O'yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati sifatida



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə1/2
tarix10.05.2022
ölçüsü2,04 Mb.
#86402
  1   2
1 o\'yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati sifatida


Mavzu: “O'yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati sifatida”.

Reja:

1) O'yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati.

2) Bolaning psixik o’sishida o’yinning ahamiyati

Jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta’lim - tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog’liqdir. SHu boisdan ham ta’limdagi yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma - boskich ta’lim tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samaradorli kechishini ta’minlash zaruriyati yuzaga keladi.

Haqiqatdan ham o‘yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi hayotni va kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib olishga qaratilgan faoliyatidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning o‘yin faoliyati mazmun jihatdan har kungi vaziyatga qarab o‘zgarib turadi. O‘yin doimo o‘zgarib turganligi tufayli bola o‘ynab charchamaydi, zerikmaydi. Bolaning atrof muhitga kishilarga, narsalarga va o‘ziga bo‘lgan turli munosabatlari mazmun hamda shakl jihatdan har doim o‘zgarib turadigan o‘yin jarayonida namoyon bo‘ladi. Bolalarning turli ehtiyojlari, istak va qiziqishlari, qobiliyatlari hamda bir qancha shaxsiy fazilatlari o‘yin jarayonida bevosita rivojlanadi.

O‘yin jarayonidagi bolalar faol faoliyatining psixik taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, bolalarning turli sifat va fazilatlari o‘yin jarayonida faqat namoyon bo‘libgina qolmasdan, bunda sifat va fazilatlar mustahkamlanadi, o‘zlashtiriladi. SHuning uchun psixologiya nuqtai nazardan oqilona ya’ni to‘g‘ri tashkil qilingan o‘yin bola shaxsini har tomonlama o‘stiradi va shuning bilan birga bolaning butun psixik jarayonlarida –sezish, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayol va irodani ildam rivojlanishiga yordam beradi. O‘yin o‘z mohiyati jihatidan katta kishilarning hatti –harakatlari va xulqatvorlariga faol taqlid qilishdan iborat bo‘lishi tufayli bolalarda ma’naviy sifatlarning mustahkamlanishi uchun va odob – axloq qoidalarini bilib olishlari uchun keng imkoniyatlar beradi. Maktabgacha yoshdagi bola o‘yin jarayonida tabiblik yoki muallimlik rolini bajarayotgan bo‘lsa, shu kasbga tegishli barcha 4 sifatlarni namoyon qilishga intiladi. Ular o‘yinga juda berilib ketsalar, bajarayotgan rollariga xos sifatlar shunchalik samimiy, ijodiy tarzda namoyon bo‘ladi. Bolalar uchun o‘yin mazmunining hech bir chegarasi yo‘q.

Maktabgacha yoshdagi bolalar kattalar hayotini hamma tomonlarini o‘z o‘yinlarida aks ettira oladilar. O‘yinning ahamiyati bola shaxsining o‘sib kamolotga etishiga ta’sir ko‘rsatishdin iboratdir. O‘yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi dunyoni va kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni bilib olishni ifodalaydi. Bolaning moddiy dunyoga, kishilarga o‘z-o‘ziga munosabati o‘zgarayotgan o‘yinda namoyon bo‘ladi. Bolalarning ehtiyojlari, istak, qiziqish (xavas) lari bevosita o‘yinda ifodalanadi. O‘yin bolalarning xayolparastligi tufaydi narsalar va kishilar dunyosini ular uchun ma’qul tomonga “o‘zgartirish” imkoniyatini beradigan faoliyatdir. Ma’lumki, bolalarning asosiy vaqti o‘yin bilan o‘tadi. O‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim. vositasi, ularning asosiy faoliyati bo‘lib hisoblanadi. O‘yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub’ekti sifatida shakllana boshlaydi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatning o‘sishiga o‘yinning ta’siri haqida gap borganda avvalo shuni aytish kerakki, birinchidan, o‘yinni tashkil qilishning o‘ziyoq mazkur yoshdagi bolaning harakatini o‘stirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi. Ikkinchidan, o‘yinning bola harakatiga ta’sir etishining sababi va xususiyati shuki, harakatning murakkab ko‘nikmalarini sub’ekt aynan o‘yin paytida emas, balki bevosita mashg‘ulot orqali o‘zlashtiradi. Uchinchidan, o‘yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. SHu boisdan o‘yin faoliyati xatti-harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligini ta’minlovchi mutaqil maqsadga aylanadi. Negaki, u (o‘yin) sub’ekt (jonzot) ongining dastlabki ob’ekti darajasiga o‘sib o‘tadi. Maktabgacha yoshdagi bola muayyan xususiyatga ega bo‘lgan rolni tanlaydi, shu bilan birga u yoki bu personajga xos qat’iy yurishturishni ongli ravishda ijro etishga intiladi.

Bola o‘yin faoliyatida maktab ta’limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda aqliy harakatlarning yaqqol shakllari tarkib topa boshlaydi. Lekin o‘yin faoliyatida bolaning aqliy o‘sishini chuqurroq izohlab berish hali etarli tajriba ma’lumotlari mavjud emas. Rolli o‘yin faqat alohida olingan psixik jarayon uchun ahamiyatli emas, bolada shaxsiy xususiyat va fazilatlarni shakllantirishda sham zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini tanlab, uni bajarish bolaning his-tuyg‘usini qo‘zg‘atuvchilar bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. CHunki o‘yin davomida bolada har xil xohish va istaklar tug‘ila boradi, bular boshqa 15 narsalarning tashqi alomatlari, o‘ziga rom etishi sababli hamda bolaning ixtiyoridan tashqari, tengdoshlarining ta’siri ostida tug‘iladi

O‘yin fakat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay balki bolaning xulq-atvoriga xam ijobiy ta’sir kursatadi. Bogcha yoshidagi bolalarda uz xulkini boshqarish kunikmalarini tarkib toptirishga boglik psixologik muammoni urgangan Z.V.Manuylekoning fikricha, biror maksadra yu-naltirilgan mashgulotga nisbatan yyinda xulk kuknikmalarini oldinroq va osonroq egallash mumkin. Ayniksa, bu omil bogcha yoshi davrining xususiyati sifatida uzining yorkin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda uz xulkini uzi boshqarish kunikmasi yyin faoliyatida xam, boshqa sharoitlarda xam qariyb baravarlashadi. Ba’zida ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida yyindagiga qaparanda yukorirok kursatkichga xam erishishlari mumkin. YUkoridagi muloxazalar asosida umuman aytganda, yyin va yyin faoliyati bolada uz xulkini boshqarish kunikmalarini shakllantirish uchun muxim axamiyat kasb etadi.




Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə