O‘tkir yurak yetishmovchiligi (O‘YuE)


O‘pkaning interstitsial shishi



Yüklə 36,9 Kb.
səhifə5/9
tarix16.04.2022
ölçüsü36,9 Kb.
#85536
1   2   3   4   5   6   7   8   9
otkir yurak yetishmovchiligi
Buyrak va siydik chiqarish a’zolari kаsаlliklаridа bоlа vа uning
O‘pkaning interstitsial shishi ko‘pincha yurak astmasi xuruji bilan ifodalanadi, ammo lekin nafas qisishi xurujisiz xam boshlanib ketishi mumkin bo‘ladi. O‘pkalarning quyi xududlarida aksariyat namli xirillashlar paydo bo‘lishliklari mumkin.

Pentgenologik tekshiruvda – o‘pka manzarasini tiniqlashuvi ayniqsa yirik tomirlarni, o‘pkaning ildiz oldi qismlarining tiniqliklarini pasayishi, bo‘lakchalararo to‘siqlarni kengayishi va yupin-nozik chiziqni xosil bo‘lishi (Kepli chizig‘i).

Patologik jarayonni avjlanib borishida o‘pkaning alveolyar shishi kelib chiqadi, u bemor xayoti uchun xavfli bo‘ladi. Chap qorincha to‘lib borish bosimini shiddatli o‘sib borishi, undan keyin esa o‘pka kapillyarlarida ortgandan-ortishi zardobning suyuq qismini interstitsial bo‘shliqqa va alveolalarga o‘ta tezlik bilan chiqishiga olib keladi. Ba’zan interstitsial shish fazasi aniqlanmay qoladi. Nafas qisishi. Ortopnoe. Qaxrli sianoz. Nafas shovqinli, xirillashli bo‘lib qoladi, masofadan eshitilib turadi. Aksariyat xavorangli ko‘pikli balg‘am ajraladi va yo‘tal unga qo‘shilishib turadi. Goxida ajralayotgan ko‘pik miqdori 3-5 litrgacha yetishi mumkin, asfiksiya chaqiradi. O‘pkaning barcha yuzalari bo‘ylab turli kalibrli namli xirillashlar eshitiladilar. Bo‘yin venalari bo‘rtib chiqqan. Puls tez, to‘liqligi nimjonlashgan. AB pasayadi.

Rentgenologik tekshiruvda –maydonalarning markaziy bo‘limlarida simmetrik gamogenli soyalashishlar-“kapalak qanoti” tipida ifodalanib aniqlanadi; chegaralangan yoki qo‘shilib ketuvchi doira shaklidagi soyalanishlar o‘pka bo‘laklarini egallashib ko‘rinadi, ko‘pincha ikki tomonlama turli intensivlikdagi diffuzli soyalar. Pentgenologik o‘zgarishlar o‘pka shishining klinik belgilari bartaraflangandan keyin xam 24- 48 soat davomida saqlanib qolishliliklari mumkin, cho‘zilib kechishida bo‘lsa-to 2-3 xaftagacha kuzatiladi.

O‘pka shishi odatda bir necha soat ichida kuchayadi, to‘lqinsimon qisqa vaqtli yengillashishlar bilan almashinib kechadi va tobora og‘ir xolatga solib boradi. O‘lim yurak to‘xtashidan va nafas so‘nishidan yuz beradi. Shoshilinch davolash tadbirlari yurak astmasida tez va, deyarli bir vaqtda o‘tkaziladi:

1) sipkulyatsiyalanuvchi qon massasini kamaytirish, o‘pkani degidratatsiyasi:



  • bemorga oyoqlarini osiltirilgan xolda o‘tirish vaziyatini berish;

  • qo‘l va oyoqlarga bog‘lagich (jigut) qo‘yish. Bunda venozli dimlanishni xosil qilish kerak (teri rangining oqimtirligi!);

  • tez ta’sir etuvchi siydik xaydovchi vositalar (fuposemid, laziks 40-80mg);

  • qon chiqarish (300-500 ml). Diuretik terapiyadan samara bo‘lmagandagina va kam xollarda bu usul qo‘llaniladi.

2) yurak faoliyatini yaxshilash, kichik qon aylanish doirasida bosimni pasaytirish (ayniqsa AB yuqori bo‘lganda ):

  • mopfina gidpoxlopid 1 % 1 ml t/o, m/i, yoki v/i, uning analoglari (fentanil 1-2 to 10 ml 0,005 %);

  • dpopepidol 2-4 ml 0,25 %;

  • nitpoglitsepin tabletka xolida til ostiga yoki nitrosorbid 20 mg ichish uchun, perlinganit yoki izoket 10 ml - 200 ml 5 %-li glyukoza yoki 0,9 %-li NaCl eritmasida (tomchilanadi);

  • natpiy nitpoppussid;

  • yuqori bo‘lgan AB da - ganglioblokatoplar (pentamin, apfonad).

3) to‘qimalarning oksigenatsiyalanishi sharoitlarini yaxshilash, ko‘pikni parchalash/so‘ndirish:

    • burun katetrlari orqali nafas chiqarishdagi ijobiy bosim bilan oksigenotepapiya, aspiratsiya;

4) miokapdning qisqarish xususiyatini kuchaytirish:

    • stpofantin 0,5-0,75 ml 0,5 %-li eritmasi vena ichiga bolyus xolida yoki digoksin 0,5-1 ml 0,025 % -li eritmasi NaCl yoki glyukoza eritmasi bilan (15-20 ml) qo‘shib.

5) bronxospazmada (quruq xirillashlar) qo‘shimcha eufillin 10-20 ml 2,4 %-li eritmasi 10-20 ml 40 %-li glyukoza eritmasida v/i ga buyuriladi.

O‘tkir nafas yetishmovchiligida-IVL nafas olishda yuqori bosim bilan amalga oshiriladi. Bemorni alveolyar o‘pka shishi xolatidan chiqarib olinganidan so‘ng antibiotiklar bilan davolash o‘tkaziladi (pnevmoniyani oldini olish maqsadida) va jadal kuzatuv 2-3 sutkadan kam bo‘lmagan muddatda davom etdiriladi.




Yüklə 36,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə