O’zbek dialektologiyasi jizzax viloyati shevasi, marosimlari, milliy taomlari



Yüklə 1,32 Mb.
tarix28.05.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#88209
Презентация1

O’ZBEK DIALEKTOLOGIYASI

JIZZAX VILOYATI SHEVASI, MAROSIMLARI, MILLIY TAOMLARI

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Jurnalistika fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish:o’zbek tili yo’nalishi O’zbek tilshunosligi kafedrasi

Bajardi:Mamatqulova Muxlisa

Qabul qildi:Saodat Isroilova

REJA:

  • Jizzax viloyati haqida umumiy ma’lumot.
  • Jizzax shevasida uchraydigan so’zlar leksikasi, fonetikasi,morfologiyasi.
  • Jizzax viloyati milliy taomlari,urf-odat an’analari

Jizzax viloyati-O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida.Shimoli-sharqda Qozog’iston Respublikasi va Sirdaryo viloyati,janubi-g’arbda Samarqand,Navoiy viloyatlari,janubi-sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. 1973-yil 28-dekabrda tashkil etilgan viloyat hisoblanadi.

Jizzax viloyati Zomin Sanatoriyasi

Jizzax viloyatida 12 ta qishloq tuman [Arnasoy,Baxmal ,Do’stlik, Sharof Rashidov,Zarbdor, Zomin,Zafarobod, Mirzacho’l, Paxtakor, Yangiobod, Forish, G’allaorol],9 shahar [Gagarin,Dashtobod, Do’stlik,Jizzax,Paxtakor G’allaorol, Zarbdor,Zomin],8 shaharcha[Bo’ston,Zafarobod,O’smat,Uchquloch,Bog’don, Pishag’ar,Qo’ytosh, Sharq yulduzi], 95 qishloq fuqorolar yig’ini bor.Markazi-Jizzax shahri..

Sharof Rashidov haykali

Milliy kiyimlar

Jizzax viloyati milliy taomlari

Eng mashhur taom-Jizzax somsasi.

Jizzax viloyati Baxmal tumani shevasidagi ayrim so’zlar leksikasi

  • Ser solmoq- razm solmoq, qaramoq
  • Surmoq, olib qochmoq –aldamoq
  • Kazlamoq-qazimoq
  • Iyarmoq-ergashmoq
  • Qidirmoq(xidirmoq)-mehmonga bormoq
  • Sandiramoq- valdiramoq, aljimoq
  • Mulgimoq-mudramoq
  • Sergimoq-qurimoq,kamaymoq
  • Shangraymoq-gerdaymoq
  • Shildinglamoq-yupqa yoki kalta kiyinmoq

Jizzax viloyati Baxmal tumani shevasidagi ayrim sifatlar

  • Palaz-iflos,kir
  • Jerik-boshqorong’u
  • Qiliy-g’ilay
  • Qashqatayoq-gap tasir qilmaydigan, bez
  • Savmal-injiq,anqov
  • Murrik-so’ligan,bujmaygan
  • Choliq-tentak, ahmoq
  • Badik-sergap, ko’p gapiradigan
  • Suqonoq-ochko’z
  • Girtak-ozgina

Jizzax shevasidagi otlar leksikasi

  • Bovur-jigar Ximich-xivich
  • Ovuz-og’iz Gurda-g’urur
  • Bovursoq-bo’g’irsoq Pang-mog’or
  • Sobov-savag’ich Kampirovuz-ombur
  • Jermoy-kerasin Chiq-shudring
  • Irga-uy burchaklari Ashkadi-qovoq
  • Qo’qim-axlat, chiqindi Pishak-mushuk
  • Chinaqay-jimjiloq Zardoli-o’rik
  • Girdoli-olxo’ri G’olbir-g’alvir
  • Makkayi-makkajo’xo’ri Nebara-nabira
  • Zombir-ari Opa,aya-ona
  • Urt-lunj Jezda-pochcha
  • Shimildiriq-hech narsa Opacha-opa,bovo-bobo,anna-buvi

Jizzax shahar shevasiga doir ayrim xususiyatlar

  • Kelekkon-kelayotgan
  • Ketekkon-ketayotgan
  • Ayaq-oyoq
  • Avaz-ovoz
  • Avqat-ovqat
  • Govurt-gugurt
  • Oyi-ayollarga nisbatan ishlatiladigan chaqiriq so’zi,yangaga to’g’ri keladi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə