O'simlik hujayrasining tuzilishini o’rganish


O’simlik Hujayrasi va uning qismlari



Yüklə 27,28 Kb.
səhifə2/7
tarix18.04.2022
ölçüsü27,28 Kb.
#85603
1   2   3   4   5   6   7
3-4

 O’simlik Hujayrasi va uning qismlari.

Fitogormonlar. O`simliklarning o`sishi va hujayraning bo`linishi, jinsiy jarayonlarni tezlashtiruvchi garmon ana shunday garmonlarda auksin o`sish garmoni hosil qiluvchi to`qima uchun zarur bo`lgan organik moddalar va kislorodning oqimini tezlashtiradi. Hamda embrional hujayraning bo`linishini tezlashtiradi fitogormon gibberilin (gibberela phuicure) degan zamburug`dan ajratib olinadi. U yem-xashak texnik o`simliklari (tamaki, kanop) hosildorliklarini oshirish sohasida o`tkaziladigan tajribalarida ishlatilmoqda. Gibberilindan sabzavot o`simliklaridan pomidor, bodring, baqlajon, uzum mevalarining hosildorligini oshirish sohasida ham foydalanilmoqda.U meva o`simliklarining gul va mevasining to`kilishidan saqlashda, meva hamda manzarali o`simliklarning ildiz otishini tezlatishda gebbrilin ishlatilmoqda. Sabzi, lavligi, karam kabi ikki yillik o`simliklarni gibberilin bilan qayta ishlasa, birinchi yildayoq urug` hosil qiladi.

Antibiotik va fitonisiindlar har xil zararkunanda va mikroorganizmlardan saqlashda himoya vazifasini o`taydi. Ularning tarkibiga aminokislotalar, organik kislotalar, al`koloidlar, efir moylar, sinil kislotasi ham kiradi. fitosid va antibiotiklar faqat o`simliklar uchun emas, balki, hayvon va insonlarni ham har xil zararkunanda va kasalliklardan saqlaydi. Penisillinni 1929 yilda ingliz olimi Fleming kashf qilgan, biroq toza preparat sifatida u 1940 yildan boshlab olina boshladi. Endilikda meditsinada va veterenariyada penisillinin, sterptomisin, sintomisin, terromisin, tetrasiklin, biomisin kabi 1000 dan ortiq antibiotiklar ishlatilmoqda.

Fitosinidlar antibiotiklardan farqi antibiotiklar mikroorganizmlardan olinadi, fitonsidlar gulli o`simliklardan olinadi . Har ikkalasi ham mikroorganizmlarni halok qiladi Hujayradagi zaxira oziq moddalar uglevodlar,yog`lar va oqsillar. Organik moddalarni o`simliklar tashqi muhitdan olgan oddiy birikmalardan sintez qiladi. Organik moddalar ikki guruhga: azotsiz birikmalar, azotli birikmalar.Azotsiz birikmalar tarkibi O.N.S. dan iborat. Azotli birikmalar tarkibi bulardan tashqari azot ham kiradi. Uglevodlarning ximyaviy xususiyatlariga qarab monosaxaridlar, disaxaridlar, polisaxaridlarga bo`linadi. Monosaxaridlar - glyukoza ,fruktozalar bular geksozalar ham deb ataladi Glyukoza (uzum shakari) dekstroza – olma, anjir gilos uglevodlari tarkibiga kiradi.

Furuktoza (meva shakari deb ham ataladi) mevalarda, piyozda glyukoza bilan birga qiyin kristallashadi. Ba`zi o`simliklarda spirt nordon achchiq moddalar bilan birikkan holda uchraydi. Bu birkmalar glikozidlar deb ataladi. Bodom mag`zi achchiq qiladigan amigdalin, qashqarbeda bargidagi kumarin, etmak o`simligi ildizdagi safonin shular jumlasidandir.

Disaxaridlar murakkab uglevodlar bo`lib, ularga saxaroza va mal-toza kiradi. Saxaroza qamish shakarida (glyukoza vafuruktoza birkmasidan hosil bo`ladi), maltoza yashil o`simliklarda diastazafer-menti ta`sirida kraxmaldan hosil bo`ladi. Polisaxaridlar monosaxarid-lardan, suvning ajrab chiqishi tufayli hosil bo`ladi. Kraxmal, klechatka (sellyuloza), inullin, gemisellyulozalar polisaxiridlardir.

O`simliklarning yosh hujayralarida sitoplazma hujayraning barcha bo`shlig`ini to`ldirib turadi. Hujayra o`sib borgan sari ,uning sitoplazmasida vakuolalar deb yuritiladigan kichkina bo`shliqlar yoki pufakchalar bo`ladi. Bunday bo`shliqlar maxsus suyuqlik hujayra shirasi bilan to`lgan bo`ladi. Hujayra o`sib borgan sari, vakuolalar kattalashadi va nixoyat, bitta yirik vakuola bo`lib qo`shiladi. Bunda ular sitoplazma hamda yadroni hujayra devoriga surib chiqaradi. Hujayra shirasining tarkibi ham o`simliklar turlarida har xil bo`ladi. Hujayra shirasining tarkibida organik moddalardan uglevodlar(shakarlar) bo`ladi. Organik kislotalardan olma, limon, uzum, hamda oksalat kislotalar ko`p uchraydi. Hujayra shirasida -alkolloidlardan, tamaki bargida nikotin, ko`knorida opium bo`ladi. Ko`pgina alkalloidlar dori -darmon sifatida ishlatiladi (xinin, kofein, opium) zararkunanda va xashorotlarga qarshi kurashish uchun ishlatiladigan vositalar (nikotin, anabazin) o`simliklar tarkibidan olinadi. Pigmentlar- suvda oson eriydigan bo`yoq moddalar ham bor antosian va antaxlor barg meva gullarda uchraydi. Bundan tashqari oshlovchi moddalar,kristallar va tuzlar ham uchraydi. Sho`rxok erlarda o`sadigan o`simliklarda mineral tuzlar ko`p bo`ladi.


Yüklə 27,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə