O’rta Osiyo davlatlarida barqaror rivojlanishning dolzarbligi va zarurligi. Reja



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə5/13
tarix08.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
7-мавзу

Tuproq ekologik omil

  • Tuproqning tog’ jinslaridan farq qiladigan ba’zi xususiyatlari: tuproq qatlamining vertikal bo’yicha bir xil emasligi, ya’ni gorizontlarga ajralishi tuproqning muhim botanik-geografik ahamiyatga ega bo’lgan bo’shliqlarida sodir bo’ladigan o’zgaruvchanlikning keskin namoyon bo’lishi; tog’ jinslariga xos bo’lmagan fizik xususiyatlar, suv o’tkazuvchanlik, havo o’tkazuvchanlik kabi xossalarning mavjudligi; tuproqning o’ziga xos fizik va ximiyaviy xossalarga ega bo’lishi,
  • Ayniqsa, ustki qatlamning organik moddalarga boy bo’lishi va o’simliklar uchun muhim bo’lgan oziq elementlarini to’plash qobiliyati; tuproqda juda ko’p sondagi organizmlar yashashi va o’simliklarning ildiz sistemasi bilan o’zaro bog’liqligi; tuproqning mavsumiy dinamikasi va yil fasllarinnng o’zgarishi, o’simliklarning rivojlanish fazalari, mikroorganizmlarning hayot faoliyati dinamikasi ob-havo sharoiti bilan bog’liqligi va nihoyat, tuproqning boshqa barcha xususiyatlariga bog’liq holda uning unumdorligi katta ahamiyatga ega.
  • XIX asrdayoq fitogeograflar o’simliklar harakteri bilan tuproq orasidagi bog’liqlikni o’rganishga harakat qilganlar. O. Dekandol (1832) tuproqning organik moddalariga katta ahamiyat bergan; Unger (1836) tuproqning kimyoviy xossalarini; Turmak (1849) fizik xossalarini birinchi o’ringa qo’ygan;
  • O’simliklar uchun tuproqning barcha asosiy xossalari, uning ximizmi (mineral oziqlanishidagi elementlar, kislotaliligi va hokazolar), mexanik tarkibi, strukturasi, tuproq hosil qilish harakteri, tuproqning kelib chiqish tarixi va tuproq tiplari katta ahamiyatga ega.
  • Tuproqning havo rejimi suv rejimi bilan uzviy bog’langan bo’lib, tuproq qancha nam bo’lsa, unda havo shuncha kam, ya’ni uning aeratsiyasi ham shuncha past, aksincha, tuproq aeratsiyasi qancha kuchli bo’lsa, u haddan tashqari qurib ketadi. Yog’in ko’p tushadigan gumid iqlimli oblastlarda (tundrada, ninabargli o’rmonlarda) tuproq aeratsiyasi juda past bo’ladi.
  • Tuproq nami turg’un bo’lganda, tarkibidagi loyqa zarrachalari miqdori ortganda va strukturasi yo’qolgan hollarda aeratsiya pasayib ketadi. Aksincha, tuproq serg’ovak bo’lganda gravitatsion suv oqimi kuchayadi, bu esa aeratsiyani va shunga muvofiq ravishda tuproqning qurishini kuchaytiradi.
  • Tuproq mexanik tarkibining o’simliklarga va o’simliklar qo’plamiga bevosita ko’rsatadigan ta’siri tuproq zichligining ortishidadir. Bu esa o’simliklar ildizining chuqur kirib o’sishiga to’sqinlik qiladi. Tuproqdagi bo’shliqlar hajmi uning mexanik tarkibiga bog’liq bo’ladi. Yirik o’lchamdagi mineral zarrachalar bo’shliqlar hajmini oshirib, aeratsiya yaxshi borishi uchun imkoniyat yaratadi, lekin tuproqning suv saqlash xususiyati pasayib ketadi.
  • Barcha o’simliklar ildizi orqali tuproqdan o’zlashtiradigan mineral tuzlarga nisbatan ma’lum darajada ehtiyoj sezadi.
  • Mineral elementlarga, ya’ni makroelementlarga N, P, K, Ca, Mg va boshqalar kiradi. Mikroelementlardan Fe, Cu, Zh, Cl lar ham ma’lum darajada ahamiyatga ega bo’lib, ular o’simliklarga juda kam miqdorda zarur bo’ladi. Tabiiy sharoitda o’simliklarning ayrim elementlarga talabi ham har xil bo’ladi va hatto bir turdagi o’simlikning o’zida ham ontogenez davomida o’zgarib turadi.
  • To’proq eritmasida ba’zi moddalar uncha ko’p bo’lmaydi (ko’pi bilan 0,2% gacha) va ularni ana shu holatda o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi, lekin shu bilan birga ular tuproqdan oson yuvilib ketishi va o’simliklar uchun zarur bo’lgan ko’p elementi yo’qolishi mumqin. Oziq elementlarining qolgan qismi (98% ga yaqini) chirindi, organik qoldiqlar va qiyin eriydigan anorganik birikmalar tarkibida bo’ladi, nihoyat ayrim oziq moddalar tuproq kolloidlariga adsorbilangan holatda uchraydi.
  • Fosfor tog’ jinslari va tuproqda ortofosfat kislotaning qiyin eriydigan temir, alyuminiy yoki kaltsiy tuzlari tarkibida bo’ladi, o’simliklar esa bu kislotalarning ionlarinigina o’zlashtiradi. O’simliklar uchun fosforning ahamiyati nihoyatda katta, lekin tuproqda uning foydali shakllari juda kam bo’ladi.
  • Tuproqda fosfor asosan tirik organizmlarda, o’simliklarning nobud bo’lgan organlarida, chirindi tarkibida, tuproqning mineral tarkibida, tuproq eritmasida bo’ladi. Fosforning o’simliklar o’zlashtirishi qulay bo’lgan birikmalari tuproqda kam bo’lib, o’simliklarning nobud bo’lgan organlari parchalanishidan va minerallanishidan hosil bo’ladi (Rabotnov, 1979).
  • O’simliklarning fosfor bilan oziqlanishi mikosimbiotrofiya bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Lekin simbiotik azotfiksatsiya tuproqqa azot tushishini oshiradigan bo’lsa, u vaqtda mikoriza hosil qiluvchi zamburug’lar bilan bo’lgan simbiozda tuproqqa qo’shimcha miqdorda fosfor tushmaydi, lekin bunda o’simliklar uning tuproqdagi zapasidan foydalanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Bunda simbiozdagi zamburug’ giflari o’simliklar ildiziga fosfatlar o’tishini ta’minlaydi
  • Ayrim o’simliklar fosforni mikorizasiz ham o’zlashtirishi kuzatiladi. Ba’zi o’simliklar, masalan, fosfor bilan mo’l ko’l ta’minlanganda; P eritma tarkibida bo’lgan suvli muhitda yoki suv singigan tuproqlarda, o’simliklar to’qimasida zamburug’lar bilan simbioz holda yashashga imkon bermaydigan tuzlar va alkaloidlar to’planganda; simbiont zamburug’larning rivojlanishini tezlashtiradigan ekstremal temperatura sharoitida va suv yetishmaganda mikorizasiz ham fosfor o’zlashtirishi mumkin.
  • Masalan, kengbargli o’rmonlarning fosforga boy bo’lgan va nitrifikatsiya jarayoni jadal boradigan tuproqlarida mikorizasiz ham qichitqio’t o’sishi mumkin, tarkibida fosfor kam bo’lgan tuproqlarda esa mikorizali holda prolesnik o’sadi.
  • Kaliy ko’pchilik tuproqlarda yetarli miqdorda bo’lib, o’simliklar uni kaliy ionni shaklida o’zlashtiradi. O’simliklarda kaliy kolloidlarning bo’kishi (shishishi) uchun imkoniyat yaratadi va hujayralarning turgor holatini saqlab turadi. Kaliy yetishmasa o’simliklar so’lib qoladi, haddan tashqari ko’p bo’lganda esa hujayra shirasining osmotik bosimi ortib ketadi.
  • Kaliy fotosintezga ham ta’sir ko’rsatadi. U ayniqsa barglarning normal funktsiya bajaruvchi fotosintetik apparatida ko’p bo’ladi. Kaliy yetishmasligini aks ettiruvchi belgilar o’sishning susayishi, eski barglarda tomirlar oralig’ida xloroz sodir bo’lishi, barglarning qizg’ish-binafsha rangga kirishi va boshqalardan iborat.
  • Temir. Yer qobig’i tarkibidagi temir miqdori ancha ko’p. Zaxi yaxshi qochirilgan tuproqlarda temirning amalda deyarli erimaydigan birikmalari hosil bo’ladi. Suv bilan yaxshi to’yingan, aeratsiyasi yomon bo’lgan tuproqlarda temir tuproq kolloidlari bilan mustahkam birikkan tuzlar (sulfidlar, karbonatlar, fosfatlar) hosil qiladi; u organik moddalar bilan qisman eriydigan va qisman erimaydigan birikmalar hosil qiladi.
  • Yuksak o’simliklar bargida temir oksidlar holatida to’planish xususiyatiga ega bo’ladi; barglar to’kilganda, yer yuzasidagi to’shama temir elementi bilan boyidi.
  • O’simliklarda temir energiya almashinuvi jarayonida ishtirok etadi (oksidlanish-qaytarilish proiesslarida), azot almashinuviga ta’sir ko’rsatadi. Temirning o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan sharoitda (ayniqsa ohakli tuproqlarda) «ohakli xloroz» paydo bo’ladi.
  • Magniy ham, kaltsiy kabi, yer qobig’ida va ko’pgina tog’ jinslari tarkibida ko’p miqdorda uchraydi. Serpentin haqiqiy magniy jinsi hisoblanadi. Tuproqda magniy karbonatlar (dolomit) shaklida, silikatlar (avgit, olivin), sulfatlar, xloridlar tarkibida bo’ladi. Xlorofill molekulasining tarkibiy qismi sifatida magniy fotosintez jarayonida ishtirok etadi
  • Oltingugurt zaxi yaxshi qochirilgan tuproqlarda organik birikmalar shaklida, sulfidli minerallar va ayniqsa sulfatlar shaklida uchraydi. Sulfatlar ancha yaxshi eruvchan va oson yuvilib ketadigan bo’ladi, shuning uchun zaxi qochirilgan tuproqlarda kam bo’ladi.
  • Arid oblastlarda bu xildagi tuzlarga boy bo’lgan sizot suvlar yuqori joylashgan tuproqlar sulfatlar bilan boyish xususiyatiga ega, bu holda tuproq sulfatlar bilan sho’rlanishi mumkin.
  • Barglar atmosferadan sulfit angidridni o’zlashtirishi mumkin, lekin uning ko’p qismi yog’in-sochin bilan tuproqqa tushib, biologik yo’l bilan sulfat kislotagacha oksidlanadi. Oltingugurt yetishmasa, barglar tarkibidagi xlorofill miqdori kamaynb ketadi.
  • Mis tuproqda sulfidlar, sulfatlar, karbonatlar shaklida uchraydi. Mis tuproqning organik moddalari bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Muhitning ishqoriyligi qancha yuqori bo’lsa, mis o’simliklarga shuncha kam o’tadi. Mis yetishmasa, o’simliklarning uchki qismi qurib qoladi, yosh barglari xlorozga uchraydi.
  • Rux tuproqda fosfatlar, karbonatlar, sulfidlar, oksidlar, shuningdek, sillikatlar tarkibida bo’ladi. U o’simliklarning ildizi va novdalarida to’planadi. Rux yetishmasa, o’simliklar o’sishdan to’xtaydi (xatto to’pbarg hosil bo’lmaydi), barglar oqarib ketadi, hosil tutilishi izdan chiqadi, fotosintez jarayoni. pasayib ketadi; rux kamroq yetishmasa, barglar deformatsiyaga uchraydi va o’sishdan butunlay to’xtaydi. Tuproqda rux ko’p miqdorda bo’lishi bilan bog’liq «galmey» deb ataluvchi flora va o’simliklar mavjud.
  • Tuproqda marganets amorf oksidlar, karbonatlar shaklida, silikatlar tarkibida bo’ladi. O’simliklarda u energiya va azot almashinuvida ishtirok etadi. Marganets barglarda to’planib, yetishmasa o’simliklarning o’sishi susayadi, barglarida nekroz belgilari paydo bo’ladi.
  • Tuproqda modibden silikatlar tarkibida uchraydi. U o’simlikda azot bilan fosfor almashinuviga ta’sir ko’rsatadi. Azotning fiksatsiyasini ta’minlovchi mikroorganizmlar uchun molibden juda zarur modda hisoblanadi. Molibden yetishmasa, o’simliklarning o’sishi izdan chiqadi poyasi deformatsiyalanadi.
  • Tuproqda bo’r turmalin va borat kislota shaklida uchraydi. O’simliklarda uglevodlar transporti va almashinuviga, chang naychalarining o’sishiga ta’sir ko’rsatadi, ildizlarning o’sishini tezlashtiradi va ildiz hosil bo’lishi uchun muhim omil hisoblanadi. Bor yetishmasa, floema shikastlanadi, uglevodlar transporti izdan chiqadi.
  • Kobalt tuproqda silikat va boshqa tuzdar tarkibida uchraydi, o’simliklarda kolloid va ximiyaviy ta’sir ko’rsatadi, fotosintez fermentlarini aktivlashtiradi va azot fiksatsiyasi normal borishi uchun qulay sharoit yaratadi.

Ba’zi turlar mineral oziq moddalarga boy bo’lgan, boshqalari, aksincha, mineral oziq moddalar kam bo’lgan tuproqlarda yaxshi o’sadi. Shunga ko’ra, quyidagi o’simlik turlari farq qilinadi: 1) oligotrof turlar, ya’ni mineral oziq elementlari kam bo’lishi bilan kifoyalanadigan turlar; 2) eutrof turlar, ya’ni mineral elementlar ko’p miqdorda bo’lishini afzal ko’radigan turlar; 3) mezotrof turlar, ya’ni mineral oziq elementlariga o’rtacha talabchan bo’lgan turlar. Oligotrof o’simlik turlaridan qarag’ayni misol qilib keltirish mumkin, u mineral oziq elementlari kam bo’lgan tuproqlarda bemalol o’sadi.  

  • Ba’zi turlar mineral oziq moddalarga boy bo’lgan, boshqalari, aksincha, mineral oziq moddalar kam bo’lgan tuproqlarda yaxshi o’sadi. Shunga ko’ra, quyidagi o’simlik turlari farq qilinadi: 1) oligotrof turlar, ya’ni mineral oziq elementlari kam bo’lishi bilan kifoyalanadigan turlar; 2) eutrof turlar, ya’ni mineral elementlar ko’p miqdorda bo’lishini afzal ko’radigan turlar; 3) mezotrof turlar, ya’ni mineral oziq elementlariga o’rtacha talabchan bo’lgan turlar. Oligotrof o’simlik turlaridan qarag’ayni misol qilib keltirish mumkin, u mineral oziq elementlari kam bo’lgan tuproqlarda bemalol o’sadi.  

Sho’rlangan tuproqlar, odatda, tuzlar tarkibiga va sho’rlanish darajasiga qarab bir-biridan farq qiladi, Birinchi holda asosan anionlar hisobga olinadi va tuzlar tarkibiga ko’ra sulfat sodali, xlorid-sulfatli, sulfat-xloridli, xloridli sho’rlanish farq qilinadi; nitratli sho’rlanish kamdan-kam holda uchraydi. Sho’rlanish darajasi bo’yicha olganda, tuproq g’orizontidagi oson eruvchan tuzlar miqdori 0,25% dan kam bo’lsa, bunday tuproqlar sho’rlanmagan hisoblanadi.

  • Sho’rlangan tuproqlar, odatda, tuzlar tarkibiga va sho’rlanish darajasiga qarab bir-biridan farq qiladi, Birinchi holda asosan anionlar hisobga olinadi va tuzlar tarkibiga ko’ra sulfat sodali, xlorid-sulfatli, sulfat-xloridli, xloridli sho’rlanish farq qilinadi; nitratli sho’rlanish kamdan-kam holda uchraydi. Sho’rlanish darajasi bo’yicha olganda, tuproq g’orizontidagi oson eruvchan tuzlar miqdori 0,25% dan kam bo’lsa, bunday tuproqlar sho’rlanmagan hisoblanadi.

Agar tuproq tarkibidagi tuzlar miqdori uning umumiy massasidan 0,25% dan ko’proqni tashkil qilsa va bu xildagi gorizont tuproq profilining 80-150 sm chuqurligida uchrasa, bunday tuproq kuchsiz sho’rlangan tuproq hisoblanadi. Tuzlar tuproqning 30-80 sm chuqurligida uchrasa, bunday tuproq sho’rxoksimon, 5-30 sm chuqurlikda uchrasa, sho’rxok tuproq deb ataladi. Nihoyat, tuproqning eng ustki gorizonti tarkibidagi tuzlar miqdori kamida 1 % ni tashkil etsa, bunday tuproq sho’rxok deb ataladi. Alohida galofit, odatda, sho’ra o’simliklar qoplami bular uchun xosdir.

  • Agar tuproq tarkibidagi tuzlar miqdori uning umumiy massasidan 0,25% dan ko’proqni tashkil qilsa va bu xildagi gorizont tuproq profilining 80-150 sm chuqurligida uchrasa, bunday tuproq kuchsiz sho’rlangan tuproq hisoblanadi. Tuzlar tuproqning 30-80 sm chuqurligida uchrasa, bunday tuproq sho’rxoksimon, 5-30 sm chuqurlikda uchrasa, sho’rxok tuproq deb ataladi. Nihoyat, tuproqning eng ustki gorizonti tarkibidagi tuzlar miqdori kamida 1 % ni tashkil etsa, bunday tuproq sho’rxok deb ataladi. Alohida galofit, odatda, sho’ra o’simliklar qoplami bular uchun xosdir.

Sho’rxoklar asosan yaxshi eruvchan tuzlar bilan sho’rlangan bo’ladi. Bularga kaltsiy xlorid (eruvchanligi 74,5%), magniy xlorid (54,5%), magniy sulfat (36,0%), osh tuzi (36,0%), natriy sulfat (19,4%), natriy karbonat (21,5%), natriy bikarbonat (9,0%) va boshqalar kiradi. Sho’rxoklarda natriy tuzlari ko’p bo’ladi. Agar tuproq faqat xloridlar va sulfitlar bilan sho’rlangan bo’lsa, u vaqtda to’proq eritmasining reaktsiyasi neytralga yaqin bo’ladi; soda bilan sho’rlanganda (G’arbiy Sibirda, Qozog’istonning shimoli-sharqida) tuproq eritmasining pH-9-11 ga yetishi mumkin.

  • Sho’rxoklar asosan yaxshi eruvchan tuzlar bilan sho’rlangan bo’ladi. Bularga kaltsiy xlorid (eruvchanligi 74,5%), magniy xlorid (54,5%), magniy sulfat (36,0%), osh tuzi (36,0%), natriy sulfat (19,4%), natriy karbonat (21,5%), natriy bikarbonat (9,0%) va boshqalar kiradi. Sho’rxoklarda natriy tuzlari ko’p bo’ladi. Agar tuproq faqat xloridlar va sulfitlar bilan sho’rlangan bo’lsa, u vaqtda to’proq eritmasining reaktsiyasi neytralga yaqin bo’ladi; soda bilan sho’rlanganda (G’arbiy Sibirda, Qozog’istonning shimoli-sharqida) tuproq eritmasining pH-9-11 ga yetishi mumkin.

P. A. Genkel (1950) galofit tushunchasini quyidagicha ta’riflagan: «SHo’rlangan yerlarda o’sadigan, individual rivojlanish protsessida bir qator anatomik-fiziologik xususiyatlari borligi tufayli tuproqning yuqori darajada sho’rlanishiga oson moslashadigan o’simliklar galofitlar deb ataladi». Shunday qilib, sho’r-langan tuproqlarda uchraydigan o’simliklarga galofitlar (galofillar), tuzlarni yoqtirmaydigan turlar ba’zan galofoblar (glikofitlar) deb ataladi

  • P. A. Genkel (1950) galofit tushunchasini quyidagicha ta’riflagan: «SHo’rlangan yerlarda o’sadigan, individual rivojlanish protsessida bir qator anatomik-fiziologik xususiyatlari borligi tufayli tuproqning yuqori darajada sho’rlanishiga oson moslashadigan o’simliklar galofitlar deb ataladi». Shunday qilib, sho’r-langan tuproqlarda uchraydigan o’simliklarga galofitlar (galofillar), tuzlarni yoqtirmaydigan turlar ba’zan galofoblar (glikofitlar) deb ataladi

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə