Organik tizimdagi azot mavjudligiga, begona o`tlar va loviya ekinlarini ta’siri


Organik usulda takroriy ekin sifatida loviyaning Mahsuldor va Ravot navlarini yetishtirish agrotexnikasi



Yüklə 28,55 Kb.
səhifə5/5
tarix19.04.2022
ölçüsü28,55 Kb.
#85657
1   2   3   4   5
Dissertasiya tahlili (1)

Organik usulda takroriy ekin sifatida loviyaning Mahsuldor va Ravot navlarini yetishtirish agrotexnikasi

Dissertatsiya TDAU ilmiy izlanuvchisi Tajiyev Jasurbek tomonidan tadqiqot olib borilmoqda. Ilmiy ish annotatsiya, kirish, 5 ta bob, xulosa va adabiyotlar sharhidan iborat. Tadqiqotning ob’ekti sifatida Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi Axborot maslahat markazi (EXTENSION CENTRE) DUK tajriba xoʻjaligida oʻtkazildi. Tadqiqotlar davomida oʻrganiladigan “Rovot” va “Maxsuldor” navlarining biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, organik oʻgʻitlar me’yor-nisbatlari va sugʻorish tartiblariga rioya qilingan holda yuqori sifatli hosil etishtirishga erishish iborat. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati tipik boʻz tuproqlarda loviyani fertigatsiya usulida sugʻorish, organik va biooʻgʻit qoʻllash


uchun maqbul sharoitlar yaratilishiga ijobiy ta’sir etishi ilmiy asoslash
bilan izohlanadi.

Mazkur tajribamizning asosiy kutilayotgan natijalardan biri qaysi variantda oʻgʻitlarni me’yorini toʻgʻri qoʻllanilgani hamda hosildorlik ortishini oʻrganishdan iborat. Loviya oʻsimligi ildizlarida yashaydigan tuganak bakteriyalar tomonidan atmosfera azotini oʻzlashtirishi, azotli oʻgʻitlarni kam qoʻllashga, hamda ekinlarni yetishtirishda energiyani, resurslarni tejashga imkon beradigan juda muhim omildir.



Xulosa

Tahlil qilingan chet el dessertatsiyalarida mening ilmiy ishimga yaqin ilmiy ishlar olib borilganligi ma’lum bo’ldi. Bu dissertatsiyalarda yangi zamonaviy texnologiyalar qo’llanilganligi va yuqori hosil olinganligi men uchun yangilik bo’ldi . Misol uchun AQSH ning Michigan shtati universiteti ilmiy izlanuvchisi Erin Christene Hill tomonidan olib borilgan tadqiqotda ananaviy dehqonchilikdan organik dehqonchilikni afzalliklari keltirib o’tilgan. Mineral o’g’itlar qo’llamasdan organik o’g’itlardan foydalangan holda ekologik toza mahsulot olishga erishilgan. Dunyo aholisining organik mahsulotga bo’lgan talabini qondirishga xizmat qiladi bu ilmiy ish.

AQSH ning Michigan shtati universiteti ilmiy izlanuvchisi Horacio Ganzalez-Ramirez tomonidan olib borilgan tadqiqotda Mexsikada makkajo’xori maydonlarini unumdorligi kamayishi va uni oldini olish choralari ishlab chiqishdan iborat. Ilmiy izlanishda unumdorligi past bo’lgan maydonlarga loviya ekilgan va bu orqali tuproq unumdorligi oshirishga qaratilgan. Tajriba yakunida loviya o’simligi tuproq unumdorligini oshiruvchi o’simlik sifatigda almashlab ekishda keng qo’llanilgan.

AQSH ning Michigan shtati universiteti ilmiy izlanuvchisi James Heilig tomonidan olib borilgan tadqiqotda Loviya o’simligi tuproqda qoldiradigan tugunak bakteriyalari tuproq unumdorligini oshirishi, kasallik va zararkunandalariga qarshi ijobiy ta’siri o’rganilgan. Bu orqali yuqori hosil olingan va ishlab chiqarishga tavsiya berilgan.



AQSH ning Michigan shtati universiteti ilmiy izlanuvchisi Hugh Edward Smeltekop tomonidan olib borilgan tadqiqotda esa mineral o’g’itlarni cheklash orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Loviya o’simligini yetishtirish orqali azotga bo’lgan talabni qondirish va sifatli mahsulot olishga erishilgan. Almashlab ekishda loviya o’simligi dukkakli o’simliklar orasida eng yaxshi azot to’plovchi o’simlik hisoblanishi ilmiy asoslangan.
Yüklə 28,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə