O‘tkir yurak yetishmovchiligi (O‘YuE)


Kardiogen shokni davolash



Yüklə 36,9 Kb.
səhifə9/9
tarix16.04.2022
ölçüsü36,9 Kb.
#85536
1   2   3   4   5   6   7   8   9
otkir yurak yetishmovchiligi

Kardiogen shokni davolash

Kardiogen shok tezkorlikda va barcha imkoniyatlarni ishga solib davolash tadbirlarini ko‘rilishini takazo qiladi. Davolash maqsadlari markaziy va chetki gemodinamikani yaxshilash, chap qorinchaning qisqarish faoliyatini tiklash, yurak ritmining o‘tkir buzilishlarini me’yorlashtirish, metabolizm buzilishlari va elektrolitli nomuvofiqlashuvlarni korreksiya qilishlardan iborat bo‘ladi.

Koronar, serebral va buyraklar perfuziyasini quvvatlash uchun sistolik AB ni tezlikda 90 mm sim. ust dan yuqoriga ko‘tarish darkor.

Kardiogen shokning og‘riqli va reflektor shaklida davolash og‘riq sindromini bartaraflashdan boshlanadi, narkotik analgetiklar kiritiladi (promedol, fentanil, kamroq morfin). Morfinning salbiy samaralari (ko‘ngli aynishi, qayd qilish, bradikardiya, nafas markazini so‘nishi yoki falajlanishi) atropinni kiritish bilan ( 0,5-1 ml dan 1 %-li eritmasi teri ostiga) yoki nalokson antidotini berish bilan bartaraflanishi mumkin. AB ni barqarorlashtirish va ko‘tarish uchun mezaton (1-2 ml 1 %-li eritmasidan ), dopamin (200-400 mg 200-500 ml 5 %-li glyukoza eritmasi bilan), dobutamin kiritiladi.

Markaziy venozli bosimni (SVD) va chap qorinchani to‘ldirish bosimini quvvatlab turishni ko‘zlab reopoliglyukinni (150-300 ml), reosorbliktni (400-1200 mg), albumin yoki natriy xlorning izotonik eritmasini tomchilab qo‘yish boshlanadi.

Kardiogen shokning taxiaritmik shaklida davolash elektroimpulsli terapiyadan boshlanadi, sababi-ko‘plab antiaritmik preparatlar noxush salbiy inotropli ta’sir ko‘rsatishadi va doimo xam tez samara berishmaydi. Bradiaritmiyali shaklida – davolash vena ichiga 1 ml miqdorda 0,1% -li atropin eritmasini kiritishdan boshlanadi, samarasizligida- elektrokardiostimulyator ulanadi.



OTSK ni kamayishi bilan kechuvchi kardiogen shokda davolash reopoliglyukinni, reosorbilaktni, albuminni yoki 5%-li glyukozaning eritmasini quyishdan boshlanadi, ular daqiqasiga 20 ml tezlik bilan kiritiladilar. SVD ko‘rsatkichiga qarab qiritilayotgan eritmalar miqdori maksimum-to 2-3 l/sutkasigacha oshiriladilar. Kiritiladaigan eritmalar miqdori SVD kattaligi bilan yoki chap qorichani to‘ldirish bosimiga qarab aniqlanadi.

Chetki tomirlik qarshiligining balandligi bilan ifodalanuvchi chin kardiogen shokda davolash simpatomimetik aminlarni kiritishdan boshlanadi: mezatonni (vena ichiga tomchilab 0,5-1 ml 1% -li eritmasi 20-40 ml natriy xlor izotonik eritmasi bilan) yoki noradrenalinni (vena ichiga tomchilab 2-4 ml - 800-1000 ml 5%-li glyukoza eritmasi bilan, boshida 10-15 tomchidan, infuziyalash tezligi AB ga bog‘liq xolda oshirib boriladi).



Normal SVD fonidagi past yurak tashlamasida davolash glyukagonni 4-5 mg vena ichiga bolyus xolida berish bilan boshlanadi, so‘ngra 4-5 mg/soat tezlik bilan tomchilab kiritishga o‘tiladi. Yurak glikozidlari xam ijobiy ta’sir ko‘rsatishadi, ammo lekin miokard infarkti bilan bemorlarda kelib chiqqan kardiogen shokda ularni kiritish xavfli bo‘ladi. Boisi, nekroz xududini kengayib ketish extimoli bo‘ladi, qo‘zg‘aluvchanlikning ektopik o‘choqlarini kelib chiqishi xavfi va qorinchalar fibrillyatsiyasining taxdidi oshadi.

Qayd qilingan tadbirlarni samarasizligida va preparatlarni yomon qabul xolatlari bo‘lganda kontrpulsatsiya o‘tkaziladi (aortal ichki ballonli tizimda qo‘shimcha qon aylanishini tug‘dirib qonni xaydash yo‘li bilan), koronar ballonli angioplastka yoki stent qo‘yish bajariladi.
Yüklə 36,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə