O’smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari


Amaliy taakkur tizimiga quyidagi aqliy siatlar kiradi



Yüklə 29,25 Kb.
səhifə3/7
tarix23.03.2022
ölçüsü29,25 Kb.
#84659
1   2   3   4   5   6   7
8-Ma'ruza

Amaliy taakkur tizimiga quyidagi aqliy siatlar kiradi:

- Tadbirkorlik, tejamkorlik, hisob-kitoblik, yuzaga kelgan muammolarni tez yecha olishlik va boshqalar, Ko’rsatilgan barcha sifatlar mavjud bo’lgan taqdirdagina amaliy tafakkurini rivojlangan deb hisoblash mumkin, Bu siatlarni 5 sindanoq rivojlantira borish nihoyatda muhim. O’smirlik davrida ishbilarmonlik sifatini o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarishni yo’lga qo’yishi, umumiy foydali tadbirkorlik ishlarida ishtirok etishi orqali rivojlantirish mumkin. Bu borada o’quvchi ijrochi rolida emas balki boshqaruvchi, mustaqil yo’l tanlovchi va tadbirkorlik munosabatlarida o’zi ishtiroki bo’lgan taqdirdagina rivojlanish amalga oshishi mumkin. Bu yoshda tadbirkorlikni rivojlantirishda ko’proq mustaqillikning berilishi o’smir amaliy tafakkurining rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’smir yoshdagi bolalarda tejamkorlikni rivojlantirish aqlning boshqa sifatlariga nisbatan osonroq kechadi, buni ko’proq ularni qiziqtiradigan narsalarga mustaqil ravishda hisob-kitob qilib borishga yo’llash orqalj amalga oshirshp mumkin. O’smirlarda yuzaga kelgan muammolarni tez va operativ holda yechish malakasini shakllantirish birmuncha qiyinroq kechadi. Albatta, bu bolaning temperamentiga ham bog’liq. Barcha o’smirlarni ham tez yodlab, tez harakat qilishga o’rgatish mushkul, lekin ularni biror muammo yuzaga kelishi bilan orqaga chekinmay, zudlik bilan yechishning umumiy qoidalariga o’rgatib borish mumkin. O’smirlik davrida intellektning yuqori darajada rivojlangan bo’lishi qimmatli va obro’li xisoblanadi, O’smir shaxsida va uning bilishga qiziqishidagi o’zgarishlar o’zaro bog’liq bo’ladi. Ixtiyoriy psixik jarayonlarning rivojlanishi o’smirdagi shakllanib kelayotgan shaxs mustaqilligiga tayanadi, o’zining shaxsiy xususiyatlarini anglash va shakllantirish imkoniyatlari esa undagi tafakkurni rivojlanishi bilan belgilanadi.

O’smirlik davrida diqqat, xotira, tasavvur to’la mustaqillik kasb etib, endi ularni o’z irodasiga ko’ra boshqara oladigan bo’ladi. Bu davrda qaysi yetakchi untuitsiya (diqqatmi, xotirami yoki tasavvur) ustunlik qilayotgani yaqqol namoyon bo’lib, har bir o’smir o’zi uchun ahamiyatliroq bo’lgan funktsiyani e’tiborga olish imkoniyatiga ega bo’ladi.


Yüklə 29,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə