O‘rta guruhda eng oddiy musobaqa usulidagi o‘yinlarni yakka tarzda ham, jamoa tarzda ham o‘tkazish mumkin. Katta guruhda



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə2/17
tarix03.04.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#104119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
O‘rta guruhda eng oddiy musobaqa usulidagi o‘yinlarni yakka tarz

Mazmunli o‘yinlarni tushuntirish. Tarbiyachining vazifasi bolalar ko‘zi o‘ngida o‘yin vaziyatining ko‘rgazmali manzarasini gavdalantirishdan, o‘yin obrazlarini yorqin tasvirlashdan, bolalar tasavvuri va hislariga ta’sir etishdan, ularning ijodiy tashabbusni faollashtirishdan iboratdir. Buning uchun kichik gruhlarda o‘yinchoq va hikoyadan foydalanishi mumkin.
O‘rta guruhlarda – tanish o‘yinni taklif etib, qoidalarini eslatib o‘tish bilan cheklanishi kifoya.
Katta guruhlarda o‘yin mazmuni eslashni bolalarning o‘zlariga taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ulardan biri o‘yin harakatlarining borishini bayon qiladi, ikkinchisi qoidalarni sanab beradi. Keyinchalik bolalar o‘zlari tarbiyachining yordamisiz o‘yinni tashkil eta boshlaydilar.
O‘yinda rollarni taqsimlash. Tarbiyachi pedagogik vazifalarga amal qilib (yangi kelgan bolani rag‘batlantirish yoki aksincha, faol bola misolida botir bo‘lish qanchalik muhim ekanligini isbotlash yoki o‘ziga ishongan bola iltimosini rad etib, bu rolni qo‘rqib turgan tortinchoq bolaga topshirish) boshlovchi tayin etishi yoki bolalarni hursand qilgan holda o‘yinga o‘zi kirishib o‘z zimmasiga boshlovchi yoki oddiy ishtirokchi rolini oladi.
Shuningdek boshlovchi saylashni bolalarni o‘ziga xavola etishi va ulardan bu rolni mazkur bolaga nima uchun topshirganlarini tushuntirib berishlarini so‘rashi mumkin.
Kichik guruhda boshlovchi rolini tarbiyachini o‘zi bajaradi. O‘yin jarayonida tarbiyachi bolalar harakati va o‘zaro munosabatlar, qoidalarini bajarilishini kuzatib boradi, qisqacha ko‘rsatmalar beradi, bolalarning hissiy holatlarini boshqarib boradi. Qoidaning ayrim bolalar tomonidan buzilishi haqida o‘yinni qayta o‘tkazishdan oldin gapiradi.
O‘yinni yakunlash. Harakatli o‘yin jismoniy yuklamani kamaytiradigan xolga keltiradigan umumiy yurish bilan tugallanadi. Yurishni ahamiyatiga k o‘ra bir xil bo‘lgan kam harakatli o‘yin bilan almashtirish ham mumkin.
O‘yin tugagan zahoti uni yakunini chiqarish kerak emas, bolaning tez harakatdan dam olishga asta-sekin o‘tmasligi yurak faoliyatini va butun organizmiga noxush ta’sir etadi. Tarbiyachi o‘yinni baholashida uning ijobiiy tomonlarini ta’kidlaydi, o‘z rollarini muvaffaqiyatli bajargan, jasurlik, chidamlilik, o‘zaro o‘rtoqlik yordami ko‘rsatgan bolalar nomini aytadi va qoidalarning buzilishi hamda bolalarning shu bilan bog‘liq harakatini kuyinib ko‘rsatib o‘tadi.
Katta guruhlarda tarbiyachi bolalarni harakatli o‘yinlarni mustaqil tashkil etishga tayyorlaydi, bunda o‘yinlarning borishini va ayniqsa, qoidalarni bajarilishini hamda bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni kuzatib boradi


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə