Oxirgi (terminal) asbob-uskunalar



Yüklə 16,47 Kb.
tarix08.02.2022
ölçüsü16,47 Kb.
#83583
telekommunikatsiyalar 16 ta qonun


  1. telekommunikatsiyalarsignallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini o‘tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektrmagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlash;

  2. telekommunikatsiyalar tarmog‘i — uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, ma’lumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translatsiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui;

  3. telekommunikatsiya vositalari — elektrmagnit yoki optik signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, kommutatsiya qilish hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va tizimlar;

  4. telekommunikatsiya inshootlari — telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining ishlashi hamda ulardan foydalanishni ta’minlovchi binolar, qurilmalar, telekommunikatsiya liniyalari, moslamalar, tayanchlar, machtalar va boshqa inshootlar;

  5. oxirgi (terminal) asbob-uskunalar — telekommunikatsiyalar tarmoqlari bilan o‘zaro bog‘lanadigan, telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan yoki qabul qilinadigan signallarni hosil qilish, o‘zgartirish, qayta ishlash uchun mo‘ljallangan telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchilarning texnik vositalari;

  6. tarmoqlararo ulanishlar — telekommunikatsiya tarmoqlarining o‘zaro texnologik hamkorligi bo‘lib, u turli telekommunikatsiyalar operatorlarining foydalanuvchilar o‘rtasida axborotni uzatish va qabul qilishni ta’minlaydi;

  7. telekommunikatsiya operatori (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiyalar tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning ishlashi, rivojlanishini ta’minlovchi va telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;

  8. telekommunikatsiya xizmatlari provayderi (bundan buyon matnda provayder deb yuritiladi) — foydalanuvchilarga operatorlar tarmog‘i orqali tijorat asosida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;

  9. telekommunikatsiyalar xizmatlari — operator va provayderning signallar hamda boshqa axborot turlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish, uzatish, qayta ishlashga doir faoliyati mahsuli;

  10. raqamlash tizimioperatorlar, provayderlar va foydalanuvchilarning oxirgi (terminal) asbob-uskunalari o‘rtasida raqamlarni taqsimlash va ularga raqam (raqamlar yoki belgilar kombinatsiyasini) berish tartibi;

  11. raqamlash rejasi — operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilarning oxirgi (terminal) asbob-uskunalari o‘rtasidagi aniq raqamlarning berilishi;

  12. telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchi (bundan buyon matnda foydalanuvchi deb yuritiladi) — telekommunikatsiyalar xizmatlarining iste’molchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs;

  13. universal xizmatlar — umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali barcha foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan belgilangan sifatdagi majburiy xizmatlar to‘plami (foydalanuvchilarning bu tarmoqdan foydalanishini ta’minlash, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari, telegrammalar jo‘natish va boshqalar).

  14. domen nomi — axborot resursiga yoki axborot tizimiga berilgan, ularni Internet jahon axborot tarmog‘ida identifikatsiyalash uchun xizmat qiladigan noyob nom;

  15. domen nomlari tizimi — Internet jahon axborot tarmog‘ida domen nomlarini berish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibi;

  16. telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan o‘tkazish — telekommunikatsiyalar tarmoqlari himoyalanganlik holatining axborot xavfsizligi sohasidagi davlat standartlari va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlar majmui.

Yüklə 16,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə