O‘zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari. O‘zbek tilida tinish belgilari. Reja



Yüklə 49,97 Kb.
səhifə2/2
tarix25.12.2023
ölçüsü49,97 Kb.
#161377
1   2
O

UNLILAR IMLOSI
Yangi imlo qoidalarida unli harflarning yozilishiga keng o‘rin ajratilgan.
A a harfi lablanmagan, til oldi, keng unli;
• yumshoq o`zakdagi til orqa k, g va boshqa til orqa undoshlari bilan yonma-yon kelganda old qator, ochiq tovush sifatida ayiladi:aka, man, olam, kalla, gala kabi;
• q, g’, x undoshlaridan so`ng kelganda orqa qator unlidek aytiladi va asliga muvofiq yoziladi;
• savol, zamon, bahor, palov, tamo so‘zlarida «o» kabi aytilsa ham har vaqt «a» yoziladi;
• a’lo, a’zo, ma’no, ta’na kabi so`zlarda tutuq belgisi ta’sirida cho`ziqroq aytilsa ham, bitta a yoziladi;
• mutalaa, mudofaa, manfaat, taalluqli, taajjub kabi so`zlarda cho`ziqroq aytilsa ham a yoziladi;
• disk, bank, tank, stolb kabi rus tili orqali o`zlashgan so`zlarning oxiri qo`sh undosh bilan tugagani uchun o`zbek tilida bu so`zlarga a qo`shib aytiladi va shunday yoziladi: diska, banka, tanka, stolba;
• xavf, gavda, navbat, vafo, varaq kabi so`zlarda v undoshi bilan yonma-yon kelganda o ga moyil aytilsa ham, asliga ko`ra a yoziladi;
• ayrim ruscha-o`zlashma so`zlardagi ya tovush birikmasi o`rnida a aytiladi va yoziladi: sentabr, oktabr, flaga kabi.
• O o harfi lablangan, til orqa, keng unli tovushni ifodalaydi:
• yondosh tovushlardan qat’iy nazar so`zlarning barcha bo`g’inlarida kelib, cho`ziq unli sifatida talaffuz qilinadi va asliga ko`ra yoziladi: ona, bobo, nom, oq, qoramol;
• o`zlashma so`zlarda u yoki o` bilan o o`rtasida aytilsa ham, o tarzida yoziladi: opera, bolt, nota, rol, tok (elektr) kabi. Bunday so`zlarning urg’usiz bo`g’inlarida o unlisi I kabi talaffuz qilinsa ham o yoziladi: direktor, traktor, ekspeditor, kartoshka kabi.
• boshqa tillardan kirgan quyidagi so‘zlarda «a» singari talaffuz etiladi, biroq hamisha «o» yoziladi: kollej, monitoring, dekoratsiya, omonim, okulist va h.k.
• o ba’zan o‘ kabi aytilishi ham mumkin, lekin baribir «o» yozilaveradi: tonna, noyabr, boks, tort va h.k.

Ii harfi lablanmagan, til oldi, yuqori tor unli tovush:


o bilan, bilim, til, tilak, har xil, qism, bir, tish, dil kabi so‘zlarda qisqa aytiladi va «i» yoziladi;
o badiiy, ommaviy, Lutfiy mohir, ilmiy, adabiy, lirika, shoir singari so‘zlarda «i» cho‘ziq aytiladi, lekin doimo «iy» yoziladi;
o qish, qir, g’ilof, xizmatchi, xil so`zlarida qisqa va qattiq i o`rnida;
o rus tilidan o`tgan vimpel, bilina, vishka, richak kabi so`zlardagi ruscha ы o`rnida qo`llaniladi va doim i yoziladi;
o so`z o`zagining ochiq bo`g’inida i, e, a unlilaridan biri kelsa, keying yopiq bo`g’inda i yoziladi;
o arab-fors va rus tilidan o`zlashgan bir bo`g’inli so`zlarning qo`sh undoshlari o`rtasida qisqa i tovushi talaffuz etilsa-da, ammo yozilmaydi: fikr, ufq, matn, litr kabi.

Uu harfi lablangan, til orqa, yuqori tor unli tovush;


o yutuq, butun, tovuq, sovuq, sovun, chuvur-chuvur, ovul, tarvuz, quvur kabi so‘zlarda «i»ga monand talaffuz etilsa-da, qoidaga binoan «u» yoziladi;
o birinchi bo`g’inida u bo’lgan so`zlarning keyingi ochiq bo`g’ini q yoki g’ bilan boshlansa, i kabi talaffuz qilinadi, biroq u yoziladi: uyqu, tuyg’u, urg’u, yog’du, bug’u;
o tarkibida u bo`lgan bir bo`g’inli so`zlarning oxirgi ikki undoshi o`rtasida u aytilsa ham yozilmaydi.

O‘o‘ harfi lablangan, til orqa, o`rta keng unli tovush;


o so`zning ochiq bo`g’inlarida nisbatan kengroq, yopiq bo`g’inlarida esa torroq talaffuz qilainadi: so`lim, qo`riq, to`plam;
o asosan so`zning birinchi bo`g’inida uchraydi: o`t, ko`l, ko`za, o`jar, to`lqin;
o ko`pgina so`zlarning birinchi bo`g’inida o` kelsa, ikkinchi bo`g’inida i yoziladi: do`ppi, ko`prik, to`qimoq, so`zlik;
o o‘zbek, o ‘lka, o‘simlik kabi so‘zlarda old qator, o‘rta-keng, lablangan unli tovushni ifodalash uchun yoziladi;
o rus tili orqali o`zlashgan tort, tok, kubok, bochka, nota kabi so`zlardagi o unlisi o`zbekchada o` ga moyil aytilsa ham, asliga ko`ra o yoziladi;
o mo`tabar, mo`jiza, mo`tadil so`zlarida o` cho`ziqroq talaffuz qilinsa ham, tutuq belgisi qo`yilmaydi.

E e harfi lablanmagan, til oldi, o`rta keng unli tovush:


 so`z boshida yopiq bo`g’inda i ga moyil aytilsa ham, e yoziladi: ehtimol, eshik, ehson, ertak;
 so`z boshida ochiq bo`g’inda va ikki undosh orasida qisqa aytiladi va doim e yoziladi: erta, meva, sezgir, tepki kabi;
 so`z boshida tutuq belgisidan oldin cho`ziqroq va i ga moyil aytiladi va e yoziladi: e’zoz, e’tibor, e’lon, e’tiqod.

«e», «ё», «ю», «я» harflari yangi alifboda quyidagicha yoziladi:


e: yetti, yetmish, yetim;
yo: yolg‘iz, yomon, yong‘oq;
yu: yulduz, yumshoq, yumuq.
ya: yakka, yangi, yaroqsiz.
 Milliard, material, million, radio, ukrain, said, doim, shoir, teatr, okean singari so‘zlar talaffuzida unlilar orasida «y» undoshi qo‘shib aytilsa-da, yozuvda tushib qoladi.
 Taassurot, taalluqli, taajjub, matbaa, saodat, maorif, muomala, inshoot kabi so‘zlar o‘rtasidagi unlilar yozuvda saqlanadi.

UNDOSHLAR IMLOSI


1. «B» tovushi borib, javob, hisob, bob, xitob kabi so‘zlarda «p», qibla, tobla so‘zlarida «v» tarzida aytilsa ham «b» yoziladi.
2. Avtomat, avtobus, avtomobil kabi so‘zlarda «v» tovushi «f » tarzida tallafuz qilinsa-da, doimo «v» yoziladi.
3. Fursat, fizika, fabrika, fahm-farosat, fasl singari so‘zlarda «f » tovushi «p» kabi aytiladi, lekin asliga muvofiq ravishda har doim «f » yoziladi.
4. Obod, ozod, faryod, tadbir, tadqiqot kabi so‘zlarda «d» tovushi «t » tarzida aytilsa-da, har vaqt «d» yoziladi.
5. Iztirob, tuzsiz, bo‘zchi so‘zlarida «z» tovushi «s» kabi aytiladi, biroq hamisha asliga mos ravishda «z» yoziladi.
6. J j harfi jon, jahon, juma, g‘ijjak, vaj so‘zlarida til oldi, jarangli, portlovchi «j», jurnal, ajdar, garaj, tiraj so‘zlarida esa til oldi, jarangli, sirg‘aluvchi «dj» undosh tovushini ifodalash uchun yoziladi.
7. Sh sh harfi shahar, shimol, shoshmoq, osh, bosh kabi so‘zlarda til oldi, jarangsiz, sirg‘aluvchi tovushni ifodalash uchun yoziladi. Sh harfi ikki tovushni ifodalasa, oraga tutuq belgisi qo‘yiladi: Is’hoq, as’hob kabi.
8. Ch ch harfi chumoli, choy, achchiq, soch kabi so‘zlarda til oldi, jarangsiz, qorishiq undosh tovushni ifodalash uchun yoziladi.
9. R r harfi rahmat, rahm, diyor; L l harfi lola, bol, olmoq; N n harfi non, ona, osmon; G g harfi gul, ega, eg; Kk harfi kam, ikki, tok; Y y harfi yetti, yuz, dunyo, toy; Ng ng harfi ko‘ngil, tong, ong; Q q harfi qizil, oq, aql; G‘ g‘ harfi g‘oz, og‘a, tog‘; X x harfi xalq, axborot, baxt; H h harfi hamma, hosil, ehson, isloh kabi so‘zlardagi muayyan tovushlarni ifodalash uchun yoziladi.
10. Farzand, band, poyezd so‘zlaridagi «d» undoshi, go‘sht, past, artist so‘zlaridagi, «t» undoshi talaffuzda tushib qolsa ham yozuvda doimo ifodalanadi.
11. Xuddi shuningdek, metall, kilovatt, kongress kabi so‘zlar oxiridagi qo‘sh undoshlardan biri talaffuzda tushirilib qoldirilsa ham yozuvda hamisha ifodalanadi.
12. Tutuq belgisi a’lo, ta’lim, e’lon, she’r, fe’l kabi so‘zlarda unlidan keyin kelib, uning cho‘ziqroq aytilishini ta’minlaydi.
13. San’at, in’om, mas’ul kabi so‘zlarda unlidan oldin qo‘yilib, uning undosh tovushdan ajratib aytilishini ta’minlaydi.
Qo`sh undoshlar imlosi
 o`zbek tilida, odatda, so`z o`rtasida keladi: malla, shovvoz, tizza, do`ppi;
 rus tili orqali o`zlashgan so`zlarda esa so`z oxirida ham keladi va tugagan tovush bilan boshlanuvchi qo`shimcha qo`shilishi natijasida bir harf yozilmaydi: kongress + si-kongressi, kilogram+mi-kilogrammi kabi;
 og’zaki nutqda qo`sh undoshlardan biri talaffuz qilinmasa-da, doim yoziladi: million, komissar, oddiy kabi;
 o`zbek tilida qo`sh undoshlar o`zak oxiridagi undoshdan keyin shu undosh bilan boshlanuvchi qo`shimcha qo`shish (eshittir, essiz, gullar), o`zak oxiri va qo`shimcha boshidagitovushlarning o`zgarishi (bitta, Vatanni, ekkin, chiqquncha), sifatning kuchaytirma shakli yasalishi (oppoq, soppa-sog’, chippa-chin) bilan hosil bo`ladi.

ASOS VA Qo‘SHIMCHALAR IMLOSI


1. a unlisi bilan tugagan fe’llarga -v, -q, -qi qo‘shimchalari qo‘shil¬ganda a unlisi o aytiladi va shunday yoziladi: sayla — saylov, qayna — qaynoq, sayra — sayroqi.
Shuningdek, o‘qi — o‘quvchi, sovi — sovuq, to‘qi — to‘quvchi so‘zlarida i unlisi u ga aylanishi mumkin.
2. K k harfi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa, ular g va g‘ ga aylanadi: yurak — yuragi, bilak —bilagim, tilak — tilagim; buloq — bulog‘im, quloq —qulog‘ing, qishloq — qishlog‘i kabi. Erki, ishtiroki, huquqi, ravnaqi singari so‘zlarda bunday holat kuzatilmaydi.
3. Singil, o‘rin, ko‘ngil, og‘il, shahar kabi sozlarga egalik qo‘shimchasi, qayir, ayir so‘zlariga nisbat yasovchi qo‘shimcha, ikki, olti, yetti so‘zlariga jamlovchi son hosil qiluvchi qo‘shimcha qo‘shilsa, asosda tovush tushishi hodisasi ro‘y beradi.
4. U, shu, o‘sha kabi olmoshlarga -da, -dan, -day, -dagi, -dosh, -cha qo‘shimchalari qo‘shilsa, bitta n orttiriladi, aksincha, men, sen olmoshlariga -ni va -ning qo‘shimchalari qo‘shilsa, bitta n tushirib qoldiriladi: bunda, shundan, o‘shancha, meni, sening kabi.
5. Parvo, obro‘, mavqe so‘zlariga egalik qo‘shimchalari (I va II shaxsda) qo‘shilsa, bitta y tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: parvoyi, obro‘yim, mavqeyim kabi. III shaxs egalik qo`shimchasi parvo, obro`, avzo, mavqe so`zlariga –yi shaklida qo`shiladi, mavzu, orzu so`zlariga –si shaklida qo`shiladi: avzoyi, obro`yi, mavzusi, orzusi kabi.
6. -boz, -bon qo‘shimchalari -vos, -von kabi aytilsa-da, doimo asl shakli bo‘yicha yoziladi: dorvoz, bog‘bon kabi.
7. -dir nisbat yasovchi qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shiladi: yondir, bordir, quvdir kabi (kel so‘zi bundan mustasno), qolgan o‘rinlarda -tir shaklida aytiladi va shunday yoziladi: ektir, quyultir, kestir kabi.
8. -ga, -gacha, -gach, -guncha, -gani, -gudek, -gan, -gin, -gina qo‘shim¬chalari uch xil aytiladi va yoziladi ertaga, ertagacha, borgach, borguncha, borgudek, borgan; eshikka, eshikkacha, chiqqach, chiqquncha, chiqqani kabi.
Eslatma: bargga, pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha so‘zlari bunga kirmaydi.
9. i unlisi bilan tugagan fe’llarga qo`shilgan –v, -q qo`shimchalari i unlisini u ga aylantiradi: sovi-sovuq, to`qi-to`quvchi, o`qi-o`quv. Lekin og`riq, iliq, qaviq so`zlarining o`zagidagi i o`zgarmaydi.
10. Ikkinchi bo`g’in yopiq bo`lgan ayrim otlarga egalik qo`shimchalari va shunday tarkibli fe’llarga –il nisbat qo`shimchasi qo`shilganda, o`zakdagi ikkinchi unli aytilmaydi va yozilmaydi: og’iz-og’zim, shahar-shahring, o`g’il-o`g’li, ayir-ayril, qayir-qayril.
11. Ikkinchi bo`g’ini ochiq unli bilan tugagan sonlarga –ov, -ala qo`shimchalari qo`shilganda ham o`zakdagi –i unlisi yozilmaydi: ikkov, oltov, yettala kabi.
12. Men, sen olmoshlariga –ni, -ning, -niki qo`shimchalari qo`shilganda qo`shimchadagi n aytilmaydi va yozilmaydi. O`zagi n bilan tugagan boshqa so`zlar bundan mustasno: meni, sening, meniki, o`rinni, nonning, matnniki kabi.
13. Qaratqich kelishigi qo`shimchasi yozuvda –ning shaklida ifodalanadi. Bu kelishik ma’nosi jonli nutqda –ni, she’r tilida –n, -im shakllarida ifodalanishi mumkin: Ukamni oldiga kirdim. O`zbekiston Vatanim manim.
14. Tushum kelishigi doimo –ni shaklida yoziladi. She’riy til va og’zaki nutqda –n, -di, -ti, -i shakllarida qo`llanishi mumkin: Har fasl o`z ishin qilar. Adl qulog’i-la eshit holimi. Qaratqich va tushum kelishiklari ba’zi o`rinlarda belgili, ba’zan belgisiz qo`llaniladi. Xususiylik, aniqlik ma’nosi ifodalanganda bu kelishiklar belgili ishlatiladi (uyning eshigi, oq uyni uzatmoq kabi), umumiylik, noaniqlik ma’nosi esa bu kelishiklarning belgisiz shakli orqali ifodalanadi (shahar ko`chasi, olma yemoq kabi).
15. –illa qo`shimchasi orqali taqlidiy so`zlardan fe’l yasalganda, (taqilla, chirilla kabi) asos so`z tarkibida v yoki u tovushi bo`lsa, bu qo`shimcha –ulla tarzida aytiladi va shunday yoziladi: gurulla, shovulla, lovulla kabi.

QO‘SHIB YOZISH


1. Xona, noma, poya, bop, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: oshxona, tabriknoma, bedapoya, hammabop, xushbichim, hamshahar, qo‘ymijoz, maymunsifat, kamhosil, umumdavlat, bug‘doyrang va h.k.
2. -r, -ar, -mas qo‘shimchasi bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: o‘rinbosar, buzoqboqar, ertapishar, ishyoqmas kabi.
3. Narsani boshqa bir narsaga qiyoslash orqali hosil qilingan qo‘shma ot¬lar va sifatlar qo‘shib yoziladi: toshbaqa, oybolta, qo‘yko‘z, sherdil, otquloq singari.
4. Narsaning rangi, mazasi, nima uchun mo‘ljallanganligi kabi ma’no¬larni bildiruvchi qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: ko‘ksulton, oqbosh, achchiqtosh, ko‘zoynak, suvilon kabi.
5. Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan yasalgan joy nomlari qo‘shib yoziladi: Oqtepa, Uchqo‘rg‘on, Davlatobod, Xo‘jaobod kabi, lekin Markaziy Osiyo, Ko‘hna Urganch, G‘arbiy Yevropa kabi joy nomlari ajratib yoziladi.
6. Ruscha, baynalmilal yoki tarjima qilingan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: telestudiya, fotoapparat, radioto‘lqin, etektrarra kabi.
7. Qisqartma so‘zlar har doim qo‘shib yoziladi: O‘zMU, ToshDPU.

AJRATIB YOZISH


1. Qo‘shma fe’l, shuningdek, ko‘makchi fe’lli qo‘shilmalar doimo ajratib yoziladi: kirib chiqdi, olib keldi, oshkor etdi, aytib qo‘ya qoldi, o‘qib chiqdi kabi.
2. Har, kech, bir, u, shu, o‘sha, hamma kabi so‘zlar o‘zi birikib kelgan so‘zdan ajratib yoziladi: har kim, hech narsa, bir zum, bu yerda, o‘sha joyda, hamma vaqt kabi.
3. Ko‘makchilar o‘zi bog‘langan so‘zdan ajratib yoziladi: Vatan uchun, siz bilan, shahar tomon.
Eslatma: bilan va uchun ko‘makchilarining qisqargan la va chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: onam-la, sen-chun singari.
4. Sifatning orttirma darajasini yasovchi to‘q, och, tim, tang, jiqqa kabi so‘zlar ajratib yoziladi: tim qora, och ko‘k, to‘q sariq kabi.
5. Qo‘shma sonlar ajratib yoziladi: o‘n to‘qqiz, bir yuz yigirma besh, ikki ming birinchi va hokazo.
6. Yildan yilga, kundan kunga kabi ko‘rinishdagi birliklar ham ajratib yoziladi.
7. Nuqtayi nazar, tarjimayi hol, dardi bedavo kabi izofali birikmalar ham ajratib yoziladi.

BOSH HARFLAR IMLOSI


1. Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusi bosh harf bilan yoziladi: Sobirov Zokirjon Shukurjonovich, Abdurauf Fitrat kabi.
2. Mamlakatlar, shaharlar, qishloqlar, shaharchalar, daryo, dengiz, tog‘, tepa, adir nomlari ham bosh harf bilan yoziladi: Hindiston, Muborak, Urgut, Tentaksoy, Qo‘ng‘irtog‘, Qashqadaryo, Qora dengiz va hokazo.
3. Korxona, tashkilot, muassasa nomlari, adabiyot va san’at asarlari, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalarining nomlari bosh harf bilan yoziladi: «Malika» firmasi, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni, «O‘zqishloqxo‘jmashxolding» kompaniyasi, «Damas» avtomobili, Ko‘kdumaloq kompressor stansiyasi, Xorazm chanqovbosti ichimliklar zavodi, Qizilqum fosforit kombinati, «Amudaryo» jurnali, «Shaytanat» asari va hokazo.
4. Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomi bosh harf bilan yoziladi: Mustaqillik kuni, Navro‘z bayrami, Xotira kuni.
5. Oliy darajadagi davlat tashkilotlari, xalqaro birlashmalar nomi bosh harf bilan yoziladi: O‘zbekiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi, Yevropa Ittifoqi Kengashi kabi.
6. Mudofaa vazirligi, Davlat test markazi, «Umid» jamg‘armasi, Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kabi tashki¬lotlar nomining birinchi harfi bosh harf bilan yoziladi.
7. Oliy darajadagi unvonlar va mukofotlar nomi tarkibidagi so‘zlar har biri bosh harflar bilan yoziladi: «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni, «Oltin Yulduz» medali.
Shuningdek, «Sog‘lom avlod uchun» ordeni, «Shuhrat» medali singari mukofotlarning birinchi so‘zi bosh harf bilan yoziladi.
8. Har bir gap bosh harf bilan boshlanadi: Har qanday intilish, izlanish, ijod xalq manfaatlariga xizmat qilsagina u qadrlidir. (A. Oripov)

CHIZIQCHA BILAN YOZISH


1. Juft yoki takror so‘zlarning o‘rtasida chiziqcha ishlatiladi: ota-ona, orzu-umid, kecha-kunduz, qing‘ir-qiyshiq; tog‘-tog‘, sekin-tez kabi.
2. Juft so‘zlar orasida -u, -yu yuklamalari ishlatilsa, ular birinchi so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: erta-yu kech, osh-u non, oy-u quyosh, bola-yu chaqa kabi.
3. Qop-qora, yam-yashil, to‘ppa-to‘g‘ri kabi kuchaytirma sifatlar chiziqcha bilan yoziladi.
4. Uyma-uy, oyma-oy, dam-badam singari o‘rtasida -ma yoki -ba qo‘shimchalari kelgan so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi.
5. -mi, -gina (-kina,-qina), -oq (-yoq) yuklamalaridan tashqari barcha affiks yuklamalar chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, biz-a, keldi-da, ukasi-ku kabi.
6. Tartib sonlar arab raqamlari bilan yozilsa, chiziqcha ishlatiladi: 26-uy, 6-xona, 2001-yil, 8-mart.
Rim raqamlaridan so‘ng chiziqcha ishlatilmaydi: XXI asr, X bob

KO‘CHIRISH QOIDALARI


1. Satrga sig‘may qolgan so‘zlar keyingi qatorga bo‘g‘in asosida ko‘chiriladi: tad-birkor, tadbir-kor, kol-lej, ma’-lum, ta’-lim kabi (tutuq belgisi birinchi bo‘g‘inda qoldiriladi).
2. So‘z boshida kelgan yolg‘iz unli hech vaqt yakka o‘zi qoldirilmaydi: e’-lon emas e’lon, u-ka emas uka, mudofa-a emas mudo-faa singari.
3. So‘z tarkibida ikki undosh yonma-yon kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi: dia-gramma, mono-grafi-ya, foto-grafiya kabi.
4. Sh, ch, ng harflar birikmasi doim birgalikda yoziladi: ko-shona, pu-chuq, de-ngiz kabi.
5. Qisqartma so‘zlar, yil, oy, raqam bilan yozilgan sonlar keyingi qatorga ko‘chirilmaydi: O‘zMU, ToshDPU, 2001, 19, XX kabi.
6. 10-«A» sinf 26-uy, 100 gr, 25 sm, 10 mm kabi ko‘rinishdagi birikmalar ham bir-biridan ajratilmaydi.
Yüklə 49,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə