Orttirilgan yurak nuqsonlarining tasnifi



Yüklə 24,69 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü24,69 Kb.
#149475
orttirilgan yurak nuqsonlari


Orttirilgan yurak nuqsonlari
Orttirilgan yurak nuqsonlarining tasnifi
OYuN lari asosan uchta yirik guruhga boʼlinadi:
А. Mitral klapan nuqsonlari
B. Аortal klapan nuqsonlari
V. Trikuspidal klapan nuqsonlari
OYuN larning uchrash tartibi
Jaʼmi orttirilgan yurak nuqsonlarining 60-70% ni mitral klapan nuqsonlari tashkil kiladi. Shulardan 60% - mitral stenozi; qolgan 40% - mitral klapan yetishmovchiligi
Etiologiyasi :
Revmatizm
Infektsion endokardit
Toʼqimalarning displaziyasi
Yurak ishemik kasalligi
Mexanik travma
Mitral klapanning anatomiyasi va gemodinamikasi
Normada mitral klapan diametri 4-6 sm ga teng, sathi esa 4-6 sm².
Revmatizm sababli klapan tavaqalari bir-biri bilan yopishib qoladi.
Natijada mitral klapan diametri 0,4 – 1.8 sm , sathi esa 1,5-2,5 sm² gacha torayib qoladi.
Normada chap boʼlmachada qon bosimi 5-9 mm simob ustinidan oshmaydi.
Mitral klapan stenozi yuzaga kelganda bosim 18-25 mm simob ustinigacha koʼtariladi.
Mitral stenozi
Gemodinamik sindrom: mitral klapan sohasida shlyuz (toʼsiq) mavjud
Lokal sindromlar: yurak choʼqqisida diastolik tebranish, qarsillovchi 1- ton, diastolik shovqin presistolik kuchlanish bilan.
Kompensator sindromlar : EKG –chap boʼlmacha va oʼng qorincha gipertrofiyasi. Ro –chap boʼlmacha va oʼng qorincha kattalashgan.
Yordamchi sindromlar: oʼpka arteriyasida 2 ton kuchayishi. Boʼyin venalari pulьsatsiyasi. Аkrotsianoz
Mitral nuqsonlarning B.V.Petrovskiy (1959) boʼyicha tasnifi
I gurux – keskin rivojlangan mitral stenozi. MK diametri 0,4-0,6 sm. Regurgitatsiya aniqlanmaydi («toza mitral stenozi»)
II gurux – rivojlangan mitral stenozi I darajali regurgitatsiya. MK= 0,6-1,0 sm (mitral stenozi ustunligi bilan)
III gurux - kombinatsiyalashgan mitral nuqson MK= 1,0-1,8 sm. (etishmovchilik va stenoz teng darajada). Regurgitatsiya II darajali
IV gurux – «toza mitral yetishmovchiligi». MK- 2-3 sm. Regurgitatsiya III darajali.
V gurux – toza mitral va aortal klapan stenozi
Qon aylanish buzilishining Bakulev-Damir tasnifi.
I-bosqich. Qon aylanishining toʼlik kompensatsiyasi. Bemorning shikoyatlari yuk. Hansirash ogʼir jismoniy zoʼriqishdan keyin yuzaga chiqadi.
II-bosqich. Qon aylanishi yetishmovchiligining nisbiy holati-tinch holatda bemorda shikoyatlyar boʼlmaydi, jismoniy zoʼriqishda hansirash, yurak urib ketishi, yurak sohasida ogʼriq, qon tuflash paydo boʼladi
III-boskich. Keskin qon aylanish yetishmovchiligining boshlangʼich bosqichi-kichik qon aylanish doirasida dimlanish va katta qon aylanish doirasida kam qon dimlanishi: venoz bosim oshishi va jigar kattalashishi
IV- bosqich. Qon aylanish yetishmovchiligining keskin namoyon boʼlishi: vena bosimi yuqori, jigar kattalashgan, bir oz astsit, oyoklarda shish, yurak oʼlchamlari kattalashgan. Ushbu bosqichda mertsal aritmiya paydo buladi
V- boskich. Terminal bosqich, yurak juda kattalashgan- cor bovinum. Jigar qattiq va kattalashgan. Qorin va oyoqlarda shish bor. Bemor toʼshakka mixlangan. Medikamentoz davolash samara bermaydi.
Mitral yetishmovchiligi
Gemodinamik sindrom: mitral klapan sohasida qonning chap boʼlmachaga qayta oqishi (regurgitatsiya)
Lokal sindrom: yurak choʼqqisida sistolik tebranish; I- tonning susayishi; sustlaщib boruvchi sistolik shovqin; yurak choʼqqisida zarba kuchaygan, pastga va chapga siljigan.
Kompensator sindrom: EKG – chap qorincha gipertrofiyasi; Ro – chap qorincha kattalashgan.
Orttirilgan yurak nuqsonlarida klapanlarni protezlashga koʼrsatmalar
Revmatik nuqsonlarda:
klapan aparatining keskin anatomo-morfologik destruktsiyasi
Infektsion endokarditlarda:
Konservativ davolash samarasizligi
Klapanda kuchli regurgitatsiya
Hayotga xavf soluvchi emboliya
Аortal stenozi
Gemodinamik sindrom: aortal klapan sohasida shlyuz (toʼsik) mavjud.
Lokal sindrom: 2-qobirgʼa sohasida sistolik tebranish; 1- tonning susayishi; toʼsh sohasida uyqu arteriyalariga tarqaluvchi dagʼal, dirillovchi sistolik shovqin, yurak choʼqqisida zarba kuchaygan.
Kompensatsiya sindromlari: EKG – chap qorincha gipertrofiyasi; Ro – chap qorincha kattalashgan.
Аortal yetishmovchilik
Gemodinamik sindrom: aortal klapan sohasida qonning chap qorinchaga qayta oqishi.
Lokal sindrom: chapdan 2-4 qobirgʼalar oraligʼida diastolik tebranish; diastolik shovqin; diastolik bosim pasaygan (nolьgacha).
Kompensator sindromlar: EKG – chap qorincha gipertrofiyasi; Ro – chap qorincha kattalashgan.
Trikuspidal yetishmovchilik
Gemodinamik sindrom: trikuspidal klapan sohasida regurgitatsiya mavjud.
Lokal sindrom: toʼsh suyagi pastida sistolik tebranish; nafas olganda kuchayuvchi sistolik shovqin.
Kompensator sindromlar: EKG – oʼng qorincha gipertrofiyasi; Ro – oʼng qorincha kattalashgan.
Birgalikda kelgan yurak klapanlari nuqsonlari asosan yurakni revmatik shikastlanishi tufayli yuzaga keladi. Bunda murakkablik yetishmovchilik va stenoz klinik belgilarini qoʼshilib kelishidadir. Koʼpchilik revmatik shikastlanishlarda yetishmovchilik va stenoz bitta klapanda qoʼshilib keladi. Аgar valьvulit hisobiga klapanlar bujmayib, kichrayib, oqibatda yetishmovchilik yuzaga kelsa, keyinchalik fibrozlanuv jarayoni kuchayib kalьtsinoz tufayli klapan xalqa torayib stenozni shakllantiradi. Shu holatni birgalikda kelgan yurak klapanlari nuqsonlari deb atash qabul qilingan.
MITRO-АORTАL YuRАK NUQSONLАRI
Orttirilgan yurak nuqsonlari koʼpincha yosh odamlarda, oʼrta yoshli oʼsmirlarda uchraydi. Ortilgan nuqsonlar koʼpincha mitral qopqoqchada, ozroq aortal qopqoqchada,undan ham kam trikuspidal va oʼpka arteriyasi qopqoqchalarida uchraydi. Koʼpchilik qopqoqchalar zararlanishi bu rematik jaryonga bogʼliq. Yurakning murakkab nuqsonlarida umumiy manzara qopqoqchalarning alohida zararlanish koʼrinishiga ega boʼladi, zero baʼzi koʼrinishlari xarakterli boʼlmasa xam. Umuman olganda murakkab yurak nuqsonlari oqibati jihatidan bir qopqoqcha zararlanishidan havfliroqdir. Qoʼshma yurak nuqsonlari vrachlik faoliyatda juda koʼp uchraydi, chunki revmatik jarayonning qayta xurujlari boshqa 3 ta klapanni har hil darajada asta sekin zararlaydi.
Murakkab yurak nuqsonlari ichida mitra-aortal nuqsonlar ayniqsa koʼp uchraydi.
Mitral va aortal ustunlik bilan kechishiga koʼra stenoz va yetishmovchilik belgilari paydo boʼladi. Bu qoʼshilib kelish har hilligi quyidagicha: mitral stenoz va aortal stenoz, mitral stenoz va aortal yetishmovchilik.
Mitral va aortal stenoz.
Klinik manzarasida mitral stenoz yoki aortal stenoz ustunligiga bogʼliq. Obʼektiv tekshirishdagi belgilariga koʼra «toʼgʼridan -toʼgʼri» va « bilvosita» simptomlariga bogʼliq boʼlib, bunda ular asta sekin rivojlanadi va qanchalik darajada stenoz ifodalanganligini baholash mumkin.
Mitro- aortal stenozda eng koʼp uchraydigan 3 ta variantini ajratish mumkin.
Birinchi variantda.-klinik manzarada mitral ustunlikni koʼrish mumkin,bunda chap qorinchaga qon toʼlishi cheklanib gemodinamikaga taʼsir qiladi. Gemodinamik oʼzgarishlar asosan mitral stenozga hos boʼladi. Yuzda «mitral kapalak», akrotsianoz, hansirash, taxikardiya, ortopnoe, yurak astma huruji, mertsal aritmiya, tez charchash, tromboem-bolik sindrom, oʼng korincha yetishmovchiligi, gepatomegaliya, astsit, shish, infektsion endokardit rivojlanish havfi,ifodalangan chap qorincha dilyatatsiyasida va oʼpka arteriyasida, qaytish nervining bosilishi tufayli ovozning xirillib qolishi , kon tuflash boʼladi.
Bemorlarda toʼgʼridan toʼgʼri qopqoqchali belgilar: diastolik shovqin,birinchi tonning qarsillashi, mitral qopqoqcha ochilish toni, bedana sayrash ritmi, oʼpka arteriyasida 2 chi ton aktsenti, va u yerda diastolik shovqin eshitilishi, aorta ustida qoʼpol sistolik shovqin eshitilishi, uning uyqi arteriyasiga uzatilishi, aorta quyilish stenozi borligidan darak beradi. Rentgenologik tekshirishda chap boʼlmachaning katalashganligi, ikkala qorincha kattalashganligi ayniqsa oʼng qorincha, oʼpkada dimlanish belgilari, koʼrinadi. Ekg da ikkala qorincha gipertrofiyasi, chap boʼlmacha gipertrofiyasi, mertsal aritmiya, oʼng Gis tutami toʼliq qamali boʼladi. ExoKG: da chap boʼlmacha oʼlchami kattalashganligi, ikkala qorincha kattalashganligi mitral qopqoqcha 1,5-1,0sm mitral qopqoqchaning oldingi tavaqasining monofazli harakati, aorta quyilish qismining torayishi kuzatiladi. Bu nuqson tez dekompensatsiyaga uchraydi. Ogʼir kechib asoratlar beradi.
Ikkinchi variant mitral va aortal stenozning bir xil darajadaligi: Gemodinamik buzilishlar aortal stenoz bilan bogʼlik boʼladi. Bemorlarda ikkala qorincha gipertrofiyasi belgilari kuzatiladi.
Uchinchi variant:- ifodalangan mitral stenoz, aortal stenoz ustunligi bilan. Oʼn yillab simptomsiz kechish xarakterli. Bemorning shikoyatlari bosh ogʼrish, hushidan ketish, stenokardik ogʼriqlar, hansirash, yurak astmasi hurujlari, bemor rangi oq, sistolik bosim ozroq tushgan, yurak choʼqqisi turtkisi kuchaygan, chapga va pastga siljigan boʼladi. Palьpatsiyada aorta ustida sistolik qalьtirash, aorta ustida qoʼpol sistolik shovqin, uning uyqi arteriyasiga uzatilishi, 1 chi tonning susayishi. 4 chi tonning susayishi aorta qopqoqchasining yumshoqligi yoʼkolishi va unga kalьtsiy tuzlarining oʼtirib qolishi bilan bogʼliq. Bedana sayrash ritmi va oʼpka arteriyasida 2 chi ton aktsenti boʼladi. Yurak choʼqqisi turtkisi chapga va pastga siljishi chap qorincha dilyatatsiyasidan darak beradi.Chap qorinchaning kattalashganligi, yurak nuqsonining bosqichlariga bogʼliq. Qancha qorincha kattalashsa shunchalik yurak nuqsoni rivojlangan boʼladi va chap qorincha qisqaruvchanligi pasayadi.
EKG: chap qorincha gipertrofiyasi koronar qon tomir yetishmovchiligi bilan, chap qorincha Gis tutami qamali, chap boʼlmacha va oʼng qorincha gipertrofiyasi belgilari. Ifodalangan yurak nuqsonida qorincha kompleksining oxirgi qismi ST segmenti depressiyasi kuzatiladi.U 5-6, AV I tarmoqlarida.
ExoKG: chap qorincha devori qalinlashganligi, diastolik disfunktsiya belgilari, aorta klapan tavaqalarining deformatsiyasi, aorta va mitral teshikning torayishi, mitral qopqoqchaning oldingi tavaqasining monofazali harakati kuzatiladi.
Rentgenologik tekshirishda chap qorincha konturining kattalashganligi, koʼtariluvchi aortaning kengayishi, kichik qon aylanish doirasida dimlanish belgilari, chap boʼlmachaning kattalashuvi, va oʼng qorinchaning kattalashuvi kuzatiladi.
EKG:chap boʼlmacha gipertrofiya belgilari, ikkala qorincha gipertrofiya belgilari, ularning ifodalanganligi mitral yoki aortal nuqsonlar stenoziga boglik.
Mitral stenoz aortal yetishmovchilik bilan birgalikda kelishi.
Bunday nuksonlarning birgalikda kelishi har bir nuqsonning ifodalanganligiga bogʼliq. Ikkita variantini ajratish maqsadga muvofik.
1.Mitral stenoz ustunligi ozroq ifodalangan aortal yetishmovchilik bilan.
2.Ifodalangan mitral stenozva ifodalangan aortal yetishmovchilik bilan.
Mitral stenoz ustunligi bilan kechganda klinik manzara ushbu nuqsonga taʼaluqli boʼladi,
Birgina belgi bu Botkin-Erba nuqtasida diastolik shovqin, va 2-chi qovurgʼa oraligʼi aorta ustida oʼng tomonda eshitilishi boʼladi.
Аortal yetishmovchilik ustunligida birinchi oʼrinda uning belgilari: II-tonning pasayishi. Botkin nuqtasida diastolik shovqin, chap qorinchaning gipertrofiyasi va dilyatattsiyasi, pulьsning oʼzgarishi va diastolik bosimning tushishi, aorta soyasining kattalashuvi, va boshqa periferik tomir belgilari. Аortadagi diastolik shovqin tembr jihatidan mitral stenozdan keskin farq qiladi, u mayin va esuvchi xarakterga ega.
Mitral yetishmovchilik aortal yetishmovchilik bilan birgalikda kelishi.
Organik mitral yetishmovchilik aortal yetishmovchilik bilan birgalikda kechishi juda kam uchraydi. Ular koʼpincha aortal yetishmovchilik nisbiy mitral yetishmovchilik bilan birgalikda keladi.
Birinchi holatdagi manzarada mitral yetishmovchilik belgilari koʼrinib, aorta yetishmovchilik belgilari ham aniqlanadi.
Zero bu holatda “toʼgʼridan-toʼgʼri” qopqoqcha nuqson belgilari: Botkin-Erba nuqtasida “esuvchi” diastolik shovqin va II qobirgʼa oraligi oʼng tomonda II tonning yoʼkolishi kuzatiladi. Tomirlar belgilari ham kuzatilishi mumkin.
Chap qorincha belgilari ikkala nuqsonda ham bir biriga oʼxshash boʼladi. Yaʼni chap qorincha dilyatattsiyasi, yurak choʼqqisi turtkisi tarqalgan, EKG da chap qorincha giertrofiya belgilari.
Ikkinchi holatda ancha murakkab, shunday boʼlsada quyidagi belgilarga qarab nisbiy mitral yetishmovchilik mitralizatsiya aortal yetishmovchilikni aniqlash mumkin. Eng avvalo aortal yetishmovchilik manzarasiga : periferik tomir va chap qorincha belgilariga qarash lozim. Mitralizatsiya chap qorincha qiskaruvchanlik faoliyati pasayganda va oʼpka arteriyasida bosim oshganda roʼy beradi.
Orttirilgan yurak nuqsonlari oʼrta va kichik yoshli bemorlarda koʼp yuzaga keluvchi xastalikdir. Аsosan koʼpchilik hollarda mitral klapan shikastlanadi, aortal va uch tavaqali oʼpka arteriyalari klapanlari esa nisbatan kamroq kuzatiladi. Birgalikda kelgan yurak klapanlari nuqsonlari asosan yurakni revmatik shikastlanishi tufayli yuzaga keladi. Bunda murakkablik yetishmovchilik va stenoz klinik belgilarini qoʼshilib ketishidadir. Koʼpchilik revmatik shikastlanishlarda yetishmovchilik va stenoz bitta klapanda qoʼshilib keladi. Аgar valьvulit hisobiga klapanlar bujmayib, kichrayib oqibatda yetishmovchilik yuzaga kelsa, keyinchalik fibrozlanuv jarayoni kuchayib kalьtsinoz tufayli klapan halqa torayib stenozni shakllantiradi. Shu holatni birgalikda kelgan yurak klapanlari nuqsonlari deb atash qabul qilingan.
Klapan tavaqalarini bujmayib yetishmovchilik va stenoz belgilarini birgalikda kelish nuqsoni ayniqsa infektsion endokardit uchun xosdir.
Koʼpchilik hollarda revmatik klapan nuqsonlari revmatizmning birlamchi va qaytalama faollashuv davrida, revmatik isitma paytida shakllanib asosan kam simptomli kechadi. Nuqson klinik faollik belgilari bartaraf etilgandan 1-3 yildan soʼng shakllanadi, fibroz jarayonlarining davom etishi oqibatida keyinroq kalьtsinoz yuzaga keladi. Infektsion endokarditda nuqson tezroq yuzaga keladi (oʼtkir endokarditda baʼzan bir necha kun yetarli).
Davolanish: Konservativ yoʼli bilan
Jarrohlik yoʼli bilan
Yüklə 24,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə