat birlamchi uglerod atomlari mavjud bo’lsa, uning
necha xil monoxlorli hosilasi mavjud?
A) 2 B) 4 C) 5 D) 3
22. Quyidagi qaysi modda tarkibida birlamchi uglerod atomlari soni uchlamchi uglerod atomlari soniga teng,
ikkilamchi va to’rtlamchi uglerod atomlari mavjud emas?
A) 2,3–dimetilbutan B) 1,2,3,4–tetrametilsiklobutan
C) 1,3,5–trimetilbenzol D) 1,2,4–trimetilsiklogeksan
23. Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi uglerodlardagi vodorodning xlor bilan almashinish tezligi 1 : 3 : 5
nisbatta bo’lsa, 3–etilpentan xlorlanishdan olingan monoxlorli hosilalarning qancha qismi 2–xlor–3–
etilpentanga to’g’ri keladi?
A) 9/17 B) 9/16 C) 1/3 D) 3/8
24. R1 – C ≡ C – R2 tarkibli modda 2,2,5–trimetilgeksin–3 deb nomlansa, R1 va R2 larni toping
A) R1–propil; R2–ikkilamchi butil B) R1–izopropil; R2–uchlamchi butil
C) R1–propil; R2–izopropil D) R1–uchlamchi butil; R2–etil
Jahongir Husanov

25. Asosiy zanjirida 5 ta uglerod bo’lgan va molekular massasi eng katta bo’lgan alkan molekulasida nechta


vodorod bo’ladi?
A) 30 B) 18 C) 36 D) 24
26. Asosiy zanjirida 5 ta uglerod bo’lgan va molekular massasi eng kata alkan molekulasida nechta atom bo’ladi?
A) 47 B) 35 C) 41 D) 53
27. Ikkilamchi, uchlamchi va to’rtlamchi uglerodlar soni o’zaro teng alkan molekulasi tarkibidagi birlamchi
uglerodlar soni 5 ta bo’lsa, alkan molar massasini (g/mol) aniqlang.
A) 128 B) 142 C) 100 D) 114
28. Ikkilamchi, uchlamchi va to’rtlamchi uglerodlar soni o’zaro teng va molekulasida birlamchi uglerodlar soni
5 ta bo’lgan alkanlar soni ko’pi bilan nechta bo’lishi mumkin?
A) 3 B) 4 C) 2 D) 1
29. Agar alkan molekulasidagi uglerod atomlari orasidagi 𝜎–bog’lar soni m ga teng bo’lsa, molekuladagi jami
atomlar sonini aniqlang
A) 3m+4 B) 3m+2 C) 3m+1 D) 3m+5
30. Etilbenzol molekulasiga xos xususiyatlarni ko’rsating
1) 15 ta σ bog’ mavjud
2) 18 ta 𝜎 bog’ mavjud
3) molekula hosil bo’lishida 26 ta gibrid orbitallar ishtirok etadi
4) molekula hosil bo’lishida 24 ta gibrid orbitallar ishtirok etadi
5) H atomlar soni C atomlari sonidan 5/4 marta ko’p
6) H atomlar soni C atomlar soniga teng.
A) 1,4,6 B) 1,3,5 C) 2,4,6 D) 2,3,5
31. Benzol molekulasi tarkibida bog’ hosil qilishda qatnashgan gibrid orbitallar sonining gibridlanmagan
orbitallar soniga nisbatini aniqlang.
A) 3 B) 1,5 C) 1,25 D) 2
32. 2–metilpropanal molekulasi tarkibidagi bog’ hosil qilishda qatnashgan sp3 va sp2 gibridlangan orbitallar
sonini aniqlang.
A) 12, 6 B) 9, 6 C) 9, 4 D) 12, 4
33. Fenol, glitserin, formaldegid uchun sifat reaksiyasi bajarishda qaysi reaktivlardan mos ravishda foydalanish
mumkin? 1) Ag2O=NH3; 2) FeCl3; 3) Cu(OH)2 4) Br2
A) 2,3,1 B) 3,3,3 C) 2,3,4 D) 4,1,3
34. Dixlorsikloalkan tarkibida 6 ta H atomi mavjud bo’lsa, uning siklik izomerlari soni eng ko’pi bilan nechta
bo’lishi mumkin? (Fazoviy izomerlar hisobga olinmasin)
A) 9 B) 8 C) 5 D) 7
35. C8H18 formulasiga mos keladigan asosiy zanjirda 6 ta uglerod saqlangan ko’pi bilan nechta alkan mavjud?
A) 8 B) 7 C) 6 D) 5
36. Alkin molekulasi tarkibida elektronlar soni atomlar sonidan 3 marta ko’p bo’lsa, ushbu shartni
qanoatlantiruvchi alkinlar sonini aniqlang
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
Jahongir Husanov

37. Geksadiyen molekulasida nechta sp3–s – bog’lanish bo’lishi mumkin?


A) 4 yoki 5 yoki 6 yoki 7 yoki 9 B) 2 yoki 3 yoki 4 yoki 5 yoki 6
C) 2 yoki 3 yoki 5 yoki 6 D) 4 yoki 5 yoki 6 yoki 7 yoki 8
38. Butadiyen –1,3 molekulasi uchun xos bo’lgan javoblarni tanlang.
1) gibridlangan orbitallar soni 12 ta 2) gibridlanmagan orbitallar soni 10 ta
3) qutbli bog’lar soni 6 ta 4) qutbsiz bog’lar soni 6 ta
5) sp2–s qoplanishlar soni 6 ta 6) sp2– sp2 qoplanishlar soni 4 ta
A) 1,2,5 B) 1,3,5 C) 2,3,6 D) 2,4,6
39. CH2(Br)CH(CH3)CH2CH3 va CH3CH(Br)CH3 aralashmasiga Na ta’sir ettirilganda (Vyurs – reaksiyasi
bo’yicha) olingan alkanlar tarkibidagi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi uglerod atomlar sonini ko’rsating
A) 10,6,5 B) 12,8,4 C) 12,6,6 D) 12,8,6
40. Ikkilamchi butilbromid va uchlamchi butilbromid natriy bilan o’zaro ta’sirlashganda (Vyurs – reaksiyasi
bo’yicha) hosil bo’lgan alkanlardagi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi uglerod atomlarining sonini aniqlang
A) 15;3;3 B) 15;6;4 C) 12;3;3 D) 14;4;3
41. CH3CH(CH3)C(CH3)(Br)CH3 va CH3CH(Br)CH3 natriy bilan o’zaro tasirlashganda (Vyurs – reaksiyasi
bo’yicha) hosil bo’lgan alkanlardagi birlamchi, uchlamchi va to’rtlamchi uglerod atomlar sonini aniqlang
A) 18,3,6 B) 15,6,4 C) 12,6,4 D) 18,6,3
42. CH3C(CH3)2CH2Br va CH3C(CH3)2Br natriy bilan o’zaro ta’sirlashganda (Vyurs reaksiyasi bo’yicha ) hosil
bo’lgan alkanlardagi birlamchi, ikkilamchi va to’rtlamchi uglerod atomlarning sonini aniqlang.
A) 18,3,6 B) 16,3,6 C) 18,6,3 D) 18,2,4
43. Ikkilamchi butilbromid va uchlamchi butilbromid natriy bilan o’zaro ta’sirlashganda (Vyurs reaksiyasi
bo’yicha) qanday alkanlar hosil bo’ladi?
1) C2H5CH(CH3)CH(CH3)C2H5 2) CH3CH(CH3)C(CH3)2CH(CH3)CH3
3) CH3C(CH3)2C(CH3)2CH3 4) CH3C(CH3)2CH(CH3)C2H5
5) C2H5C(CH3)2C(CH3)2C2H5 6) C2H5C(CH3)2CH(CH3)CH3
A) 1,4,5 B) 1,3,4 C) 2,3,6 D) 2,5,6
44. Quydagi formulalar bilan nech xil birikma berilgan.
1) CH3CH2CH(CH3)CH2CH3 2) CH3(CH2)2CH(CH3)CH3
3) CH3CH2CH(CH3)C2H5 4) CH3CH2CH(CH3)CH(CH3)CH3
5) CH3CH(CH3)CH(CH3)CH2CH3 6) CH3CH(CH3)CH2CH2CH3
A) 5 B) 6 C) 4 D) 3
45. Tarkibi C4H8 bo’lgan alken izomerlari bromlanganda qanday moddalar hosil bo’ladi?
1) 1,2–dibrombutan 2) 2,3–dibrombutan 3) 1,3–dibrom–2–metilpropan
4) 1,2–dibrom–2–metilpropan 5) 1,4–dibrombutan
A) 3,4 B) 1,3,5 C) 1,2,4 D) 1,4,2
46. 1,2–dibrom–2–metilpentanga rux metalini qo’shib qizdirilishi natijasida hosil bo’lgan mahsulotga avvaliga
vodorod bromid, so’ngra natriy metali tasir ettirilishi natijasida hosil bo’lgan moddaning nomini aniqlang.
A) 2,3–dimetiloktan B) 4,4,5,5–tetrametiloktan
C) 4,5–dimetiloktan D) 2,3,4,5–tetrametilgeksan

47. Benzol halqasida ikkita o’rinbosari bo’lgan C10H14 tarkibli aromatik moddaning izomerlari sonini aniqlang


A) 8 B) 12 C) 9 D) 10
48. C8H10 tarkibli aren KMnO4 bilan oksidlansa CO2 ajralmaydi, FeCl3 ishtirokida bromlansa 3 xil monobromli
hosila olinadi. Arenni aniqlang.
A) 1,3–dimetilbenzol B) 1,2–dimetilbenzol C) etilbenzol D) 1,4–dimetilbenzol
49. Quyidagi uglevodorodlardan geometrik izomerlari mavjud bo'lganlarini tanlang. 1) 2–metilpentadiyen–1,4
2) 3–metilpentadiyen–1,3 3) 2–metilbutadiyen–1,3 4) 4–metilpenten–2
5) 4–metilpentadiyen–1,3 6) pentadiyen–1,3 7) 4–metil–2–etilpentadiyen–1,3
A) 1,2,4,7 B) 3,5,6 C) 1,3,5,7 D) 2,4,6
Javob: 4,6
50. Quyidagi qaysi o’zgarishlarda molekula tarkibidagi uglerod qaytariladi?
1) etanal → etanol 2) toluol → benzoy kislota
3) propanal → propan kislota 4) propen kislota → propan kislota
5) 2–nitropropan → 2–aminopropan 6) siklogeksen → siklogeksan
A) 1,4,6 B) 1,3,5 C) 2,3,6 D) 2,4,6
51. Quyidagi qaysi o’zgarishlarda molekula tarkibidagi uglerod qaytariladi?
1) СH3OH → HCHO; 2) СН3СНО → СH3СН2ОH;
3) CH3CH2OH → (C2H5)2O; 4) СH3СН2ОН → CH3CH3,
5) CH2CHCH3 → CH2(OH)CH(OH)CH3; 6) CH3CH2CH(Cl)2 → СH3СН2СНО
A) 2,4 B) 3,6 C) 1,5 D) 1,2
52. Alken tarkibida sp2–gibridlangan orbitallar soni sp3–gibridlangan orbitallar sonidan 2 taga kam. Ushbu
formulaga mos keladigan alkenlar suv bilan birikib, necha xil spirt hosil qiladi? (Markovnikov qoidasiga binoan)
A) 2 B) 3 C) 5 D) 4
53. C4H8 formulaga ega bo’lgan uglevodorod uchun nechta ochiq zanjirli (geometrik izomerlari bilan) va siklik
tuzilishli izomer uglevodorodlar to’g’ri keladi?
A) 8 B) 6 C) 4 D) 5
54. Tarkibida oltita, asosiy zanjirida beshta uglerod atomi bo’lgan alkenning ochiq zanjirli izomerlari soni nechta
bo’ladi? (geometrik izomerlar hisobga olinmasin)
A) 5 B) 8 C) 7 D) 6
55. Kaliy permanganat bilan oksidlanganda diol–1,2, gidratlanganda esa uchlamchi spirt hosil qiladigan
moddalarni aniqlang. 1) CH3CH2C(CH3)CH2 2) CH3C(CH3)CHCH3 3) CH2C(CH3)2
4) CH2CHCH2CH3 5) CH3CHCHCH3 6) CH3CHC(CH3)2
A) 2,6 B) 2,5,6 C) 1,3,4 D) 1,3
56. 2,3,3–trimetil–2–xlorbutanga natriy gidroksidning spirtdagi eritmasi bilan ta’sirlashishidan olingan
mahsulotga dastlab vodorod bromid, so’ngra natriy metali ta’sir ettirildi. Oxirgi moddaning nomini aniqlang.
A) 2,2,3,3–tetrametilgeksan B) 2,2,3,3,4,4,5,5–oktametilgeksan
C) 2,2,3,3,5,5–geksametilgeksan D) 2,3,3–trimetilbuten–1
57. Alkadiyenlar tarkibidagi 𝜎–bog’lar soni qaysi formula orqali hisoblab topiladi?
A) 3n–1 B) 3n+2 C) 3n–2 D) 3n–3
Jahongir Husanov

58. Aren bug’ining geliyga nisbatan zichligi 30 ga teng. Uning benzol halqasida ikkita o’rinbosari bo’lgan nechta


izomeri mavjud?
A) 6 B) 12 C) 9 D) 3
59. Tarkibi C9H12 bo’lgan aromatik uglevodorodga konsentrlangan nitrat va sulfat kislotalar aralashmasi ta’sir
ettirilganda tarkibi C9H11NO2 bo’lgan to’rt xil izomer aralashmasi hosil bo’ldi. Reaksiya uchun olingan aromatik
uglevodorodni aniqlang. (yon zanjirning nitrolanishi hisobga olinmasin)
A) 1–metil–2–etilbenzol B) propilbenzol C) 1–metil–4–etilbenzol D) izopropilbenzol
60. Alkan molekulasi tarkibida sakkizta birlamchi, ikkitadan ikkilamchi va to’rtlamchi uglerod atomlari mavjud
bo’lsa, uchlamchi uglerod atomlari sonini hisoblang.
A) 3 B) 1 C) 4 D) 2
61. Dietilizopropilbutilmetanni xalqaro nomenklatura bo’yicha nomlang.
A) 2–metil–3–etil–3–butilpentan B) 3,3–dietil–2–metilgeptan
C) 3–etil–3–izopropilgeptan D) 2–etil–3–izopropilgeptan
62. 1–brom–2,2,3–trimetilbutan va 2–brom–3–metilbutan natriy bilan o’zaro ta’sirlashganda (Vyurs reaksiyasi
bo’yicha) qanday alkanlar hosil bo’lmaydi?
1) 2,3,3,6,6,7–geksametiloktan 2) 2,2,3,6,7,7–geksametiloktan
3) 2,3,4,5–tetrametilgeksan 4) 3,6–dimetiloktan
5) 2,3,3,5,6–pentametilgeptan 6) 2,3,3,6–tetrametiloktan
A) 1,3,6 B) 1,3,5 C) 2,4,6 D) 2,4,5
63. Tarkibida maksimal uchlamchi uglerod atomi tutgan C8H18 tarkibli alkan xlorlanganda necha xil monoxlorli
hosila olish mumkin?
A) 2 B) 5 C) 4 D) 3
64. Alkan molekulasi tarkibida uglerod va vodorod atomlari yig’indisi 26 ta va xlorlanganda besh xil monoxlorli
hosila olinsa, alkan nomini aniqlang.
A) 2,3,4–trimetilpentan B) 3–etil–2–metilpentan
C) 2,2,3,3–tetrametilbutan D) 2,3–dimetilbutan
65. Sikloalkan molekulasida 4 ta birlamchi va 1 ta to’rtlamchi uglerod atomlari mavjud bo’lsa, uchlamchi uglerod
atomlari sonini aniqlang.
A) 0 B) 3 C) 2 D) 1
66. Teng massada olingan natriy asetat va NaOH aralashmasi qizdirildi. Reaksiyadan so’ng olingan qattiq qoldiq
massasi 14,8 g bo’lsa, ajralgan metan hajmini (l, n.sh) aniqlang. (η = 100%)
A) 4,48 B) 2,24 C) 3,36 D) 6,72
67. Metan va xlor (Mo’rt = 46 g/mol) dan iborat 1,1 mol aralashmaga quyosh nuri tushirilganda hosil bo’lgan
molar massasi katta organik modda massasini (g) hisoblang. (η = 100%) (reaksiya bosqichma–bosqich boradi
deb hisoblang).
A) 8,5 B) 12,75 C) 17 D) 25,5
68. 19,6 g noma’lum metal atsetatga MeOH tasir ettirilganda 27,6 g Me2CO3 olingan bo’lsa, ajralgan gaz
miqdorini (g) toping.
A) 6,4 B) 4,0 C) 4,8 D) 3,2
Jahongir Husanov

69. Alkan stexiometrik miqdordagi kislorodda yondirildi. Olingan mahsulotlar mo’l miqdordagi 96,45 g natriy


gidroksid eritmasiga yuttirildi. Natijada 100 g 5,3 % li Na2CO3 eritmasi olindi. Alkanni aniqlang.
A) etan B) propan C) butan D) metan
70. 0,2 mol to’yingan uglevodorodning monobrom hosilasi yonishi natijasida 13,44 litr (n.sh) CO2 hosil bo’ldi.
Olingan HBr ning suvli eritmasi massasini (g) hisoblang.
A) 24 B) 27 C) 23,4 D) 30,6
71. 2:1 mol nisbatda olingan ikkita alkan aralashmasidagi C ning H ga nisbati 7:17. 1:1 mol nisbatda olinganda
C lar nisbati 2:3 bo’lsa, molar massasi kichik alkanni toping.
A) etan B) geksan C) butan D) propan
72. Teng mol miqdorda olingan metilxlorid va etilxlorid aralashmasiga Na metali tasir ettirilganda 2,24 litr (n.sh)
propan olingan bo’lsa, sarflangan Na massasini (g) hisoblang. (reaksiya tezliklari bir xil)
A) 2,3 B) 9,2 C) 4,6 D) 6,9
73. 11,4 g etan va siklopropan aralashmasining hajmi 6,72 litr (n.sh) bo’lsa, aralashmaga maksimal qancha (l,
n.sh.) xlor birikishi mumkin?
A) 1,12 B) 3,36 C) 4,48 D) 2,24
74. 1,25 mol sikloalkan yondirilganda 112,5 g suv hosil bo’ldi. Sikloalkan izomerlari sonini hisoblang. (fazoviy
izomerlar hisobga olinmasin)
A) 5 B) 6 C) 7 D) 4
75. Tarkibida bir xil miqdorda vodorod saqlagan etan va pentan aralashmasining 26,4 g miqdorini to’la yoqish
uchun sarf bo’ladigan kislorod hajmini (l, n.sh.) aniqlang.
A) 44,8 B) 78,4 C) 67,2 D) 89,6
76. 27 g 1,3–dibrombutanga noma’lum metal tasir ettirilganda 23 g tuz olindi. Metalni aniqlang.
A) Ca B) Li C) Zn D) Mg
77. 0,2 mol alkil radikali tarkibidagi proton, elektron va neytronlar yig’indisi 18 ⦁ NA ga teng bo’lsa, radikalni
aniqlang.
A) butil B) pentil C) geksil D) geptil
78. Noma’lum alkilyodid va yetarli miqdordagi natriy metali o’rtasida boradigan reaksiya tenglamasining o’ng
va chap tomonidagi atomlar yig’indisi 36 ga teng bo’lsa, reaksiyadan hosil bo’lgan alkanni aniqlang.
A) oktan B) butan C) geksan D) etan
79. Vyurs reaksiyasi bo’yicha 1 moldan olingan metil va etilxloridlar aralashmasiga mo’l miqdordagi natriy
metali tasir ettirilganda 13,2 g propan olingan bo’lsa, necha litr (n.sh.) etan hosil bo’lgan?
A) 8,96 B) 7,84 C) 15,68 D) 6,72
80. 11,2 litr (n.sh) metan xlorlanishi natijasida trixlormetan va tetraxlormetandan iborat 70,1 g aralashma hosil
bo’ldi. Reaksiya uchun sarflangan xlor miqdorini (mol) aniqlang. [M(CHCl3) = 119,5 g/mol]
A) 1,8 B) 1,6 C) 1,9 D) 1,5
81. Noma’lum alkanning 3/4 qismi yondirilganda 1,8 mol karbonat angidrid va qolgan qismi to’liq xlorlanganda
64 g xlorli hosila hosil bo’ldi. Alkanni aniqlang.
A) metan B) butan C) propan D) etan
Jahongir Husanov
Yüklə 32,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə