O‘smirlik yoshida kasbiy qiziqishlarga munosabat motivlarining shakllanishi



Yüklə 37,63 Kb.
səhifə1/10
tarix15.04.2022
ölçüsü37,63 Kb.
#85485
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Документ Microsoft Word
BIOLOGIYA-26.04, 100 lik konsentrida arifmetik amallar bajarishda tayanch kompete

O‘smirlik yoshO‘smirlik yoshida kasbiy qiziqishlarga munosabat motivlarining shakllanishi.

Munosabat mezoni va uning ilmiy adabiyotlarda yoritilishi bilan bog‘liq mulohazalarning tadqiq etilishi tadqiqotning maqsad va vazifalarini yanada chuqurroq talqin etish imkonini beradi. Chunki, munosabat tizimini o‘rganmay turib, u yoki bu shaxs faolligini kasbiy layoqatini to‘liqroq tasavvur qilish juda mushkul. Shu boisdan munosabat tushunchasini ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan bir qator tadqiqotlar tahliliga e’tibor qaratishni lozim topdik.


Tabiiyki, munosabat tushunchasi keng qamrovli va keng ko‘lamli tushuncha bo‘lib, uning talqini ham shu qadar keng va xilma-xildir. Shu nuqtai nazardan munosabatning turli sohalaridagi ijtimoiy psixologik mezonlari bo‘yicha tadqiqot olib borgan faylasuflar, psixologlar, sotsiologlar, psixofiziologlar, pedagoglar va qator ijtimoiy fanlarning vakillari (B.G.Ananev, G.M.Andreeva, A.N.Bodalev, Sh.R.Barotov, A.S.Begmatov, LS.Vugotskiy, A.G.Kavalyov, I.S.Kon, I.G.Pavlov K.K.Platonov, S.L.Rubinshteyn, V.V.Stolin, E.G‘ozievlar) munosabat kategoriyasining u yoki bu yo‘nalishini ilmiy jihatdan asoslab beradilar. Jumladan, munosabat mezoni faylasuflar talqinida shaxs va borliq o‘rtasidagi ko‘prik sifatida, psixologlar talqinida shaxsning «ichki va tashqi» faoliyati o‘rtasidagi hissiy kognitiv va xulq-atvor komponentlari asosida namoyon bo‘luvchi intilishlarning mahsuli sifatida, sotsiologlar talqinida shaxsning ijtimoiy muhitga nisbatan xayrixoxlik yoki norozilikning ifodalanishi sifatida, psixofiziologlar talqinida, shaxs oliy nerv faoliyatini aks ettirish vositasi sifatida, pedagoglar talqinida esa, o‘quvchining o‘quv topshiriqlarini «bajonidil» (ixtiyoriy qiziqish orqali) yoki majburan (yuzaki) bajarishga bo‘lgan intilishlarning mahsuli sifatida e’tirof etiladi. O‘quv faoliyati esa xuddi shu tadqiqiy yo‘nalishlarga tayanadi va shaxs faoliyati tarkib topishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, hozirgi kunda shaxsga sub’ektiv munosabat muammosini ijtimoiy jihatdan turmushda qaror toptirish uchun «odam-inson-shaxs-induviduallik-sub’ekt-komillik» ierarxiyasiga rioya qilish, shaxsga sub’ektiv munosabat, ya’ni unda robot sifatida barcha xususiyatlarni bir tekis shakllantirish mumkin, degan xato nazariyadan voz kechish, «sub’ekt-sub’ekt» aloqasini vujudga keltirish, har kanday sub’ekt – shaxs, lekin har qaysi shaxs sub’ekt emasligi muammosini yechish, shaxs sub’ekt bo‘lishi uchun mustaqillik, shaxsiy pozitsiya, qat’iyatlilik, dunyoqarash va ularni hayotga tatbiq qilish imkoniyati mavjudligini tan olish kabi mulohazalar shaxs munosabatlari motivatsiyasi talqinida muhim o‘rin tutadi. Shu boisdan, munosabatlar motivatsiyasi nafaqat nazariy, balki, lug‘aviy nuqtai nazardan ham olimlarning xilma-xil mulohazalari bilan xarakterlanadi. K.Obuxovskiy motivni «ma’lum faoliyatni yo‘naltiruvchi maqsad dasturi» sifatida talqin qilsa, X.Xekxauzen esa «motiv bu – individ-muhit munosabati doirasidagi yo‘naltirilgan harakatlarni izohlovchi jarayon» ekanligini asoslab beradi. Qator psixologik tadqiqotlarda motivatsiya talqini shaxsning ijtimoiy shakllanishi jarayoni sifatida qaraladi. Jumladan, shaxs motivatsiyasi shaxs ijtimoiylashuvida muhim ahamiyat kasb etadi. Biologik motivatsiyasidan farqli o‘laroq, shaxs motivatsiyasi jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu esa uning tarixiy o‘zgaruvchanligini tasdiqlaydi Umuman, munosabat motivatsiyasi haqida juda ko‘plab xilma-xil ilmiy mulohazalar yuritish mumkin. Zero, bu jarayon munosabat motivatsiyasini har tomonlama chuqur va to‘liq tahlil qilishning birmuncha murakkab ilmiy jarayoni hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, biz o‘z tadqiqotimizning maqsad-mohiyatidan kelib chiqib munosabat motivatsiyasi tadqiq etilgan ilmiy adabiyotlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lib talqin qilishni va shu talqin asosida tadqiqot vazifalarini belgilab olishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.
1. Munosabat motivatsiyasi asosida shaxsning qiziqishlari yotadi. Bu qiziqishlarning beqaror yoki barqarorligini ta’minlovchi ichki turtkilar tizimi ma’lum darajada munosabat tizimini ham belgilaydi.
2. Munosabat motivatsiyasiga shaxs yo‘nalganligining u yoki bu darajada ta’siri namoyon etiladi. Ushbu ta’sir jarayonida shaxs yo‘nalganligi va munosabat motivatsiyasi uyg‘unligining ayrim ko‘rinishlari yuzaga keladi.
3. Munosabat motivatsiyasi ma’lum ustanovkalar zamirida ham shakllanadi. Jumladan, o‘quv faolligi bilan bilan bog‘liq ustanovkalar o‘quvchi shaxsi ijtimoiy taraqqiyotiga daxldor omillarini belgilashga xizmat qiladi.
4. Munosabat motivatsiyasi zamirida qadriyatlar ko‘lamining u yoki bu darajadagi ta’siriga ham baho berish mumkin. Chunki, har qanday ijtimoiy munosabatda ma’lum darajada qadriyat omillari yotadi. Bu omillar shaxs ijtimoiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallashi tayin.

A.V.Petrovskiy (1983)ning fikricha, qiziqishlar shaxsni bilim va tushunchalardan qoniqishga bo‘lgan faollikka undaydi. B.I.Dodonov (1975) esa qiziqishlarga shaxsni faoliyatga undovchi hissiy faollik sifatida qaraydi. G.K.Cherkasov (1972) tomonidan qiziqish o‘z maqsadlarini amalga oshirish imkoniyatini tanlashga qaratilgan sub’ektning faol munosabati sifatida talqin qilinadi. L.S.Vugotskiy (1984) qiziqishlar hissiyot va iroda imkoniyatlarining mahsuli ekanligini asoslab beradi. Binobarin, qiziqishlar turli olimlarning tadqiqotlarida o‘z ifodasini topganligini alohida qayd etish mumkin. Qiziqishlar bilish jarayoniga oid ehtiyojlar mavjudligining namoyon etilishi sifatida, (A.V.Petrovskiy, A.N.Leontev, A.G.Kovalev), protsessual va irodaviy-protsessual sifatlar majmui tarzida kasbga yo‘naltirishning manbai sifatida ob’ekt-sub’ekt munosabatlari o‘rtasidagi ehtiyoj uyg‘unligi (S.L.Rubinshteyn) sifatida tadqiq qilinadi.


Umuman, shaxs yo‘nalganligi psixologik adabiyotlarda turlicha talqin qilinsa-da, ularning negizi shaxs yo‘nalganligining asosiy manbai shaxs motivatsiyasi asosida shakllantiruvchi o‘z-o‘ziga, o‘zgalarga va faoliyatga munosabat tizimining shakllanishi bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi. Bu esa munosabat va shaxs yo‘nalishi o‘rtasida ma’lum ijtimoiy psixologik mutanosiblikning mavjudligidan dalolat beradi. Zero, G‘arb, ayniqsa, AQSh olimlari tomonidan ijtimoiy ustanovka tushunchasi «attityud» so‘zi bilan ifodalanib, ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya faniga shaxsning guruh a’zosi sifatidagi xulq-atvoriga, uning mexanizmlarini o‘rganuvchi ob’ekt sifatida kiritiladi. Jumladan, G.M.Andreeva tomonidan quyidagi 4 ta ilmiy yo‘nalishning belgilanishi o‘quvchi shaxsiga faol-ijobiy munosabatlarni keltirib chiqaruvchi ma’lum psixologik mezonlarni tadqiq qilish imkonini beradi:


  1. Muvofiqlashtirish – sub’ektning o‘z maqsadlariga erishish uchun xizmat qiluvchi attityudni (munosabatni) ob’ektga nisbatan yo‘naltira olishi;


  2. Bilish - u yoki bu ob’ektga nisbatan attityudning (munosabatning) soddalashtirilgan xulq-atvor ko‘rsatmasini ta’minlay olishi.


  3. Ifodalilik – shaxs o‘z–o‘zini idora qilishida attityud (munosabat) shaxs sifatida o‘zini ifodalash uchun sub’ektning keskin tang holatlardan xalos qilish usuli sifatida namoyon eta olishi.


  4. Himoya – attityudning (munosabatning) shaxs ichki ziddiyatlarini bartaraf etishga xizmat qilishi.


Demak, aytish mumkinki, munosabat motivining mazkur to‘rtala vazifasi ham o‘quv faoliyati jarayonida o‘quvchi shaxsini faollikka undovchi mezonlardir. Chunki, faoliyat omillari, jumladan o‘quv faolligi hamisha o‘quvchi shaxsi ustanovkalariga hamohangdir. Bu hamohanglikni to‘liq xis etgan holda, munosabatni yanada kengroq ko‘lamda «ijtimoiy ustanovka» nomi bilan e’tirof etish qabul qilingan. Bu esa ijtimoiy psixologiya fani uchun muhim bo‘lgan munosabat metodologiyasini nazariy–ilmiy jihatdan yanada oydinlashtirishga xizmat qiladi.

Munosabat motivlari va ijtimoiy ustanovka uyg‘unligining talqin qilinishi o‘quv faoliyatiga nisbatan faol-ijobiy munosabat mezonlarini yanada chuqurroq talqin qilish uchun zamin yaratadi. Jumladan P.N.Shixirev tomonidan ustanovka insonning o‘z-o‘zini idora qilishida va samarali faoliyatida namoyon bo‘luvchi jarayon ekanligi va uni o‘zgartirish uchun dastavval shu jarayonni o‘rganish muhimligi borasida keltirilgani ilmiy dalillari va xulosalari hozirgi zamon ijtimoiy psixologiya fanining munosabat va faollik amaliyoti bilan bog‘liq ilmiy tasavvurlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutganligini ko‘ramiz. Shunday qilib, ijtimoiy ustanovka mezoni bo‘yicha yuqorida qayd etilgan tadqiqotlar tahlili bugungi ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos shaxs va faoliyat uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiluvchi munosabat motivatsiyasi omillarini ishlab chiqishda va tadqiq qilishda o‘ziga xos nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan metodologik yo‘nalishlarni ochib beradi. Olib borilgan nazariy-ilmiy tahlillar mavzu darajasidagi muammolarni, kichik maktab yoshi davrida o‘quvchi shaxsining o‘quv faolligiga munosabat motivatsiyasini o‘raganish va tadqiq qilish bilan bog‘liq tadqiqotlarning bugungi kunda taqchilligi va shu bilan birga nihoyatda dolzarbligini ko‘rsatdi. Albatta, munosabat motivatsiyasi tushunchasi barcha psixologik fanlarning muhim ob’ekti sifatida hamisha olimlarning diqqat markazida bo‘lgan. Ayni paytda, Rossiyadagi mamlakatimiz olimlari ham mazkur muammoning o‘ziga xos jihatlari haqida ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. Bu boradagi ilmiy adabiyotlar, tadqiqotlar va ilmiy mushohadalar tahlili quyidagi xulosalar chiqarishni taqozo etadi.

Shaxsning u yoki bu faoliyatga yoki bu faoliyatga yoxud faollikka bo‘lgan munosabat motivatsiyasini o‘rganish borasida bugungi kunda turli xil munozarali qarashlar mavjud bo‘lib, uning ortida har bir ilmiy tadqiqotchining o‘z pozitsiyasi, ilmiy maqsadi, ilmiy g‘oyalari, salohiyati va shaxsiy fikr-mulohazalari mujassamlashgandir. Ayni paytda, aytish joizki, munosabat mezoni shaxs ijtimoiy taraqqiyotining, o‘z-o‘zni rivojlantirishning o‘z ichki hissiy xayrixoxligining, bir so‘z bilan aytganda shaxs “men”ligi namoyon qilishning muhim omili sifatida olimlar e’tiborini tortgan doimiy tadqiqotlar ob’ekti hamda sub’ektiga aylantirilgan. Shu bois alohida ta’kidlash mumkinki, munosabat mezoni qay yo‘sinda tadqiq qilinmasin baribir shaxsning ijtimoiy shakllanishi, taraqqiyoti va o‘zligini anglashi, ma’naviyati va dunyoqarashi namoyon etilishining muhim omili sifatida ilmiy mushohadalar ob’ekti va sub’ektiga aylanib qolaveradi. Munosabat tushunchasi va uning mezonlari ijtimoiy-psixologik muammo sifatida talqin qilinishi ijtimoiy psixologiya fani uchun muhim bo‘lgan munosabatning o‘ziga xos yosh, hududiy, individual va etnopsixologik jihatlariga yanada jiddiyroq e’tiborni qaratish imkonini beradi. Bu imkoniyat esa o‘smir shaxsi va uning o‘quv faolligini ta’minlashga xizmat qiluvchi munosabat motivatsiyasi haqidagi ilmiy tasavvurlarni empirik jihatdan asoslab berilishga izn beradi.

Mavjud adabiyotlar tahlili munosabat motivatsiyasi tushunchasini nazariy-ilmiy hamda metodologik jihatdan asoslash bilan birga uning o‘smirlik yoshidagi kasbiy qizishlarni shakllanishida o‘quvchilar faolligini ta’minlashdagi o‘rni beqiyos ekanligini va bu jarayonni aniq yo‘naltirilgan yangi empirik ma’lumotlar natijalari bilan boyitgan holda o‘rganish va tegishli ilmiy xulosalar chiqarish muqarrarligini ko‘rsatdi. Tadqiqot maqsadlaridan kelib chiqib, olib borilgan ilmiy-nazariy mushohadalarga tayangan holda shuni aytish mumkinki, o‘smirlarda kasbiy qiziqshlarga munosabat motivlari tarkibida faoliyatga munosabat motivatsiyasi shakllanishining o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining namoyon etilishi ma’lum ierarxik tizimga ega bo‘lgan “kasbga munosabat”, “ o‘quv jarayonida kasbiy komponentlari”, “shaxs umumiy yo‘nalganligi kabi mezonlar asosida belgilanadi va baholanadi.


Yüklə 37,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə