Organizmning asosiy kimyoviy komponentlari Biokimyo shuningdek biologik kimyo



Yüklə 41,51 Kb.
səhifə3/3
tarix16.01.2022
ölçüsü41,51 Kb.
#82908
1   2   3
Org kimyoviy komp

LIPIDLAR

Lipidlar suvda erimaydigan, ammo organik erituvchilarda eruvchan, kimyoviy tuzilishi jihatidan xilma-xil bo‘lgan birikmalardir.

Lipidlar organizmda muhim vazifalarni bajaradi:

1. Biomembranalarning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.

2. Biologik membranalar o‘tkazuvchanligini ta’minlaydi.

3. Nerv impulslarini o‘tkazishda ishtirok etadi.

4. Hujayralararo kontaktni ta’minlashda ishtirok etadi.

5. Organizmda energetik zaxira vazifasini o‘taydi.

6. Organizmga yog‘da eruvchi vitaminlarning tushishi va ularning o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.

Eng ko‘p uchraydigan lipid neytral yog‘lar bo‘lib, ular asosan glitserin va yog‘ kislotalaridan tarkib topgan. Odam organizmi lipidlari tarkibida uchraydigan yog‘ kislotalari jadvalda keltirilgan.

Lipidlarning asosiy sinflari Neytral yog‘ lar (yoki neytrel gliserollar);

Mumlar;

Sfingolipidlar: sfingomieliplar,

serebrozidlar, gangliozidlar.

Steroidlar;

Fosfoglitseridlar: fosfatidiletanolamidlar, fosfatidilserinlar, fosfatidilinozitollar, plazmalogenlar, kardiolipinlar.



Tabiatda uchraydigan yog‘ kislotalarni shartli ravishda to‘yingan, bitta qo‘shbog‘ tutuvchi va ko‘p qo‘shbog‘ tutuvchi guruhlarga bo‘lish mumkin. Yuqorida ko‘rsatilganidek, ko‘pchilik yog‘ kislotalari tarkibida uglerod juft sonlarni tashkil etadi. Hayvon va o‘simlik lipidlari tarkibiga kiruvchi to‘yinmagan yog‘ kislotalar molekulasida qo‘shbog‘ ko‘pincha 9 va 10-uglerodlar orasida bo‘ladi
Yüklə 41,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə