O’rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar bilan hisob kitob hisobini avtamtlashtirish



Yüklə 22,34 Kb.
tarix05.04.2023
ölçüsü22,34 Kb.
#104296
Barcha xodimlarga


O’rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar bilan hisob kitob hisobini avtamtlashtirish

Barcha xodimlarga, shu jumladan o’rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va o’rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi.
Xodimlarga o’n besh ish kunidan kam bo’lmagan muddat bilan yillik asosiy ta’til beriladi.
Quyidagilarga ularning yoshi va sog’lig’i holatini hisobga olib, yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi:
o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarga - o’ttiz kalendar kun;
ishlayotgan I va II guruh nogironlariga - o’ttiz kalendar kun.
Ayrim toifadagi xodimlarga ularning mehnat vazifalarining o’ziga xos jihatlari va xususiyatlarini hamda boshqa holatlarni e’tiborga olib, qonun hujjatlariga muvofiq uzaytirilgan ta’tillar belgilanadi.
Qo’shimcha ta’tillar:
mehnat sharoiti noqulay va o’ziga xos bo’lgan ishlarda band bo’lgan xodimlarga (137-modda);
og’ir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga (138-modda);
mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda beriladi.
Mehnat jarayonida sog’lig’iga fizikaviy, kimyoviy, biologik va ishlab chiqarishning boshqa zararli omillari ta’sir etadigan xodimlarga noqulay mehnat sharoitida ishlaganliklari uchun yillik qo’shimcha ta’til beriladi.
Ta’tillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar bo’yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi.
Ta’til davriga to’g’ri kelib qolgan va ishlanmaydigan kunlar deb hisoblanadigan bayram kunlari ta’til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi.
Yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qo’shimcha ta’tillar yillik asosiy ta’tilga (shu jumladan uzaytirilgan ta’tilga ham) qo’shib jamlanadi.
Barcha hollarda qonun hujjatlari bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning umumiy muddati qirq sakkiz ish kunidan oshib ketishi mumkin emas.
Ta’tillar muddatini ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda ularning muddati har bir to’liq ta’til miqdorini o’n ikkiga bo’lib, so’ng to’liq ishlangan oylar soniga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi. Bunda o’n besh kalendar kunga teng va undan ko’p bo’lgan kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, o’n besh kalendar kundan kami esa chiqarib tashlanadi.
Yillik asosiy ta’tilni olish huquqini beruvchi ish stajiga quyidagilar kiradi: ish yili davomida haqiqatda ishlangan vaqt;
xodim haqiqatda ishlamagan bo’lsa ham, lekin uning ish joyi (lavozimi) saqlangan vaqt, bundan bolani parvarishlash uchun qisman haq to’lanadigan ta’til va ish haqi saqlanmagan holda beriladigan muddati ikki haftadan ko’p bo’lgan ta’tillar mustasno; mehnat shartnomasi g’ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi yoki xodim g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazilganligi natijasida qilingan haq to’lanadigan majburiy progul vaqti, basharti xodim keyinchalik avvalgi ishiga tiklangan bo’lsa; tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomalari va korxonaning o’zga lokal hujjatlari, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa davrlar.
Jamoa shartnomasida, korxonaning boshqa lokal hujjatida, mehnat shartnomasida xususan ish haqi saqlanmagan holda beriladigan muddati ikki haftadan ko’p bo’lgan ta’til vaqtini ham yillik asosiy ta’tilni olish huquqini beradigan mehnat stajiga qo’shish nazarda tutilishi mumkin.
Mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda yillik qo’shimcha ta’tillarni olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqarishning alohida qoidalari nazarda tutilishi mumkin.
Yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun olti oy ishlangandan keyin beriladi.
Ish yili mehnat shartnomasiga binoan ish boshlangan kundan e’tiboran hisoblanadi.
Ta’til quyidagi xodimlarga ularning xohishi bo’yicha olti oy o’tmasdan oldin beriladi:
ayollarga - homiladorlik va tug’ish ta’tili oldidan yoki undan keyin;
I va II guruh nogironlariga;
o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarga;
muddatli harbiy xizmatdan rezervga bo’shatilgan va ishga joylashgan harbiy xizmatchilarga;
o’rindoshlik asosida ishlayotganlarga - asosiy ish joyidagi ta’til bilan
bir vaqtda, o’rindoshlik asosida ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to’lagan holda; ishlab chiqarishdan ajralmagan holda umumiy ta’lim maktablarida, oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlarida, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayda tayyorlash institutlari va kurslarida o’qiyotganlarga, agar ular o’zlarining yillik ta’tillarini imtihonlar, sinovlar (zachyotlar) topshirish, diplom, kurs, laboratoriya va boshqa o’quv ishlarini bajarish vaqtiga to’g’rilab olishni xohlasalar; texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xususiyati o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan xodimlarga (100modda ikkinchi qismining 1-bandi).
Maktablar, oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlari, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayda tayyorlash institutlari va kurslarining muallimlar tarkibiga birinchi ish yilida yillik ta’til ularning mazkur o’quv yurtiga ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar haqiqiy ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to’lagan holda yozgi ta’til davrida to’liq beriladi.
Ta’til har yili, shu ta’til berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi lozim. Ishlab chiqarish tusidagi sabablarga ko’ra joriy yilda ta’tilni to’liq berish imkoni bo’lmagan alohida hollarda, xodimning roziligi bilan ta’tilning o’n ikki ish kunidan ortiq bo’lgan qismi keyingi ish yiliga ko’chirilishi mumkin, shu yili undan albatta
foydalanilmog’i lozim.
Xodimlar quyidagi ijtimoiy ta’tillar olish huquqidan foydalanadilar: homiladorlik va tug’ish ta’tillari (233-modda) ;
bolalarni parvarishlash ta’tillari (232, 234, 235- moddalar); o’qish bilan bog’liq ta’tillar (254 va 256- moddalar) ;
ijodiy ta’tillar (258-modda).
Quyidagi xodimlarga ularning xohishiga ko’ra, ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda ta’til beriladi:
1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jihatidan ularga tenglashtirilgan shaxslarga - har yili o’n to’rt kalendar kunga qadar;
ishlayotgan I va II guruh nogironlariga - har yili o’n to’rt kalendar kunga qadar; ikki yoshdan uch yoshgacha bo’lgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga (234-modda);
o’n ikki yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollarga - har yili o’n to’rt kalendar kunga qadar (232-modda) ;
mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qo’shimcha ta’tillar yillik asosiy ta’tilga qo’shib hisoblanadi.
Xodimlarga 15 kunidan kam bo’lmagan muddatda yillik asosiy ta’til beriladi.
Barcha hollarda qonun hujjatlari bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning umumiy muddati 48 ish kunidan oshib ketmasligi kerak (MK 140 modd
Yüklə 22,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə