Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix23.07.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#119847
1   2   3   4
90 Yuldashev Sardorbek Adilbekovich 631-634

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Voleybol ixtisosligi bo‘yicha trener-o‘qituvchining ko‘p komponentli kasbiy-
pedagogik funksiyalarining (boshqaruvchilik, mashq-lantirish, tashkilotchilik, 
tarbiyachilik va h.k.) tarkibiy tuzilishi, mohiyati, maz-muni haqida chuqur va keng 
tasavvurga ega bo‘lishi, mavjud ilg‘or tajribalar va ilmiy-tadqiqot natijalariga 
asoslangan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma hamda malakalarni o‘zlashtirishini 
ta’minlash, ularni malakaviy amaliyotlar davomida mukammallashtirish, voleybolga 
tanlov o‘tkazish, diagnostik, seleksion-prognostik ishlar kabi kasbiy-funksional 
qobiliyatlarga ega bo‘lishi, turli yoshli va malakaga mansub voleybolchilar bilan 
mashg‘ulot hamda musobaqalar o‘tka-zish, hakamlik qilish va musobaqani 
boshqarish sirlarini o‘rgatishga mo‘ljal-lanadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
633 
w
www.oriens.uz
April
2022
 
Ushbu fan dasturiga asosan talabaga quyidagi malakaviy talablar qo‘yiladi. 
Talaba:
- “Voleybol nazariyasi va uslubiyati” fani dasturiga kiritilgan barcha ma’ruza 
mavzulari bo‘yicha beriladigan nazariy bilimlar, seminar va amaliy mashg‘ulotlar,
malakaviy amaliyotlar davomida shakllantiriladigan kasbiy-pedagogik ko‘nikma va 
malakalarni o‘zlashtirishi;
- mazkur jarayonda mahalliy va xorijiy mutaxassislarning ilg‘or tajribalari, 
innovatsion-pedagogik 
va 
axborot-kommunikatsion 
texnologiyalardan 
faol 
foydalanishi;
- fanga doir tarixiy-evolyutsion materiallar, jismoniy, texnik-taktik va psixologik 
tayyorgarlik jarayonlarining mohiyati, mazmuni hamda ushbu jarayonlarni amalga 
oshirish texnologiyasi, uslublari, vositalari va prinsiplarini bilishi;
- o‘yin texnikasi va taktikasi, ularga o‘rgatish, tanlov va seleksion ishlar, turli 
yosh va malakaga mansub voleybolchilar hamda jamoalar bilan mashg‘ulot o‘tkazish 
texnologiyasini chuqur egallashi;
- musobaqa qoidalari, hakamlar va hakamlik qilish, musobaqalar tashkil qilish 
va o‘tkazish, musobaqa samaradorligini ilmiy asosda aniqlash, olingan natijalar 
yordamida jamoani boshqarish bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi;
- tayyorgarlik turlari mohiyati va mazmunini bilish, ularni rivojlantirish, ularni 
shakllanish dinamikasini ilmiy-pedagogik uslublar, test mashqlari yordamida 
baholash ko‘nikmalari va mezonlarini bilish hamda qo‘llash malakalariga ega bo‘lishi;
- o‘qituvchi-trenerning ko‘p komponentli kasbiy-pedagogik funksiyalari – 
boshqaruvchilik, 
tashkilotchilik, 
tarbiyachilik, 
ijodkorlik, 
loyihachilik, 
kommunikativlik, 
diagnostik, 
seleksion-prognostik 
ishlarni 
tashkil 
qilish 
ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi;
- qayd etilgan kasbiy-pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalarni nazariy 
(ma’ruza), amaliy hamda seminar mashg‘ulotlari, malakaviy amaliyotlar, turli ilmiy-
amaliy anjumanlarda kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlarni bajarish davomida 
mukammallashtirishi;
- harakatlar zahirasini boyitish, texnik-taktik mahorat doirasini kengaytirish va 
sog‘liqni mukammallashtirishda muhim rol o‘ynovchi “o‘naqay va chapa-qay” 
harakat funksiyalarini simmetrik tartibda shakllantirish texnologiyasi, vositalari 
hamda prinsiplarini o‘rganish, o‘zlashtirish va amalda qo‘llash ko‘nik-masiga ega 
bo‘lishi;



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə