Ostonadan boshlanadi ona Vatan. Ostona usuli Nutq madaniyati uchun, nutq odobi uchun, urf-odatlarga sodiqlik uchun



Yüklə 28,77 Kb.
tarix31.12.2021
ölçüsü28,77 Kb.
#81727
Ostonadan boshlanadi ona Vatan metodikadan


Ostonadan boshlanadi ona Vatan. OSTONA usuli

Nutq madaniyati uchun, nutq odobi uchun, urf-odatlarga sodiqlik uchun

qo’llash tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.Bu usulni Undovlar mavzusini tushuntirishda,ayniqsa, Urf-odat undovlari turiga mos keladi(7-sinf yoki litsey darsligi 2-bosqich talabalariga)

So’zlashuv uslubiga ham Ostona usulini ishlatish o’rinli.Masalan,

Assalomu alaykum, bobojon , omonmisiz? Salom do’stlar, o’qishlar yaxshimi?

Muborak bo’lsin yangi uylar,yayrab-yashnab yashanglar! Qulluq bo’lsin ,kelin bolam, sarpolaringiz, baxtli bo’ling ilohim!

Salom ona,onajonginam, yana sizga yozmoqdaman xat,

Salomatmi aziz otam ham, ukalarim yurgandir xushvaqt (Qo’shiqdan)

Qani , mehmonlar , uyga marhamat, xush kelibsiz hammangiz!

Omonatga qilma xiyonat. Omonat usuli

Bu usul o’quvchilarni omonatni saqlashga , unga xiyonat qilmaslikka chaqiradi.

Bu dunyoga hamma omonatligiga ishora qiladi. Ona tilimizda ushbu usul Ko’makchilar, bog’lovchilar, yuklama va modal so’zlarda ishlatilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.O’quvchi ularning sof va vazifadosh turlarini farqlaydi.Vazifadosh turi o’sha gap uchun, nutqiy vaziyat uchun mos keladi.

Masalan, Otam ham onam bo’lsinlar bardam.(ham yuklamasi vazifadosh bog’lovchi bo’lib kelgan). Ustoz bilan shogird bunda sof ko’makchi vazifadosh bog’lovchilikni omonatga olgan.

Ortiqcha gap ehakka ham yuk ekan. Ortiqcha yoxud olib qo’ying usuli

Bu usul deyarli ko’p mavzularda qo’l keladi.Imloda oyila so’zida y ortiqcha

Tallaffuzda l ortiqcha. Lab undoshlari:b,p,m,v,f,ng ng harfiy birikmani olib qo’yish kerak. Mustaqil so’zlar berilsa , orasida ko’makchimi yoki taqlidlar sanalsa, kirmaydigan birliklar ortiqchalik qiladi va biz uni olib qo’yamiz.

Bu usul boylikni,umrni ortiqcha sarflamaslikka, isrof qilmaslikka chaqiradi.

Oldin o’yla, keyin so’yla. Oldin kattalar boshlashsin(hurmat)

Oldin va keyin usuli.Mazkur usul ko’proq sintaksis bo’limida samara beradi. Gap bo’laklari tartibida(Oldin ega+to’ldiruvchi+kesim kabi va yana Oldin aniqlovchi+ega +to’diruvchi yoki hol+kesim singari…

Bundan tashqari Uyushiq bo’laklar va umumlashtiruvchi so’z o’rni,Kirish so’zlar va Undalmalar kelish o’rinlari va imlosida ishlatsa bo’ladi.

Bu usul jamoat joylarida navbat kutish, sabrli bo’lishda turtki bo’la oladi.

Ona bilan bola _gul-u lola. Ona va farzand usuli

Bu usul Otlardagi erkalash-kichraytirish shakllari hamda Ayiruv-chegaralov yuklamalarida ishlatiladi.Oyijon=bolajonim , Qo’y=qo’zichoq, Tuya=bo’taloq, Echki=uloqcha kabi…Hamma meni turtar, urishar faqat onamgina erkalab quchardilar gapida onamgina ayirib bola uchun ta’kidlanmoqda.

Bu usul Onalarni qadrlashga,sevishga,ardoqlashga chaqiradi. Zero, eng kishilar ona bolalardir.

Idrok faqat Insonga berilgan. Idrokingga tasanno usuli

Bu usul ko’proq shakldoshlik hodisalarida,ba’zan ma’nodoshlikda va ayrim birliklarning bir nechta funksiysda kelishi, ya’ni vazifa bajarishida sinab ko’riladi.

-in:ekin,yig’in,to’kin,erkin,qishin-yozin,ilin so’zlarida nima bo’lib kelishi idrokka,

Fikrlashga,farosatga bog’liq. –dir :kimdir,sezgandir,kasbim o’qituvchidir,dir-dir titramoq farqlash kerak…

Birdan birni ayirsak,nol. Birdan yig’lab yubordi.(birdan)

Vaqt shiddat bilan o’tib borardi. Men doimo do’stim bilan faxrlanganman(bilan)

Bu usul tilde to’g’ri tahlil qilishda, kundalik hayotda esa aql-idrokni ishlatishga,o’ylab ish qilishga,farosatli inson bo’lishga yo’naltira oladi.

Ixtiyor kishining o’z qo’lida. Ixtiyor o’zingizda! Usuli

Bu usulda ma’lum so’z yoki mavzu beriladi. Masalan:Yulduz,ildiz,vaqt kabi…

O’quvchilar gap yoki kichik matn xohlagan nutq uslublarida yozishsin.

Xohlaganlar badiiy uslubda, ilmiy uslubda …

Matn tuzishda,matn turlaridan xohlaganlariga tuzishsin.

So’zlar berilsa, gapning ifoda maqsadiga ko’ra turini tanlasinlar.Tuzilishiga ko’ra xohlasalar sodda gap ,xohlasalar qo’shma gap tuzsinlar.

Bu usul o’quvchida shaxsiy fikr, did va tanlash huquqidan foydalanishni beradi.

Igna bilan ip bo’ling,ittifoq bo’ling. Igna –ip usuli

Bu usulda bir-biriga mos,mutanosib so’zlarni jamlash mumkin.Uyadosh so’zlarda, terminlarda bu usulni ishlatamiz.Masalan, odam so’ziga uyadosh so’z to’plash…

Bu usul bir uyda,bir davrada,bir Vatanda bir-biriga bog’lanib inoq yashashda,

Ittifoq bo’lishda o’quvchiga ko’maklashadi.

Ishora ham odob belgisi.Ishora usuli

Bu usul Olmoshlarda, To’liqsiz gaplarda, So’z-gaplarda,Atov gaplarda ishlatiladi.

Chunki to’liqsiz gap ham mazmunan yuqoridagi gapga ishora qilqdi.Atov gap ham xotiraga ishora qiladi.Olmoshni almashlasak, o’sha so’z turkumga ishora qilishini bilamiz.Salima odobli qiz.U onasiga doim yordamlashadi.

Qo’shma gap qoliplari qo’shma gap turlariga ishora qiladi.



Bu usul o’quvchini sinchkovlikka ,imo-ishoralarni anglashga chaqiradi.

Soliyeva Naima A’lopulotovna magitrant
Yüklə 28,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə