O'simlik hujayrasining tuzilishini o’rganish



Yüklə 27,28 Kb.
səhifə7/7
tarix18.04.2022
ölçüsü27,28 Kb.
#85603
1   2   3   4   5   6   7
3-4

RNK tuzilishi va sintezi. Barcha RNK molekulalari ham to`rtta azotli asoslardan tuzilgandir. Ammo ularda pirimidin asosi bo`lgan timin o`rning uratsil egallagan. Shuningdek pentozalar shaklida dezoksiriboza emas, balki riboza mavjuddir. RNK molekulasining ulchamlari har xildir (XI.5-rasm). Masalan: mRNK 1000-10000 atrofidagi nukleotidlar ketma ketligidan iborat bo`lib hujayradagi barcha RNK miqdorining 1-3% foizini tashkil qilishi mumkin .

Ribosomalardagi rRNK molekulasining o`zi ham har xil Svedberg (yadrochalarda sintezlanadigan 18S, 5,8S, 28S) sedimentatsiyalariga ega bo`lgan va 5S-PHK (birnechta xromosomalarda sintezlanadi) tuzilishiga ega to`rt xil ko`rinishda bo`ladi. Har bir 20 dona aminokislotaning o`ziga xos tRNK bo`lib ularning tarkibidagi nukleotidlar soni 75-80 dona bo`lishi mumkin. Shuningdek tRNK tarkibiga ko,`plab metillashgan va boshqa nukleozidlar kiradi. RNK molekulalari qo`sh zanjir hosil qilmaydi. ammo xalqaiar va ayrim holiarda beda bargiga uxshash ko`rinishlar hosil qilish mumkin.



RNK sintezida ham polimerazalar qatnashadi ammo ular RNK-polimerazalardir. Eukariotlar yadrosida uch xil tipdagi polimerazalar mavjud. I-RNK polimeraza yadrochada joylashgan bo`lib RNK sintezi bilan bog`liqdir. II-RNK polimeraza mRNK sintezini ,amalga oshiradi. III-RNK polimeraza esa tRNK va 5S-rPHK transkripsiyasini amalga oshiradi. Keyingi ikkita polimerazalar nukleoplazma va xromatinda joylashgandir. 1 va II RNK polimerazalarning faolligi uchun Mg2+ ionlari zarurdir ammo 1-RNK polimeraza faolligi uchun pH 8,5, 11-RNK polimeraza faolligi uchun esa pH 7,5 bo`lishi zarur.
Yüklə 27,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə