Oyning aylanish davrlari



Yüklə 8,01 Kb.
tarix11.01.2018
ölçüsü8,01 Kb.
#20273

Aim.uz

Oyning aylanish davrlari
Oyning ketma – ket ikki marotiba bir xil fazadan o’tishi orasida ketgan vaqtga sinodik oy davomiyligi deyiladi. Sinodik davr 29.53 o’rtacha Quyosh sutkasiga tengdir. Oyning yer atrofida to’la aylanishi uchun ketgan vaqt oralig’iga esa siderik oy davomiyligi deyiladi. Siderik oy davomiyligi 27.32 o’rtacha Quyosh sutkasiga tengdir.

Rasm - 32 da 1-holatda Quyosh, yer va oy bir to’g’ri chiziqda, ya’ni oyning to’lin oy fazasida bo’lgandagi yerning holati ko’rsatilgandir. 27.32 sutka vaqt davomida oy quyosh atrofida bir marotiba aylanib yulduzlarga nisbatan avvalgi holatiga kelganda, ya’ni bir siderik davr o’tganda hali to’linoy fazasi vujudga kelmagan bo’ladi, chunki yer Quyosh atrofida aylanganligi sababli 2-holatga ko’chgan bo’ladi.



Quyosh

Yer

Oy

To’lin oy

To’lin oy

Yulduzga

O’sha yulduzga

Rasm 32. Siderik va sinodik davrlar davomiyligi

Oyning to’linoy fazasi yer 3-holatga kelganida yuz beradi. Shuning uchun sinodik davr davomiyligi 29.52 o’rtacha Quyosh sutkasiga tengdir. Sinodik va siderik davrlardan tashqari yana anomalistik, ajdarli va tropik oylarni ajratadilar. Anomalistik davr (27,55 sutka) deb oyning ikki marotiba ketma-ket orbitasining perigey nuqtasidan o’tishi orasidagi vaqtga aytiladi. Oyning ikki marotiba ketma-ket bir xil tugundan o’tishi orasidagi vaqtga (27k21 sutka) ajdarli davr deyiladi.



Tropik davr deb shunday vaqt davomiyligiga aytiladiki, oyning uzunlamasi 360 ga o’zgaradi. Tropik davr davomiyligi siderik davr davomiyligiga ko’ra 7 soniya kichikdir.
Yüklə 8,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə