O'simlik hujayrasining tuzilishini o’rganish



Yüklə 27,28 Kb.
səhifə6/7
tarix18.04.2022
ölçüsü27,28 Kb.
#85603
1   2   3   4   5   6   7
3-4

DNK tuzilishi. Ma`lumki DNK to`rtta nukletidning yuqori polimeridir. DNK nukleotidlari o`z ichiga purin (adenin, guanin) va pirimidin (sitozin, timin) azotli asoslarini, qand-dizoksiriboza va fosfat kislotasi qoldig`ini oladi. DNK molekulasi qush zanjir holatida bo`lib uning har bir zanjiri o`zaro bir-biri bilan fosfat kislotasining dizoksiribozadagi 3`-5` holatida kovalent bog`langan nukleotidlar polimeridan iboratdir. DNK molekulasining ikkala zanjiri bir-biri bilan purin va pirimidin asoslarining ichkariga qaragan tomonlari hisobiga hosil buluvchi vodorod bog`lari bilan bog`langandir. Azotli asoslarning uzaro ta`sirida adenin doimo timin bilan, guanin esa sitozin (5-metiltsitozin) bilan uzaro ta`sirda bo`ldi (XI.3-rasm).

Binobarin azotli asoslarning bir-biri bilan birikishida to`rtta variant bo`lishi mumkin ya`ni A-T, T-A, G-S, S-G. Mana shu uzaro ta`sir yoki komplementarnost DNK molekulasining o`z-o`zini tuzishida RNK molekulasining DNK asosida sintezlanishida va hujayradagi barcha oqsillar sintezida ham yotadi. Eukariotlar DNK molekulasida 109-10U juft asoslar bo`lishligi mumkin.



DNK sintezi. DNK sintezi ya`ni replikatsiyasi hujayra mitotik davrining malum bir vaqtida to`rttala azotli asoslar, DNK-tulg`azuvchi va DNK polimeraza hamda Mg2+ ionlari ishtirokida yadroda ro`y beradi. DNK replikatsiyasi yarim konservativ holatida ro`y beradi ya`ni uning molekulasining har bir zanjiri o`z-o`ziga uxshagan yangi zanjir hosil qiladi va buning natijasida hosil bo`lgan DNK zanjirining har biri «yangi» va «eski» zanjirdan iborat bo`ladi. Buyerda shuni aytib o`tish lozimki, DNK replikatsiyasida uning ikki spiralli zanjiri bir vaqtning o`zida birnecha joyidan tarqaladi va shu yerdan ikki tomonga qarab replikatsiya boshlanib to u keyingi yoki oldingi replikatsiyalanuvchi joyga yetgunicha davom etadi. DNK molekulasining yangi zanjiri hosil bo`lishi, DNK polimeraza fermenti ta`sirida bo`ladi. Polimerning qutbliligi holati bir zanjirning 3`-oxiridan ikkinchi zanjirning 5-oxiriga qarab boradi (XI.4-rasm).

DNK replikatsiyasi asosan DNK-polimeraza, va DNK zanjirining tarqalishiga va replikatsiya`ning boshlanishiga yordam beruvchi omillarning o`zaro bir-biri bilan aloqadagi ta`siri natijasida ro`y beradi.




Yüklə 27,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə