O’rta Maxsus Kasb-hunar kollejlarida pedagogik fanlarni o’qitishda keys-stadi texnologiyasidan foydalanishning ilmiy –pedagogik asoslari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə7/9
tarix17.09.2017
ölçüsü0,55 Mb.
#109
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Talaba bilishi kerak: o‘quvchilar jamoasi, jamoa ichida ishni tashkil qilish, o‘qituvchining pedagogik muloqat uslublari, sinf rahbarining ish uslublari, ota-onalar bilan hamkorlik uslublarini.

Talaba amalga oshirish kerak: mavzuni mustaqil o‘rganadi, muammoning mohiyatini aniq tushunib oladi, uning kasbiy, ijtimoiy, ma’naviy ahamiyatlilik jihatlarini belgilab oladi, o‘z shaxsiy tanqidiy fikrlarga ega bo‘lib, mantiqiy xulosalar qilishi, ilmiy-nazariy hamda amaliy manbalar ustida mustaqil ishlashi va natijalarini umumlashtirishi lozim.

Talaba ega bo‘lmog‘i kerak: muloqatchanlik, hamkorlikda ijodiy ishlash, mustaqil tadqiqot vazifalarni bajarish, hisobat, prezentasiyalarni tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lmog‘i kerak.

Turi va manbalaridan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:

Keys ta’lim-tarbiya beruvchi keys turiga kiradi, keysning asosiy manbasi pedagoglarning ish tajribasi davomida yuz bergan muammolar. Keysning asosiy ob’ekti shaxsga yo‘naltirilgan. Bu syujetli, prognostik, ko‘p sub’ektli keys bo‘lib, muammoli vaziyat asosida tuzilgan. Keys jamoa orqali munozarani tashkil qilishga mo‘ljalangan bo‘lib, didaktik maqsadlarga ko‘ra mavzu bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalarni mustahkamlash, ularni amaliy faoliyatga yo‘naltirishni nazarda tutadi.

Ushbu keysdan pedagogika fani bo‘yicha amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin.

Vaziyat

Sinf rahbari tarbiyasi qiyin bolaning ota-onasi bilan suhbat olib bormoqda.

O‘quvchi ko‘p vaqtlarda maktabga darslarni tayyorlamasdan keladi, qo‘pol, o‘yinqoroq. Maktab intizomini mensimaydi. Masalan, dars paytida maktab oshxonasida yuradi. So‘rmasdan darslardan ketib qoladi. Chorak oxirida reyting kundaligi haftada almashadi, baholari past chiqiyapti.

Uning otasi fan doktori, professor, rahbar, onasi vrach. Pedagogning gaplariga quyidagicha javob beradi:

-Tushunsangizchi, biz Davlat ishlari bilan juda band odamlarmiz. Mening ishim juda ham mas’uliyatli ish! O‘g‘lim bilan shug‘ullanishga mening hech vaqtim yo‘q. Onasining ham ishlari ko‘p. Biz maktabga yuborayapmiz. Maktab uchun kerakli narsalarni olib berayapmiz, maktab vaqtiga sizlar javob berasiz, tarbiyalaysizlar ! Bu sizning vazifangiz emasmi?

Pedagog, oila bilan maktab hamkorligida ish olib borsagina tarbiya samara berishi mumkinligini uqtirganda, u yana e’tiroz bildirdi:



  • Nima ish qilish kerak bo‘lsa, oilaga bo‘g‘liq bo‘lgan ishlarning hammasini qilyapman. Uyda kompyuter bor, internetga ulab qo‘ydim, kutubxonamiz mavjud, ingiliz tili, rus-tillaridagi o‘quv kassetalar kolleksiyasi bor.

Ota tarbiyadagi o‘z ishtirokiga oid elementlarni uzoq sanadi. Bularni eng asosiy deb hisobladi, ammo o‘g‘lining xulqi haqidagi sinf rahbari tomonidan bildirilayotgan tashvishli xabarga e’tibor qilmadi.

( O‘. Asqarova.“ Pedagogikadan

amaliy mashqlar va masalalar”)

Talabalarga uslubiy ko‘rsatmalar

Talabalar vaziyat bilan tanishgandan keyin o‘qituvchi ularga ishni to‘g‘ri tashkil qilishlari uchun ko‘rsatmalar beradi. Keys-stadi texnologiyasida vaziyatni hal qilishda, talabalar vaziyatni tashkil qilish bosqichlarini navbatma-navbat bosib o‘tadilar.



Ishni tashkil qilish bosqichlariva maslahat va tavsiyalar:

  1. Keys bilan tanishish:

  1. Keys mazmunini diqqat bilan o‘qib chiqing.

  2. Keysni kichik jamoangizda “sabab-oqibat” nuqtai-nazaridan tahlil qiling.

  1. Berilgan vaziyat bilan tanishish:

  1. Malumotlarni yana bir diqqat bilan o‘qib chiqing.

  2. Vaziyatni keltirib chiqaruvchi omillarni belgilab oling.

  3. Vaziyatda muhim joylarni qalam bilan chizib, alohida ko‘rsatib qo‘ying.

  1. Muammoli vaziyatni tahlil qilish:

Muammoli vaziyatni o‘rganish davomida quyidagi savollarga javob topishga harakat qiling.

  1. Vaziyat qachon, qanday holatda sodir bo‘ldi?

  2. Sinf rahbari harakat motivlarini tahlil qilish?

  3. O‘quvchi harakat motivlarini tahlil qiling ?

  4. Ota-onaning harakat motivlarini tahlil qiling?

  5. Muammoni asosiy keltirib chiqaruvchi sabablar nimada deb hisoblaysiz ?

  6. Qanday qilib keskin pedagogik vaziyatni oldini olish mumkin edi ?

  7. Voqeallarni keying rivojlanishi qanday bo‘lishi mumkin ?

  8. Vaziyatning yechimini taklif qiling ?

  1. Muammoli vaziyatni yechish usul va vositalarni tanlash hamda asoslash:

  1. Vaziyat yechimini topish maqsadida “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldiring.

  2. Muammoni yechish uchun barcha holatlarni o‘rganing, muqobil variyatlarni tahlil qiling.

  3. Keys bilan ishlash natijalarini taqdimot yoki yozma axborot shaklida tayyorlang.

Muammoli vaziyat jadvali

Vaziyatdagi muammolar turi

Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari

Muammoli vaziyatning yechimi

O’quvchining tarbiyasi qiyin o’quvchiga aylanishi

O’quvchini tarbiyasi bilan vaqtida shug’ullanmaganlik

Tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil qilish kerak

Ota-onaning farzandi tarbiyasiga befarqligi , o’z mas’liyatli vazifasini bajarmasligi

Ota-ona bolasiga e’tiborsizligi

Ota-onaning majburiyatlarini to’g’ri tushuntirish lozim

Bolaning oilaviy muhitda nazoratsiz qolganligi

Bolaning o’qishga qiziqishining yo’qligi

Bola qiziqadigan fanlarga e’tiborini oshirish

O’qituvchining o’quvchi bilan hamkorlikni tashkil qila olmaganligi

Bolaning psixologik holatlariga e’tibor bermaslik

O’quvchining psixologik xususiyatlarini o’rganish

( 3-ilova)

Mavzu: O`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalarini hisobga olish va baholash tizimi

( Pedagogika fani misolida )



Rezyume

O‘quv jarayonida “Keys –stadi” texnologiyasi qo‘llanildi. Keysni qo‘llashdan oldin uning tashkiliy qismiga tayyorgarlik ko‘riladi. Mavzu asosida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari baholash usullari, baholash meyorlari, baholashda pedagogik- psixologik iqlimning mavjudligi o‘rganiladi. O‘quv jarayoni keys-stadi texnologiyasi asosida o‘tkaziladi, keysdagi vaziyatni tahlil qilish orqali talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalari, ijodiy qobiliyatlari rivojlantiriladi.O‘quvchilarning bilimlarini baholashda qo‘llaniladigan metodlar, baholash jarayonidagi o‘qituvchilarning tajribalari tahlil qilinadi.



O`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalarini hisobga olish va baholash tizimi

Keys-stadi texnologiyasi asosida.

Pedagogik annotatsiya

O‘quv predmenti: Pedagogika

Ta’lim shakli: amaliy mashg‘ulot

Ishtirokchilar:

Talabalar soni:

Keysning asosiy maqsadi: Talabalar jamosida sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish, ularning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘quvchilarning bilim ko‘nikma, malakalarini baholash tizimi haqida ma’lumotlar bilan tanishtirish, talabalarga odilona baholash usullarini o‘rgatish.

Keys turi: Ta’lim- tarbiya beruvchi

O‘quv faoliyatidan kutilayotgan natijalar

Kutilayotgan natijalar:

1. Talabalar kasbiy jarayonda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish bo‘yicha eng to‘g‘ri va ta’sirchan qarorlarni qabul qilishni o‘rganadilar.

2. Talabalarning kasbiy jarayonda sodir bo‘lgan muammolarini har tomonlama chuqur o‘rganish, asosli xulosalar qilish malakalari rivojlanadi.

3. Ularda muammoni hal qilishga ilmiy yondashish ko‘nikmalari shakllanadi.

4. Talabalar turli manbalar ustida mustaqil tahliliy faoliyatlarni tashkil qilishni o‘rganadilar. Manbalar tahlili davomida o‘zlarining shaxsiy fikr va xulosalarini shakllantiradilar.

5. O‘quvchilar bilimini baholashda yuzaga keluvchi muammolarni oldindan hal qilishni talabalar o‘rganadilar.

Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun talabalar quydagi bilim ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim:

Talaba bilishi kerak: o‘quvchilar jamoasi, jamoa ichida ishni tashkil qilishni, bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilish yo‘llarini, baholash tizimi va me’yorlarini, o‘quvchilarni bilim savyasiga qarab rag‘batlantirish usullarini Talaba amalga oshirish kerak: mavzuni mustaqil o‘rganadi, muammoning mohiyatini aniq tushunib oladi, uning kasbiy, ijtimoiy, ma’naviy ahamiyatlilik jihatlarini belgilab oladi, o‘z shaxsiy tanqidiy fikrlarga ega bo‘lib, mantiqiy xulosalar qilishi, ilmiy-nazariy hamda amaliy manbalar ustida mustaqil ishlashi va natijalarini umumlashtirishi lozim.

Talaba ega bo‘lmog‘i kerak: muloqatchanlik, hamkorlikda ijodiy ishlash, mustaqil tadqiqot vazifalarni bajarish, hisobat, prezentasiyalarni tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lmog‘i kerak.

Turi va manbalaridan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:

Keys ta’lim-tarbiya beruvchi keys turiga kiradi, keysning asosiy manbasi pedagoglarning ish tajribasi davomida yuz bergan muammolar. Keysning asosiy ob’ekti shaxsga yo‘naltirilgan. Bu syujetli, prognostik, ko‘p sub’ektli keys bo‘lib, muammoli vaziyat asosida tuzilgan. Keys jamoa orqali munozarani tashkil qilishga mo‘ljalangan bo‘lib, didaktik maqsadlarga ko‘ra mavzu bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalarni mustahkamlash, ularni amaliy faoliyatga yo‘naltirishni nazarda tutadi.

Ushbu keysdan pedagogika fani bo‘yicha amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin.

Vaziyat

Darsning bir qismi bilan tarnishing.



  • Qani, Sohibga qanday baho qo‘yamiz? Nodir sening fikring.

  • Unga “to‘rt” qo‘ysa bo‘ladi.

  • Nima uchun? Uning javobida qanday yaxshi tomonlar va qanday kamchiliklar bor? Nimaga asosan sen unga “to‘rt” qo‘yish kerak deb hisoblaysan?

  • U masalani to‘g‘ri yechdi, ammo qo‘shimcha savolga javob bermadi.

  • Bu jiddiy kamchilikmi yoki kechirsa bo‘ladimi?

  • Eruvchanlikning nima ekanligini bilish kerak albatta.

  • Odil, javobga sening qanday e’tirozing bor?

  • Sohib masalani birdan yechmadi. U tutilib qoldi va tashqaridan yordam kutdi, chunki proporsiya tuza olmadi.

  • Sen Sohibga necha baho qo‘yishni tavsiya qilasan?

  • Bugun unga “uch” baho qo‘ysa bo‘ladi, deb o‘ylayman.

  • Ha, unga “uch” baho qo‘ysamiz. Shuni ta’kidlaymizki, kimyodan bilimlar sifati ko‘p jihatdan matematik malakalarga bo‘g‘liq. Har ikki fanni sinchkovlik bilan o‘rganish kerak.

( O‘. Asqarova.“ Pedagogikadan

amaliy mashqlar va masalalar”)



Talabalarga uslubiy ko‘rsatmalar

Ishni tashkil qilish bosqichlari va maslahat va tavsiyalar:



  1. Keys bilan tanishish:

a) Keys mazmunini diqqat bilan o‘qib chiqing.

b) Keysni kichik jamoangizda “sabab-oqibat” nuqtai-nazaridan tahlil qiling.



  1. Berilgan vaziyat bilan tanishish:

  1. Malumotlarni yana bir diqqat bilan o‘qib chiqing.

  2. Vaziyatni keltirib chiqaruvchi omillarni belgilab oling.

  3. Vaziyatda muhim joylarni qalam bilan chizib, alohida ko‘rsatib qo‘ying.

  1. Muammoli vaziyatni tahlil qilish:

Muammoli vaziyatni o‘rganish davomida quyidagi savollarga javob topishga harakat qiling.

  1. O‘qituvchi qo‘yiladigan bahoning munozarasiga o‘quvchilarni jalb qilish bilan qanday tarbiyaviy, didaktik masalani o‘rtaga tashlayapti?

  2. O‘qituvchi bahollash jarayonida qanday usuldan foydalaniyapti? Nima uchun bu usulni qo‘llab, ongli holda ortiqcha vaqt saraflayapti?

  3. Bu uslubda baholash ta’lim me’yorlariga to‘g‘ri keladimi?

  4. Baholashdagi bu jarayoni qaysi sinfdan boshlab doimiy tarzda qo‘llashni tavsiya qilar edingiz? Nima sababdan?

  5. O‘quvchilarni bilim, ko‘nikma, malakalarini yana qanday usullarda baholash mumkin?

6. Voqeallarni keying rivojlanishi qanday bo‘lishi mumkin ?

4.Muammoli vaziyatni yechish usul va vositalarni tanlash hamda asoslash:



  1. Vaziyat yechimini topish maqsadida “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldiring.

  2. Muammoni yechish uchun barcha holatlarni o‘rganing, muqobil variyatlarni tahlil qiling.

  3. Keys bilan ishlash natijalarini taqdimot yoki yozma axborot shaklida tayyorlang.

Muammoli vaziyat jadvali

Vaziyat turlari.

Vaziyatning kеlib chiqish sabablari.

Vaziyatni yechish yo`llari va

sizning harakatlaringiz.

O‘qituvchi qo‘yiladigan bahoning munozarasiga o‘quvchilarni jalb qilishi

O’qituvchining holati

O’qituvchini baholash metodini to’g’ri olib borildi. Chunki o’quvchiga sinfdoshlarinig fikri tezroq ta’sir qiladi

O’quvchining psixologik xususiyatlari

O’quvchilarning holati

Baholash jarayonida o’quvchining ichki holatlarini e’tiborga olish lozim

O’quvchilarning teshdoshlarga munosabati

Guruhdagi psixologik iqlim

Guruhda jamoaviy birdamlik tushunchalarini shakllantirish

Baholash jarayoni

O’quvchilarning baholash jarayoniga aralashuvi

Demokratik tamoyillarni baholash jarayonida qo’llash lozim

(4-ilova)

Mavzu: Maktab, oila va mahalla hamkorligi

(Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani)

Rezyume

O’quv jarayonida “Keys-stadi” texnologiyasi qo’llaniladi. Talabalar kichik jamoalarda

kasbiy jarayonda sodir bo’lgan muammoli vaziyatni tahlil qiladilar, uning kelib chiqish sabablarini o’rganadilar. Talabalar vaziyatning yechimi bo’yicha aniq va asosli xulosalarni kiritadilar va ushbu takliflarni maqbullik jihatlarini muhokamaga qo’yadilar.

Maqsad talabalarga maktab, oila, mahala hamkorligi, tarbiya jarayonida muhim ahamiyatga ega ekanligini vaziyat asosida ko’rsatib berish, shuningdek ta’lim- tarbiya jarayoning to’g’ri tashkil qilinishida, sinf rahbar va ota-onalar hamkorligi zarurligini ko’rsatib berish. Ta’lim- tarbiya jarayoni bir tomonlama olib boriladigan jarayon emasligini, unda ijtimoiy muhitning barcha qatlamlari ishtirok qilsa samara berishini talaba ongiga sindirishdam iborat.

Mashg’ulotning turi: amaliy

Mashg’ulotda qo’llaniladigan innovatsion texnologiya : “Aqliy hujum”

Mashg’ulot jihozi: kompyuter, slaydlar, tarqatma matnlar, markerlar, anketa so’rovnomalari, kuzatish, suhbat natijalari.

Ajratilgan vaqt: 80 daqiqa

Tayanch tushunchalar: maktab, mahalla, oila, sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar, o’qituvchi va ota-ona hamkorligi, ijtimoiy muhit.



Tayanch o’quv materiali:

O’quv topshirig’i:

  1. Ushbu vaziyatni o’qib chiqing.

  2. Vaziyatni tahlil qiling va unda ko’rsatilgan muammoga nisbatan o’z fikrlaringizni bildiring.

  3. Muammoni keltirib chiqaruvchi sabablarni ko’rsating.

  4. Uni bartaraf qilish bo’yicha o’z takliflaringizni bildiring.

Vaziyat

6-sinf ota-onalar majlisida o’qituvchi har qaysi ota-onani o’z farzandi o’tiradigan partada o’tirishini taklif qildi. U har qaysi ota-onaning oldiga o’z bolasining daftari va buklangan qog’ozni partaga qo’yib chiqdi. Buklangan qog’ozda faqatgina ota-onaga tegishli yozuv bor edi. Masalan:

“Dilnozada ancha o’zgarishlar bor, yaxshi o’qiyapti, biroq matematikadan biroz qiynaliyapti. Shu fandan qo’shimcha darsga borsin. Iltimos, dushanba kuni soat 13;00 da kelsangiz matematika fani o’qituvchisi bilan maslahatlashib olasiz”.

“Mohira parishonxotir, hamma narsaga e’tiborsiz, fanlarni o’zlashtirishga harakat qiliyapti. Suhbatlashish uchun qolishingizni so’rayman”.

“Sevara juda harakatchan, lekin so’zlab berishda qiynaladi. Fikrlashiga, nutqiga e’tibor berish kerak”.

“Anvarning o’qishlari pasayib ketdi, musiqaga qiziqadi, qizlarga qarab faqat qo’shiq aytadi. Iste’dodi haqida o’ylab ko’rish kerak”.

O’qituvchi ota-onalarning har biriga farzandlarining xulq-atvori yozilgan qog’ozlarni berib chiqdi. Sinfidagi ko’pchilik o’quvchilarida yuqoridagi kabi ta’limiy-tarbiyaviy kamchilik bor edi.

( O’. Asqarova. “ Pedagogikadan

amaliy mashqlar va masalalar”)

Mashg’ulotning borishi


Ish bosqichlari va mazmuni

O’qituvchining faoliyati

Talabalar faoliyati

Kutilayotgan natijalar

1-bosqich

10 daqiqa

Tayyorlov


Talabalar 4-6 kishidan iborat kichik jamoalarga birlashadilar. Jamoa ichida har bir talabaning

Faoliyati tashkil qilinadi,

ya’ni lider va guruhning boshqa a’zolarini vazifalari belgilab olinadi, kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi, faoliyat uchun ajratilgan vaqt hajmini aniqlaydi.

O’qituvchi talabalarga fikrlarini qayd qilib borishlari uchun vatman qog’ozi, markerlarni tarqatadi. Talabalar orasidan ikki kishidan iborat ekspertlar guruhi belgilanadi.



Talabalar mashg’ulot mavzusini hamda bosqichlari, qoidalari kutilayotgan natijalarni aniq tushunib oladilar.

Kichik jamoa ichida faoliyatlarini muvofiqlashtiradilar.



Talabalarda mashg’ulotga nisbatan kuchli qiziqish shakllanadi, ular hamkorligida ta’limiy faoliyatga tayyor bo’ladilar

2-bosqich

10 daqiqa

Kirish


Har bir kichik jamoaga vaziyatlarning yozma variyatlari tarqatiladi.

O’qituvchi tahlil qilinishi kutilayotgan vaziyat mazmuni bilan jamoa a’zolarini batafsil tanishtiradi, uning muammolilik jihatlariga talabalar e’tiborini qaratadi masalaning ijtimoiy ahamiyatlilik darajasini yoritib beradi, o’quv topshirig’ini batafsil tushuntiradi. O’qituvchi vaziyat tahlili bo’yicha ishni boshlash to’g’risida buyruq beradi.



Talabalar mashg’ulotda tahlil qilinishi kerak bo’lgan vaziyatlarning yozma matnlarini qabul qilib oladilar, uning mazmuni bilan tanishadilar, tushunmovchiliklar yuzaga kelsa o’qituvchiga savollar berib, aniqlashtirib oladilar.

Talabalar mavzuning dolzarbligini, amaliy ahamiyatini tushunib etadilar. Ular ilmiy mushohada yuritishni, muammoni keng qamrovda mantiqiy jihatdan tahlil qilishni o’rganadilar. Masalaga nisbatan shaxsiy fikr tarkib topadi.

3-bosqich.

Vaziyat tahlili

25 daqiqa


Talabalar faoliyatini kuzatadi, barchaning ta’limiy jarayoniga jalb qilinganligiga e’tibor qaratadi, zarur hollarda talabalarga yordam keladi.

Talabalar muammoli vaziyatning kelib chiqishiga sabab bo’lgan omillarni ko’rsatadilar, oqibatini tahlil qiladilar, pedagogik vaziyatda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni aniqlaydilar. O’z xulosalarni aniq ilmiy va amaliy dalillar bilan asoslaydilar.

Talabalar o’zlari chiqargan xulosalarini tahlil qilib eng to’g’ri deb topganlarini vatman qog’oziga yozib oladilar.



Talabalarda mashg`ulotda muhokamaga qo`yilgan muammo yuzasidan shaxsiy fikr,munosabat yuzaga keladi,ular nazariy darslarda o`rgangan bilimlari,shuningdek,ilmiy-nazariy manbalarni, hamda amaliy faoliyat jarayonini mustaqil tahlil qilish davomida to`plangan ma`lumotlari asosida mantiqiy fikrlaydilar,ularda pedagogik muloqat madaniyati, pedagogik odob,o`qituvchining obro`si va uni shakllanishiga ta`sir qiluvchi omillar,o`quvchi kelajagi uchun ma`suliyat,uning shaxsini xurmat qilish,ta`lim jarayonida insonparvarlik, o`quvchi shaxsini shakllantiradi ijobiylikka tayanish kabi tushunchalar tarkib topadi.

4-bosqich.25 daqiqa.muhokama.

O`qtituvchi o`quv topshirig`ining bajarilganligini tekshirish uchun har jamoadan bittadan vakilni o`rtaga taklif qiladi.

Talabalar jamoalarida o’z nuqtai-nazarlarini asoslaydilar. Buning uchun ular ilmiy-nazariy va amaliy ma’lumotlarni keltiradilar, pedagogik jarayon haqida fikrlarini bildiradilar. Ular ota-onalar bilan o’qituvchi o’rtasidagi bo’g’lanishlarni chuqur tahlil qiladilar. Nima uchun tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda oila, mahalla, maktab hamkorliklari zarurligini asoslab beradilar. Shuningdek vaziyatni muvaffaqiyatini ta’minlash uchun ijobiy yechimlarni keltiradilar.


Talabalarning pedagogik keskinliklarni oldini olish, vaziyatni aniq tashkil qilish ko’nikmalari, dars va uning ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari to’g’risidagi tushunchalari kengayadi.

Keltirilgan manbalar orqali ma’lumot to’plash, tahlil qilish va shu asosda o’z nuqtai-nazarini shakllantirish, fikrlarni aniq dalillar bilan asoslashni o’rganadilar. Ta’rbiyaviy ishlarni tashkil qilish haqidagi bilimlari amaliy jihatdan mustahkamlanadi.



5-bosqich.

Yakun



O’qituvchi talabalar faoliyatini baholaydi, xato kamchiliklar, shuningdek, qo’lga kiritilgan yutuqlar to’g’risida o’z fikrlarini bildiradi, noaniqliklarni tushuntiradi. Talabalarga o’z-o’zini baholash uchun imkoniyat yaratadi

Talabalar bir-birlarining yutuq va kamchiliklarini xolisona ko’rsatadilar.

Mashg’ulotning tashkil qilinishi bo’yicha taklif va xulosalarini bildiradilar.




Talabalarning bilim, ko’nikma va malakalari mustahkamlanadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda maktab, oila, maxalla hamkorliklarini mazmun mohiyatini tushunadilar, natijada nazariya amaliyot bilan bog’lanadi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə