O’rta osiyoda ilk falsafa qarashlari Reja



Yüklə 32,25 Kb.
səhifə1/2
tarix26.04.2022
ölçüsü32,25 Kb.
#86045
  1   2
O’rta osiyoda ilk falsafa qarashlari


O’rta osiyoda ilk falsafa qarashlari
Reja:

1. Markaziy Osiyodagi eng qadimgi falsafiy qarashlar.

2. Tasavvuf falsafasi.So’fizm.

3. IX –XII asr o’ygonish davri falsafasi uning jahon madaniyatida tutgan o’rni.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar



Dars maqsadi talabalarni qadimgi Sharq va antik dunyo falsafasi, Markaziy Osiyo falsafasi, uning jahon madaniyatida tutgan o’rni, o’rta asr va yangi davr G’arb falsafasi, falsafa tarixi va tarix falsafasini o’rganishning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati bilan tanishtirish orqali ularning bilim va malakalarini oshirish.

Tarixni bilish, undan tug’ri va holis hulosalar chiqara olish inson ma`naviy kamoloti uchun nihoyatda muhim. Tarix — buyuk muallim, o’tmishdan saboq beradigan tarbiyachidir. Gap eng qadimgi davr falsafasi haqida borar ekan, bu haqiqat yanada katta ahamiyat kasb etadi. Ayrimlar «Bizga ming yillar qa`rida yotgan madaniyat va falsafadan nima foyda, yahshisi, bugunning gapidan gapiring?", «O’tmish qa`ridan tashbeh izlagandan ko’ra, bugungi muammolar ustida bosh qotirgan ma`qul emasmi?» degan hayollarga borishi mumkin. Bir qarashda ularning gapida ham jon borga o’xshaydi. Ammo bir narsa aniq: o’tmishni bilmasdan turib, kelajakni tug’ri tasavvur etish mumkin emas. Zero, o’tmishsiz kelajak yo’q.

Shu ma`noda, biz falsafa tarixini azbaroyi o’tmishga qiziqqanimiz uchun o’rganmayapmiz. Biz uni turli zamonlarda ro’y bergan hilma-hil voqea va hodisalarning falsafiy fikr va ongida qanday aks etgani, ularni qanday G’oyalarning tug`ilishiga sabab bo’lgani, qaysi ta`limotlar insoniyat taraqqiyotiga qanday ta`sir ko’rsatgani, qaysi mafkura odamzodni ko’proq rivojlanish yoki tanazzul tomon etaklagani kabi haqiqatlarni bilib olish uchun o’rganamiz. Tarixni o’rganmoq va undan saboq olmoq har bir inson uchun zarurdir. Bu — falsafa bilan shug`ullanayotgan mutahassis uchun ham, uni o’rganayotgan talaba uchun ham birdek muhim ahamiyatga ega. Tarihni falsafasiz tug’ri tushunib bo’lmagani kabi, falsafani ham tarih haqiqatisiz tug’ri anglab bo’lmaydi.

Shularni nazarda tutib, quyida biz mamlakatimiz tarixida muayyan iz qoldirgan ayrim falsafiy qarashlar va ta`limotlar haqida qisqacha to’htalib o’tamiz

Zardo’shtiylik ta`limoti. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo’lgan davr mahsuli bo’lgan diniy-falsafiy ta`limotlardan biri zardo’shtiylikdir.


Yüklə 32,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə