O’rta Maxsus Kasb-hunar kollejlarida pedagogik fanlarni o’qitishda keys-stadi texnologiyasidan foydalanishning ilmiy –pedagogik asoslari


Keys-stadi texnologiyasining turlari va manbalari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə2/9
tarix17.09.2017
ölçüsü0,55 Mb.
#109
1   2   3   4   5   6   7   8   9

2.Keys-stadi texnologiyasining turlari va manbalari.

Keys-stadi muammoli o‘qitish texnologiyalaridan hisoblanadi. Ushbu innovasion texnologiya asosini talabalarning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq vaziyatlar va ularning tahlili tashkil qiladi.[27, 24b.] Bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat bilan bo‘g‘liq vaziyatlarni chuqur o‘rganish natijasida nazariyaning amaliyot bilan bo‘g‘liqligi ta’minlanadi. O’quvchilar muayyan vaziyatlarni har tomonlama o‘rganadilar. O‘z navbatida ular faol fikrlaydilar, nazariy mashg‘ulotlarda eshitgan bilimlarini mustaqil o‘rganish davomida to‘plagan ma’lumotlar bilan taqqoslaydilar, shaxsiy tajribalarga murojaat qiladilar. Turli vaziyatlarni hamkorlikda yoki mustaqil ravishda tahlil qilish va qayta ishlash davomida qo‘shimcha ma’lumotlarga nisbatan zarurat sezadilar, statistik ma’lumotlarni o‘rganadilar. Natijada talabalarning bilimlari amaliy jarayon bilan bog‘likda mustahkamlanib boriladi. O’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati, nutq mahorati, hamkorlikda ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi.

Masalaning muammolilik jihatlari aniqlashtiriladi, maqsad va vazifalari, tadqiqot yo‘nalishlari belgilaniladi. O’quvchilar muammoli vaziyatlarni hal qilishning turli variyatlarini ilgari suradilar, mulohaza yuritadilar, eng ma’qul hisoblangan g‘oyalarni muhokamaga qo‘yadilar, qarorlarni qabul qiladilar

O‘quvchilar kelgusi mehnat faoliyatini aniq rejalashtirilishini o‘rganadilar, favqulotda holatlar sodir bo‘lsa, eng to‘g‘ri yechim va qarorlarni qabul qilishga, ta’lim jarayonida to‘plangan nazariy ma’lumotlarni rivojlantirgan holda amaliyotga ijodiy tadbiq qilishga tayyor bo‘ladilar.

Keys-stadi texnologiyasi talabaning kelajakda yetuk mutaxassis sifatida shakllanishida ijtimoiy- psixologik ahamiyati katta. Chunki kasbiy faoliyat bilan bog‘liq turli amaliyotlarini, lavozimiy majburiyatlarini bajaruvchi shaxs o‘rniga qo‘yib ko‘radi, voqea-hodisalarni o‘rganadi, qanday xulosa yoki qaror qabul qilish mumkinligini va bunda mehnat jamoasi bilan ijodiy hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘yish ma’qulligini o‘ylab ko‘radi, yakuniy natijalarni oldindan ko‘ra bilish, muammolarni oldini olish, ularni hal qilish davomida turli ruhiy zo‘riqish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini, kasbiy sohada hamkorlik, hamfirlilik, faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirish va amalga oshirish lozimligini, na moddiy va na

ma’naviy, ruhiy isrofgarchilikka yo‘l qo‘yish mumkin emasligini bilib oladilar.

Ushbu texnologiyaning yana bir afzaligi shundaki, o‘quvchilarda kasbiy axloq me’yorlari haqida tushunchalar shakllanadi va rivojlanadi. Olar o‘zlarini bo‘lg‘usi kasbiy faoliyati qay darajada tayyor ekanliklarini sinab ko‘radilar.

Ular o‘z qobiliyatlarini aniq baholagan holda rivojlanish imkoniyatlari to‘g‘risida o‘ylab ko‘radilar.

Keys-stadi texnologiyasi ham barcha texnologiyalar kabi tur va manbalarga o‘z ichiga oladi. Bular orqali keys-stadi texnologiyasi haqida talabalar to‘liq ma’lumotlar oladilar va o‘quv mashg‘ulotlarida qo‘llash imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.

Keyslarni guruhlashtirishda, ularining mazmun mohiyatiga e’tibor beriladi, ularni guruhlashtirishda asosan maqsad vazifalar inobatga olinadi. Shuning uchun ham keyslarni guruhlashtirish bir muncha qiyin kechadi.

Keyslarni quyidagi turlarga ajratish mumkin

- baholash, tahlilga o‘rgatuvchi;

- muammoni yechish, qaror qabul qilishga o‘rgatuvchi;

- umumiy tarzda muammoni yechishga o‘rgatuvchi keyslar;

Shuningdek ko‘pgina adabiyotlarda keyslarni quyidagi turlarga ajratadilar:

1) Kalit keyslar(Key cases);

2) Notanish keyslar(Outlier cases);

3) Tanish keyslar(Local knowledge cases).

Keyslarni turlarga ajratishda N. Fedyaninm, V.Davidenkolarning ham o‘z nazariyalari mavjud.

- tizimlashtirilgan (highly structured) keysda kichik hajmdagi qo‘chimcha axborotlar beriladi, bunda мuammoni vaziyatni yechayotgan talabalar oldindan tuzilgan rejalar asosida vaziyat yechimini izlashlari lozim. Bu turdagi keyslar yuqori darajadagi vaziyat yechimini talab qiladi.

- kichik tasvirlar (short vignetts) keysida muammoli vaziyat hajmi bitta matndan, bir yoki ikkita ilovadan iborat bo‘lib, talabalar faqat yechimga xos tushunchalar bilan tanishtiriladi, tahlil davomida talaba bilim zahirasi kengligi alohida o‘ringa egadir.

- katta hajmdagi tizimlashmagan keyslar (long unstructured cases ) hajmi chegaralanmagandir. Shuningdek ta’lim jarayoning barcha turlarida foydalanish mumkin, ma’lumotlar aniq va to‘liq hajmda talabalarga taqdim qilinadi.

- boshlang‘inch keyslar (ground breaking cases) qo‘llashdan maqsad talabalarni oldin o‘zlashtirgan bilimlarini sinovdan o‘tkazishdir va mavjud bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirishdir. Bu jarayonda talaba va o‘qituvchilar ilmiy izlanuvchilar talab qilinadi. [21,10b]

Keyslar qaysi turi bo‘lishidan qat’iy nazar, ular o‘rtasida keysning subkeyti va obyekti bo‘ladi. Subyekt izlanishning nazariy qarashi ko‘rsatilgan amaliy, tarixiy birligi hisoblanadi. Obyekti esa o‘sha nazariy qarashning analitik suyagidir.

Keys tadqiqotchilari keyslarni ikki qismga ajaratadilar, ya’ni muammoli vaziyat va yechim. Muammoli vaziyat keysning dastlabki holatidir, bunda tegishli umumiy axborotlar kiritiladi. [21,12b]

Muammoli vaziyatning yechimini izlashda talabalarni axborotlarni topishga yo‘naltitish lozim. Bunday yondashish keys jarayonini rivojlantiradi va jarayonga nisbatan talabalarni faolligini taminlaydi.

O‘quv jarayonida qo‘llaniladigan keyslarning hajmi bir-ikki varaq yoki undan ortiq bo‘lishi mumkin. Shuningdek hajm jihatdan katta keyslar, kichik hajmdagi keyslarga qaraganda talabalarda ba’zibir qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunday holatlarda muammoli vaziyatni bosqichlarga bo‘lib o‘rganish tavsiya qilinadi. Keyslardagi muammolar bir yoki bir necha qismlarga bo‘g‘lanib ketishi jarayoning uzluksiz davom qilinishini ta’minlaydi.

Keyslarni taqdim qilishda qo‘lyozmadan yoki elektron variyatdagi matnlardan foydalanish mumkin. Matndagi su’ratlar, diaograma chizmalar, jadvallar talabalar uchun ko‘rgazmali qurol bo‘lib hizmat qiladi.

Elektron axborotlar orqali tasvirlangan keyslarni tahlil qilish talabalarga engilik tug‘diradi. Keyingi davrlarda keyslardan foydalanishda multimediyalar ommalashib ketmoqda.

Syujet mazmuniga qarab keyslar syujetli (manbalarni ifodalovchi, mazmunli) syujetsiz turlarga ajratiladi. Syujetli keyslar asosan o‘tgan voqealar haqida hikoya qiladi, syujetsiz keyslar qoidagi asosan mazmunni yashiradi. Chunki mazmuni to‘liq ifodalangan keyslar talabani kengroq fikrlashiga halaqit beradi. Keysdagi muammoli vaziyatlarni tuzishda vaqt tushunchasini ahamiyat berish lozim. Shuningdek muammolar tabbiy holda aks etilgan, sabab-oqibatlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Keyslarni tahlil qilishda talabalarda bashorat qilish ko‘nikmasini shakllantirish ham muhim ahamiyat ega. Bashorat qilish muammoli vaziyatda aks etgan hodisalarni yechimini oldindan ko‘ra bilishga o‘rgatadi va qahromonlarning kelgusidagi xati-harakatlariga nisbatan ijobiy yechimlarni topishga yordam beradi.

Muammoli vaziyat mazmunida ma’lum bir shaxslarning, tashkilotlarning faoliyat jarayoni aks etadi. Shunga qarab vaziyatning sub’ektlari quyidagi turlarga ajratiladi.

1. Shaxslarning faoliyat jarayoni aks etgan keyslarda, ma’lum bir shaxsni xarakatlari ifodalanadi, ular menejer, fan arbobi, rahbar, pedagog, talaba yoki boshqa kasb vakillari bo‘lishi mumkin.

2. Tashkiliy-institutsional keyslarda tashkilotlar, ta’lim muassalari, ularning bo‘limlari ifodalaniladi.

3. Sub’ektlari ko‘p keyslar, o‘zida turli ob’ektlarni jamlaydi.

Keysning hajmi, uning o‘tkazish vaqtini belgilab beradi. Hajmi jihatdan kichik keyslar bir betdan, bir necha betgacha ifodalanib, u ikki soatlik amaliy mashg‘ulotlarni bir qismini ajratishga mo‘ljalangan bo‘ladi. O‘rtacha hajmdagi keyslar ikki soatlik mashg‘ulotlarga mo‘ljalangandir. Hajmi katta keyslar o‘n betdan iborat bo‘lib, undan bir qancha amaliy mashg‘ulotlar davomida foydalanish mumkin. Shuningdek keyslar ilovali keyslar hamda ilovasiz bo‘lishi mumkin. Ilovali keyslar maqsadi: statistik axborotlarni hisoblash, tahlil qilish, malakalarni shakllantirishdir. Shuningdek keyslarning tarkibida muammoli vaziyat yechimini topishga yo‘naltiruvchi savollar ham mavjud bo‘ladi, bu orqali talabalar vaziyat yechimi sari yo‘naltiriladi.

Tajribalarni ko‘rsatishicha keys-stadi texnologiyasi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni amalga oshirishi va samarali texnologiyaga aylanishi uchun uning tarkibiy tuzilishida ilmiy-uslubiy ma’lumotlar bo‘lishi lozim. Shundagina keys-stadi texnologiyasi samarali o‘quv texnologiyasiga aylana oladi.

Ma’lum bir jarayoni tashkil qilishda biz bevosita shu jarayonga tegishli manbalarni izlab topishga va faoliyatimizda qo‘llashga harakat qilamiz. Keys-stadi texnologiyasidan, o‘quv jarayonida foydalanishda biz turli-xil manbalarga murojaat qilamiz, aynan muammoli vaziyatlarni tashkil qilishda, ko‘pgina manbalardan foydalanamiz. Keys-stadi texnologiyasi orqali dars o‘tishda, o‘qituvchining tajribasi, ilmiy–uslubiy faoliyatining o‘rni kattadir.

Barcha texnologiyalar kabi keys-stadi texnologiyasi o‘z manbalariga ega. Ba’zi fikrlarga ko‘ra keysning asosiy manbasi hayotiy vaziyatlar hisoblanadi. Hayotiy hodisalar baxslarga sabab bo‘ladi, muammoni yechish jarayonini jadallashtiradi. Ijtimoiy hayotning barcha ko‘rinishlari keysning faktologik va muammoviy bazasi bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek keys tarkibining asosini tashkil qiladi.

Keyslarning yana bir muhim manbasi ta’lim-tarbiya hisoblanadi. Uning yordamida keys texnologiyasining maqsadi, vazifasilari, ta’lim tizimida tutgan o‘rni belgilanadi.

Keysning uchinchi manbasi - bu fandir. U o‘zida keys-stadi texnologiyasining ikkita metodologiyasini ifodalaydi va boshqa uslublar qatorida keys uslubini tahliliy sur’atini belgilaydi.

Amaliy jarayonlarda keys –stadi texnologiyasi qo‘llashda yuqorida keltirib o‘tilgan manbalardan bittasi asosiy o‘rini egalaydi. Bitta vaziyatda uchta manbadan foydalanilsa ham bittasi baribir asosiy o‘ringa chiqib oladi. Bu holatda keysning asosiy manbalaridan foydalanilishida, ularning ahamiyatini esdan chiqarmaslik kerak.

Yuqoridagilardan kelib chiqgan holda keys-stadi texnologiyasi quyidagi turlarga ajratiladi: Amaliy keyslar (real xayotiy vaziyatlarni aks ettiruvchi); ta’lim –tarbiyaga yo‘naltiruvchi keyslar (asosiy vazifasi ta’lim-tarbiya berish hisoblanadi); ilmiy-izlanish keyslari (ilmiy izlanishlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan). [21,14b]

Amaliy keysni asosiy maqsadi: hayotiy muammoli vaziyatlarni to‘liq, izchillikda, navbatma-navbat ifodalashdir. Bu kabi keyslar eng yuqori darajada tuzilgan va ko‘rgazmali vositalaga boy bo‘lishi kerak. Amaliy keysning asosiy vazifasi hayotni bilishga, shaxs hayotida uchraydigan muammolarga nisbatan oldindan yechim topishga o‘rgatishdir. Amaliy keys vaziyatning asosiy harakatlantiruvchi modelidir. Ushbu keysning ta’lim sohasidagi vazifalari quyidagilardan iborat: bilimlarni mustahkamlash, vaziyatlarning yechimlarni ishlab chiqish va boshqalar

Ta’lim-tarbiya beruvchi keyslar: Har bir keys ta’lim-tarbiya beruvchi vazifasiga egadir. Ta’lim-tarbiya beruvchi keyslar quyidagi asosiy vazifalarni ifodalaydi.

Birinchidan, bunday keyslar ta’lim-tarbiya jarayonidagi turli-xil muammolarni o‘zida jamlaydi, ya’ni ya’ni mutaxassislarning o‘z faoliyatida duch kelgan muammolar aks etadi;

Ikkinchidan, ta’lim-tarbiya beruvchi keyslarda birinchi o‘rinda o‘quv jarayoni turadi. Bu kabi keyslardagi vaziyatlar o‘quv jarayonlarda yuzaga keladigan muammolar, munosabatlar asosida tuziladi. Vaziyatlarni tuzishda aynan shu muammo emas, balki ularga o‘xshash maketlaridan foydalaniladi.

Ilmiy tadqiqot, ilmiy izlanuvchanlik keyslar: asosiy mazmuni, ilmiy tadqiqot, ilmiy izlanuvchanlik ishlarida namoyon bo‘ladi. Tahlil qilayotgan vaziyatlar asosida yangi ilmiy-ijodiy g‘oyalarni ishlab chiqish keys oldida turgan asosiy maqsadlardan biridir. Bu turdagi keyslarni barcha o‘quv guruhlarida qo‘llab bo‘lmaydi va ular ilmiy-tadqiqot tamoyili moduli asosida tizimlashtiriladi. Shuning uchun ham bu kabi keyslarni o‘quv uslubi sifatida emas, oliy va kasbiy ta’lim mutaxassislarini ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish jarayonida qo‘llash to‘g‘ri keladi. [21,15 b]

Keysning yuqorida belgilab o‘tilgan manbalari boshlang‘ich yoki fundamental manbalar hisoblanadi. Keyslarni shakllantirishda ikkinchi darajali manbalar ham mavjuddir. [21,17 b]

Keys-stadi texnologiyasida muammoli vaziyatlarni yaratishda qo‘shimcha manbalar bu adabiyotlardir, ya’ni barcha keyslarning zahiraviy manbasi u foydalangan adabiyotlari hisoblanadi. Ular quyidagi turlarga bo‘linadi.

1. Badiiy, ommaviy (publistik) adabiyotlar. Turli hil muammoli vaziyatlarni ifodalashda, ijtimoiy-gummanitar fanlarga tegishli ma’lumotlarni keltirish, ommaviy (publistik) adabiyotlardan foydalanish, jarayoni ma’lum darajada dolzarblashtiradi va keyslarga nisbatan qiziqishni talabalarda kuchaytiradi. Badiiy adabiyotlardan foydalanishning o‘ziga xosliklaridan biri bu muallifning iqtidori va asarlarining go‘zalligi yordamida keyslarni yanada mazmundor bo‘lishi ta’minlashdir. Publistik maqola xos aniqlik keysni tizimlashtirishda yordam beradi. Badiiy, ommaviy (publistik) adabiyotlardan foydalanish keys tarkibini estetik jihatdan bezaydi, talaba faoliyati ijtimoriy hayot bilan bog‘laydi va ularning ma’naviy-axloqiy jihatdan rivojlantiradi.

2. Hayotiy voqealarni keyslarda shakllantirish tahlil qilish jarayoning qiziqarli bo‘lib o‘tishiga olib keladi. P. Sherement va G. Kanishenkolarning ta’kidlashicha turli kompaniyalar faoliyati to‘g‘risida tuzilgan keyslar talabalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Agarda talabalar ichida o‘qishni tamomlagandan keyin ma’lum korxona, tashkilotlarda ishlashni rejalashtirgan talabalar bo‘lsa, o‘sha kompaniya, tashkilotlar faoliyati haqida keys tuzish maqsadga muvofiqdir. Yoki masalan “SAMSUNG” firmasi faoliyati to‘g‘risida tuzilgan keys o‘z uyida ushbu kompaniyada ishlab chiqarilgan maxsulot (texnika) mavjud bo‘lgan talabalarning qiziqishiga sabab bo‘ladi. [21,18b] Yana bir misol, mamlakatimizda futbolni rivojlantirish haqida tuzilgan keys futbolga qiziquvchilar orasida iliq kutib olinadi. Agarda keyslar talabalarning qiziqishlaridan kelib chiqmagan holda tuzilsa uning mazmuni tushunarsiz bo‘ladi, talabani fikrlashga undamaydi. Ushbu misollardan ko‘rinib turibdiki keyslarda real voqealik aks etsagina talabalar ongiga tez va oson yetib boradi.

Bir so‘z bilan aytganda keysdagi vaziyatlar mavjud holatlar asosida tuziladi, ya’ni keysdagi holatlar imkon qadar atrofda sodir bo‘layotgan muammolar asosida vujudga keladi. Qanchalik kundalik turmushdan uzoqlashilsa keys samaradorligi shuncha kamayadi. Real voqealik va kundalik turmushdagi vaziyatlarni o‘z ichiga olgan, ya’ni asos qilib olgan keyslardan foydalanish o‘qituvchiga ham engilik tug‘diradi. Shuningdek bunday keyslarda vaziyatda ko‘rsatilgan kompaniya, tashkilot, ta’lim muasasalari, ijodiyot markazlari a’zolari yoki keys qahramonlari bevosita ishtirok qilishi mumkin.

3. Keysni ilmiylik va ko‘rgazmali vositalar bezaydi. Keysni tuzishda uning har bir qismiga e’tibor berish kerak. Keysning tarkibida ko‘rgazmali vositalar, ilovalar, statistik ma’lumotlar kabi manbalarning aks etishi uning mukammaligini belgilab beradi.

4. Keysni tuzishda ilmiy manbalar, ilmiy maqolalar, ilmiy risollar foydalanish lozim, bu o‘z-o‘zidan keysda ilmiy manbalarning bo‘lishini talab qiladi. Keyslarni ishlab chiqish davomida ilmiy adabiyotlardan foydalanish unga katta talabchanlik va aniqlikni kiritadi, keysning ilmiyligini belgilab beradi.

5. Keyslar uchun to‘ldiruvchi manba sifatida internet va uning resuslari kiritilgan. Internet o‘zining keng doiradaligi, o‘zgaruvchanligiva tezkorligi bilan farq qiladi. Shuning uchun ham keys tarkibida internet asosiy o‘rida turadi.



Xulosa

Keys-stadi texnologiyasining asosiy maqsadi o‘quv guruh o‘quvchilarning bilim olish jarayonini faollashtirish, mavjud muammoli vaziyatlarni hal qilish orqali ularning ilmiy–ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Shuningdek texnologiya talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalarini hamkorlikda qo‘llashga, taklif qilingan yechimlarni tahlil qilish orqali muqobil yechimini izlashga o‘rgatuvchi ta’lim texnologiyasidir.

Birinchi bobda keys-stadi texnologiyasining vujudga kelish tarixi to‘laqonli ochib berilgan. Shuningdek keys-stadi texnologiyasining vujudga kelishida Suqrot maktabining ahamiyati kattaligi ko‘rsatilib o‘tilgan.

Umuman olganda keys-stadi texnologiyasi texnologiyasi ilk marotaba 1870 yilda Garvard biznes maktabida qo‘llanila boshlangan. “Muammo” (situatsiya) atamasiga keladigan bo‘lsak, ushbu so‘z ko‘proq tibbiyot va huquqshunoslik sohalarida qo‘llanilib kelingan, ta’lim tizimida bu so‘z yangicha talqin qilinadi.

Keys-stadi texnologiyasi asosan iqtisod fanlarini o‘qitishda qo‘llanilib kelingan. Amaliy iqtisodiy masalalarni yechishda qo‘llaniluvchi bu texnologiya keyinchalik barcha sohalarda foydalanilib borilgan. Shuningdek hozirda dunyo bo‘yicha maxsus keyslar ishlab chiquvchi Garvard biznes maktabi, Virjiniya universitetining Darden maktabi, Michigan universitetidagi Ross biznes maktabi, Richard Ivey biznes maktabi, Osiyo menejment instituti, Hindiston menejment instituti, Ahmedobod va Kong universitetidagi Osiyo keys tadqiqot markazlari mavjud.

Dissertatsiya ishining birinchi bobida shuningdek keyslarning o‘rganilish manbalari, turlari ham tahlil qilingan. Keys-stadi texnologiyasining tarixi va nazariy ahamiyati to‘liq ochib berilgan.

Keys-stadi texnologiyasi hozirgi kunda o‘zining innovatsion texnologiya sifatida ta’lim tizimida samarali qo‘llanilib kelinmoqda. Aynan birinchi bobning ikkinchi rejasida texnologiyani qo‘llashning maqsad va vazifalari tahlil qilingan.


II BOB. Keys-stadi texnologiyasining ta’limiy imkoniyatlari

1. Keys-stadi texnologiyasining o’quv didaktik vazifalari

Keys-stadi texnologiyasi nazariy bilimlarni amaliy vazifalarda hal qilishga yo‘naltirilgan tizimdir. Bu texnologiya talabalarni mustaqil fiklash, tinglay bilish ko‘nikmasi va fikriga mos nuqtai nazarlarni hisobga olish hamda o‘z fikrini aniq manbalarga asoslagan holda ifodalab bilishga o‘rgatadi. Bu uslub asosida talabalar bilim, ko‘nikma, malakalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, ko‘rsatmalar asosida ishlashga, qo‘yilgan masalani hal qilishda foydali jihatlarini topishga o‘rganadilar. [27,24b]

Keys –stadi texnologiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Muayyan fanlar yuzasidan bilimlarni egallash davomida muammoli vaziyatning yechimi bir javobga ega emasligi bilan ajralib turadi. Muammoning yechimini topishda bir qator muqobil variantlarni topishni talab qilinadi.

Bunda o‘quv jarayonining vazifasi ma’lum bo‘lib qolgan an’anaviy tizimdan chetga chiqish va bitta aniq qarorni qabul qilmasdan mantiqiy fikrlagan holda turli-xil javoblar variatini topish bilan ifodalanadi.

2. Ta’limning maqsadi tayyor bilimlarni egallashga emas, balki mustaqil o‘rganishga, talaba bilan o‘qituvchini hamkorligini ta’minlashga qaratilgan.

3. Keys -stadi texnologiyasi orqali nafaqat bilim olinadi, balki kasbiy ko‘nikma va malakalar ham egalaniladi.

4. Ushbu jarayonda hayotda sodir bo‘ladigna voqealar asosida modul ishlab chiqiladi. Muammoni hal qilish davomida o‘qituvchi yordamchi, yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi.

5. Texnologiyasining mohiyati nafaqat bilim egallash, balki amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, hayotiy vaziyatlarni o‘rganish, olingan bilimlarni tadbiq qilishdan iboratdir.

6. Keys- stadi texnologiyasida an’anaviy ta’limdagi kamchiliklar bartaraf qilinadi, yani quruq izohlashlar o‘rnini, ijodiy tortishuvlar egalaydi, dars jarayonini xuddi teatr tomashasini eslatadi.

Keys-stadi texnologiyasi ta’limda interfaol uslub bo‘lib talabalarda darsga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi, nazariy materiallarni amaliy tadbiq qilishni ko‘zlaydi, ta’lim jarayoniga nisbatan ijodiy motivlarni shakllantiradi. Shu bilan birgalikda bu uslub o‘qituvchi siymosini yangicha talqin qiladi, uni ijodiy izlanishga, fikrlashga yangilik yaratishga undaydi.

Har bir o‘quv jarayonida qo‘laniladigan keys quyidagi talablarga javob berishi zarur.

- ijro qilishda maqsadning aniqligi;

- vaziyatning yechimlari mantiqiy o‘ziga xos murakkab bo‘lishi;

- vaziyatda hayotning bir qancha qirralarini tasvirlash;

- bugungi kunga nisbatan dolzarb bo‘lishi;

- tipik vaziyatlarni tasvirlash;

- analitik (analiz-sintez...) hayolni rivojlantirish;

- munozarani tashkil qilish;

- bir qancha yechimlarning mavjudligi;

Ta’limda keys-stadi texnologiyasi mohiyati: mutaxassis o‘z tajribasidan kelib chiqib o‘z varianlarini yaratishida, o‘zida mavjud bo‘lgan bilimlarni, amaliy, ijodiy, munozarali faoliyatga aylantira olishida ifodalaniladi.

Keys-stadi texnologiyasining o‘ziga xos texnologik xususiyatlari mavjud bo‘lib ular orqali texnologiya boshqa uslublardan farq qiladi.

Keys-stadi texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

1. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning mavjudligi moduli, ularda aks etgan holat ma’lum bir vaqt jarayonida ifodalanishi;

2. Jamoa asosida qarorlarni ishlab chiqishi;

3. Muammo yechimida ko‘p o‘xshashliklar bo‘lib, aniq qa’tiy yechimini mavjud emasligi;

4. Bilim faoliyatini baholashda guruh tizimida yondashishni mavjudligi;

5. Ta’lim oluvchilarning emotsional holatlarini e’tiborga olinishi;

Keys-stadi texnologiyasi quyidagi vazifalarni o‘zida jamlaydi.

1. Uslub izlanuvchanlik, analitik tehnologiyalarga ega bo‘lib, jaroyon ichida izlanuvchanlik va analitik (o‘xshashlik) operatsiyalar yo‘nalishini boshqaradi.

2. Keys –stadi ta’limda jamoa texnologiyasi sifatida qo‘llanilib, asosiy vazifasi guruhda axborotlarning almashuvini amalga oshiradi.

3. Keys-stadi texnologiyasining mazmuni guruhni o‘zora birlashtirish, bilimlarni ijodiy fikrlash orqali yuzaga chiqarish kabi vazifalarni amalga oshirishda namoyon bo‘ladi.

4. Keys-stadi texnologiyasi o‘zida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasini birlashtirib, yakka tartibda, guruh va jamoa rivojlanishlarini inobatga olib ta’lim oluvchilarni ilmiy –ijodiy, shahsiy-axloqiy sifatlarni shakllantiradi.

5. Keys-stadi uslubini qo‘llashda uni loyhalashtirish muhimdir, har qanday texnologiyani dars jarayonida qo‘llashdan oldin, uning texnologik xaritasi tuziladi. Oldindan rejalashtirilgan texnologik xaritada faoliyat maqsadlari, bosqichlari ko‘rsatiladi. Loyhalashtirish jarayoni texnologiyani qo‘llashda muhim bosqichdir, negaki oldindan rejalashtirilmagan jarayon o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni to‘liq ifodalay olmaydi. Aynan bugungi kunda ta’lim jarayonini oldindan loyhalashtirish mavzusi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Loyhalashtirish orqali biz jarayoni oldindan bashorat qilish ko‘nikmasini o‘zimizda shakllantiramiz.

6. Keys –stadi texnologiyasi o‘zida oldindan samarali faoliyatga erish yo‘llarini rejalashtiradi, ma’lum bir yutuqlarga ega bo‘lish jarayonini oldindan faraz qiladi. Bu jarayonda talabalar faoliyatini faollashtirish, ularni rag‘batlantirish ham nazarda tutiladi.

Keys-stadi texnologiyasi asosiy vazifasi talabalarni analitik faoliyat bilan yechib bo‘lmaydigan muammolarni tizimlashgan murakkab uslub bilan yechishga o‘rgatishdir. Keys-stadi talabalarning analitik va kommunikativ imkoniyatlarini faollashtiradi va rivojlantiradi.

Keys-stadilarga 2 ta turli xil yondashuv mavjud:

1.Analitik yondashuv: keys-stadi nima sodir bo‘lgan va nima sababdan sodir bo‘lgan degan savollarga javob topish uchun ham o‘rganiladi. Bunda muammolarni aniqlab, ularga yechim topish shart emas.

2. Muammoga qaratilgan uslub: keys-stadi mavjud bo‘lgan asosiy muammolarni aniqlash va ularga yechim taklif qilish uchun tahlil qilinadi.

Keys –stadi muammoga nisbatan yechim talab qiladigan texnologiyadir. Keys- stadi yozishda birinchi esda tutish lozim bo‘lgan narsa bu unining muammoga ega bo‘lishidir. Keys- stadi texnologiyasini qo‘llashda yetarlicha ma’lumotlar keltirilish o‘rinlidir, bu uni o‘rganuvchilar uchun juda muhimdir. Ma’lumotlarning ko‘pligi vaziyatni hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Qiziqarli keys-stadi yozish detektiv hikoya yozishga o‘xshab ketadi, bu orqali talabalarni vaziyatga qiziqtirib, fikrlashga undash mumkin. [36, 35 b]

Mukammal tuzilgan keys- stadi bu faqatgina tavsiflashdan iborat bo‘lmaydi. Keys-stadi bilan tanishayotganda talaba o‘zini huddi keysning yozuvchisidek his qilib, sodir bo‘layotgan voqealarni o‘z boshidan o‘takazayotgandek harakat qilishi kerak. Shundagina keys samarali faoliyatga aylana oladi. Keys tavsifida hamma ma’lumotlar yig‘iladi, xulosalar qilinadi, o‘quvchilarga vaziyat bilan tanishtiriladi va o‘qituvchi bu jarayonda boshqaruvchi vazifasini boshqaradi.

Keysni tuzayayotgan paytdagi qanday qilib talabalarni qiziqishini ortirish mumkin, u qanday yozilsa talaba o‘zini uning qahromonidek his qiladi, izlanadi va jarayonga bo‘lgan munosabati oshadi.

Keys yozishda uchta asosiy bosqich mavjud: ma’lumot yig‘ish, tahlil va yozish. Jarayon ma’lumot yig‘ishdan boshlanadi, yakunlash bosqichiga yetib borganda ham yana orqaga qaytib ko‘proq ma’lumot yig‘iladi.

Tadqiqot bosqichi:

1. Kutubxona va internet ma’lumotlari. Mavzu borasida oldin yozilgan ma’lumotlarni toping va keysiningiz to‘grisidagi muhim maqolalarni o‘qing. Shu jarayonni amalga oshirsangiz, yechim talab qiladigan muammoning javobiga duch kelishingiz yoki siz shunaqa qiziqarli g‘oyalarni o‘zingizni keys tuzilmangizda qo‘llashingiz mumkin. Misol qilib oladigan bo‘lsak, sizning keysingiz innovatsion pedagogik texnologiyalarni dars jarayonlarida qo‘llash mavzusida bo‘lsa, siz shu mavzu asosida ma’lumotlar yig‘asiz, afzaliklari, kamchiliklarni tahlil qilasiz. Birinchi navbatda dars jarayonlarini kuzatasiz, mavjud iqlimni o‘rganasiz, anketa, so‘rovnoma metodlaridan foydalanib talabalarning darsga bo‘lgam munosabatini tahlil qilasiz. Shundagina sizning keysingiz mavzusi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘iladi. Ma’lumotlarni o‘rganish jarayonida shu soha vakillari bilan ham suhbatlar olib boriladi, ularning mulohazalarini ham keysda aks etadi, shuningdek siz tuzayotgan keys o‘zining aniqligi dolzarbligi bilan ajralib turishi kerak, shundagina uning o‘quvchisida keskin, bahslashishga sabab bo‘luvchi fikrlar paydo bo‘ladi.

2. Yana bir misol ta’lim sohasida doimo yuzaga keluvchi bir muammo mavjud. Bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, buni yo‘qotish yoki oldini olish har bir davrda ta’lim oldida turgan muammo bo‘lgan, bo‘lip keliyapti. Hamisha ikki savol tug‘iladi, yomon o‘qituvchilar bo‘ladimi yoki yomon o‘quvchilarmi? Bu kabi muammolarni yechishda o‘qituvchi faoliyatini, uning shaxsiy-kasbiy kasb malakalarini o‘rganishdan boshlash kerak, shuningdek o‘quvchining shaxs sifatida shakllanish bosqichlarini tahlil qilish lozim. Bu holatlarning yakuni keysning mukammal tuzilmasiga olib boradi

3. Keys vaziyatidagi holatlarga duch kelgan o‘qituvchi, o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazish.

Keysdagi vaziyat holatlaridan kelib chiqib, jarayoni o‘rganish maqsadida biror bir ta’lim muasasasi tanlab olinadi va shu yerdagi o‘qituvchi, o‘quvchi o‘rtasidagi pedagogik munosabatlar o‘rganiladi. O‘rganish uchun asosiy vosita sifatida so‘rovnomalardan foydalanish mumkin. So‘rovnomalar o‘qituvchi va o‘quvchilarga alohida tayyorlanadi. (1-ilova)

So‘rovnomalarning javoblari keys uchun asosiy ma’lumot bazasi bo‘ladi, bu orqali o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining sabablarini tahlil qilish mumkin. [20, 40 b]

Tahlil bosqichi.

1. Hamma ma’lumotlarni bitta joyga yig‘ish. Tahlilning bu bosqichida barcha ma’lumotlar yig‘iladi, ya’ni so‘rovnoma javoblari, mavzuga tegishli maqolalar, kitoblar va h.k Ularda keltirilgan ma’lumotlarning vaziyatga tegishlilari tanlab olinadi. Ma’lumotlar asosida keysdagi vaziyat tuziladi, uning talabalar uchun tushunarli, qiziqarli bo‘lishi undagi ma’lumotlarning aniqligiga bog‘liq bo‘ladi.

2. Materialni har hil odamlarga bo‘lib berish. Har bir talaba yoki guruh nima haqiqatdan ham muhimligini, nima bo‘layotganini va keysni o‘rganuvchi uni tushunish uchun nimalarni bilishlari shartligini aniqlab olishi kerak. Masalan, o‘qituvchi va o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni bitta jadvalga kirgizish mumkin.

3. Keys muammosining xulosasini shakllantirish. Bu jarayon amalga oshirishda, ko‘proq ma’lumot talab qilinadi. Muammoni shakllantirib bo‘lganingizdan so‘ng, siz talabalarni muammo tog‘risida fikrlashlarini, uni qismlarga bo‘lib o‘rganishlarini rejalashtirasiz. Har bir qism jumboqning bir bo‘lagi bo‘lib, ularni har biri muhokamani talab qiladi.

Keys–stadi uslubi talabalarda quyidagi ko‘nikma, malakalarni rivojlantiradi:

- muammoli ta’lim tamoyillaridan foydalanishni, vaziyatni yechish malakasini egallashni, muammoni yechich jarayonida guruh bilan hamkorlikda ishlashni, o‘z fikrini asoslab berishni;

- jamoada ishlash malakasini egallashni;

- taqdimot tayyorlash malakasini egallashni;

- jamiyatda sodir bo‘layotgan ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklaridan xabardor bo‘lishni;

Keysni tahlil qilishga o‘rgatishda talabalarga sabab va oqibat aks etgan tayyor keyslar umumiy tarzda beriladi. Bu orqali talabalar keys bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydilar. Talabalar tajribasida tahlil qilingan keyslarning ko‘payib borishi, yangi vaziyatlarni hal qilinishida katta yordam beradi [19,28b].

Kasb-hunar kollejlari ta’lim tizimida keys-stadi texnologiyasidan foydalanish o‘quv jarayoni faollashtiradi, talabalarning bilim olish imkoniyatlari kengaytiradi.

Keys-stadi texnologiyasini qo‘llashdan oldin, texnolgiya metodik jihatdan tasdiqlangan bo‘lishi, ta’lim dasturiga nisbatan umumlashgan, o‘qituvchining ish rejasiga kiritilgan bo‘lishi lozim. O‘qituvchi ish rejasida o‘quv fanlarining qaysi bo‘lim, mavzularida keys-stadi uslubidan foydalanishi ko‘rsatilib o‘tilishi kerak. Bu masalalarrni tahlil qilish metod birlashmalarning zimmasiga yuklanadi.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə